partiyaning rahnomaligini yoritib beruvchi asarlar, ular yuzasidan yozilgan va
yoqlangan dissertatsiyalar bugungi kunda hech qanday ilmiy ahamiyatga ega
bo`lmay qoldi.
Lekin hozirgi tarixshunosligimizni o`sha davrdaga tarixchi –
olimlarning ilmiy tadqiqotlarini tan olmasdan rivojlantira olmaydigan mavzu va
yo`nalishlarimiz ham bor. Ana shunday o`z aktualligini saqlab turgan
mavzulardan biri bu Samarqand shahri va uning yubileyini nishonlash bo`yicha
o`tkazzilgan ilmiy – tadqiqot ishlaridir.
O`zbekiston moddiyy madaniyati tarixini o`rganish, nafaqat Vatan,
mamlakat va davlatlar tarixi, balki shu mamlakat va davlatda oddiy xalq vakillari
tomonidan bunyod etilgan, ularning hayoti, turmish tarzi va ijtimoiy ehtiyojlariga
mos tarzda yaratilgan. Zero, yer yuzadagi yoshi ikki, uch va hatto to`rt ming yillik
shaharlar barmoq bilan sanarli. O`zbekiston zaminida esa bunday shaharlar ko`p.
Qadimiy shaharlarimizning jahon ma`naviy taraqqiyotidagi o`rni munosib
baholanayotgan ayni kunlarda mamlakatimizda Samarqand shahrining 2750
yilligiga ham katta hozirlik ko`rilayotir. Bunday halqoro miqyosidagi e`ibor va
e`tirofga arziydigan tarixiy shaharlarimiz esa benixoya ko`p. Samarqand, Buxoro,
Xiva, Termiz va Toshkent kabi qadimda Kesh va Nasaf deb atalib kelgan
Shahrisabz va Qarshi, Kosonsoy, Quva va boshqa o`nlab shaharlarimiz ham
o`zining boy o`tmishi, ulug` tarixi, me`moriy obidalari bilan yurtimizning
shaharsozlik va davlatchilik tarixining nihoyatda qadimiyligidan dalolat beradi.
Shuni hisobga olib, 2000 yildan boshlab, O`zbekiston Respublikasi FNning tarix,
arxeologiya va O`zbekiston Respublika Badiiy Akademiyasining san`atshunoslik
instituti va olimlari bilan hamkorlikda ―o`zbek davlatchiligi tarixi‖ deb atalgan,
so`nggi 3 ming yillik ulkan tarixiy davrni qamrab oluvchi fendamintal ilmiy
tadqiqotni yaratishga kirishildi ayniqsa, taniqli olim T.SHirinov O`zbekistonda ilk
davlatlar ―voha davlatchiligi‖, ―shahar davlatlar‖ mesopotamiya, Misr, Xitoy,
Mezoamerikadagi «Noma» davlatchiligi ka`bi bo`lgan degan g`oyani ilgari suradi.
Xaqiqatdan ham tarixiy taxlil shuni ko`rsatadiki, davlatchilik jamiyatda o`z
ichki qonuyatlari asosida poydo bo`ladi, rivojlanadi. YA`ni davlat tuzilmasi
tashqaridan tayyor xolda ko`chirilmaydi, ma`lum jamiyat bag`rida tug`iladi.
O`zbek davlatchilik taraqqityoti ham bundan mustasno emas.
1969-1970 yillarda o`tkazilgan Samarqanb shahrining 2500 yillik
shodiyonalarida ma`lum bir ilmiy axboratlar yig`ilgan edi. Ammo bugungi tarix va
arxeologiya faning rivojidan kelib chiqib, yangi tadqiqot usullari natijalariga
tayanib ayta olamizki Samarqand shahri 2750 yilga munosib kutib olinadi.
314
1946-1985 yillar oralig`ida Markaz ideologlari tamonidan o`ylab topilgan
―komunizmga erishish uchun rivojlangan sotsializmni qurish g`oyasi ‖ kabi
xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakat – SSSRda bo`lganidek,
O`zbekistonda ham maorif, oliy ta`lim, ilm-fan, sanat o`ta siyosiylashgan xolda
rivojlanishga majbur qilindi. Madaniyat, ayniqsa milliy madaniyat ―rivoji‖ maxsus
qolibga solib qo`yildi. Xalqning moddiy ahvoli va ishtimoiy turmushi nixoyatda
qoloq darajada rivojlandi. To`g`ri sinfiylik nuqtaiy nazaridan shaharlardagi
turmush darajasi qishloqdagi ahvoldan keskin farq qilar edi. Ammo esdan
chiqarmasligimiz kerakki, mamlakat aholisining 60% dan ortigi qishloqlarda
istixomat qiladi.
Soxta prolitar baynalminallikni kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili
va adabiyotni kengroq o`qitishga o`rgu beriladi. Natijadi 60 yillarda O`zbekiston
tarixi darslari xajmi keskin qisqaradi. Nixoyatda boy va ko`xna O`zbek xalqi
tarixini o`rganishga 52 soat ajratilgan xolda boshlang`ich maktablarda rus tili va
adabiyot predmentlari uchun 1600 soat ajratildi. 1970-1980 yillarda xalq ta`limi
uchun davlat tomonidan ajratilgan mavlag` 11% dan 8 % gacha kamayib ketdi.
Respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning 20-60% ni zarur o`quv
qurollari, asbob – anjomlar bilan jixozlanmay qolaverdi, 50% dan ortiq
maktablarda issiq ovqat, bufetlari tashkil etilmadi. Kuni uzaytirilgan guruhlar ishi
ayniqsa o`lda –jo`lda qoldi. 70 – 80 yillarda 1 – 8 sinf o`quvchilarning atigi 8-9 %
ni bunday guruhlarga jalb etilgan edi, xolos. Maktablardagi tarbiya yevropa tarixi
misolida olib borildi. Maktab bolalarini paxta va boshqa qishloq xo`jalik ishlariga
jalb qilinishi natijasida, o`quvchilarning o`quv rejasidagi soatlarni o`zlashtira
olmasligi odatiy xol bo`lib qoldi.
Bu davrda xalqning moddiy axvolini o`rganish va ijtimoiy ahvolni o`rganish
ochiqchasiga xaqqoniy ravishda olib borilmas edi. Agar ochiqchasiga aytadigan
bo`lsak, 2 jaxon urishidan keyin xalq xo`jaligini tiklash ham osanlikcha kechgani
yo`q. Nixoyat 60-70 yillarda ham oziq ovqat borasida sezilarli darajada katta
qiyinchiliklar ro`y bermadi. Ammo oylik maosh bilan ro`zg`orni bemalol tebratish
hammaga ham, xech bir qo`rqmasdan aytish mumkinki, ko`pchilikka nasib
etmagandi. Uzoq yillar davomida yetishmovchilik va nochorlikda yashab kelgan
halq ―qorin to`ysa bas‖ qabilida kun kechirardi. Bundan umumxalq soniga nisbatan
kamchilikni tashkil etgan katta maoshli va nufizli tabaqa vakillari mustasno
albatta. Brejnev raxbarligining oxirgi yillariga kelib, nisbatan to`qchilik va
arzonchilik sharoiti o`zgara borib oziq-avqat turlari kamayib asta-sekin to`qchilik
yuzaga kela boshlaganligini, bazi bir narxlarning oshib borishi xolatlari kuzatildi.
Xuddiy manashu davrda sovet davlati chetga milyard-milyard dollorga neft sotib
uning xisobiga mamlakatni ma`lum darajada oziq-ovqat bilan taminlashga majbur
bo`lgan edi. Jaxon bozorida neftning narxi arzonlashishi, mamlakatda uni qazib
315
olishdagi qiyinchiliklar orqasida. chetdan oziq ovqat keltirish tobara ozayib
borganligi ham XX asrning 60-80 yillari tarixi guvoxdir.
Bu tez orada iqtisodiyotda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltirib,
qammatchilikni boshlanishiga olib keldi. Umuman olganda esa bir necha 10 yillar
davomida oziq-ovqat masalasini xal etishni sovet davlati uddalay olmadi. Buni
qarangki O`zbekiston to`nnalab oltin va shu kabi nodir qazilma boyliklar tashib
ketildi, ammo undan baxramand bo`lish u yoqda tursin, xatto xisobini ham aytmay
haqiqat egasidan berkitildi. Xalqimiz o`z yeri qaridan chiqqan gaz, o`z
daryolaridan ichimlik sifatda foydalana olmadi. Tarixshunosligimizning ham eng
dolzar vazifazi ushbu muammolarni xaqqoniy yoritih edi .
Malumki tarix fani ishtimoiy siyosiy iqtisodiy va manaviy xayotining
taxlilchisi sifatida jamiyat taraqqiyotining muxim tamonlarini ibrat tarozisida
o`lchab bermog`i lozim. Lekin, bugungi mintaqaviy qo`shni va qardosh xalqlar
o`rtasidagi munosabatlar doyrasida o`zora yordam, bir-biriga ko`makdoshlik
ananalari bilan bir qatorda, tarixga munosabat masalarida ayrim maxdud milliy
yondashuvlarni olg`a surishga, yaxlid tarixshunosligimizni o`zlariga qulay shaklda
tor millatchilik ruxida talqin qilishga urinishlar uchramoqda. Bunday qarashlar
xaqiqiy ilmiy nuqtaiy nazardan obektev olimlar tomonidan fosh etilmoqda. Chunki
bir tarixiy sharoidda yashab kelgan bir xil iqtisodiy, siyosiy madaniy-manaviy
jarayoni boshidan kechirib bir xil tafakkur meyorlariga ega bo`lgan birodar
xalqlarni bugun ―sen emas, men‖ ruxida qarama qarshi qo`yish xech qanday
mantiqga mos kelmaydi. Buni agar olimlar qilsa, ilmiy xaqiqat oldidagina emas,
balki vijdon oldida ham javobgar bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasi olimlari yangi, xar tamonlama olis ilmiy
yondoshuv asosida ko`p jildli ―O`zbekiston tarixini‖ yozishga kirishdilar.
Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojigiston va Turkmaniston olimlari tamonidan ham
xuddiy shunga o`xshash nashrlarni amalga oshirishga kirilishmoqda.
Lekin xozir markaziy Osiyodagi barcha xalqlarning tarixiy yutiqlarini faqat
bir xalqniki qilib ko`rsati xisobiga o`z davlatchiligi tarixini qadimiylashtirishga
urinish bemaniylik darajasiga borib yetdi.
Kishini ajablantiradigan narsa shuki, xalqlar tarixini maxsus tadqiqodlar
vositasida yoritayotgan olimlar qatoriga davlat arboblari ham qo`shilib
qolmoqdalar. Afsuski ularning xaddan tashqari extiroslariga berilishi va o`z xalqi
tarixini ko`tarinki ruxta ko`satishga urinishi ba`zida yaqqol ko`rinib turgan tarixni
o`zgartirish, xalqlarning o`zoro aloqalariga yetarli darajada ba`xo bermaslik hamda
alohida xodisalar va shaxslarni idiallashtirish bilan qo`shib olib borildi. Bu narsa
xususan, davlatchilik tarixi va tsivilizasiyalar rivoji masalariga ta`luqli. Bunday
tadqiqodlarning davlat raxbarlari qalamiga mansusligi esa jamiyat ongiga eng
so`ngi bosqichdagi xaqiqat siqatida ta`sir ko`rsatib, ularga siyosiy tus beradi. Ayni
316
paytda, aytaylik Saparmurod Turkman boshining ―Ruxnoma‖ kitobida 5 ming yil
muqaddam bu xududda xorazm orqali volgacha cho`zilgan qadimiy – o`g`iz –
turkman davlati ―O`g`izxon turkman saltanati‖ xukum surganliga davo qilinadi.
O`z fikirining dalili sifatida muallif mazkur arealda o`q va yoyning keng
tarqalganligini keltirada. Xolbuki bunday davlat fanga ma`lum emas, bu qadimiy
qurol turi esa mis davridan boshlab butun Yevropa va Osiyoda tarqalgan.
Ko`chmanchi charvodor xalqlarning davlatchiligi va tsivilizatsyasi
muammolari nixoyatda murakkab. SHunga qaramay, Asqar Akaevning ―Qirg`iz
davlatchiligi va ―Manas‖ xalq eposi‖ kitobida qirg`iz davlatchiligi ko`p asrlar
mabaynida ko`chib yurib, nixoyat xozirgi Qirg`iziston xududida qaytadan
vujudga kelgan bo`lishi mumkin degan fikrni ilgari suradi. Asqar Akaev eramizdan
avvalgi II-I asrlarda xitoy sarkardasi Li Linning turli xalqlar qatori, Yenisey
qirg`izlari ham yashagan Yenisey xavzasiga xunlar noibi vazifasini bajarish uchun
tayinlanishi ilk qirg`iz davlatining shakillanishidan darak beradi, deb hisoblaydi.Li
Lin orqali ushbu saltanatni eramizning VII-X asrlarida hukumronlik qilgan xitoy
sulolalari bilan qon-qarindoshlik rishtalari vositasida bohlashga xarakat qilinadi.
Aslida esa, tarkibiga Mo`g`iliston va Yenisey qirg`izlari kirgan ko`chmanchi
xalqlarning ko`p sonli birlashmalari orqali eramazdan avvalgi birinchi asrlardagi Li
Linning noyibligi bilan eramizning IX asrdagi Qirg`iz davlatining o`zoro bog`lash
mumkin emas.
Chinakkam olim xar bir fikrni nayob xujjatlar, manbalar asosida mantiqiy
isbotlaydi. Tarix ilmi, tarix haqiqati shuni taqoza qiladi. Ammo O`rta Osiyo,
xususan turkiy qavmlar tarixini soxtalashtiruvchi, tarix xaqiqatini buzub
ko`rsatuvchi kitoblar tez-tez paydo bo`lib turibdi. Qirg`izistonlik olim
R.Raxmonaliev qalamiga mansub ―Turkiy saltanatlar‖ (Moskva, ―Progres‖
nashriyoti, 2002 yil) tadqiqoti anashunday asarlar jumlasiga kiradi. Ochig`ini
aytganda, bu kitob bir qancha jixatlari bilan diqqatni tortadi. Rustam
Raxmonovning tadqiqoti ezgu tilak yo`lida yozilganiga shubxa yo`q. Lekin uning
g`ayri ilmiy, noto`g`ri g`ayri ilmiy fikrlariga munosabatimiz bor. Masalan,
kitobning 18 betida shunday xulosa chiqarilgan: ―Vse ariytsi, kotorie sanranili
vernost‘ drevnim bogam, stali turantsami, a storonnika Zaratustri – prantsami. Tak
sovershilas‘ razdelenie na Iron i Turon‖. Agar hamma oriy bo`lsa turklar qaerdan,
osmondan tushganmi?
Mualif kitobining 527 betida Amir Temur faoliyati xususida so`z yuritib,
sho`ro davrida tarixchilarning soxta qarashlarini takrorlaydi. Eng yomoni muallif
kitobida ko`chirmachilikga ham yo`l qo`yadi.
Ko`p to`mlik O`rto Osiyo Respublikalarining eng yangi, xaqqoni tarixini
yorutuvchi asarlarni yaratish zarur, qolavesa davr talabidir. Zero bugun O`rta
Osiyo axolisini tashkil etgan barcha xalqlar, dunyo tsivilizitsiyasining yirik
317
o`chog`i xisoblangan bu mintaqa boy tarixiy o`tmishning vorislari ekanliklarini
esta tutish zarur.
Bu xalqlarning kelajagi, tarixshunos
olimlarga ham bog`liqkim,
tarixnovislarimiz o`tmishini asliga muvofiq tiklash shunga qanchalik professanal
yondoshishimizga ko`p darajada bog`liq.
Mustaqillik yillarida o‗lka xalqlarining ozodlik va mustakillik uchun olib
borgan ko‗p asrlik kurashi tarixi, shu jumladan, milliy ozodlik kurashi
mafkurasining hozirgi davlat mustaqilligiga zamin hozirlagan omil sifatida
shakllanishi tarixi chuqur va har tomonlama yorigib berildi.
Mazkur muammoning o‗ziga xos aspektlaridan biri O‗zbekistonning XIX
asr oxiri - XX asr boshlaridagi tarixi bo‗lib, ushbu davrni ijtimoiy-siyosiy
oqimlarning, xususan, o‗lkaning ilg‗or milliy ziyolilari harakati - jadidchilikning
genezisi va evolyusiyasini ob‘ektiv o‗rganmasdan turib tasavvur etib bo‗lmaydi.
Hozirga qadar bu borada mavjud adabiyotlarni biz shartli ravishda uch
guruhga bo‗lib o‗rgandik: Rossiya imperiyasi hukumronligi davrida e‘lon qilingan
ishlar, sovet mustabid tuzumi davrida yaratilgan tadkiqotlar, mustaqillik yillarida
amalga oshirilgan tadqiqotlar.
Birinchi guruhga oid ishlarga xos asosiy hususiyatlar shundan iboratki,
ularning mualliflari mazkur jarayonlar yuz bergan davrda yashagan kishilar bo‗lib,
ularni o‗z ko‗zlari bilan ko‗rgan, ularda ishtirok etgai tnrik guvohlardir. Bu ishlar
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida O‗rta Osiyda yuz bergan tarixiy voqealar bilan
izma-iz yaratilgan. Ular qatoriga I. Gas-prinskiy, M. Behbudiy, Munavvar Qori, A.
Avloniy, A. Fitrat, shuningdek N.P. Ostroumov, S.M. Duxovskoy va
boshqalarning asarlari kiradi .
Uzoq yillar davomida jadidchilik harakati tarixi sovst tarixshunos-ligida bir
yekdama, negativ nuqtai nazardan yoritib kelindi. Sovet davrida mavjud bo‗lgan
mafkuraviy va ma‘muriy iazorat tadqiqotchilarga o‗z ijodiy tafakkurini to‗liq
namoyon etish imkonini bermas, yuz bergan voqealar partiyaviylik, sinfiylik
nuqtai nazaridan yoritilar edi. Aynan shuning uchui aksariyat mualliflar milliy
taraqqiyparvarlarning nashrlari va asarlarini e‘tibordan soqit qilgan holda ushbu
harakatning "konservativ-liligi", "mayda burjua" xarakteriga ega ekanligini haqida
asossiz xulosalar chiqardilar. Shunga qaramasdan ko‗p sonli manbalar ilmiy
iste‘molga kiritildi, faktik material to‗plapdi va agar ushbu material tanqidiy idrok
etiladigan bo‗lsa u haqqoniy tarixni tiklashning muhim omili bo‗lib xizmat qilishi
mumkin.
20-yillarda Turkistondagi jadidchilik harakatnning vujudga kelishi
jarayonlarini xolis tahlil qilishga qaratilgan sa‘y-harakatlar amalga oshirildi. G.
Safarov o‗zining "Mustamlaka inqilobi" nomli asarida jadidchilikni musulmonlar
318
o‗rtasida milliy o‗z taqdirini o‗zi belgalash mafkurasining asosiy ustuvorliklarining
shakllanishiga xizmat qilgan "progressiv-milliy harakat" sifatida baholaydi1.
O‗rta Osiyo jadidchiligi tarixi F. Xo‗jaev, R. Inog‗omov, P. Galuzo kabi
mualliflar tomonidan ham ko‗rib chiqilgan.
Ushbu muammo sovet davrining keyingi yillarida ham yoritildi. Biroq
mazkur tadqiqotlar kommunistik mafkura va shafqatsiz senzura hukmronligi
davrida yaratildi va shu sababli jadidchilik ularda salbiy tavsiflandi.
L. Klimovichning «Islam v sarskoy Rossii» nomli kitobida islom dinining
Rossiya imperiyasi, shu jumladan O‗rta Osiyo xalqlarining ma‘naviy hayotidagi
o‗rni va roli yoritib beriladi. Islomdagi islohotchilik oqimlarini tavsiflar ekan,
muallif sinfiy yondashuv doirasidan chikmagan holda jadidlarni burjuaziya
manfaatlarini ifoda etuvchilar sifatida baholagan, biroq, shu bilan bir vaqtda u
jadidchilarning jamiyatni islox qilishdagi xizmatlarini ham e‘tirof etadi.
Tadqiqotchi Ya.G. Abdullin ma‘rifatparvarlik harakatiga butunlay
boshqacha baho berdi va jadidchilikni panislamizm bilan bir narsa deb hisoblashga
qarshi chiqdi. Uning fikriga ko‗ra, jadidlar faqat islom asosida, musulmonlarning
diniy rahnamosi sifatida xalifa hukmronligi ostida birlashishga chaqirmaganlar,
balki taraqqiyotga olib boruvchi yo‗l bilimlar va ilg‗or madaniyatni tarkatish,
o‗zining milliy hududida islohotlarni amalga oshirish orqali o‗tadi, deb
xisoblaganlar va harakatning vazifalari ana shu qarashlarga muvofiq ravishda
belgilangan .
XX asrning 80-yillarning oxiri - 90-yillari boshida ushbu muammo
tarixshunosligida va umuman tarix fanida sinfiy yondashuvdan muayyan darajada
voz kechish ko‗zga tashlandi va jadidchilik mintaqa xalqlarining mustaqillik uchun
olib borgan kurashining tarkibiy qismi sifatida qaraldi. Ushbu davrda
ma‘rifatparvarlik harakatining ob‘ektiv tarixini yaratish, uni soxtalashtirishlar va
sarkitlardan xalos etishga qaratilgan urinishlar kuzatildi. Biroq, jadidlarning diniy
qarashlari haqidagi masala alohida muammo sifatida ajralib ko‗rsatilmoqda.
Jadidchilik harakatining mohiyatini ochib berishda adabiyotshunos olimlar
tomonidan e‘lon qilingan tadqiqotlar muhim o‗rin tutadi. Ularning mualliflari
birinchilardan bo‗lib yuqoridagi muammoni o‗rganishga kirishdilar va o‗zlarining
asosiy diqqat-e‘tiborlarini jadidlarning ma‘rifatparvarlik hamda adabiy faoliyatiga
qaratdilar .
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda milliy-ozodlik harakatlari,
shu jumladan, jadidchilik tarixini o‗rganishga vatanimiz tarixchi olimlari salmoqli
hissa qo‗shdilar. Shu nuqtai nazardan D.A. Alimovaning tadqiqotlari, xususan,
uning Turkiston jadidchiligining taniqli vakillarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga
bagishlangan ishlari alohida ahamiyatga molikdir. U mamlakatimiz tarix fanida
birinchilardan bo‗lib, islohotchilik harakatining tarixiy mohiyatini ob‘ektiv
319
baholashga harakat qildi, uni davrlashtirdi va ilg‗or ziyolilarning intellektual
dunyoqarashining o‗ziga xos xususiyatlarini tavsiflab berdi.
Mazkur muammo tarixshunosligiga qo‗shilgan yana bir muhim hissa D.A.
Alimovaning «Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. Fenomen djadidizma»
nomli umumlashtiruvchi asari bo‗lib, unda O‗zbekistonda ilk bora milliy
taraqqiyparvarlik harakatining mohiyati va uning Markaziy Osiyo xalqlari tarixida
tutgan
o‗rni kompleks tarzda tadqiq etilgan, Turkiston va Buxoro
tarakqiyparvarlarining qarashlarining o‗ziga xosligi aks ettirilgan, jadidchilikning
ma‘rifatparvarlikdan qudratli siyosiy xarakatga evolyusiyasi ochib berilgan.
Shuningdek, mazkur asarda ilk bora milliy taraqqiyparvarlik harakati
namoyandalarining hayoti va ijodi xaqidagi ma‘lumotlar rus tilida chop etilgan.
Jadidchilik rivojlanishining siyosiy bosqichi S.S. A‘zamxo‗jaev tadqiqotlari
uchun ob‘ekt bo‗ldi. Turkistonda birinchi milliy demokratik davlatchilik -
Turkiston Muxtoriyatining tashkil topish tarixini tahlil qilar ekan, muallif o‗lka
musulmon aholisining jipslashuv jarayonlarini batafsil yoritadi, unda jadidlarning
o‗rni va rolini belgilab beradi.
R.M. Abdullaevning ishlarida «Padarkush», «Gayrat», «Tarakkiypar-var»,
«Barakat», «Shuroi islomiya» kabi milliy tashkilotlarning shakllanishi va faoliyati
yangi faktologik manbalar asosida tadqiq etilgan. Muallifning fikriga ko‗ra, sof
diniy xarakterdagi masalalarda jadidlar ehtiyotkorlik va vazminlik ko‗rsatishga
majbur bo‗lganlar va bunda ular Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni va diniy-
ma‘naviy kayfiyatni xisobga olganlar.
Mazkur muammo tarixshunosligiga ko‗shilgan yana bir muhim hissa D.H.
Ziyoevaning tadqiqotlari bo‗lib, ularda kata va keng miqyosdagi material asosida
ma‘rifatparvarlarning Turkistondagi 1916 yil qo‗zg‗oloniga bo‗lgan munosabatiga
baho beriladi .
S. Xolboev tadqiqotlarida esa Munavvar Qorining ma‘rifatparvarlik va
siyosiy faoliyati ko‗rib chiqilgan hamda O‗rta Osisda oliy ta‘lim tizimining
vujudga kelishi va rivojlanishida jadidlarning roli ko‗rsatib berilgan.
Milliy ozodlik harakatining asosiy yo‗nalishlarini muhokama qilish,
hamkorlikdagi ishlanmalar loyihalarini ishlab chiqish maqsadida o‗tkazilgan bir
qator
ilmiy-amaliy
tadbirlar
jadidchilik
tarixiga
oid
tadqiqotlarning
faollashtirishiga xizmat qildi.
O‗zR FA Tarix instituti tomonidan «Jadidchilik: islohotlar, yangilanish,
taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash» nomli jamoaviy monografiyaning nashr
etilishi milliy taraqqiyparvarlik harakati tarixini o‗rganishga qo‗shilgan jiddiy hissa
bo‗ldi. Mazkur tadqiqotda O‗rta Osiyoda jadidchilikning ildizlaridan boshlab to
uning siyosiy harakat sifatida shakllanishi va rivojlanishiga qadar bo‗lgan
evolyusiyasi ilgari ma‘lum bo‗lmagan tarixiy materiallar asosida tahlil qilingan .
320
Respublikamiz tarixchi
va adabiyotshunos
olimlarniig majmuaviy
tadqiqotlarining natijasi o‗laroq ma‘rifatnarvarlik harakati yetakchilarining
«Tanlangan asarlar»i nashr etildi.
Jadidchilik tarixiga oid bir qator masalalar A.M. Xudoyqulov,T.N. Kozakov,
K.A. Vohidova, D.N. Rajabova, M.U. Qayumov, D.M. Kenjaev va R.N.
Tursunovlarning ko‗rib chiqilayotgan tarixshunoslik davrida tayyorlangan
dissertatsion tadqiqotlarida ko‗tarib chiqildi.
Tarixshunoslik tahlili shuni ko‗rsatadiki, Rossiya imperiyasi hukmronligi
davrida e‘lon qilingan ishlar, sovet mustabid tuzumi davrida yaratilgan
tadqiqotlardan farqli ravishda, mustaqillik davridagi tarix fani jadidchilik
harakatiga konseptual yondoshuv masalalariga to‗liq oydinlik kiritdi va
jadidchilikni faqat madaniy-ma‘rifiy harakat sifatidagina emas, balki kuchli milliy-
demokratik taraqqiyparvarlik harakati sifatida ta‘rifladi. So‗ngi yillarda yaratilgan
tadqiqotlarda umuman milliy ozodlik harakatining tarkibiy qismi bo‗lib qolgan
ushbu fenomenning tabiati, asosiy harakatga keltiruvchi kuchlari va yetakchilari
ko‗rsatib berildi. Xozirgi paytga kelib tarixchi olimlar va adabiyotshunoslar tomo-
nidan muammoning ko‗plab aspektlari: progressiv harakatning yuzaga kelishi
sabablari,
O‗rta
Osiyolik
islohotchilarning
dunyoqarashlari,
ularning
ma‘rifatparvarlik faoliyati, adabiyoti, dramaturgiyasi, musiqasi, musulmon dunyosi
bilan integratsiyasi hamda muammoning tarixiy-siyosiy aspektlari, shu bilan bir
vaktda jadidlarning dinga, xususan islom diniga va uning qadriyatlariga
munosabati, bu borada ular taklif qilgan islohotlar hamda jadidlarning sa‘y-
harakatlari tufayli odamlar ongida yuz bergan ijobiy siljishlar o‗rganildi.
Tarixshunoslik fani nuqtai nazaridan qaraganda O‗zbekiston tarixini
yoritishda tarixiy xaritalarning ahamiyati benihoya kattadir. Sovet davri ilmiy
adabiyotlarida yevropalik kartograflarning O‗rta Osiyoga oid kartalari dastlab
o‗tgan asrning 60-yillarida V.N. Fedchina tomonidan yaratilgan monografiyada
tadqiq etildi. Muallif o‗rta asrlar davriga doir kartalar tahlilini 1320 yilda tuzilgan
Petr Viskonti kartasidan boshlagan (odatda venesiyalik Marino Saiudo kartasi deb
ham ataladi). Kartaning tuzilishi, unda aks ettirilish manzillar antik mualliflar,
asosan Ptolemey ma‘lumotlariga ko‗ra berilganligi batafsil aytib o‗tilgan
.Shuningdek, asarda Katalon, Fra Mauro kartalarining tuzilishi, geografik
manzillarning qay tarzda aks ettirilganligi ham qisqacha keltirilgan.
Ch.V. Galkov, R.U. Rahimbekov, R.L. Yugay, T.M. Mirzaliev va
boshqalarning tadqiqotlarida ham Pyotr Viskonti, Kataloi, Fra Mauro kartalari-dagi
O‗rta Osiyoga oid ma‘lumotlar tahlil qilinib, ular o‗z davri uchun ahamiyatli
ekanligi va keyingi kartografik tadqiqotlar uchun poydevor bo‗lib xizmat qilganligi
ta‘kidlangan .
321
Ch.V. Galkov, R.U. Rahimbekov, R.L. Yugaylarning "O‗zbekiston
kartalari" qo‗llanmasida (1975 yil) Katalon kartasi (1375 yil) 3-4 qatorli tavsifdan
iborat. Unda Kataloniyada tuzilgan kartada Amudaryo berilganligi, Orol dengizi
ko‗rsatilmaganligi, Issiqko‗l aks ettirilganligi ma‘lum qilingan, xolos.
T.M. Mirzaliev Sh.M. Muxitdinov A. Bazarbaevlarning 1990 yilda chop
ettirgan "Atlasnoe kartografirovanie v Uzbekskoy SSR" nomli kitobida ham
venetsiyalik kartofaf Fra Mauro kartasi (1459 yil) haqida ma‘lumot berilib,
faduslar to‗ridan foydalanilmaganligi, kartada O‗rta Osiyo hududi ancha to‗g‗ri aks
ettirilganligi qayd etilgan.
XVI - XVII asrlarda Garbiy Yevroiada O‗rta Osiyo haqidagi tarixiy-
kartografik ma‘lumotlarning taraqqiyoti shuni ko‗rsatadiki, bu davrda O‗rta Osiyo
hududi aks ettirilgan kartalar mazmuni ancha boyidi. Ulardagi ma‘lumotlar ancha
keng bo‗lib, tasvirlangan hududlar haqiqatga yaqin edi.
XVI asrda Garbiy Yevropada shakllangan tarixiy kartografiya fani esa O‗rta
Osiyoning tarixiy kartalarini yaratishda noto‗gri tasavvurlarga chek qo‗ydi. Bu
davrning tarixiy-kartografik ma‘lumotlari Yu.V. Gote, L.S. Berg, N. Korjenevskiy,
B.P. Ditmar, H. Hasanov, V.K. Yasunskiy, B.P. Polevoy, va boshqalarning
tadqiqotlarida o‗rganilib, asosan Antoniy Jenkinson, Abraxam Orteliy, Goidius,
Nikolay Vitsen, Daniil Gotlib Messershmidtlarning O‗rta Osiyoga oid tarixiy
kartalari va ulardagi ma‘lumotlar tahlil etilgan. Ushbu tadqiqotlar XVI-XVIII
asrlarda G‗arbiy Yevropada O‗rta Osiyoga oid tarixiy-kartografik manbalar
mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‗tarilganligi hamda ancha boyiganligini
ko‗rsatadi.
XVI asrda ingliz savdogari Antoniy Jenkinsonning "Jenkinsonning 1562
yilgi Rossiya kartasi" deb nomlangan asari 1562 yilda Londonda chop etilgan.
Jenkinson O‗rta Osibga 1558 - 1599 yillarda kelgan bo‗lib, uning sayohat yo‗li
Mang‗ishloq yarim orolidan boshlangan; so‗ngra Xivaga, u yerdan esa Buxoroga
kelgan. Aslida Jenkinson Moskva davlati bilan savdo qiluvchi Angliya
kompaniyasining vakili edi. U 1557 yilda Xitoyga boradigan qadimgi savdo yo‗lini
qidirib aniqlash maqsadida sharqqa yuboriladi. Chunki Xitoyga boradigan dengiz
yo‗lini portugallar egallab olganligidan inglizlar boshqa yo‗l qidirishga kirishgan
edilar. Bu haqda geograf olim H. Hasanov o‗zining "O‗rta Osiyoga sayohatlar"
nomli risolasida alohida to‗xtalib o‗tgan.
A. Jenkinson kartasidagi izohli yozuvlar e‘tiborga loyiq. Samarqand shahri
haqida quyidagi ma‘lumot keltirilgan: "Samarqand Tatariyaning doimiy poytaxti
bo‗lib kelgan; hozirda u xaroba, qadimgi izlar bilan qorishgan bir holda. U yerda
Temur dafn etilgan bo‗lib, u o‗z davrida turk imperatori Boyazidni asirga olgan
edi" . Ushbu matndagi va umuman so‗nggi o‗rta asrlar davrida yaratilgan
kartalarning barchasida O‗rta Osiyo hududi
322
B.P. Ditmar tomonidan 1945 yilda yozilgan "Istoricheskiy ocherk
izobrajeniya territorii SSSR v inostrannoy kartografii do XVIII veka" nomli
maqolasida XVI asrning eng yaxshi hisoblangan Jenkinson kartasi, bir necha bor
nashr etilgan va keng tarqalganligi ta‘kidlansa-da, undagi O‗rta Osiyoga oid
ma‘lumotlar tahlili berilmagan .
V.K. Yasunskiy XIV - XVIII asrlarda tarixiy geografiyaning shakllanishi va
rivojlanishigi doir fundamental asarida flamand kartografi Abraxam Orteliy 1570
yilda o‗zining 70 ta kartadan iborat dunyo atlasini chop qildirganligi, unda
jamlangan kartalarning asosiy qismi Yevropa mamlakatlari haqida bo‗lsada,
ularda Rossiya, xususan O‗rta Osiyo hududlari ham aks ettirilgan karta ham
borligini, bu karta esa o‗z | navbatida 1562 yilgi Jenkinson kartasidan foydalangai
holda tuzilganligini ma‘lum qilgan.
L. Orteliy tuzgan atlasning 27-kartasi ("Buyuk Aleksandr Makedonskiyning
yurishlari") deb nomlanib, unda Aleksandr Makedonskiyping yurishlari emas,
uniig istilolari bo‗lgan mamlakatlar aks ettirilgan. Unda O‗rta Osiy hududi ham aks
ettirilgan bo‗lib, hozirgi Samarqandning eski nomi deb atalgan Marakand, Oks va
Yaksart daryolarining Kaspiyga quyilishi berilish. Orol dengizi umuman
ko‗rsatilmagan.
V.K. Yasunskiy asari aynan O‗rta Osiyo tarixiy geografiyasi va
kartografiyasiga bag‗ishlanmaganligi bois ham unda ushbu hududga doir
yuqoridagi kartaga to‗xtab o‗tilgan. Olimning keyingi barcha tadqiqotlarida ham
O‗rta Osiyo masalasi ko‗tarilmagan.
O‗tgan asrning 40-yillarida O‗zFA kartografik byurosida saqlangan O‗rta
Osiyo hududlari aks ettirilgap eski 12 ta kartani (4 tasi o‗rta asrlarda yaratilgan)
topib o‗rgangan N. Korjenevskiy ulardan biri A. Orteliyga tegishli bo‗lib, u 1570
yilda tuzilganligini aniqlagan.. Korjenevskiy ushbu karta Sibir va O‗rta Osiyo
srlarini aks ettirgan ilk bosma karta bo‗lib hisoblanishini, uning hajmi, Kaspiy
dengizi) dumaloqroq, kengroq shaklda berilganligi, unga Sirdaryo - Qizil) va
janubdan Amudaryo quyilganligini yozib, Amudaryoning o‗ng tomonidan unga
quyiluvchi va kartada nomlanmagan irmog‗i bo‗yida Samarqand shahri bo‗lib,
unda: ("Samarkand buyuk Tsmurning taxti joylashgan shahar") degan yozuvlar
borligini yozadi.
N. Korjsnevskiy yuqoridagi maqolasida Gondiusning 1606 yilda tuzgan
"Tatariya" kartasi haqida ham to‗xtalib, unda O‗rta Osiyoning Toshkent,
Samarqand, Termiz shaharlari berilganligini qayd etgan.
B.P. Polsvoyning 60-70-yillarda chop ettirgan maqolalarda gollandiyalik
Nikolay Vitsen kartalari tahlil etilgan. Muallif 1664 - 1665 yillarda N. Vitsenning
Moskvaga tashrifidan so‗ng Tatariyaning katta kartasini yaratishga kirishganligini,
kartaning asosini 1667 yilda R'ossiyada tuzilgan "Godunov" chizmasidan
323
olganligini ta‘kidlaydi. Ammo, ushbu kartalarning barcha mashhur nusxalari bilan
solishtirganda ular orasida deyarli o‗xshashlik yo‗qligi ma‘lum bo‗ladi.
Mashhur rus gsografi L.S. Berg o‗zining Kaspiy dengizining dastlabki
kartalariga bag‗ishlangan maqolasida N. Vitsen kartasiga ham qisqacha to‗xtalib,
undagi ma‘lumotlar rus klassik kartalaridagi aniq va Jenkinson kartasi bilan
bog‗liq ba‘zi aralash nomlardan olinganligini ancha oldinroq yozib qoldirganligini
ta‘kidlash kerak.
Sovet davrida yaratilgan yuqoridagi tarixiy-geografik adabiyotlarni taxlil
etish, avvalo mazkur asarlar uzoq yillar davomida informativ xususiyat kasb etib
qolaverganligi, kartalardagi ijtimoiy-siyosiy, etnik va harbiy tarixga oid
ma‘lumotlar tarixiy tadqiqotlar, turli darsliklar yaratishda faol qo‗llanilmagan.
Ularda tarixiy kartalarni mazmuni jihatidan klassifikatsiyalangan holda
berilmaganligi, Urta Osiyoning o‗rta asrlar tarixiy shart-sharoitlaridan ko‗ra
ko‗proq geografik omillarga urg‗u berilganligi uchun ham tarixchilarning
e‘tiboridai uzoqda qolib kelganligi asosiy sabablardan biridir. Vaholanki, sobiq
Ittifokning markaziy hududlari aks ettirilgan tarixiy kartalar kichik gsografik
tumanlar doirasida alohida o‗rganilgailigiga qaramay, O‗rga Osiyga tegishli
kartalar yuzasidan chuqur izlanishlar olib borilmadi, G‗arbda allaqachon
ommalashgan bu ilmiy yo‗nalish uzoq yillar davomida bizda deyarli rivojlanmay
keldi. Shu bilan birga tarixiy kartalarda O‗rta Osiyo chududida qayd etilgan
toponimik ma‘lumotlar ham tahlil etilmaganligipi ko‗rsatib o‗tish o‗rinlidir.
Ma‘muriy chegaralar, etnonim va etiotoponimlar ham asosiy ob‘ekt sifatida
o‗rganilmaganligi esa mazkur yo‗nalishdagi tadqiqotlar zamonaviy tarix fanining
manbashunoslik va tarixshunosligi nuqtai nazaridan hamon dolzarb mavzularidan
biri bo‗lib qolayotganligini bildiradi.
XX asrning 20-yillari madaniyat tarixshunosligida eng mashaqatli va
ziddiyatli davr bo`lib, bu xususiyat mazkur masalaga oid tarixiy adabiyotlarda ham
o`z aksini topgan edi. Zotan, bu yillarda yashab, ijod etgan mualliflar bevosita
sodir bulayotgan jarayonlarning tirik guvohiga aylangan, bulib utayotgan
voqealarga uzlarining ob‘etiv baholarini berib borgan edilar. Albatta, bunday
imkoniyatlar, muqobil fikrlarning aytilishi hali totalitar rejimning u kadar kuchga
kirmaganligi bilan belgilanadi)va shuning uchun ham biz bugungi kunda
sermazmun, faktlarga boy, sovet sistemasining, ayniqsa madaniyat sohasida olib
borgan siyosatiga tanqidiy munosabatlar ochiq bildirilgan qiziqarli maqolalarga
egamiz.
Turkistonda «maorif», «maktab», «o‗qituvchilar» muammosi XX asrning
boshlaridayoq yechilishi lozim bo‗lgan eng dolzarb masalalardan hisoblangan va
o`sha davrda jadidchilik harakati deb nom olgan oqim vakillari mamlakat,
xalqning taraqqiyoti uchun birinchi navbatda maorif hamda ta‘lim-tarbiyani tubdan
324
o`zgartirish, yangi maktab tuzish, ularni boshqarish masalalarini asosiy o`ringa
ko`targan edilar. Shubhasiz, bu muammolar jadidlar matbuotining ham ustuvor
mavzusiga aylangan. Biroq, Turkistonda Oktabr tuntarishidan sung hokimiyat
tepasiga kelgan bolsheviklar mamlakatning ma‘naviy qayotida, ayniqsa maorif
sohasida «tubdan yangilanish», ya‘ni ilgaridan mavjud bo`lib kelgan barcha
turdagi uquv muassasalarini yo`q qilish, o‗quv-tarbiya jarayonini siyosiylashtirish,
proletar royasini tarrib qilish va uning hokimligini urnatish kabi maqsadlarni
kuzlagan edilar. Chunonchi, ulkada tuzilgan Maorif Xalq Komissarligi tarkibida
dastlab mahalliy millat vakillarining kiritilmaganligi va musulmon maorifiga
e‘tibor sustligi o`sha davr matbuoti sahifalarida keskin tanqidga uchradi.
Turkisto ma‘orifi tarixi sahifalari ham tarixshunoslikdagi muhim sohalardan
hisoblanadi. Yegorovning qalamiga mansub bulgan «Turkiston musulmonlarning
maorifi haqida deb nomlangan maqola bu haqda to‗laqonli tassavurni beradi.
Turkiston shart sharoitidan kelib chiqqan holda ushbu maqola muallifi maorif
sohasidagi kamchiliklarni ochishga harakat qiladi . Uning yozishicha ―Respublika
maktablari rus va boshqa mayda millat vakillari uchun ommabop bo‗lsada
musulmonlar son jihatidan ustunligiga qaramay (aholining 95% musulmonlar )ular
uchun deyarli hech narsa qilinmadi ...va bunga sabab, birinchidan ommaning eski
hayyot
tariziga
o‗rganganligi, ikkinchidan ularning yetarli darajada
uyushmaganligi va buning natijasida ular orasida maorif komiissarining yo‗qligi va
uchinchidan,O‗lka Maorif Xalq Kamissariyatining noto‗g‗ri tuzulganligi bo‗lib, u
ham xuddi chorizm davridagidek musulmonlar maorifiga e‘tibor bermay qo‗l
orasidan
qarash
yo‗ligi
o‗tib olganligida edi‖. O‗lka Maorif Xalq
Kamissariyatining nazoratida faqat respublika xarakteriga ega bo‗lgan maktablar
bo‗lib ,o‗lka musulmonlari uchun faqat 100-130 ta unday maktablar
ochilgan.Bundan tashqari bu maktablarda yetti yillik o‗rniga faqatgina 1 yoki 2
yillik boshlang‗ich sinflar ochilgan bo‗lib,ularning hammasi ham umumrespublika
maktablariga aylantirmagan , mahhaliy musulmon aholisi esa maktab va
madrasalarda o‗qishni davom ettirib ularda yilliga 50.000 ga yaqin musulmon
ta‘lim olar edi. F.Yegorovni ta‘kidlashicha, bu maktablarning ishlariga
aralashmaslik yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri 50 yillik chorizm davridagidek,umuman tan
olmaslik prinsiplariga qo‗llanilgan . O‗lka Maorif Xalq Kamissarligi huzurida
ularga o‗rin berilmagan,birlashtiruvchi tashkilotga ega bo‗lmay ular o‗z hollariga
tashlab qo‗yilgan.Chunki bu maktablarga din o‗qitilishi munosibati bilan ularni
tubdan o‗zgartirishni istamaganlar.Bunday vaziyatdan chiqishning yo‗lini
F.Yegorov quydagicha tassavur qiladi: Turkistonning iqtisodiy gullashi va umumiy
farovonligini oshirishga bog‗liq barcha madaniy choralarni amalga oshirish uchun
musulmonlarni ma‘rifatli qilishning qat‘iy o‗ylagan rejasini tuzishni ularning diniy
maktablarini nazardan chetga qoldirmay musulmonlarning turmush xususiyatlarini
325
e‘tiborga olib, asrlar davomida ularning hayotidan joy olgan islom negizlarini
kuch bilan sindirmay,aksincha reja asosida asta sekin diniy maktablarni qaytadan
tashkil etish zarur. Agar bu ma‘sul madaniy oqartuv ishlari birgina O‗lka Maorif
Xalq Kamissarligiga og‗irliq qilsa, u vaqtda bu ishlarni musulmon aholisiga yaqin
bo‗lgan Milliy Ishlar Komissariati bilan hamkorlikda amalga oshirish mumkin».
Garchi, muallif sovetlarning bu sohadagi siyosatiga tanqidiy nuqtai nazardan
yondashgan bo`lsada, ammo u yangi tizimning vakillaridan biri edi.
Turkiston ulkasidagi xalq maorifini tahlil qilish, ularning yechilish yullari va
usullarini izlash, maktablarda dinning uqitilishi zarurati bormi yoki yuqligi kabi
masalalar doimo milliy ziyolilarning diqqat markazida bo`lib keldi. Albatta, o`z
davri uchun bu masalalarning hal etilishi turli xil fikrlar, tortishuv va bahslarga
sabab bulgan. Masalan Ismoil Xaqqiy o‗quvchilarga faqat yetti yillik maktablar
kifoya emasligini aytadi. «Ular uchun oliy maktab bulgan dorilulmualliminning
hajmi cheklangan, maqsadi muallim. Bizning muallimlarga ehtayojimiz bordir.
Faqat, ortiqcha o‗quv-yozuvni bilgan kishini qulidan tutib muallim qilmasmiz va
qilmaylik ham. Bu millatning ehtiyoji birgina muallimgina emas, doktorlar,
muhandislarga, advokatlarga, adib, muqarrir va shoirlarga, xulosa belgili
odamlarga ehtiyoji ortivdir». Bunday mutaxassislarni yetkazishda muallif
Turkiston ulkasida ixtisoslashgan gimnaziya, litseylar ochish fikrini o`rtaga
tashlaydi. Uning bu takliflarini Shokirjon Rahimiy ham qo`llab-quvvatlaydi va «bu
ochiladurg`on kurslar hozirga qadar bo`lganlari kabi o‗n- o‗n besh turli fandan
iborat bo‗lmasdan birinchi navbatda riyoziyot, tabiat, ona tili, tarix va jug‗rofiya
kabi aniq fanlarga ahamiyat kerak, ham har bir fan ila barobar usuli ta‘lim yullari
(metodikasi) ko`rsatmalari mutlaq zarurdir»
deb yezadi. Rus tilida chop etilgan
gazeta sahifalarida o‗z maqolalari bilan ishtirok etgan mualliflar esa asosan
o`qitish usulini yangilash, o`quvchilarning estetik tarbiyasini proletarlashtirish,
ularni mehnatga jalb etish, fanlarni isloh qilish va albatta «sotsialistik g‗oya»
ruhida tarbiyalash kabi masalalarga e‘tibor qaratganlar.
Ammo, Turkistonda maorif sohasida amalga oshirilishi kerak bulgan ishlar
kutilgan natijalarni bermadi.20-yillarining boshlarida nashr etilgan «Bilim
o‗chog‗i», «Nauka i prosveщenie», «Jizn natsionalnostey» va bosha shu kabi
jurnal sahifalarida chop etilgan maqolalarda Turkistonda sovet hukumati
o`rnatilgandan keyingi 4 yil ichida yangi maktablar qurilishi tarqoq, tartibsiz,
hattoki sarosimali ravishda boshlangan, o`qituvchilarning saviyasi pasayib ketgan,
katta xatoliklarga yul quyilganligi haqida ma‘lumotlar berilgan edi. Fami Rusal, P.
Serbovlar bunday kamchiliklarni «tajriba» deb baholab, uning asosiy sabablarini
sabr — toqatning, har tomonlama izlanishning yetishmasligi, rejali va mustahkam
boshqaruvning yuqligi da kuradilar. Zero, P. Serbovning qayd qilib o`tganidek,
«uzlarning g‗oyalarini tezda ro`yobga chiqarishga dildan intilgan, Turkistonda
326
yangi maktabni tuzishning birinchi tashkilotchilari hayotiy shart- sharoitlarni
hisobga olmagan, hayot tomonidan ko`yilgan beniyahoyat katta talablarni
to‗xtovsiz amalga oshirishga harakat kilgan edilar». Natijada, Turkistonda sovet
hokimiyati o`rnatilgach, hech qayoqa qaram, uylanmagan ravishda maktab
qurilishi boshlanib ketadi. Xatto, ba‘zida bu o‗zbilarmonlik xususiyatiga ega edi.
«Ishchi» taxallusi bilan imzolagan muallif - Tilla Xonja «...uch-to`rt maktabni olib
borishga kuchimiz yetmasligi aniq bo`lgan holda ham, biz oltmish -yetmishlab
maktablar ochdik va shunga uxshash har bir narsada odatimizcha «bor-barakalla»
qildik. Tabiiy, «qozonda bo‗lsa cho‗michga chiqadi, qozonimizda yo`q ekan,
cho`michimiz quruq chiqa boshladi», - deb kinoyali yozishi usha davrdagi
ahvolning aniq tasavvurini beradi. Shu bilan birga, maktablar qanchalik ko‗p
ochilsa, ularning ahamiyati shunchalik pasayib bordi. Tajribali o`qituvchilar, o‗quv
darsliklari, dasturlarning yetishmasligi, imtihonlarning olib tashlanganligi -
bularning barchasi maktabning fatqat tashtqi jihatdan maktab, deb atalishiga olib
keldi. Sh. Rahimiy «maktablar har yerda, ko`zga ko`rinarli bino, o‗quvchi bo`lsa
bas, ochila berdi», - deb yozgan edi. Inqilobdan keyingi dastlabki uch-to`rt yilda
maktab qurilishi moddiy ta‘minoti, pul vositalari, uy-joy va madaniy kuchlarning
mavjudligini hisobga olmay to‗xtovsiz ravishda o‗sdi. «Ularni hisobga olish juda
zaif bulib, deb ko`rsatgan edilar P.Serbov va F. Rusal,- vujudga kelgan maktablar
haqidagi aniq tasavvurlarga nafaqat Turkiston Xalq; Maorifya Komissarligi
(TXMK), hattoki, joylardagi mahalliy tashkilotlar ham ularning aniq ro`yxatiga
ega emas edilar". Bunday vaziyatni muhokama qilish uchun Xalq Komissarlari
Kengashi »(XKK) tomonidan 1923 yil 11 noyabrda madaniyat va maorif
xodimlarining xalq maorifi masalalariga oid kengaytirilgan majlisi bo‗lib o`tadi.
Bu kengashda so‗zga chiqqan Turor Risqulov va boshqa notiqlar maktablar
qurilishi tarqoq, biron-bir dastursiz barpo etilayotganligini hozirda esa juda og`ir
ahvolda ekanligini ta‘kidlab ko‗rsatdilar. Jumladan, notiq Serg‗oziev, Turkistonda
maktablar taraqqiyotini uch bosqichga bo`ladi. Birinchi bosqich, 1918-1921
yillarni uz ichga olib, bu davrda o‗lkada 10-22 mingga qadar maktab tashkil
«qilingan, ikkkinchi bosqich bu sovet maktablarining parchalanishi davri edi.
Sovet hukumati XMK tasarrufidagi muassasalarii ta‘minlay olmaganligi tufayli 11
ming o‗quv muassasalaridan faqat 35 tasini davlat ta‘minotida qoldirib,
qolganlarini mahalliy budjetga topshirishga qaror qiladi. Bu holat maktablarning
to`rt-besh oylab moddiy ta‘minotsiz qolishi va tez orada yuqolib ketishiga sabab
buldi. Bu vaqt mobaynida maktablar 1.139 taga qisqarib, keyinchalik ulardan 539
tasi shartnoma asosida aholi mablag‗i hisobi ta‘minotiga o`tkazilgan. Uchinchi
bosqich, 1922 yildan boshlanib, dastlabki davrlardagi maktablardan ixlosi qaytgan
aholi u yerga farzandlarini yubormay qo`ydilar va maktab, madrasalarning
yordamiga tayandilar.
327
Yangi iqtisodiy siyosatning maorif ishlarining barcha jabhalari salbiy
ta‘sirini bu davr mualliflari bir ovozdan alohida ta‘kidlab kursatgan edilar.
Maktablarning moddiy jihatdan ta‘minlanishining tang ahvolga tushganligi,
moliyaviy qiyinchiliklar, 3-4 oylik bilimga ega bulgan o‗qituvchilarning
maktablardan uzoqlashuvi kabi illatlar maktablarning keskin ravishda qisqarishiga
olib keldi. Siyosiy vaziyat, iqtisodiy qiyinchiliklar, oziq-ovqat muammosi kabi
ko`pgina omillar bu rejani amalga oshishiga to`sqinlik qilgan va buning natijasida
qisqa to`rt oylik o`qituvchilar tayyorlash kurslari bilan chegaralanilgan, xolos. Bu
esa uqituvchilarning saviyasi va sifatining pasayishiga olib kaeldi.Bu haqda 20-
yillarning boshlarida nashr qilingan maqolalar to‗laqonli tasavvuriga beradilar.)
Ularda yozilishicha, maktab qurilishining o‗sishi yangi o‗qituvchilarga bo‗lgan
talabni keltirib chiqargan edi. Qisqa tayyorlov kurslari orqali o‗qituvchilar
tayyorlanib, ularning sifatiga e‘tibor berilmay, miqdor jihatdan kupaytirish avj
oldi. Hattoki, bu kurslarga majburiy ravishda kursantlar o‗qituvchilarini safarbar
kilish hollari uchradi‖. Joylarning talabi bilan vazifaning natijasi, imkoniyatlar
hisobga olinmay «inqilobiy shoshma-shosharlik» ruhida amalga oshirildi bu esa
ko‗p hollar» salbiy oqibatlarga olib keldi. Bunday kurslarni Tilla Xoija ―
o‗qituvchilar zavodi‖ deb atab, xar ikki oyda bir necha yuz o‗qituvi chiqarib
maktablarimizning taqdirini shularning qo‗lida topshirdik.‖kuyinish bilan yozadi.
Sh. Rahimiy esa bunday ahvolni to‗dachilik davri » deb baholab, xatto maktablarii
turk zobitlari qo‗liga topshirilganligi, ular esa «asosiy e‘tiborii xarbiycha yurish
qo‗shiqlarni o`rgatishga qaratilgan»iklarini ko‗rsatadi‖. Milliy matbuot orqali
bunday ochiq fikrlarning aytilishi xalqning madaniy hayotidagi
o‗zgarishlariga
befarq bo‗lmagan mahalliy mualliflarni jamiyat ongiga o‗zlarining o‗tkir qalamlari
bilan ta‘sir o`tkazganliklaridan dalolatdir.
O‗qituvchilarning maktablardan uzoqlashuvi va ularning og‗ir ahvolining
sabablarini I. Sevastyanov o‗z maqolasida tanqidiy nuqtai
Dostları ilə paylaş: |