O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
 
 
 
 
14
Antuan Ogyusten Kurno (1801-1877) 

fransuz iqtisodchisi va matematigi, iqtisodiyotda birinchi bo‘lib 
matematika usullarni qo‘llashni taklif etgan olim. Bozordagi turli vaziyatlarda talab va takllifning o‘zaro 
bog‘liqligini matematik usullar orqali tahlil qilgan.
15
Качалина, Л. Н. Конкурентоспособный менеджмент / Л. Н. Качалина. – М. : ЭКСМО, 2006. – 459 с. 


14 
1.2.2-jadval 
Xulq-atvor yondashuvi asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan 
turli mualliflik tariflari 
Muallif 
Tarifi 
G. Azoyev 
Alohida yuridik va jismoniy shaxslarning o‘zaro manffatlari 
to‘qnashadigan maqsad uchun bellashuvi 
D. Borisov 
Iqtisodiyot subyektlari o‘rtasida yuqori foyda va boshqa 
manfaatlarga erishish maqsadida tovar bozorlari uchun 
kurashishidir 
V. Shkardun
16
Ishlab chiqaruvchilarning foydani maksimallashtirish yoki 
boshqa aniq maqsadlarga erishish uchun bozor ulushi uchun 
kurashishi 
A. Yudanov 
Firmalarning barcha uchun ommabop hisoblangan bozor 
segmentlarida iste‘molchilarning cheklangan to‘lovga qodir 
talabiga ega bo‘lish maqsadida o‘zaro kurashishi
1.3. Raqobatga nisbatan funksional yondashuv – bozorga tartibga soluvchi 
mexanizm sifatida 
Funksional yondashuvga muvofiq, tadqiqot predmeti xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning o‘zaro raqobatlashuvi natijasida iqtisodiyot yoki muayyan 
bozorning erishgan samarasi (mamlakat iqtisodyotining o‘sishi, iqtisodiy nochor 
va samarasiz korxonalardan ―tozalash‖, tarmoqda ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish, innovasiyalarni yaratish va joriy etish, xarajatlarni kamaytirish, mahsulot 
sifatini oshirish va boshqalar) hisoblanadi. 
Funksional yondashuvga ko‘ra raqobat bozorning tartibga solish
motivasiya, taqsimot va nazorat kabi iqtisodiy funksiyalarini amalga oshiruvchi 
mexanizmidir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati quyidagi funksiyalarida namoyon 
bo‘ladi:
 
Tartibga solish funksiyasi. 
Kurashda yutib chiqish uchun ishlab 
chiqaruvchilar iste‘molchi afzal ko‘radigan mahsulot ishlab chiqarishi zarur. 
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish omillari va narxeng ko‘p talab etiladigan 
tarmoqlarga qarab yo‘naltiriladi
.
Motivasiya funksiyasi. 
Tadbirkorlar uchun raqobat bir vaqtning o‘zida xavf-
xatar va imkoniyatdir. Ya‘ni tadbirkor sifatli mahsulotni eng kam xarajatlar 
hisobiga taklif etadi va daromad ko‘rinishdagi imkoniyatga ega bo‘ladi va iqtisodiy 
rivojlanishni rag‘batlantiradi; 
Tadbiror mijozlar talabini e‘tiborga olmaydi yoki raqobat qoidalarini buzadi. 
Natijada u zarar ko‘radi yoki davlat tomonidan ma‘lum cheklovlar va jarimalar 
qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. 
16
Шкардун 
В.Д. 
Стоя 
перед 
зеркалом…конкурентоспособность 
предприятия\ 
российское 
предпринимательство, 2008, № 2 (1) 


15 
Taqsimot funksiyasi
. Raqobat samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab 
chiqaruvchilar daromadini oshiradi. Ishlab chiqaruvchilar va uy xo‘jaliklari 
o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishini amalga oshiradi. 
Nazorat funksiyasi
. Raqobat har bir bozor ishtirokchilarining kuchini 
cheklaydi va nazorat qilib turadi. Misol uchun monopolist narxni belgilashi 
mumkin. Ammo raqobat iste‘molchiga bir necha sotuvchilarning mahsulotini sotib 
olishni taklif etadi. Raqobat qanchalik mukammal bo‘lsa narx shunchalik adolatli 
o‘rnatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin