O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Raqobat ustunligi tushunchasi, tasniflanishi va uni belgilovchi asosiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

8.2. Raqobat ustunligi tushunchasi, tasniflanishi va uni belgilovchi asosiy 
omillar 
Raqobat ustunligi – iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy subyektlarning 
boshqa subyektlarga nisbatan naf keltiruvchi mukammal xususiyatlaridir. 
J.J. Lamben
77
raqobat ustunligini tovar yoki uning markasining raqiblarga 
nisbatan ustunlikni ta‘minlovchi xususiyatlari deb tariflaydi. Bu xususiyatlar 
nafaqat tovarning xossalariga, balki tovarga qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladigan 
servis xizmati, sotish usullari, joyi, ishlab chiqarilish jarayonlariga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Ushbu ustunlik nisbiy tushuncha bo‘lib, raqib firmalarga nisbatan yoki 
muayyan bozor segmntiga nisbatan aniqlanadi. 
Raqobat ustunligi korxonalarning raqobat kurashida g‘olib chiqishi, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini ta‘minlashda 
erishish muhim bo‘lgan maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Raqobat 
77
Ламбен Жан-Жак. Менеджмент, ориентированный на рынок / Перев. с англ. под ред. В. Б. Колчанова. 

СПб.: Питер, 2007. 

800 с. 368-372 стр. 


132 
munosabatlariga qanchalik ko‘p to‘xtaladigan bo‘lsak, raqobat ustunligini aniqlash 
va unga erishish shunchalik dolzarb bo‘lib qolaveradi. 
Kapital sig‘imi, mahsulotning mukammalligi, murakkab va zamonaviy 
texnologiyalarning qo‘llanilishi, patent, lisenziya, mualliflik huqulari bilan 
himoyalanganlik, mahsulotning sanoat nusxasini olish qiyinligi har qanday 
korxonaning raqobat ustunligini belgilab beruvchi muhim parametrlar jumlasiga 
kiradi. Raqobat ustunligining barqarorligi esa ushbu parametrlarning muntazam 
ravishda modernizasiya qilib borilishi va manbalarining mavjudligiga bog‘liqdir. 
Raqobat ustunligining yakuniy natijasi ―raqobatbardoshlik‖da namoyon 
bo‘ladi. Raqobatbardoshlikni aniq bir parametr bilan aniqlash mushkul, u ko‘plab 
parametrlar, ichki va tashqi muhit omillarining o‘zaro aloqadorligi asosida 
shakllanadi. Shubhasiz, korxonaning raqobat ustunligi raqiblar ustidan faoliyatning 
iqtisodiy, texnik va tashkiliy jihatlar bo‘yicha namoyon bo‘ladi. bundan tashqari 
raqobat ustunligining barcha ko‘rsatkichlarini am miqdoriy o‘lchash imkoni yo‘q.
Korxonaning 
professionalizmi, 
malakasi, 
ish 
tajribasi 
raqib 
korxonalarnikidan tubdan farq qiladi va uning raqobat ustunligini belgilab beradi. 
Raqobat ustunligining asosiy ikki tipi ajratib ko‘rsatiladi: iste‘molchilarga 
mukammal tovar va xizmatlarni taqdim etish yoki xarajatlarning kamligi. 
Korxonaning tarmoqdagi raqobat ustunligini belgilab beruvchi asosiy jihatlar 
raqiblarga nisbatan ishlab chiqarish va sotish jarayonini eng kam xarajatlar asosida 
tashkil etishi yoki iste‘molchilarga yangi iste‘mol xossalarini namoyon qiluvchi 
mukammal tovar va xizmatlarni taklif qilishi, tovar va xizmatlarning sifati, 
sotuvdan keyingi servis xizmati belgilab beradi. Birinchi holatda korxona raqiblar 
tovar(xizmat)iga o‘xshash bo‘lgan tova(xizmat)larni bir xil narxda sotadi va yuqori 
foyda oladi. Ikkinchi holatda esa korxonaning foydasi raqiblarga nisbatan yuqori 
narx belgilash orqali olinadi. 
Korxonaning raqobat ustunligi quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin