Savollar:
1.
Amir Temur davlati tarixshunosligi.
2.
Amir Temur to‗g‘risida jahon tarixshunosligi.
3.
Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan olib borgan diplomatik yozishmalari.
4.
Xalqaro Amir Temur jamg‘armasining tashkil etilishi hamda Amir Temur va
Temuriylar davri tarixi muzeyining ochilishi.
5.
Amir Temur davri ma`muriy, ijtimoiy va madaniyat sohalaridagi o‗zgarishlar
tarixshunosligi.
6.
Amir Temur tarixining zamondoshlar nazdidagi tarixshunosligi.
7.
Amir Temur tarixining hozirgi zamon tarixshunosligi.
8.
Amir Temur to`g`risida jahon tarixshunosligi.
9.
Temuriylar davlatlari davrida tarixiy bilimlar.
10.
Mirzo Ulug`bekning «Tarixi arba‘i ulus» asari.
11.
XV-XVI asrlarda O`rta Osiyoda feodal ziddiyatlar va kurashlar
tarixshunosligi.
12.
Tarixchi Xondamirning ilmiy merosi.
13.
Muhammad Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asari.
14.
Alisher Navoiyning tarix ilmiga oid asarlari.
15.
Amir Temur va Temuriylar davlati to`g`risida jahon tarixshunosligi.
266
16.
Amir Temur va Temuriylar davri hozirgi davr tarixchilari asarlarida.
XXI-BOB: O„RTA OSIYO XONLIKLARIDA TARIXSHUNOSLIK
FANI
XV asrning 80-90 yillarida kuchayib ketgan tarqoqlik, xususan Toshkent,
Farg`ona va Hisorning markaziy hukumatga itoat qilmay qo`yishi, yosh
Temuriylarning toji taxt uchun kurashlari davlatning inqirozini tezlashtirdi.
Muhammad Shayboniyxon (1500-1510) – Shayboniylar davlatiga (1500-
1601) asos soldi. Lekin, Shayboniylar ham ma`lum darajada iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy sohada taraqqiyotga erishgan bo`lsalar-da, baribir ular ham mahalliy yirik
yer-suv egalarining ayrimachilik harakatlariga barham bera olmadilar.
Abdullaxon soniy 1557 yili Buxoroni egalladi va uzoq davom etgan
urushlardan (1557-1582) so`ng Movarounnahrni birlashtirdi. U davlatni
markazlashtirdi, lekin uning vafotidan (1598 yil 8 fevral) keyin ayirmachilik
harakati avj oldi.
Mana shunday bir sharoitda Movarounnahrlik yirik yer-suv egalari
ruhoniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, Jo`jixonning o`n uchinchi o`g`li
To`qay Temur naslidan bo`lgan Yormuhammadxonni taxtga o`tqizdilar. Yangi
sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601-1785) nomi bilan mashhur (Asli Xoji tarxon
(Astraxon)lik bo`lganlari uchun sulola shunday atalgan).
Bu davrda mamlakatda tarqoqlik yanada kuchaydi. Dashti qipchoqliklar,
asosan qozoq xonlari va qalmoqlar, Xorazm hukmdorlari Abulg`ozixon va
Anushaxon Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, uning Chorjo`y, Buxoro va
Samarqand shaharlari va qishloqlarini talon-taroj qila boshladilar.
Eron va Shimoliy Hindiston hukmdorlari Boburiylarning Buxoro xonligi
ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Mamlakatdagi beqarorlik Ubaydullaxon soniy
(1702-1711) hukmronligi yillarida juda kuchaydi. Ulus hukmdorlari, Balxdagi
Mahmudbiy qatag`on markaziy hukumatga bo`ysunmay qo`ydilar. Samarqand va
Hisor viloyatlarida yuz qabilasi, Shahrisabz va Qarshida kenagas va mang`it
qabilalari xonga qarshi isyon ko`tardilar. Ubaydullaxon soniy o`rniga xon
ko`tarilgan Abulfayz (1711-1747) nomigagina xon bo`lib, hokimiyat bir guruh
yirik boylar qo`liga o`tib qoldi.
Eron podshohi Nodirshoh (1736-1747) Movarounnahrdagi parokandalik va
beqarorlikdan foydalanib, 1740 yilning kuzida Buxoro xonligini o`ziga
bo`ysundirdi. Shundan keyin hokimiyat, asosan Nodirshoh tarafdori, mang`it
qabilasidan chiqqan nufuzli, katta yer egasi Muhammad Rahimbiy qo`liga o`tdi.
Abulfayzxon o`ldirilganidan keyin taxtga o`tkazilgan Abulmo`min (1747-1751) va
267
Ubaydullaxon soniy (1751-1753) nomigagina xon bo`lib, davlatning muhim
ishlarini Muhammad Rahimbiy boshqargan.
1753 yilning 16 dekabrida Muhammad Rahimbiy xon bo`ldi. Shu kundan
boshlab Buxoro xonligida hokimiyat Mang`itlar sulolasi qo`lida bo`lib, ular 1920
yilning sentyabr oyigacha hukmronlik qilgan.
1709 yili Markaziy hukumatning zaifligi tufayli Farg`ona vodiysida Qo`qon
xonligi (1709-1876) tashkil topdi.
XVIII-XIX asrda yurtimiz hududida Buxoro amirligi, Xiva va Qo`qon
xonligi mavjud bo`lib, Rossiya asta-sekin bu hududga suqilib kelib, o`z
mustamlakasini o`rnatdi.
Bo`lib o`tgan siyosiy voqealarning ta`siri tarix faniga ham ta`sir etmasdan
qolmadi. Natijada tarixshunoslik ham o`z taraqqiyotida ma`lum bir o`zgarishlarga
yuz tutdi.
O`zbekiston tarixi Xorazm tarixisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Chunki, O`zbek
xalqi hamda uning davlatchiligi, madaniyati shakllangan beshiklaridan biri – bu
qadimiy Xorazm vohasidir.
Xorazmda hukm surgan Shayboniylar sulolasi (1512-1688)ning ko`zga
ko`ringan vakili, Xiva xoni, tarixchi olim, tabib Abulg`ozi Bahodirxondir(1644-
1663).
Abulg`ozixon murakkab siyosiy-ijtimoiy rivojlanish jarayonida, qaltis
vaziyatda, shiddatli kurashlar oqibatida Xiva taxtiga o`tirdi. U davlat boshlig`i
sifatida feodal siyosiy tarqoqlikni tugatish, markazlashgan davlat hokimiyatini
tuzish va uni mustahkamlash, mamlakat mustaqilligini ta`minlash uchun kurash
olib bordi.
Abulg`oziy vafotidan so`ng, xon hokimiyati zaiflashib ketdi. Inoqlar, davlat
siyosatida u yoki bu shahzodani «xon ko`tarish o`yini» natijasida, o`z ta`sirini
kuchaytirib bordilar. «Shayboniy xonlaridan Abulg`oziy xondan keyin, - deb
yozadi Mulla Olim Maxdum Xoji, - xonlar podshohligidan yolg`iz ismi
podshohlikka qanoat qilib qo`llarida aslo hukumat va tasarruf bo`lmay, inoqlar
ra`yicha ish va alarning kalomi ila takallum qilib … inoqlar xonbozlik qilur
edilar».
Taniqli venger olimi H.Vamberi: «Abulg`oziy o`z hayotining barcha
qirralari bilan birga bizga Boburni eslatadi», deb baho bergan edi. Agar shoir va
olim Zahiriddin Muhammad Bobur XV asrda eski o`zbek-chig`atoy tilida
olamshumul ahamiyatga ega «Boburnoma» asarini yaratib, o`zbek xalqi va uning
adabiy tili taraqqiyotiga beqiyos hissa qo`shgan bo`lsa, Abulg`ozi XVII asrda
turkiy tilidagi tarix fanining yorqin yulduzi bo`lib qoldi. Uning bu boradigan
xizmati markazlashgan davlat tuzish kabi buyukdir.
268
Bir necha tilni mukammal bilgan Abulg`ozi o`sha davr udumlariga ko`ra
arab, fors tillarida emas, turkiy tilda ijod qildi. «Bu tarixni yaxshi va yomon
barchalar bilsun» deb turkiy til birlan aytdim. Turkiyni ham andoq aytubmanki, bet
yoshar o`g`lon tushunur». Uning ana shunday asarlaridan biri «Shajarai tarokima»,
deb atalib, bu asar turkmanlarning boshliqlari va beklari iltimosiga ko`ra «1658-
1611 yillarda yozilgan», deb taxmin qilinadi. Ushbu asar 1958 yilda akademik
A.N.Kononov (1900-1986) tarafidan tanqidiy matni, ruscha tarjimasi va ilmiy
tadqiqi bilan Sankt-Peterburgda chop etilgan. Hozirda zamonaviy o`zbek tilida
ham nashr etildi.
Abulg`oziyning ikkinchi asari «Shajariy turk va mo`g`ul» deb atalib, 1664
yilda yozila boshlagan va vafoti tufayli tomomlanmay qolgan. Asar Abulg`ozining
vasiyati va o`g`li Anushaxonning topshirig`i bilan Mahmud ibn Muhammad
Urganjiy tomonidan tugallangan.
Mazkur asar qisqacha muqaddima va 9 bobdan iborat bo`lib, Odam atodan
to turklarning Mo`g`ulxongacha va undan Chingizxon, Shayboniyxongacha
bo`lgan davrda ularning Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Mo`g`ulistonda hukm
surgan avlodlari shajarasi, shu davrlardagi ba`zi ijtimoiy-siyosiy voqealar
tasvirlanadi. Asarning so`nggi IX bobida Xorazmda hukm surgan Shayboniy
sulolalar haqida so`z borib, eng qimmatli qismini tashkil qiladi. Unda turk-mo`g`ul
qabilalari, ularning kelib chiqishi, nomlarining mazmuni, yashash joylari
to`g`risida ma`lumotlar keltiriladi. Asardagi tarixiy-siyosiy ma`lumotlar ichida
Shaybon ulusi, uning vujudga kelishi va chegaralari, XV asrning oxiri va XVI
asrning boshlarida bu ulusning holati, Xorazmning XVI-XVII asrning birinchi
yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Xiva xonligining Russiya, Qozoq hamda
Buxoro xonliklari bilan munosabatlari yoritilgan o`rinlar O`zbekiston tarixi
tarixshunosligining masala va muammolarini tadqiq qilishda juda qimmatlidir.
Mazkur asar Abulg`ozixonni tarixchi olim sifatida olamga tanitdi. U XVIII
asrdan Yevropa tillariga tarjima qilina boshlandi. Nihoyat, 1992 yilda asar hozirgi
zamon imlosida B.Ahmedovning so`z boshisi, mas`ul muharrirligida nashr etildi.
Yuqorida keltirilganlarning o`zi Abulg`ozi Bahodirxon va uning asarlari
tarixshunoslik faniga ulkan hissa qo`shgan buyuk shaxs sifatida qaralishiga imkon
beradi.
O`zbek davlatchiligi tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi muhim o`rin
tutadi. Buxoro xonligida bu sulola hukmronligi davrida tarixshunoslik ancha
yuksalganini A.A.Semyonov, A.Yu.YAkubovskiy, B.Ahmedov kabi taniqli
tadqiotchilar haqli ravishda e`tirof etishgan. Tadqiqotchi P.P.Ivanovning fikricha,
shayboniylar davrida Buxoro xonligida madaniyatning rivojlanishida Eronda
hokimiyatni qo`lga olgan Shoh Ismoilning Erondagi va Hirotdagi sunniylarni
ta`qib ostiga olgani ham o`z ta`sirini o`tkazdi. Chunki ta`qiblar tufayli bu yerdagi
269
madaniyat namoyandalari, shoirlar, olimlar Buxoro xonligiga kelib, o`rganib
qolganlar. Bu davrda Buxoro xonligida tarixnavislik adabiyot, tarjima san`ati,
xattotlik, me`morchilik sohalarida katta yutuqlar qo`lga kiritilgani ma`lum.
Xususan, V.V.Bartoldning fikricha, shayboniylar davrida tarix va adabiyot
sohalarida yaratilgan asarlar soni, sifati bir qadar ortgan. Ayniqsa, Hofiz Tanish
Buxoriyning «Sharafnomayi shohiy» («Shohlarni sharaflovchi asar») asarini
alohida ta`kidlab o`tish joiz.
«Abdullanoma» yoki «Sharafnomayi shohiy» asarining ijodkori XVI asrda
yashab o`tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U
1549 yilda Buxoroyi sharifda nufuzli mansabdor xonadonida dunyoga kelgan.
Hofiz Tanish Buxoriy o`z davrining chuqur va keng ma`lumotli kishilaridan
bo`lib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yaqin odami Qulbobo
ko`kaldoshning tavsiyasi bilan Abdullaxoning xizmati qabul qilingan va uning
shaxsiy voqeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy
umrining oxirigacha shu lavozimda ishladi. Mavlono Samarqandiyning
ma`lumotiga ko`ra, Hofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zaharlab o`ldirilgan.
«Sharafnomayi shohiy» asarida O`zbekiston, Qozog`iston, shuningdek,
qisman, Afg`oniston va Eronning XVI asrdagi tarixi ijtimoiy-siyosiy jihatdan
bayon qilinadi. Undan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, Hindiston,
Qoshg`ar va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar haqida ham qimmatli ma`lumotlar
bor. Asar XVI asrning 80 yillari oxirida yozib tamomlangan. Hofiz Tanishning
zamondoshi shoir va adabiyotshunos olim Mutribiyning guvohlik berishiga
qaraganda, asarning oxirgi qismini, xonning topshirig`i bilan, qozi Poyanda
Zomoniy (1602 yili vafot etgan) yozgan. Lekin, bu fikrni boshqa manbalar
tasdiqlamaydi.
«Sharafnomayi shohiy» asari qofiyat nasr, ya`ni saj-murakkab badiiy
uslubda yozilgan. Unda she`riy parchalar Firdavsiy, Rudakiy, Sa`diy, Kamoliddin
Binoiy, Mushfiqiy va muallifning o`z she`rlari, «Qur`oni Karim» oyatlari, «Hadisi
sharif»lardan parchalar ham ko`p. XVI asrning 30-60 yillari orasida yuz bergan
voqealar saroyida muntazam yuritib turiladigan kundalik daftar, sodir bo`lgan
muhim siyosiy voqealarning shohidi bo`lgan keksa kishilarning og`zaki axborotlari
asosida, 70-80 yillar voqealari esa muallifning bo`lib o`tgan voqealarda shaxsan
o`zi qatnashib to`plagan daliliy ma`lumotlar asosida yozilgan.
Ushbu asarning qo`lyozma nusxalari ko`p. 1995-1997 yillarda kitob ikkita
alohida qismlardan iborat holda B.Ahmedov tomonidan nashr etildi.
O`zbek davlatchiligi tarixida Buxoro xonligi davri uchta sulola hukmronlik
qilgan yillarni o`z ichiga qamrab oladi. Bu Shayboniylar (1500-1601 yy.),
Ashtarxoniylar (1601-1756 yy.) va mang`itiylar sulolasi (1776-1920 yy.)
270
hukmronligi bo`lib, har bir shajaraning taxtni egallab turgan yillari tarixini
o`rganish tarixshunosligimizning dolzarb vazifalaridan biridir.
Sharq tarixining ulkan tadqiqotchisi akademik V.V.Bartold «O`rta
Osiyoning ikkinchi quruvchisi» deb baho bergan hukmdor – bu XVI asrda hukm
surgan askarboshi hamda buyuk davlat arbobi, shayboniylar sulolasidan
Abdullaxon II dir. Agar Muhammad Shayboniyxon O`zbekiston va o`zbek xalqi
tarixida
shayboniylar
davlatining
asoschisi,
Ubaydullaxon
I
uning
mustahkamlovchisi sifatida tanilgan bo`lsa, Abdullaxoni soniy siyosiy tarqoqlikni
tugatish va markazlashgan davlatning quruvchisi bo`lib kirdi. Yoki, Ahmad
Donish ta`biri bilan aytganda: «Hijriyning har yuzinchi, minginchi yillarida davlat
va jamiyatni yangilovchi hukmdorlar vujudga kelib turadi. Bir minginchi
hijriyning boshlarida Buxoroda yangilovchi bo`lib Abdullaxon maydonga keldi».
Bugungi kunda, yirik huquqshunos olim, professor Ziyodulla Muqimov
ta`biri bilan yondoshilganda ham «U o`z hukmronlik yillari markazlashgan davlat
timsolida farovonlik, Turkistonda tartib va madaniyatni ta`minlagan hakmdor
sifatida shuhrat topib kelmoqda».
Abdullaxon soniy zamonida tarixshunoslik sohasida ham ko`zga ko`rinarli
asarlar yaratilib, bunga misol tariqasida Buxoroda yashab ijod qilgan Hasanhoji
Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarini («Do`stlar yodnomasi») keltirib o`tish
mumkin. Bu asarda XVI asrda Movarounnahrda, shuningdek, Afg`oniston,
Hindiston, Eron, Turkiya va Qoshg`arda yashab o`tgan 228 nafar shoir haqidagi
ma`lumotlar jamlangan. Ular orasida o`z asarlari bilan o`zbek va tojik adabiyoti
rivojiga ulkan hissa qo`shgan Bobur, Hiloliy, Majlisiy, Xoja, Shayboniy, Uvaysiy,
Komron, Bayramxon, Mushfiqiy kabi yirik so`z san`atkorlari to`g`risida qimmatli
ma`lumotlar bor. Abdullaxon Ikkinchiga ma`lumotlar bor. Abdullaxon Ikkinchiga
bag`ishlab yozilgan bu asar Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat shuaro»,
Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asarlaridan keyin «uchinchi tazkira»
hisoblanadi va XVI asrda O`rta Osiyo, Eronu Hindistondagi adabiy muhitni va
adabiy hayotning boshqa masalalarini yoritishda katta ahamiyat kasb etadi.
Shayboniylar davrida tarixnavislik sohasidagi katta yutuqlardan biri, bu katta
ilmiy qimmatga ega bo`lgan, xususan Muhammad Solihning «Shayboniynoma»,
Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asarlarini alohida ta`kidlab
o`tish joizdir.
Albatta tarix ilmining rivojini boshqa ilm-fanlar taraqqiyotisiz tasavvur qilib
bo`lmaydi. Bu davrda Movarounnahrda musavvirlik, xattotlik, musiqa san`ati, fiqh
hamda ko`pgina aniq fanlar: tibbiyot, mantiq, handasa (geometriya) va ilmi hay`at
(astronomiya) sohalarida ham anchagina yutuqlar qo`lga kiritildi. «Muhammad
amali shabaka» (1550), Bobokalon mufti Samarqandiyning «Risola dar ilmi
hisob», «Vasiyat bar chahor qism», Muhammad Husayn Minajjim Buxoriyning
271
«Ma`rifati samti qibla» va boshqa asarlar bu davrda aniq fanlardagi yuksalishdan
dalolat beradi.
Shayboniylar davrida Buxoro xonligida, tibbiyot sohasida yozilgan asarlar,
ayniqsa kuchaydi. Ularda ilgari surilgan davo usullari, tashxis qo`yish, dorilar
tayyorlash o`rta asr musulmon sharq tibbiyotiga xos ilg`or an`analar XVI asrda
ham davom etganidan dalolatdir.
Xullas, Buxoro xonligda Shayboniylar sulolasi hukmronligi yillarida Turon
zaminida azaldan mavjud bo`lgan madaniyatga homiylik qilib, uni yanada yangi
bosqichga ko`tardi.
Buxoro, Samarqand va Xiva (Xorazm) kabi qadimiy madaniy markazlarga
nisbatan, Qo`qonda tarix fani va tarixnavislik (istoriografiya) birmuncha keyinroq
paydo bo`ldi. Buning sababi, Qo`qon xonligi XVIII asrda tashkil topgan edi. Xuddi
shu yillarda Shohruhbiy Buxorodan mustaqil bo`lgan Qo`qon xonligi asos soldi.
Avvalgi Qo`qon hukmdorlari o`zlarini «beklar» yoki «biylar» deb atar edilar. Ular
ichida Olim (1798-1810) birinchi bo`lib o`zini «xon» deb atadi. Muhammad
Alixon (1822-1842) davrida esa qozoqlar, qirg`izlar va tojiklar yashaydigan
hududlarni ham egallagach, Qo`qon xonligi juda keng va kuchli davlatga aylandi.
Shunga qaramay, Qo`qon tarixnavislik maktabi xonlik tashkil topganidan
ancha keyin shakllana boshladi.
Tarixiy adabiyot ham nazmiy, ham nasriy shaklda yozilardi. Mazmuniga
nisbatan esa ularni voqeanavislik (bayoniy), xotira, jo`g`rofiy asarlarga ajratish
mumkin bo`lib, ular umumdunyo yoki umumiy tarixni ham qamrab olardi. Ya`ni,
bunday asarda muallif o`z so`zini olamning yaratilishidan, Odam alayhissalomning
dunyoga kelishidan boshlaydi. Shu bilan bir qatorda, ko`plab mamlakatlarning
tarixini ham tasvirga oladi. Boshqa bir asarlar esa yaxlit bir tarixga bag`ishlanib,
muayyan bir xon yoki sulolaning hayoti yoritilgan bo`ladi.
Ilk tarixiy asar Qo`qonda 1237/1823 yilda bitildi. Muallifi – Mirzo Qalandar
Isfaragiy. U Umarxon (1810-1822) saroyida muarrix va shoir Mushrif nomi bilan
ham tanilgan. Asar «Shohnomai Umarxoniy», «Shohnoma», shuningdek, «Tarixi
amir Umarxoniy», «Shohnomai Nusrat payom» kabi bir necha nomlar bilan
atalgan.
Mushrifning mazkur asari «Umarnoma» manzumasining nasriy bayonidan
iborat bo`lib, «Umarnoma»ning o`zi «Fazliy» taxallusi bilan mashhur bo`lgan
shoir Abdulkarim Namangoniy qalamiga mansubdir. Fazliyning ushbu asari ham
1237/1823 yilda bitilgan. Boshqacha aytganda, Fazliy o`z manzumasini tugatgan
zahotiyoq, Umarxon manzumaning nasriy bayonini tayyorlash uchun Mushrifga
ko`rsatma bergan. Sababi manzulga tilining og`ir ekanligidan bo`lsa kerak.
Qo`qon xonligida yaratilgan navbatdagi asar – «Muntaxob at-tavorix»dir.
Muallifi Muhammad Hakimxonto`ra bo`lib, asar 1259-1843 yilda yozilgan. Bu
272
kitob umumdunyo tarixi bayon etilgan asarlar sirasiga kiradi, undagi voqealar
dunyoning yaratilishidan boshlanib, 1845 yil voqealariga qadar davom etib keladi.
Asarning qurama (kompilyativ) qismi ko`plab boshqa kitoblarga asoslanib
yozilgan lavhalardan iborat.
Qo`qon xonligida yaratilgan tarix asarlari ichida «Mirot ul-futuh», «Tuhfat
at-tavorixi xoni», «Tarixi Shohruhiy» kabi asarlarni ham ko`rsatib o`tish mumkin.
Shulardan «Mirot ul-futuh» To`raxo`ja qalamiga mansub bo`lib, asar 1281/1865
yilda yozilgan. «Tuhfat at-tavorihi xoni» asari 1286/1869 yil yozilgan bo`lib,
muallifi
Avazmuhammad
Attodir.
1288/1871
yilda
yozilgan
«Tarixi
Shohruhiy»ning muallifi Mulo Niyoz Muhammad Ho`qindiydir. Jamlab aytganda,
Qo`qon tarixnavislik maktabiga oid o`ttizga yaqin tarixiy-adabiy, solnoma va
boshqalarni sanay olamiz.
Qolaversa, Qo`qon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan
so`ng bitilgan «Ansob as-salotin tavorix al-xavoqin» (XIX asrning 80-yillari),
«Mufassali tarixi Farg`ona» (yozilgan yili noma`lum, muallifi Qozi Otabek
Andijoniy), yana o`zbek tilida bitilgan «Mukammali tarixi Farg`ona» (muallifi –
Qozi Otabekning o`g`li Muhammad Fozilbek) kabi asarlarni ham aytib o`tish
kerak. Ammo, ular hozirgacha ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilmagan, sababi,
ularda avval bitilgan asarlardagi voqealar takrorlanadi.
Xiva xonligi Amudaryo quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr
boshlarida shakllangan feodal davlat bo`lib, XVII asr boshlarida mustaqil davlat
sifatida boshqarilgan. 1763 yildan O`zbeklarning qo`ng`irot urug`ining vakillari –
inoqlar Xivada hokimiyatni qo`lga olishadi. 1873 yilda Ruslar istilosidan keyin
Rossiyaga qaram davlatga aylandi. 1920 yilda bolsheviklar tomonidan butunlay
tugatildi.
Xorazm o`zining an`anaviy tarixnavislik maktabiga ega o`lkalardan biridir.
Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarlarda bu qadimiy an`analar bir qadar
saqlanganligini ko`ramiz. Abulg`ozixon asos solgan tarixnavislik maktabining
an`analarini keyinchalik Munis, Ogahiy va Muhammad Yusuf Bayoniylar davom
ettirdilar.
Xorazm adabiy muhitining xarakterli tomoni shundakim, bu vohada
yaratilgan barcha tarixiy-badiiy asarlar o`zbek tilida bitilgan.
XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxon buyrug`i bilan saroy tarixchisi,
shoir Shermuhammad ibn Amir Avazbiy Mirobal-Munis (1778-1829) Xiva xonligi
tarixiga bag`ishlangan «Firdavs ul-iqbol» asarini yozdi. O`zbek tilida yozilgan bu
asar «Iqbolnoma» nomi bilan ham mashhurdir. Xiva xonligining XVIII-XIX asr
tarixi haqidagi qimmatli ma`lumotlar beruvchi bu asar keyinchalik Olloqulixon
topshirig`i bilan Munisning jiyani Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan davom
273
ettirildi va Xiva xonligining to 1872 yilgacha, ya`ni rus istilochilik yurishlariga
qadar bo`lgan tarixi bayoni bilan to`ldirildi.
Ogahiy tomonidan yaratilgan «Zubdat ut-tavorix», «Riyoz ud-davla»,
«Jomi` ul-vaqeoti sultoniy» kabi tarixiy asarlar ham Xorazm tarixnavislik
maktabining nodir namunalaridir.
Xiva xonligining tarixiga bag`ishlangan asarlar ichida Muhammad Yusuf
ibn Bobojonbek Bayoniy (1859-1923)ning «Shajarai Xorazshohiy» asari katta
o`rin tutadi. Bu asarda Xorazm vohasining rus armiyasi tomonidan istilo etilishi
haqida qimmatli ma`lumotlar bor. Bayoniy tomonidan «Xorazm tarixi» asari ham
yozilgan bo`lib, afsuski, u to`laligicha saqlanib qolmagan. Unda xonlikdagi saroy
amaldorlari, mashhur kishilar haqida ma`lumotlar, ayniqsa Xiva xoni Muhammad
Rahimxon II (Feruz)ning shoh va shoir sifatidagi tavsifi o`ta aniqligi bilan ajralib
turadi hamda Xorazm adabiy muhiti haqida ham bir muncha to`liq tasavvur beradi.
Xorazmda o`rta asr muarrixlarining asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilish
bo`yicha ham katta ishlar olib borildi. Xususan Ogahiy o`rta asr musulmon
mualliflarning bir qancha tarixiy asarlarini Mirxondning «Ravzat us-safo» asarini,
Mahfiy Astrabodiy ibn Muhammad Nosirning «Nodirnoma» asarini,
Kaykovusning «Qobusnoma» asarini va boshqa bir qancha asarlarni o`zbek tiliga
tarjima qilib, Xorazm tarjimonlik maktabi an`analarini davom ettirdi. Ogahiyning
o`zi ham Xorazm tarixiga oid beshta asar yaratgan. Akademik V.Bartold
ta`kidlashicha: «Munis va Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy va tarixiy
asarlarning qanchalik kamchiliklari bo`lmasin, tarixiy voqealar bayon etilishi va
ularda keltirilgan daliliy materiallarning ko`pchiligi jihatidan Qo`qon va Buxoro
xonliklari tarixiga oid bizgacha yetib kelgan hamma asarlarni o`zidan ancha orqada
qoldiradi». Bu juda yuksak baho, chunki Xorazm tarixnavisligi, o`zbek
tarixnavisligining asosidir, degan ma`no yotibdi, bu yerda.
Muhammad Rahimxon (Feruz) hukmronligi davrida arab tarixchilari Al-
Ma`sudiy (X asr)ning va Ibn – al-Asir (XII-XIII asr boshlari)ning asarlari, Bayoniy
tomonidan «Tarixi Tabariy» asari o`zbek tiliga tarjima qilindi.
Hozirgi zamon, yangicha dunyoqarashga asoslangan-mustaqillik davri
tarixshunosligida Xiva xonligi tarixshunosligi chuqur o`rganilmoqda. Jumladan
2005 yil «Moziydan sado» jurnalida Feruzxonning inisi, tarixchi Komyobning
asarlari haqida ma`lumot e`lon qilindi.
XIX asr boshiga kelib Movarounnahrda uchta mustaqil davlat faoliyat
ko`rsatar edi. Aynan mana shu davrdan Rossiya iqtisodiy va harbiy qudratga
erishishi munosabati bilan uning Qo`qon, Xiva Xonliklari va Buxoro amirligiga
bo`lgan munosabatida istilochilik ruhi ustin kelib, XIX asrning ikkinchi yarmidan
o`lkani zabt etishga kirishdi.
274
Rossiya o`zining jug`rofiy joylashuviga ko`ra uzoq davrlardan beri
Sharqning ta`siriga, boshqa G`arb mamlakatlariga nisbatan, ko`proq berilgan
mamalakatdir. Rossiya sharq bilan qadim davrlardan buyon aloqador bo`lib
kelmoqda. Lekin, sharqshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga G`arbning sezilarli
ta`sirini ham hech inkor etib bo`lmaydi. Xususan, G`arbiy Yevropaning hukmron
doiralari Buyuk geografik kashfiyotlardan so`ng va kapitalistik taraqqiyot yo`liga
o`tish davridan boshlab Yangi dunyoni, Afrika xalqlari va Osiyoning dengiz bo`yi
mamlakatlarini istilo qilish va mustamlakaga aylantirish harakatlari bilan band
edilar. O`rta Osiyo bu davrda G`arbning ushbu siyosiy va harbiy harakatlaridan
chetroqda edi.
XIX asrda uncha ko`p bo`lmagan g`arbiy Yevropaliklar yoxud ular yollagan
sayyohlar O`rta Osiyoga tashrif buyurdilar va o`lkaga oid yangi ma`lumotlar
to`plashdi.
G`arbiy yevropaliklarning O`rta Osiyoda bo`lishlariga oid ma`lumotlar
unchalik ko`p bo`lmasada, lekin diqqatga sazovordir. Aytish mumkinki,
mintaqamizga tashrif buyurgan g`arbiy Yevropaliklarning ko`plari maxsus
topshiriq yoki shunchaki qiziqish tariqasida biror ob`yektni o`rganish maqsadida
kelgan kishilardan iborat edi.
Aytish mumkinki, XIX asrda O`rta Osiyoga kelgan yoki bu yer haqida
asarlar yozgan Aleksandr Gumbolt (1769-1859), Frans Ferdinand fon Rixtgofen,
Vilgelm Sivers, Fridrix fon-Gelvald-nemis olimlarining tadqiqotlarida O`rta
Osiyoga oid qiziqarli tarixiy-geografik ma`lumotlar uchraydi. Ularning ba`zilari
O`rta Osiyoda bo`lgan, ba`zilari esa unga chegaradosh hududlarda bo`lib, o`lkaga
oid muhim ilmiy ma`lumotlarni to`plashgan. Ularning ma`lumotlaridan siyosiy va
ilmiy doiralar kerakli maqsadlarda foydalandilar.
Bu davrda O`rta Osiyo siyosiy, harbiy manfaatlar to`qnash kelgan hududga
aylandi. Shu sababdan o`lkaga g`arbdan ko`plab missiyalar tashrif buyurdi. Ular
asosan Rossiyaning o`lkadagi harbiy harakatlarining borishi, istilodan keyingi
o`lkada ahvol haqida ma`lumot yig`dilar. Rossiyaning Turkiston general-
gubernatorligi va yarim mustamlaka hisoblangan Buxoro amirligi, Xiva xonligida
olib borgan siyosatlarini muttasil kuzatib turdilar.
XIX asrda O`rta Osiyoga kelgan va o`lkamiz haqida ma`lumotlar to`plagan
Nikolay Potanin, Aleksandr Byorns, P.I.Demizon, P.S.Savelev, I.V.Vitkevich,
K.F.Butenov, G.I.Danilevskiy, N.V.Xanikov, A.I.Butakov, savdogar Abrosimov,
V.V.Velyaminov-Zernov, A.P.Xoroshxik, V.V.Krestov, G.A.Aminov va Arminiy
Vamberilarning asarlari haqida Boris Vladimirovich Lunin o`z asarlarida
ma`lumotlar beradi. Ushbu to`plam asarda mualliflarning qisqacha tarjimai holi va
yozgan asarlarining tafsilotlari haqida ma`lumotlar bor.
275
Bundan tashqari XIX asrning so`nggi choragida Turkiston siyosiy-ijtimoiy
tarixi sahifalarini yoritishda ozmi-ko`pmi xizmat qilishga harakat qilganlar –
Vladimir Petrovich Nalivkin va A.G.Serebrennikov haqida ocherklar respublika
matbuoti sahifalarida e`lon qilindi.
Bartold Vasiliy Vladimirovich 1869 yilda Sankt-Peturburgda tavallud topib,
1930 yilda dunyodan ketgan, sharqshunos, akademik olim. Bartold haqida
ma`lumot O`zbekiston milliy entsiklopediyasining birinchi tomida, 641-642
betldarida, Ashraf Ahmedov tomonidan keltirilib quyidagi, dumlalarni o`qiymiz:
«Nashr qilingan 685 ta asaridan 320 tasi O`rta Osiyo tarixiga bag`ishlangan.
Bartold Sho`ro sharqidagi xalqlarning alifbosini arabchadan lotinchaga o`tkazishda
faol qatnashdi. «Islom entsiklopediyasi»da 246 ta maqolasi bilan qatnashgan.
Bartold O`rta Osiyo xalqlari tarixi, etnografiyasi va psixologiyasini chuqur
o`rgangan olim bo`lsada, Turkiston xalqi madaniyatini ob`yektiv va haqqoniy
baholay olmadi, ma`lum darajada uni kamsitdi. Bu uning «Ulug`bek va uning
davri» asarida aniq seziladi. Chunki Bartold chor Rossiyasi mustamlakasiligining
ideologi edi, u yeropaliklarning osiyoliklardan ustunligi g`oyasini olg`a surdi va
shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi».
Akademik Bo`riboy Ahmedov «Tarixdan saboqlar»nomli asarida, 5-11
betlarida V.V.Bartoldning Toshkentdagi faoliyatini yoritib beradi. Olimning ilm-
fan jabhasida barakali mehnat qilganligini va o`zidan ulkan ilmiy meros
qoldirganligini ham alohida ta`sidlaydi.
Xuddi shuningdek, professor I.I.Umnyakov ham V.V.Bartoldning 30 yillik
professorlik faoliyatiga baho berilgan asarida, uning ustozlari haqida ilmiy-
pedagogik qarashlari haqida batafsil ma`lumotlar beradi. I.I.Umnyakovning ushbu
asari V.V.Bartoldning ilmiy merosi tarixshunosligi to`liq bag`ishlanadi. Bejiz
emaskim I.I.Umnyakov «Bibliografiya trudov V.V.Bartolda» nomli yirik asar-
ko`rsatkichni ham tuzib, nashr ettira olgan (Ushbu asar, SamDU ilmiy
kutubxonasida mavjud).
V.V.Bartoldning 9-tomlik asarlar to`plami nashrdan chiqarilgan bo`lib,
faktik materiallarga boy, ilmiy jihatdan puxta, bugungi kunda ham har bir
sharqshunos, tarixchi, geograf va filolog undan bahramand bo`lib kelmoqda.
Bu davrda yuz bergan voqealar bir tomondan o`sha davr rasmiy hujjatlarida
rossiyalik mualliflar tomonidan turlicha yoritilgan. Mana shuning uchun ham XX
asrning boshlarida Turkistonda tarixnavislikni mahalliy xalq vakillari qarashlari
asosida o`rganish, turli tomonlar qarashlari-yu o`zaro qiyosiy tahlil qilinishi
maqsadga muvofiq. G`arb sharqshunoslari, Rossiyalik mualliflarning dunyoqarashi
Turkistonlik tarixnavislarning ijodiga ham turlicha ta`sir qildi. Natijada mahalliy
xalq orasidan ma`rifatparvar, kitobsevar kishilarning ham soni asta-sekinlik bilan
bo`lsada orta bordi. Mustaqillik sharofati bilan mana shunday ma`rifatparvar
276
insonlar haqida risolalar chop etila boshladi. Masalan, taniqli olim, O`zbekistonda
xizmat ko`rsatgan fan arbobi Qo`rg`on Bo`ronov XIX asrda yashab, milliy
madaniyatimiz va ma`naviyatimizga o`z hissasini qo`shgan atoqli olim Sattorxon
Abdug`afforovning hayoti va ma`rifat yo`lidagi xizmati haqida «Atoqli o`zbek
ma`rifatparvar olim Sattorxon» nomli risolasini Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyotida chop ettirdi. Ushbu risolada Sattorxon Abdug`afforovning
faoliyati va ma`rifatparvarlik qarashlarning turli ijtimoiy voqea-hodisalarda
namoyon bo`lganligi to`g`risida hikoya qilinadi.
XX asr boshlarida Turkistonda tarix fani haqida to`xtalar ekanmiz, ulkan
tarixnavis olim Bo`riboy Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» nomli asarida
keltirilgan ushbu jumlalarni o`qiymiz: «V.V.Bartold 1902 yilgi safari vaqtida
toshkentlik bir necha kitobsevarlar: general Jo`rabek (1840-1906); Muhiddin qozi,
Said Boqixon qozi, tuttor Mirza Abdulla Isamuhammedov, shuningdek o`sha
paytda Piskentda istiqomat qilib turgan qoshg`arlik Bekkulibekning shaxsiy
kutubxonalarida saqlanayotgan qo`lyozma asarlarni ham borib ko`rdi».
Demak bu hol o`sha davrda mahalliy kitobsevarlar ham o`z tarixini
o`rganishga munosib hissa qo`shishga harakat qilganliklaridan dalolat beradi.
O`sha zamon muarrixlaridan, Toshkent shahar himoyasiga o`z jasorati bilan
hissa qo`shganlar safida Muhammad Solih Qoraxo`ja o`g`li bo`lib, uning «Tarixi
jadidai Toshkant» («Toshkentning yangicha tarixi») nomli asari ham mavjud.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston xalqlari tarixshunosligiga
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) ham munosib hissa qo`shdi. XIX
asrning 90-yillarida jadidlar harakatiga qo`shilib, 1901 yili Toshkentda «Usuli
jadid» maktabini ochdi. O`zbek matbuotining vujudga kelishida Munavvarqorining
xizmati katta bo`lgan. U XX asr boshidagi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy
harakat va milliy ko`tarilishning eng nufuzli namoyondalaridan edi.
Turkistonda teatr ishlarini yo`lga qo`yishda ham Munavvarqori Abdulla
Avloniy yonida turib jonbozlik qildi.
Munavvarqori oktyabr to`ntarishini tashvish va sarosima bilan kutib oldi.
Sho`rolar tuzumi va ma`rifatparvar insonni 1931 yilda xalq dushmani sifatida otib
tashladi.
Xiva xonligidagi XX asr boshlaridagi tarixnavislik haqida Soliy
Hasanovning «Xorazm ma`rifati – olam ko`zgusi» (T., O`qituvchi, 1997) asarida
birmuncha foydalanish mumkin.
Mazkur tadqiqotning ijobiy xususiyatlari haqida gapirganimizda, eng
murakkab masalalardan biri – Xorazmda «Yosh xivaliklar» jadidchilik harakatiga
berilgan haqqoniy bahoni qayd qilib o`tishni ham lozim topdik. Muallif «Yosh
xivaliklar» jadidchilik harakati ma`rifaparvarlik dasturining ham musbat, ham
manfiy jihatlarini xolisona tahlil qilib bergan. Jadidchilik harakati munosabati
277
bilan «Yosh xivaliklar» tashkiloti faolligi Boboxun Salimov, Polvonniyoz, Xoji
Yusuf, Islom Xo`ja, Jumaniyoz Hoji ibn Hivaqiy, Hasanmurod Laffasiy, Komil
Xorazmiy, Muhammad Rasul Mirzo, Avaz O`tar o`g`li, Ahmad Tabibiy, Mutrib,
Rojiy, Faqiriy, Bayoniy, So`fi, Chokar, Devoniy, Xudoybergan Devonov, Otajon
Abdalov, Husainbek Matmurod Devonbek o`g`li, Mulla Matmurod, Mulla
Bekchon, Murodov, Isomiddin Eshon, Nizomoxun, Otajon Xo`janiyozov,
Rahimbergan Yoqubov, Muhiddin Umarov, Xudoybergan Matniyozovlarning
faoliyati to`g`risidagi mulohazalarga qo`shilmasdan ilojimiz yo`q. Chunki mustaqil
bo`lgunimizgacha yuqorida nomlari zikr etilgan jadidlarga salbiy munosabat
bildirilib, ularning ma`rifiy-pedagogik faoliyatini va yaratgan darsliklarini qoralab
yurgan bo`lsak, mualliflarning qilgan xizmatlarini va asarlarini mustaqillik asosida
qaytadan tahlil qiladi va yangi tarbiya tizimiga moslashtirib to`g`ri baholaydi. Xiva
xonligi tarixshunosligiga qo`shilgan hissiga olib keladi.
Buxoro amirligining bu davrdagi tarixnavisligida tojik va o`zbek
xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donish (1827-1897) katta rol o`ynaydi. Buxoro
amiri byurug`i bilan bir necha yil davomida tarix, tib va falsafaga oid qo`lyozma
asarlardan nusxa ko`chirdi. 1857, 1873 yillarda Buxoro amiri elchilariga mirzolik
qilib Peterburgga bordi. Rus hayoti va madaniyati bilan tanildi, rus tilini o`rgandi.
Tarixga oid «Tarjimai ahvoli amironi Buxoro» (Buxoro amirlarining tarjimai
hollari) nomli asar yozgan.
Buxorolik Mirzo Salimbek Samimiy (1850-1930) tarixchi va shoir 6 ta ilmiy
asar yozib qoldirgan. Shular orasida eng kuchlisi «Tarixi Samimiy» (Samimiy
tarixi). Bu Salimbekning eng muhim asari bo`lib, Buxoro amirlarining so`nggi 3
tasi davridagi 60 yillik tarix haqida qimmatli va mufassal ma`lumotlarni o`z ichiga
olgan.
Markaziy Osiyo tarixiga oid manbalar tadqiqiga qaratilgan ilmiy
izlanishlarda ―Qo‗qon tarixnavislik maktabi‖ nomi bilan ma‘lum nasr va nazmda
yozilgan tarixnavislik yunalishidagi asarlarning umumiy soni o‗ttizdan ortiqligi
ma‘lum . Bu manbalardan aksariyatining o‗zbek va rus tillariga tarjimalari hamda
matnlari chop etilgan, xali nashr etilmaganlari ustida izlanishlar davom etmoqda.
Ular orasida Mirzo Qalandar Mushrifning ―Shoxnoma-i nusratpayom‖ asari
alohida ahamiyat kasb etadi.
Xozirgacha bor ma‘lumotlarga asoslanib aytadigan bo`lsak, ―Shoxnoma-
i nusratpayom‖ Qo‗qon xonligi tarixiga oid ilk nasriy asardir. Uning uchta
qo‗lyozmasi yetib kelgan bo‗lib, kataloglarda va ayrim tadqiqotlarda
atroflicha tavsiflangan. Ulardan biri Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq
qo`lyozmalari institutida (Sankt-Peterburg) S471 raqamida muallif dastxati
sifatida e‘tirof etilgan qo`lyozmadir. Boshqa
IKKI
nusxasi Tojikiston Fanlar
akademiyasi qo`lyozmalar fondida saqlanadi. Ulardan biri XIX oxirida,
278
ikkinchisi 1937 yili ko‗chirilgan (fond xodimlarining aytishicha, 1088 va 1026
raqam ostida saqlangan
Dostları ilə paylaş: |