Variant №14 Tovarlar guruxi va turkumlanishi. Savdo marketing tizimlari. Tovar assortimenti va tovar markasi haqida tushunchasi



Yüklə 19,75 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü19,75 Kb.
#179696
oraliq nazorat marketingni boshqarish


Variant №14
1. Tovarlar guruxi va turkumlanishi.
2. Savdo marketing tizimlari.
3. Tovar assortimenti va tovar markasi haqida tushunchasi.

1.Tovar — bu inson mehnatining mahsuli bo‘lib, u sotish uchun ishlab chiqilgan va iste’molchilarning manfaatini, xohishini qondiradi. 
Marketingda quyidagilar tovar bo‘lib hisoblanadi: mahsulotlar va xizmatlar, xaridorga taklif qilinadigan, tovarga kerakli 
xizmatlar (qadoqlash, joylash, o‘rash, markalash va boshqalar) ko‘rsatish, iste’molchi sotib olish evaziga erishadigan foyda tushuniladi. 
Bozor turi bo‘yicha tovarlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
– iste’mol tovarlari; 
– kundalik hayotda foydalaniladigan tovarlar; 
– sanoat tovarlari; 
– tadbirkorlar tomonidan boshqa turdagi 
Mahsulot ishlab chiqarish maqsadida ishlatiladigan tovarlar. 
Ishlatilishiga ko‘ra ham tovarlar bir qancha qismlardan iborat bo‘ladi: 
1. Uzoq muddat ishlatiladigan iste’mol tovarlari 
2. Qisqa muddatda ishlatiladigan tovarlar 
3. Xizmatlar ko‘rsatish orqali talabni qoniqtiruvchi xizmatlar 
4. Iste’molchi xulq-atvori bo‘yicha 
5. Tanlash erkinligi bo‘yicha tovarlar 

6. Qimmatbaho tovarlar. O‘ta noyob tavsifli, iste’molchi o‘z daromadini katta qismini sarf etadigan tovarlar 


7. Joylashtirilgan tovarlar.

2. Marketing tizimi - bu quyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o’zida to’rtta asosiy qism - mahsulot yoki xizmat, taqsimot (sotish, o’tkazish, narxlarni) birlashtiradi. Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o’lchovning holati, alohida Shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to’xtatish paytini aniqlab olish kerak.
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig’indisidan iboratdir. Marketing tizimi o’z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:
1. ta’minotchilar
2. raqobatchilar
3. vositachilar
4. iste’molchilar (bozor)
5. firma (kompaniya)
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o’rab turgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi.
Ta’minotchilar - alohida olingan tashkilot, uyushma, Shaxslar yig’indisidan tarkib to’ib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi.
Raqobatchilar - istak bo’yicha, safdosh tovar bo’yicha, tovar turi bo’yicha, tovar markasi bo’yicha turkumlanadi.
Marketing bo’yicha vositachilar - tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o’rnatish bo’yicha yordam ko’rsatuvchilardir.
Vositachilar - savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo’linadi.
Savdo vositachilari - ulgurji va Chakana savdogarlardir.
Logistika vositachilari - ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan Shug’ullanish.
Moliyaviy vositachilar - bank, kredit, sug’urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilar - firmalar, alohida fizik Shaxslar yoki ularni potentsial guruhi bo’lib, ular bozorda mavjud bo’lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor.
Iste’molchi - bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini o’rganish, uni ehiyojini firma mahsulotiga bo’lgan munosabatini o’rganish, tahlil qilishdan iborat.
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o’zaro ta’sir o’tkazib, dialektik bog’liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bo’ladi.
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o’zaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g’oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida
- ishlab chiqarish vositalari marketingi;
- iste’mol tovarlari marketingi,
- xizmat ko’rsatish marketingi,
singari turlarini ko’rsatish mumkin.

3. Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o’lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir. Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o’rganishda o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi.Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda o’rtacha assortiment rejasini bajarilishini ham aniqlash muhim hisoblanadi. O’rtacha assortiment rejasining bajarilishi odatda eng kichik raqamlarni jamlash usuli orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir assortiment turlarini haqiqatda ishlab chiqarilish miqdorlari biznes rejasi bilan solishtirilib har ikki ko’rsatkichdan eng kichigi assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabo’l qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabo’l qilingan ko’rsatkichlarning jamini biznes reja bo’yicha ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan jami mahsulotlarga bo’lish orqali o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish assortimentining o’zgarishi xo’jalik faoliyati natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarish assortimentini shakllantirishda korxona birinchi navbatda, mahsulotlar turiga bo’lgan talabni hamda bozordagi holatini, ikkinchidan esa, korxonada mavjud bo’lgan mahsulot, xom-ashyo, texnik-texnologik, moliyaviy va boshqa imkoniyatlardan to’laroq foydalanishni e’tiborga olishi zarur. Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o’z ichiga olishi shart:

  • Iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash;

  • Chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash;

  • Mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o’rganish, o’z vaqtida yangi zamonaviy bo’lgan tovarlar turini yaratish bo’yicha choralar ko’rish va ishlab chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo’lgan mahsulotni chiqarib tashlash;

  • Iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o’zgarishida xavf-xatar darajasini baholash.

Yüklə 19,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin