18
– firmaning bozor ulushi katta emas va ular sezilarli me‘yorda
narxning
shakllanishiga ta‘sir etadilar;
– firmaning hufyona bitim tuzishi va narx ustida nazorat qilish imkoni yo‘q;
– har bir firma o‘z siyosatini o‘zga firmalarga bog‘liq bo‘lmagan holda olib
boradilar;
– mahsulot tabaqalashmagan.
– sifat bo‘yicha: xom ashyo, sifat, dizayn, ishlab chiqarish, chidamlilik
bo‘yicha farqlanish;
– mahsulotni bozorda namoyish etish turlicha;
– mahsulotni e‘tirof etish darajasi, reklama, tovar belgisi va markasi turlicha;
– narxni nazorat etish imkoni cheklangan;
– yangi korxonalarning ushbu tarmoqqa kirishi oson;
– narxli va narxsiz raqobat shakllari mavjud;
– odatda chakana savdoda, yengil sanoatda keng uchraydi.
Oligopolistik raqobat
sharoitida
raqobat tor doirda yuz berib, bunda
ozchilik, lekin yirik ishlab chiqaruvchi yoki firmalar
qatnashadilar va ishlab
chiqarishning asosiy kismini nazorat qiladilar. Oligopoliya xukmron tarmoqlarda
ham tabaqalashgan ham standartlashgan tovarlar ishlab chiqariladi.
Oligopoliya
sharoitida tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishi qiyin,
chunki u yerdagi
xukmron firmalar bilan raqobatlashish uchun juda katta sarmoya talab etiladi.
Oligopoliyaning asosiy harakterli tomonlari quyidagilar:
– firma yoki korxonalar soni ko‘p emas;
– mahsulot standartlashgan va tabaqalashgan;
– narx ustidan nazorat o‘ta yuqori va tarmoqqa kirish imkoni cheklangan;
– narxning shakllanishida raqobatchilar reaksiyasi, atvori o‘rganiladi va shu
tufayli u muvofiqlashtiriladi.
Oligopolistik raqobatga respublikamizdagi paxtani qayta ishlash va
metallurgiya sanoatini misol qilish mumkin. Lekin
ushbu korxonalar respublika
tashqarisiga chiqqanda ulardan ham katta bo‘lgan metallurgiya yoki paxtani qayta
ishlash korxonalarining raqobatiga duch keladilar.
Dostları ilə paylaş: