yilning oxiri —
1004
yilning boshlarida ro‗y bergan.
Kitobda allomaning siyosiy faoliyatiga doir ma‘lumotlar manbalarga
asoslangan holda berilgan (122—126-betlar). Shu bilan birga, uning shaxsiy
fazilatlari ham bayon qilingan. P. G. Bulgakov Beruniyning olim sifatidagi
faoliyatini Abu Bakr ar-Roziy shaxsi
bilan solishtirish asnosida baholagan va
ularning umumiy jihatlarini quyidagicha ta‘riflagan har ikkala alloma ham natur
falsafa tarafdori bo‗lganlar va antik falsafiy merosni rivojlantirganlar, ular uchun
dogmatizm bilan kurashga yo‗naltirilgan ratsionalizm xos bo‗lgan, eskilikka
yangicha qarash har ikkala olim falsafiy qarashlarining umumiy tomonidir. Roziy
ham, Beruniy ham inson tafakkuri dunyoning rivojlanish qonunlarini tajriba
orqali bilishining cheksiz imkoniyatlariga ishonganlar. Dinga munosabat
borasida ham ularning fikrlari umumiy bo‗lgan (285—288-betlar). Shuningdek,
kitobda muallif Abu Rayhon Beruniyning ilmiy uslubini aniq va lo‗nda qilib
quyidagicha ifodalagan: «o‗tkir tanqidchilik, an‘analarga amaliy tajriba
natijalarini qarama-qarshi qo‗yish, xulosalarni tahlilash, talabchanlik bilan o‗z-
o‗zini tekshirib borish, aniq tajribalarning natijalarini sintezlash asosida umumiy
xulosalar va qoidalar ishlab chiqish, fan masalalarini hal qilishda din talablaridan
mustaqil bo‗lish» (69-bet).
«Beruniyning xayoti va asarlari» kitobida P. G. Bulgakov allomaning
243
fexristi va unga qo‗shimchalardan kelib chiqib u qoldirgan ilmiy meros hajmi o‗n
ming qo‗lyozma varaqdan iborat bo‗lishi mumkinligini bayon qilgan. Agar ushbu
xajmni zamonaviy nashrlar bilan taqqoslasak, har biri kamida 35 bosma taboqli 40
jild kitob hosil bo‗lgan bo‗lar edi (289-bet). Shundan so‗ng P. G. Bulgakov 115 ta
asar nomini o‗z ichiga olgan fexristni birinchi marta tarkibiy jihatdan tahlil qilgan
va quyidagi xulosaga kelgan: asarlarni mavzu jihatdan quyidagicha tasniflash
lozim:
1.
Sferik astronomiya va zijlarga oid asarlar 18 ta.
2.
Geodeziya va geodezik astronomiyaga oid asarlar 15 ta.
3.
Arifmetikaga oid asarlar 8 ta.
4.
Astrologik astronomiyaga oid asarlar 4 ta.
5.
Astrolyabiya va u bilan ishlash usullariga oid asarlar 5 ta.
6.
Vaqtni anglash masalalariga oid asarlar 5 ta.
7.
Meteorit va kometalar haqida asarlar 5 ta.
8.
Turli mavzularga bag‗ishlangan asarlar 12 ta.
9.
Astrologiyaga oid asarlar 9 ta.
10.
Satira va afsonalar haqidagi asarlar 13 ta.
11. Diniy e‘tiqod bilan bog‗liq asarlar 6 ta.
12.
Qoralama holida qolib ketgan va yo‗qolgan asarlar 5 ta.
13.
Alohida qo‗shimchalar talab qilinadigan ishlar 10 ta.
Kitobda ana shu tasnifdan so‗ng qiziqarli tahlilga duch kelamiz. 1953 yilda
xorij tadqiqotchisi D. Bualo fexrist, Yokut Xamaviy va Xoji Xalifa asarlaridan
foydalanib Abu Rayxon Beruniy qalamiga mansub asarlar ro‗yxatini tuzib
chiqgan edi. Mazkur ro‗yxatda alloma qalamiga mansub asarlar soni 180 ta deb
ko‗rsatilgan. P. G. Bulgakov esa o‗z kitobida ro‗yxatni tanqidiy nuqtai nazardan
ko‗rib chiqqan. Uning fikricha, asarlar soni oshirib yuborilgan, sababi D. Bualo
asarlar ro‗yxatini tuzganda, «Fexrist»da keltirilgan ayrim asarlarni Beruniyga
tegishli emas, balki unga atab yozilganligini xisobga olmagan, shuningdek, ba‘zi
asarlarning manbalarda keltirilgan turlicha nomlarini alohida asarlar deb
hisoblagan. P. G. Bulgakovning sinchiklab o‗tkazgan tahlili, Beruniy qalamiga
mansub asarlar soni 146 ta bo‗lib, kitob so‗nggida ilova tarzda ularning to‗liq
ro‗yxati keltirilgan (420—424-betlar).
«Beruniyning xayoti va asarlari» kitobining so‗nggi bobida allomaning
hayot yo‗liga umumiy tavsif berilgan. Muallif bayon qilingan barcha
ma‘lumotlardan foydalanib uni quyidagi bosqichlarga bo‗lgan:
1.
bosqich. 983—990 yillar. Umumiy ta‘lim va boshlang‗ich maxsus
matematik-astronomik bilimlar olish davri.
2.
bosqich. 991—998 yillar. Dastlabki mustaqil ilmiy tadqiqotlar davri.
244
3.
bosqich. 998 yillar oxiri — 1004 yilning birinchi yarmi. Jurjon davri.
Sermaxsul ilmiy ishlar va ijodiy faoliyat davri.
4.
bosqich. 1004—1017 yillar. Urganch davri. Beruniy ilmiy faoliyatini
siyosiy ishlar bilan birga olib bordi.
5.
bosqich. 1018—1029 yillar. «Geodeziya» — G‗azna davri.
6.
bosqich. 1030—1037 yillar. Sakkiz yillik kulminatsion ijod davri.
7.
bosqich. 1038—1048 yillar. Yakuniy davr (352—355-betlar).
Bunga qadar allomaning umr yo‗li faqat umumiy tarzda bosqichlarga
bo‗lingan bo‗lib, yuqoridagi davrlashtirish P. G. Bulgakov tomonidan ilk marotaba
amalga oshirilgan.
Shundan keyin kitobda Beruniyning fanlar rivojiga qo‗shgan hissasi
umumiy tarzda ko‗rib chiqilgan. Ta`kid etish lozimki, P. G. Bulgakov allomaning
falsafiy qarashlari va dinga munosabatiga baho berganda o‗z davri talablaridan
kelib chiqib, ob‘ektivlikdan bir oz chetga chiqqan. Allomaning falsafiy
qarashlarini materialistik nuqtai nazardan baholagan muallif Beruniyni ateist deb
hisoblaydi, uning fikrlaridan allomaning ilmiy merosida materialistik qarashlarni
kuchaytirib ko‗rsatishga intilishni kuzatamiz. Dinga munosabat borasida P. G.
Bulgakov Beruniy ilmiy merosini ateistik nuqtai nazardan baholagan, ammo,
fikrimizcha, Beruniyning diniy bag‗rikengligi va dunyoviy fanlarga munosabatini
yoddan chiqarmagan holda uning musulmon olim ekanligini esda saqlash lozim.
Bo‗limning so‗nggida XIX asr oxiridan 1973 yilga qadar bo‗lgan davrda
allomaning hayoti va ijodining o‗rganilish tarixi berilgan. Kitobni mutolaa qilish
asnosida beruniyshunoslik bilan shug‗ullangan xorijlik tadqiqotchilar, ularning
ishlari bilan tanishish imkoniga ega bo‗lamiz, kitob bibliografiyasida ularning
ilmiy tadqiqotlari uchun alohida qism ajratilgan (404—410-betlar).
Yuqoridagi fikrlarning barchasi kitob muallifining mukammal bilim egasi va
fidoyi beruniyshunos bo‗lganligidan dalolat beradi. Kitobda keltirilgan fikrlar va
tahlillarni beruniyshunoslik sohasida o‗sha davrgacha amalga oshirilgan
tadqiqotlarning jamlanmasi deb hisoblasa buladi. Fikrimizcha, uni o‗zbek tiliga
tarjima qilish Abu Rayhon Beruniy merosini o‗rganishga yanada yaqnlashuvga
xizmat qilgan bo‗lardi. Kitobning so‗z boshisida ta‘kidlanganidek, P. G.
Bulgakovning kitobni yozishdan «asosiy maqsadi alloma Beruniyning mumkin
qadar to‗liq qiyofasini o‗quvchiga ravon tilda yetkazish
»
bo‗lib, u o‗z maqsadiga
erishgan, deb hisoblash mumkin.
Buyuk alloma Abu Rayxon Beruniy (973-1048) hayoti davomida fanning
turli sohalariga oid 150 dan ortiq, asarlar yozib qoldirgan. Yurtimizda
uning
hayoti va ilmiy merosiga qiziqish Rossiya imperiyasi davrida boshlanib sovet
sharqshunosligida katta o‗rin olgan va rivojlangan. Ayniqsa, XX asrning 40-
yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar beruniyshunoslik sohasiga salmoqlii hissa
245
bo‗lib qo‗shildi.
1949 yilda Abu Rayxon Beruniy vafotiga 900 yil to‗lishi (xijriy yil
xisobida 1000 yilligi) ning Butunittifoq, miqiyosida nishonlanishi Beruniyning
xayoti va ijodining o‗rganilishida muhim omil bo‗ldi. Yubileyning Xorazmda
1937-1947 yillarda o‗tkazilgan S.P.Tolstov boshchiligidagi SSSR FA arxeologik-
etnografik ekspeditsiyaning yakunlanishi bilan bir paytga to‗g‗ri kelganligi esa
beruniyshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning sermahsulligini yanada oshirdi.
1948-1950 yillar oralig‗ida e‘lon qilingan tadqiqotlarning barchasi buyuk Beruniy
vafotining 900 yilligiga bag‗ishlandi. Yuqorida qayd etilgan Xorazm arxeologik-
etnografik ekspedidiyasning o‗n yillik faoliyati natijalari bayon qilingan S.
P.Tolstovning «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab» nomli mashxur kitobi Abu
Rayxon Beruniy xotirasiga bag‗ishlangan edi. Ekspeditsiya natijasida qo‗lga
kiritilgan ishlar fan olamida birinchi marta Qadimgi Xorazm va Beruniy
zamonidagi Xorazmning tarixi va madaniyati haqida to‗liq va aniq tasavvur hosil
qilishga imkon yaratdi. O‗z navbatida Beruniyning Xorazm va unga yondosh
mamlakatlar haqidagi ma‘lumotlari S. P. Tolstov va uning gurhiga ekspeditsiyada
qo‗lga kiritilgan Xorazm tarixiga oid ko‗plab fakt va dalillarni talqin qilishda
katta yordam berdi. S. P.
Tolstovning yuqorida tilga olingan asarining alohida
bo‗limi Beruniy davriga bag‗ishlangani bejiz emas.
1949-yilning 25-26 martida SSSR FAning Tarix va falsafa, Til va adabiyot,
Fizika-matematika, Geologiya-geografiya fanlari bo‗limlarining birlashgan
yubiley sessiyasi bo‗lib o‗tdi. Unda S. P. Tolstovning «Beruniy va uning davri», I.
Yu. Krachkovskiyning «Beruniy va uning sharq geografiyasi tarixidagi roli» (bu
ma‘ruzani sessiyada Zaxoder o‗qib bergan), X.U.Sodiqovning «Beruniyning
astronomik bilimlari», A. M. Beleniskiyning «Beruniyning «Mineralogiya»si
xaqida», G. G. Lemmleynning «Beruniyning mineralogiyaga oid ma‘lumotlari»,
V. Y. Zoxidovning «Beruniy donishmand sifatida» deb nomlangan ma‘ruzalari
tinglandi. Ammo Beruniy dahosining o‗rganilish jarayoni o‗sha davrda barcha
sohalarni qamrab olgan mafkuralashtirish siyosatidan chetda qolgani yo‗q.
Allomaning yubileyi bu davrda e‘lon qilingan «burjua kosmopolitizmi»ga qarshi
kurash shiori bilan o‗tkazildi va mafkuraviy qurol vazifasini bajardi, desa bo‗ladi.
Biroq, bu jarayon beruniyshunoslik sohasidagi tadqiqotlar aksariyatining
qimmatini kamaytirgani yo‗q.
Usha davrda allomalar faoliyatiga baho berishda sovet konsepsiyasi
shakllangan edi. Hattoki, Abu Rayhon Beruniy davrini tadqiq qilgan arxeolog
V.M.Massonning maqolasi ham bundan xoli bo‗lmagan. Xususan, u shunday deb
yozgan: «Tarixga antipatriotcha kosmopolitik nuqtai nazar bilan yondashuvchi
falsifiqatorlar Beruniyni sxolastik mavhumlashtirilgan planda ko‗rib chiqishga
harakat qilib, o‗zbek xalqini madaniy merosdan mahrum qilishga uringanlar.
246
Beruniy merosini materialistik nuqtai nazardan baholash birlamchi manbalarga
asoslangan ulkan mehnat talab qiladi. Beruniyning asarlari materializm va
idealizm kurashgan kesishmada k o‗rib chiqilishi lozim, uning davri
sinfiy kurash tu shunchasi chuqurlashgan davrdir, bunda kurash
umumiy j ihatlarini k o‗rsatsada, mafkura sohasida hali u darajada
o‗zini ko‗rsatmagan edi». V. M. Masson o‗z maqolasida Xorazmning
o‗sha davr tarixini yaxshi yoritgan, ammo sovet mafkurasi alloma
faoliyatining biryoqlama o‗rganilishiga olib keldi.
1949-yilning yanvar oyida O‗zbekistonda Abu Rayhon Beruniy vafotining 900
yilligi keng nishonlangan. Bu munosabat bilan ikkita to‗plam nashr etilishi mo‗ljallangan
edi. Birinchisi «Beruniy asarlaridan parchalar», ikkinchisi Beruniyga bag‗ishlangan
maqolalar to‗plami. Ushbu to‗plamlarni nashrga tayyorlash uchun ham maxsus komissiya
tuzilgan bo‗lib, unga Ya. F. G‗ulomov rahbarlik qilgan. Ammo har ikkala to‗plam
umumlashgan holda o‗zbek va rus tillarida nashr etildi. V. I. Zoxidovning «Fan xomiysi
Beruniy» deb nomlangan maqolasi ham yubiley munosabati bilan e‘lon qilingan edi.
Maqolada Abu Rayhon Beruniy yashagan davr haqida hikoya qilingan, uning ilmiy va
falsafiy qarashlari tanqidiy sharhlangan. Shu bilan birga Beruniyning borliqni ilmiy bilish
uchun kurashi, fanni din ta‘siridan kutqarish uchun intilishlari, g‗ayri ilmiy tushunchalarga
qarshi kurashi haqidagi fikrlar berilgan. Garchi maqolada masalaga ilmiy materialistik
yondashuv sezilib tursada, u Beruniyning falsafiy qarashlarini o‗rganishda ahamiyatga
egadir.
1949-yil Beruniy merosini o‗rganishda yangi qarashlar ochilgan yil bo‗di. Gap
allomaning mineralogiya va geologiya sohasida qoldirgan ilmiy merosi va bu fanlar
rivojlanishi uchun qo‗shgan hissasi haqida bormoqda. Ushbu masalani o‗rgangan olim A.
M. Beleniskiy o‗zining qator tadqiqotlarida Beruniyning minerolog va geolog sifatidagi
faoliyatini yoritgan.
A. M. Beleniskiyning «Beruniyning dunyo kartinasi» deb nomlangan maqolasi
1937 yil Hindistonda shu nomda (Beruni‘s picture of world) arab tilida nashr etilgan
seriyali nashrga bag‗ishlangan taqrizdir. Uning tarkibida Beruniyning quyidagi asarlaridan
parchalar o‗rin olgan edi: «Al Qonun al Mas‘udiy», «Geodeziya», «Mineralogiya»
va «Saydana». A. M. Beleniskiy o‗z maqolasida mazkur nashrning tarkibi haqida
so‗z yuritgan. Maqolada Beruniy asarlarining qaysi qo‗lyozmalardan olinganligi,
ularning ko‗pchiligi birinchi marta chop etilayotgani haqida so‗z boradi. Muallif
1936 yili Xaydarobodda Beruniyning «Mineralogiya» asari arab tilida to‗la nashr
qilinganligini alohida ta‘kidlagan.
«O‗rta Osiyolik XI asr ensiklopedisti Al Beruniy O‗rta Osiyoning
tog‗
boyliklari haqida» deb nomlangan
maqolasida esa A. M.Beleniskiy
«Mineralogiya» asari va undagi ma‘lumotlar haqida fikr yuritgan. Bunda muallif
asarning 1937 yilgi Hindiston nashridan foydalangan. Maqolada muallif
247
allomaning O‗rta Osiyo hududlarida mavjud bo‗lgan ma‘danlar, metallarni ko‗rib
chiqqani, ularni bayon qilish asnosida tarixiy-geografik joy nomlarining izohlarini
ham keltirgani, jumladan, minerallardan badaxshon la‘li, lazurit,
tog‗ billuri,
firuza, nefrit toshi, yada toshi, metallardan oltin va margimush haqidagi Beruniy
keltirgan ma‘lumotlarni o‗qish mumkin.
A. M. Beleniskiyning keyingi tadqiqoti «Al Beruniyning «Mineralogiya»si
haqida»dir. Maqola yuqorida tilga olingan 1936 yili F. Krenkov tomonidan
Xaydarobodda amalga oshirilgan arab tilidagi nashrga asoslanib yozilgan. A. M.
Beleniskiyning maqolasida Beruniyning mineralogiyaga oid ishlari haqida xorijda
amalga oshirilgan yana bir tadqiqot xaqida so‗z boradi. 1935 yilda Germaniyaning
Bonn universitetida suriyalik tadqiqotchi Xashmiy Beruniyning «Mineralogiya»
asariga oid manbalar haqida dissertatsiya nashrini e‘lon qilgan. Ammo o‗sha
paytda dissertatsiya muallifi o‗z tadqiqotida alloma asaridagi ikkinchi darajali
boblardan foydalanib, «Mineralogiya»-«kompilektiv asar» deya noto‗g‗ri xulosaga
kelgan. A. M. Beleniskiy uning fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, «Mineralogiya»dan
isbotlar keltirib, Beruniy zamonaviy fan talablariga javob beruvchi olim, degan
xulosaga kelgan. A. M. Beleniskiyning maqolasi, uning xulosa qismida
ta‘kidlanganidek, Beruniy asarining mineralogiya tarixidagi o‗rnini yoritishdagi
dastlabki qadam edi. Ammo tahlil qilingan qisqacha ushbu materiallar ham xorazmlik
Abu Rayxon Beruniyning mineralogiya sohasida ajoyib asar yaratganligidan guvohlik
beradi.
Oradan bir yil o‗tib ushbu tadqiqotning bevosita davomi sifatida A. M.
Beleniskiy «Beruniyning mineralogiyaga oid asarining «Temur haqida»gi
bo‗limi» va B. A. Kolchinning «Beruniyning mineralogiyaga oid asarining
«Temur haqida» gi bo‗limiga bir qancha eslatmalar» deb nomlangan maqolalari
chop etilgan. Birinchi maqolada muallif Beruniyning «Mineralogiya» asaridagi
«Temir haqida»gi bo‗limining tarjimasini berish bilan birga asarni yozishda allo-
ma foydalangan usullar, asar tarjimasidagi ayrim qiyinchiliklar va undagi she‘riy
matnlarning tashlab ketilganligini yozgan. Ammo maqola «Mineralogiya» asari
rus tilidagi tarjimasining (bir bo‗limi bo‗lsa ham) qaldirgochidir.
Ikkinchi maqola muallifi B. A. Kolchin esa mazkur tarjima haqida va
undagi ma‘lumotlarning rus metallurgiyasi tarixidagi ahamiyati haqida fikr
yuritgan. Unda Beruniyning rus qilichlari haqidagi ma‘lumotlari qimmatli
ekanligi, ular arxeologik ma‘lumotlar asosida tasdiqlanganligi, tarjimada she‘riy
matnlar berilmaganligi uchun ayrim tushunarsiz joylar borligi, umuman,
Beruniyning ushbu asari O‗rta Osiyoda X—XI asrlarda metallurgiya va
metallarga ishlov berish texnikasi rivojlanganligi va ilmiy asoslanganligidan
darak berishi bayon qilingan.
1949
yil Abu Rayxon Beruniyning xayoti va ijodini o‗rganishda
248
sermahsul yil bulgan. O‗sha yili yuqorida tilga olingan yubileylar munosabati
bilan uchta to‗plam dunyo yuzini ko‗rdi. Ularning birinchisi SSSR FAning
birlashgan yubiley sessiyasi materiallari bo‗lib, S. P. Tolstov tahriri ostida
«Beruniy» nomi bilan nashr etilgan. Dastlabki maqola unga tegishli bo‗lib,
«Beruniy va uning zamoni» deb ataladi. Mazkur maqola har uchala to‗plamning
ilk maqolasidir. Maqolada Beruniy yashagan davr tadqiq, etilib, alloma «arab»
yoki «eronli» emas, «o‗zidan oldin o‗tgan buyuk vatandoshi Muxammad ibn
Muso Xorazmiy singari o‗zbek madaniyatining klassigi, o‗zbek fanining
yaratuvchisi,
O‗zbekistonda
yetishgan
o‗rta
asr
olimlarining
eng
buyuklaridandir», deya e‘tirof etilgan. Maqolada Beruniy yashagan davr tarixi
sinfiy kurash nuqtai nazaridan yoritilgan, Beruniy va Xorazmiyning hayot yo‗li
ham solishtirilib, ularning umumiy jihatlari bayon qilingan. Shuningdek, muallif
Beruniyning ijodi, ilmiy qarashlariga qisqacha to‗xtalib, uning xarakterli
xususiyatlaridan biri haddan tashqari ko‗p o‗qiganligi va kishini hayron qoldirarli
darajada bilimdonligidadir, deb xisoblaydi.
«Beruniy donishmand sifatida» nomli maqola muallifi V. I. Zoxidov
Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi, o‗sha davrdagi ijtimoiy, iqisodiy, siyosiy
hayotni ko‗rib chiqqan.
Akademik I. Yu. Krachkovskiy esa o‗z maqolasida Beruniyning Sharq
geografiyasi tarixidagi o‗rnini ko‗rsatib, xorijlik beruniyshunos M. Meyerxofning
alloma haqidagi fikrlarini keltirgan, ya‘ni maxsus tadqiqotlar natijasida Meyerxof
shunga amin bo‗ldiki, butun o‗rta asrlarda tadqiqot usullarining asoslanganligi
bo‗yicha Beruniyga yetadigani topilmaydi. Mashxur sharqshunos Beruniyning
hayoti va ijodini tadqiq etar ekan, o‗zigacha mavjud bo‗lgan barcha manba va
adabiyotlarni chuqur tahlil qilgan, ulardan unumli foydalangan. Chunki bu
davrga kelib xorij tarixshunosligi beruniyshunoslikda ancha yuqori natijalarni
qo‗lga kiritgan edi. Al Beruniyning nisbasi forschada Berunidir, arab tilida
cho‗ziq «ye»ning yo‗qligi Biruniy aytilishiga sababdir, deb izoxlaydi I. Yu.
Krachkovskiy. Berun — «shahar tashqarisidan bo‗lgan kishi», uning ko‗niyasi
Abu-Rayxon
esa
rayhonga
ega
kishi
demakdir.
Olim
Beruniyning
genealogiyasini izlashda uning she‘rlariga ham
murojaat qilgan. Arab adabiyoti
tarixida Al Beruni geografiya va sayohatlar sohasida nom chiqargan bo‗lsada, u
yozgan asarlarning nomlaridan ko‗rinib turibdiki, Beruniy nafaqat geograf, balki
o‗z davrining barcha fanlarini egallagan, avvalo, matematika-fizika, so‗ngra
tabiiy-tarixiy fanlar sohalarini mukammal bilgan keng dunyoqarashli en-
siklopedist hamdir. Shu o‗rinda qayd etish lozimki, I. Yu. Krachkovskiy
Beruniyni arab tilida ijod qilgan xorazmlik olim deb xisoblaydi. Muallif
«Xronologiya», «Hindiston», «Mas‘ud qonuni», «Mineralogiya», «Geodeziya»,
«Farmakognoziya» asarlaridagi ma‘lumotlar (asosan geografik)ni tahlil qilgan.
249
Shuningdek, asarda Beruniy asarlaridan foydalangan o‗rta asr arab geograflari
haqida ham so‗z yuritilgan (Yoqut, Abul Fid, al Makriziy). Bu esa Beruniyning
bizgacha yetib kelmagan asarlari haqida ma‘lumot olishga imkon beradi.
Masalan, Yoqut o‗z asarida Beruniyning 1031 yilda yozib qoldirgan «Taqosim
al-aqolim» («Iqlimlar taqsimoti») asaridan foydalangan, ammo u bizgacha yetib
kelmagan. I. Yu. Krachkovskiyning e‘trofiga ko‗ra, Beruniyning geografiyaga
bag‗ishlangan alohida asarlari saqlanib qolmagan bo‗lsada, yirik asarlarida
keltirilgan ma‘lumotlarning o‗ziyoq uning geografik qarashlarini o‗rganishga
imkon beradi, olim uchun Beruniy shunday allomaki, uning qiziqan sohalarini
sanashdan ko‗ra, qiziqmagan sohalarini sanash osonroq.
X.U.Sodiqovning «Beruniyning astronomiyaga oid bilimlari» nomli
maqolasi esa allomaning astronomiyaga oid merosini o‗rganishda yirik va
zalvorli tadqiqot xisoblanadi. Chunki o‗sha davrga qadar Abu Rayxon Beruniy,
asosan, astronom va matematik sifatida ma‘lum bo‗lsa ham, uning bu sohalardagi
ishlari ilmiy asosda tadqiq etilmagan edi. Uning o‗sha yili e‘lon qilingan
«Beruniy va uning astronomiyaga oid ishlari» maqolasi ham diqqatga sazovordir.
Maqola muallifi o‗z tadqiqotida Beruniyning Kopernikdan 500 yil avval yerning
harakatlanish ehtimoli haqidagi fikrga kelmaganligini ta‘kidlaydi. Ikkinchi
maqolada esa o‗zigacha bo‗lgan Beruniyning nashr etilgan asarlaridan foydalanib
allomaning nafaqat astronomik, balki trigonometrik jadvallar va matematikaga
oid boshqa ishlarini ham yoritgan.
«Beruni» to‗plamidan A. M. Beleniskiyning yuqorida nomi tilga olingan
«Al-Beruniyning «Mineralogiya»si haqida» nomli maqolasi o‗rin olgan. To‗plam
so‗ngida esa uning mazkur asardan olingan «Qahrabo haqida» nomli bo‗limining
tarjimasi berilgan.
To‗plamning so‗nggi maqolasi professor T. G. Lemmleynga tegishli bo‗lib,
unda «Beruniyning mineralogiyaga oid ma‘lumotlari» o‗rin olgan. Maqola o‗sha
paytgacha amalga oshirilgan tadqiqotlarning mantiqiy davomidir. Unda
Beruniyning ma‘danlar va ularning solishtirma og‗irliklariga misollar keltirilgan.
«Beruniy — o‗rta asrning buyuk olimi» deb nomlanuvchi V. Y. Zoxidov
tahriri ostida chiqqan ikkinchi to‗plam esa yurtimizda nishonlangan yubiley
natijasidir. Uning rus tilidagi nashrida S. P. Tolstovning «Beruniy va uning
zamoni», A. A. Semenovning «Beruniy — o‗rta asrning buyuk olimi», V. Y.
Zovddovning «X—XI asrlarning buyuk mutafakkiri», F. Jalolovning «Beruniy va
astronomiya fani», Ya. G‗ulomovning «Beruniy Amudaryo oqimining tarixiy
gidrografiyasi haqida» deb nomlangan maqolalari o‗rin olgan. To‗plamning
o‗zbek tilidagi nashrida esa ularga qo‗shimcha ravishda F. Jalolovning «Beruniy
va kartografiya», S. Mirzayevning «Beruniy va sayidana ilmi», A. Nosirovning
«Beruniy haqida sharq qo‗lyozma kitoblaridagi materiallar», «Beruniy asarlarining
250
ro‗yxati (fexrasti)», shuningdek, Beruniy ayrim asarlarining o‗zbekcha tarjimalari
o‗rin olgan.
Mazkur to‗plam materiallarining tahlili bizga beruniyshunoslikda katta
yutuqlarga erishilganligini ko‗rsatadi. Masalan, A. A. Semenov o‗zining
maqolasida o‗rta asr Yevropasi buyuk olimni Aliborona ismi bilan tanir edilar,
deb yozgan. Maqolada Beruniyning «Yodgorliklar», «Geodeziya» va
«Hindiston» asari haqida fikrlar, astronomiyaga oid ishlari, biologik va botanik
kuzatishlari, yo‗li va yashagan davri haqidagi qimmatli ma‘lumotlar o‗rin olgan.
V. I. Zoxidovning «O‗rta asr falsafiy ongining ulug‗ pahlavoni» maqolasi
esa Beruniyning falsafiy merosi va qarashlariga bag‗ishlangan qimmatli
tadqiqotdir. Unda Beruniy ishlab chiqqan tabiatni o‗rganish va bilish metodining
xarakterli belgilari tizimlashtirib bayon qilingan. Muallif Beruniyni tarixchi
sifatida ham ko‗rib chiqqan.
Ya. G‗ulomovning maqolasida esa Beruniy asarlarida keltirilgan
Amudaryo oqimining gidrografiyasiga doir ma‘lumotlar ko‗rib chiqilgan. Ushbu
maqola ham Beruniy ijodining yangi qirralaridan biri, ya‘ni allomaning
gidrografiya sohasidagi ishlarini yoritdi.
F. Jalolovning Beruniyni astronom sifatida tadqiq qilgan maqolasida
Beruniyning astronomiya va matematikaga oid o‗nta yangi asarining nomlari,
uning astrologiyaga munosabati bayon qilingan. Shuningdek, O‗z SSR FA Sharq
qo‗lyozmalari institutida saqlanuvchi «Kitob at Tavhim»da berilgan Beruniyning
astronomiyaga oid chizmalari, yer harakati haqidagi fikrlari, sferik trigonometriya
sohasidagi ishlari ham tadqiq qilingan. Bu muallifning «Beruniy va kartografiya»
deb nomlangan maqolasi esa alloma faoliyatining yangi qirrasini namoyon etishi
bilan ahamiyatlidir.
Beruniy ijodini yanada kengroq, yoritishga, uning yangi jihatlarini
ochishga xizmat qiluvchi yana bir maqola S. Mirzaevga tegishli. «Beruniy va
saydana ilmi» deb nomlangan maqolada Beruniyning farmakologiya sohasidagi
asariga oid ma‘lumotlar bor. Muallifning yozishicha, Beruniy O‗rta Osiyoda
birinchi marta saydana ilmi haqida asar yozdi. Bu asarning nomi «Kitobus
saydana fit tib»dir. Usha davrda asarning to‗liq, qismi hali aniqlanmagan bo‗lib,
maqola muallifi Moskva universitetining Gorkiy kutubxonasidan olingan 18
betlik qismi bilan tanish bo‗lgan va ularning ayrimlarini o‗zbek tiliga tarjima
qilgan. Mazkur manba Beruniyning «Saydana» asarini o‗rganish tomon qo‗yilgan
ilk qadamdir.
To‗plamdan o‗rin olgan A. Nosirovning «Beruniy haqida Sharq qo‗lyozma
kitoblaridagi materiallar», «Beruniy to‗g‗risida bo‗lgan manbalarning qisqacha
mazmuni», «Beruniy asarlarining ro‗yxati» va «Beruniy asarlaridan ba‘zilarining
mazmuni va mavqei haqida turli manbalardan olingan ma‘lumotlar» deb
251
nomlangan maqolalari esa beruniyshunoslikda tengi yo‗q tadqiqotlardir. Bunda
muallif O‗z SSR FA Sharqshunoslik institutida, O‗rta Osiyo Davlat
universitetining asosiy kutubxonasida va A. Navoiy nomli O‗zbekiston Davlat
xalq kutubxonasida saqlanib kelayotgan o‗zbek, arab, fors tilidagi qo‗lyozma va
bosma kitoblardan Beruniyga va uning asarlariga taalluqli bo‗lgan ma‘lumotlarni
jamlagan va ularni uch qismga ajratgan. Birinchi qism Beruniyning tarjimai
holidan iborat bo‗lib, o‗sha davrgacha adabiyotlarda mavjud bo‗lmagan yangi
ma‘lumotlar berilgan. Jumladan, allomaning ustozlari, shogirdlari va yuzga yaqin
zamondoshlarining ismlari keltirilgan. Ikkinchi qism o‗zbek, arab va fors tillarida
uchragan qo‗lyozma va bosma kitoblarda uchragan Beruniyga oid ma‘lumotlarni
o‗z ichiga olgan. Uchinchi qism faqat olimning asarlariga bag‗ishlangan. Bunda
Beruniyning 154 asarini o‗z ichiga oluvchi uch xil ko‗rsatkich berilgan,
asarlardan 47 tasining mazmuni va ulardan ma‘lumotlar ham berilgan. Fexrastda
Beruniy o‗z qo‗li bilan yozgan kitoblari ro‗yxati va unga atab yozilgan
kitoblarning ro‗yxati o‗rin olgan. Ushbu tadqiqot Beruniy hayoti va ijodining
o‗rganilishida muhim o‗rin tutadi va keyingi tadqiqotlar uchun manbaviy asos
vazifasini bajargan.
Beruniyning hayoti va ijodiga bag‗ishlangan to‗plamning yana bir
qimmatli jihati shundaki, unda birinchi marta o‗zbek tiliga tarjima qilingan
Beruniy asarlari bilan tanishish mumkin. «Hind xalqlarining aqliga muvofiq yoki
aqlga muvofiq fikrlarining xaqiqati to‗g‗risida» asarining Ye. Muxammadxo‗jaev
tomonidan, «Al osorul boqiya anilqurunil xoliya» asarining A. Rasulov
tomonidan amalga oshirilgan tarjimalari va M. Abduraxmonovning «Kitobul
jamohir fi ma‘rifatul jamohir»dan olingan tarjimasi beruniyshunoslikda Beruniy
asarlarining o‗zbekcha tarjimasiga tamal toshini qo‗ydi. Shu bois ularning qisqa
parchalar ekanligi tarjimalar ahamiyatini pasaytirmaydi.
1949
yilda Beruniy vafotining 900 yilligi munosabati bilan yana bir
muhim nashr dunyo yuzini ko‗rgan. Bu Beruniy bilan Ibn Sinoning Aristotel
ilmiy merosi masalasida olib borgan yozishmalarining o‗zbekcha va rus tilidagi
nashrlaridir. Mazkur tarjima har ikkala alloma ijodi bilan tanishish imkonini
beradi, ularning falsafiy qarashlarini aniqlashda muhim manba bo‗lib xizmat
qiladi. Shuningdek, F. Jalolovning rus va o‗zbek tillarida nashr etilgan Abu
Rayxon Beruniyning hayoti va ijodiga bag‗ishlangan ilmiy-ommabop kitobi, M.
A. Salening «Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy» nomli maqolasi ham
yubiley munosabati bilan e‘lon qilingan tadqiqotlardir. F. Jalolovning «Abu
Rayhon Beruniy» nomli kitobida alomaning tarjimai holi va ijod yo‗li bayon
qilingan. U orqali Beruniy ijodiga qiziqqan barcha kishilar alloma haqida yetarli
ma‘lumot olish imkoniga ega bo‗lgan.
M. A. Salening maqolasi esa ocherk tarzida yozilgan. Unda Beruniyning
252
hayot yo‗li, uning asarlari mavzularining tamili, ilmiy metodologiyasi,
allomaning metodologik va sotsiologik qarashlari haqidagi fikrlar o‗rin olgan.
Muallifning fikricha, Beruniy asarlarining ko‗pchiligi aniq fanlarga
bag‗ishlangan, sof falsafiy masalalarga bag‗ishlangan asarlar uning ilmiy
merosida uchramaydi, Beruniyning dunyoqarashida stixiyali materializm din
elementlari bilan qorishib ketgan, shu bilan birga, Beruniy ijodida jahon fanida
birinchi bulib Amudaryo (o‗zani) masalasini kiritgan. Maqolada Beruniyning
«Yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya» asarlari haqida
fikrlar berilgan.
Umuman olganda, XX asrning 40-yillari beruniyshunoslik tarixida
avvalgi tadqiqotlarni rivojlantirgan, sifat va son jihatidan kengaytirgan davr
bo‗ldi. Bunda alloma vafotining 900 yilligiga bag‗ishlangan yubileylar muhim
omil bo‗ldi. Ushbu davrda Abu Rayhon Beruniyning xayoti, faoliyati, ilmiy
merosi va yashagan davriga oid yangi tadqiqotlar va ma‘lumotlar yaratildi,
uning barcha asarlarining nomi bulsada tuliq aniqlandi. Shu bilan birga allo-
maning ijod yo‗li va u qoldirgan merosdan kommunistik mafkura manfaatlari
yo‗lida foydalanildi. Ammo bu amalga oshirilgan tadqiqotlar ahamiyatini
tushirmadi. Endilikda Beruniy asarlarini topish, tarjima qilish va nashr etish,
xayotining hali yoritilmagan jihatlarini tadqiq etish kabi vazifalar bor ediki, bu
kabi ishlar keyingi davrdagi tadqiqotlarda amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |