45
keragidan ortiq mahsulot miqdoriga teng bo‘lmoqda.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan ―Xarberger uchburchagi‖ nazariy jihatdan
jamiyat
uchun
yo‘qotilish
hisoblansada, unda iste‘molchi va ishlab
chiqaruvchilarni
rag‘batlantiruvchi
ayriboshlash
munosabatlari
yotadi.
Uchburchakning istalgan nuqtasida monopolist sotishga tayyor va iste‘molchi sotib
olish mumkin bo‘lgan o‘zaro muvofiq narx mavjud.
Boshqacha qilib aytganda
―Xarberger uchburchagi‖ amalga oshmagan o‘zaro nafli kelishuvlarni bildirib,
unda monopol foydani ta‘minlashi mumkin bo‘lgan odatdagi narxdan pastroq narx
belgilanadi. Bizga ma‘lumki monopolist o‘zi ishlab
chiqargan mahsulotning har
bir birligini bitta monopol narxda sotadi. ―Xarberger uchburchagi‖ doirasida
monopolist o‘zi ishlab chiqargan mahsulotiga narxni iste‘molchilar guruhi,
xarid
vaqti, joyi va boshqa holatlarga qarab turlicha belgilaydi va o‘z foydasini oshiradi.
Monopoliya sharoitida narxning tabaqalashuvi narx diskriminasiyasi deb ataladi.
Atrofimizda narx diskriminasiyasini juda ko‘plab uchratishimiz mumkin.
Masalan, kinoteatrlarda sahna joylarining narxlanishi,
ulgurji va chakana narxlar
o‘rtasidagi tafovut, mhmonxonalarning turistlar uchun turlicha narxlanishi,
transport
turlarining biznesmenlar, aloqa xizmatlarining vaqtga bog‘liq holoda
turlicha narxlanishi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: