O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
 
 
nazardan ochishga 
harakat kidali. U yozadi: «O‗qituvchi mehnati bilan

yashash uchun muallimlar 


kup miqdorda soatlar olib, shaharning turli
 
yerlaridagi o‗quv muassasalarida 
ishlashga majburlar. Ular kun bo‗yi

yugurib, uch smenalab ishlab, kechga tomom 


charchog` yarim och
 
holda uyga qaytadilar. Hatto, maktab ishlarining fidoyilari 
sevimli ishlaridan
 
qochib, kotib, rais yordamchisi xo`jalik boshlig‗i va
 
boshqa 
lavozimlarda ishlayotganliklariga taajjublanmasa ham bo‗ladi. Maktablarda faqat 
o‗qituvchilik iqtidori va alangasi bor insonlargina

ishlamoqdalar». 


Shu bilan birga bu mualliflar, bunday holatdan chiqish yo‗llarini
 
topishga 
harakat qilganlar Masalan, I va P bosqich maktab o‗qituvchilari uchun kurslar 
ochish, muallimlar tayyorlaydiganga institutlarni

ochish, o‗qituvchilarni moddiy 


va ma‘naviy jihatdan qullab-quvvatlash kabilar shular jumlasidandir. 
Lekin, bunday salbiy holatlar xalqni yangi hukumatning maorif sohasidagi 


328 
ishlaridan ixlosini qaytardi. Usha davr mualliflari ta‘biri bilan aytganda, xalq 
orasida sovetlar maktabining obro‗si keskin ravishda pasayib ketdi, «ular 
maqsadga muvofiq emas, ularda hayot yuq deb. qat‘iy aytish mumkin» edi. A. 
Shukurov qayd qilib aytganidek, 1921 yil kuzigacha eski Toshkentning o`zida 
yuzdan ortik; sovetlar maktabi faoliyat kursatgan bo‗lsa, yangi iqtisodiy siyosatdan 
keyin ularning soni 20 dan ham kamayib ketgan edi. Natijada inqilob tufayli 
yuqolib ketgan eski usul-diniy maktablar uz faoliyatlarini boshlab yubordilar. V. 
Bilik o`z maqolasida Turkiston o`lkasidagi diniy maktablar faoliyatini yoritar ekan, 
«...aholi orasida mullalar obro‗ining yuqoriligi diniy maktablar mavqeini yanada 
kutardi. Qisqa muddatli uqituvchilar kursida ta‘lim olgan sovet maktabi 
muallimlari bu maktablar ta‘siriga qarshilik ko‗rsata ol madilar» - deb yozgan edi. 
Shuningdek, Olchin, Sh.Rahimiylar ham bu maktablarni xalq orasida yaxshi bir iz 
qoldirmaganligini, xalq turli bahonalar bilan bolalarini ulardan chiqarib olib, savdo 
ishlariga aralashtirayotganliklarini kuyunchaklik bilan ta‘kidlaydilar. Xalq orasida 
diniy maktablarga bo`lgan ehtiyoj keskin ravishda kuchaya boshladi. Xususan, 
«Turkrespublikasida umumta‘lim masalalariga doir» maqolasining muallifi 
o‗lkadagi maktablarda o‗qitish tizimini ko‗rib chiqar ekan, «tez orada sovet 
maktablari diniy maktablar dengizida bir orolchaga aylanishi mumkin» ligini qayd 
etib o‗tgan edi. «Turkiston mahalliy maktablarida diniy ta‘limot masalasi» 
maqolasi muallifi esa xalqni yana sovet maktablariga jalb etish va ularni 
mustahkamlash din darslarining o`qitilishini yo`lga qo‗yilishi bilan amalga 
oshiriladi deb hisoblagan. Uning ta‘kidlashicha, yangi 1922 o‗quv yilidan diniy 
ta‘lim u yoki bu nohiya aholisining xohish irodasiga qarab kiritilishi va har kuni 
mulla yoki uqituvchi tomonidan olib borilishi lozim edi. Bu masala 1922 yilda 
utkazilgan o‗zbek madaniyati va maorif xodimlarining s‘ezdida ham kurib
chiqilib, «bolalarni yangi maktabga jalb qilish va ommaning dinga bulgai yuksak 
hurmatdagi ruhiyatini hisobga olib, maktablarga din darslarini kiritish karak», deb 
qaror qiligan edi. Muallif Olchin esa eski usul maktablarini qayta ko`rib chiqish 
taklifi bilan chiqadi. U: «Eski maktablarni maorif idoralari tezda «hisob-kitbo» 
qilib, o`z nazoratiga olishlari kerak. Bulardan vayron va yaramas binolaridagini 
yaxshi binolarga ko‗chirib, asbob va muallim bilan tamin qilish kerak. Bu 
maktablarda ta‘lim-tarbiya ishlarini yaxshi bormog‗iga diqqat qilmoq. hisob 
jug‗rofiya, tarix kabi fanlarni maktablarga kiritish, hamda uquv-yozuvlarni, din 
darslarini tartibli bir holda na Qur‘on o‗qishlarini ham mumkin bulg‗oncha 
ma‘nosi bilib o`qitish yo`liga kiritish kerakdir». Sh. Manatov esa o‗z maqolasida 
o‗lkadagi maorif sohasidagi kamchiliklarii kursatib o`tar »kan, vujudga kelgan 
vaziyatga keskin qarshi bulsa-da, biroq, vaqtincha «yuzaga kelgan sharoitda 
islomni o‗qitish maktabdan tashqari, maktab darslariga xalaqit bermagan bo‗sh 
vaqtlardagina ijozat berish mumkin»,-deb hsoblaydi. Muallifning yozishicha, 


329 
ko‗pchilik joylarda dindorlarnipg, «agar shuro maktablarida din darslari o‗qitilishi 
yulga qo`yilsa. moddiy jihatdan ta‘minlashlari haqidagi arizalar topshirganliklari 
holatlari ham qayd etilgan. 
Shu bilan birga eski usul maktab muallimlarini o‗qitishning yangi usullariga 
o‗tkazish hollari ham uchragan. Masalan, «Turkestanskaya pravda» gazetasida 
yozilishicha, Xo‗jand shahrida xalqta‘limi boshqarmasi tomonidan eski usul 
maktab muallimlari va ulamolari to‗planib, ularga eskicha o‗qitish usulining 
noqulayligi, qoloqligi tushuntirilgan. Ulamolar o‗z navbatida «masalaning bunday 
qo`yilishiga shariat qarshilik ko‗rsatmaydi, aksincha, shariat e‘tiqodlarining 
savodli, yozuv va hisobni bilishlarini muvofiq deb biladi», - deb o‗z » roziliklarini 
bildirganlar. Bu ikki oylik pedagogik kurslar 42 nafar kishiga mo‗ljallangan 
bo‗lib, ularga o‗z vaqtida katta ishtiyoq bilan qatnovi kuzatilgan. 
Shu bilan birga, ushbu davr nashrlarida vaqf mablag‗larining maorifga ishlariga 
jalb etillganligi haqida ham so‗z borgan. Jumladan, «Xalq maorifi kengashining 2 - 
qurultoyiga materiallar», P. I. Serboa va A. D. Nikiforovlarning «O‗zbekistonda 
xalq ta‘limi», D. Yefanovning «Maorif frontida» nomli kitoblarida 
ko‗rsatilishicha, Xalq Maorif Komissarligi qoshida Vaqf Bosh Boshqarmasi 
(VBB) tuzilgan va uning zimmasiga o`lkadagi barcha vaqf mablag‗larlarini 
hisobga olish, diniy maktablardan daromad olish va ularni yangi o‗qituvchilar 
bilan ta‘minlash va eski usul maktab o`qituvchilarini qayta tayyorlashga qaratish 
kabi vazifalar yuklatilgan edi. Bu nashrldan bizga yana shu narsa ma‘lum 
bo‗ladiki, 1924 yildan boshlab an‘anaviy (eski usul) maktablarni «sovetlashtirish» 
boshlangan va shu yilning 1 aprelidan boshlab VBB qaroriga ko‗ra bu maktablarda 
yagona mehnat maktablari dasturi bilan o‗qitish yo`lga qo‗yilgan. Bungacha diniy 
maktablar o‗quv rejasining 50 foizi diniy axloq qoidalari va qur‘onni o‗qitishga 
ajratilgan edi. Birinchi davrlarda UzXMKning vaqf daromadlari 7-8 foizni tashkil 
qilib, birinchi navbatda umumta‘lim maktablarining ta‘minotiga sarf qilingan. 
Andijonlik tadqiqotchi Baxtiyor Rasulovning aniqlashicha, 1924 yilning o‗zida 
vaqf sarmoyalaridan olinadigan davlat solig‘ining
hajmi O‗zbekiston territoriyasi 
bo‗yicha (Buxoro va Xorazm Respublikalari bilan hisoblaganda) 800.000 so‗mni 
tashkil etgan. Bundan ham avvalroq 1923 yilda yozilgan Sh. Rahimiyning 
risolasida «Agar bu kunda vaqf yoki mahalliy sarmoya qo‗limizda bo‗lmagan 
chorida bu o‗quv yurtlaridan juda ko‗plari hozirgacha yopilg‗on bo`lur edi», degan 
fikrni uchratamiz. A. Shukurov esa O‗z maqolasida vaqf mablag‗larini bir qismini 
mahalliy aholi vakillarini ta‘lim olish uchun xorijga yuborishga sarf etish haqidagi 
taklifni ilgari suradi. «Ana shunda xorijga har yili bir necha yuz kishini yuborish 
mumkin. 5-8 yil ichida ular Vatanga yangi kishilar bulib qaytadilar va haqiqiy 
yangi maktablar tashkil etadilar», - deb yozadi u. Bosh Vaqf Boshqarmasining 
a‘zosi bulgan Munavvar Qori Abdurashidxonov ham vaqf mablag‗larining asosiy 


330 
qismi maorif va madaniyat sohasiga sarflanayotganligini o‗z hisobotida aniq 
ravshan ko‗rsatib o‗tgan edi. Unda yozilishicha, «Bosh vaqf idorasi uzining 
ta‘minoti uchun mahalliy shu‘balarning umumiy daromadidan «10 foiz» olib, 
qolgan «90 foiz»ini mahallalarning o‗zida maorif va madaniyat ishlariga 
sarflaydir» (Vaqf idorasining 1923 yillardagi butun daromadi 6.529.652 so‗mni 
tashkil qilgan edi.). Munavvar Qori vaqf idoralari qisqa vaqt ichida xalqning
maorifi va madaniyati yo‗lida yaxshigina natijalarga erishganini Toshkent vaqf 
shu‘balari faoliyatida anik kursatib beradi. U bu shu‘balar tomonidan ochilgan 
madaniy-ma‘rifiy muassasalar sonini sanab utar ekan, bu tadbirlar nafaqat 
shaharlarda, balki chekka «uezd» larda ham amalga oshirilishi lozimligini, buning 
uchun bosh vaqf idoralarini «vaqf yerlari solig‗idan ozod qilish» fikri bilan chiqa-
di. Bu tadbir amalga oshirilsa «uyezd xalqiham yaxshigina bir maorif va madaniyat 
sarmoyasiga molik bulib, bu sarmoya vositasi bilan uzining bosib yotgan 
jaholatlariga qarshi kurashgan bulur edi»‖,- deb ishonadi. Bu ma‘lumotlardan 
bizga shu narsa ayon buladiki, vakf mablag‗lari ham o‗lka maorifi va 
madaniyatining rivojlanishiga bevosita o‗z hissasini ko‗shgan va yordam qilgan. 
1927 yildan boshlab eski usul-diniy maktablarga qarshi u xoh islohqilingan 
bo‗lsin yoki bo‗lmasin kurash boshlandi. UzR MIKning III sessiyasida eski usul 
maktablariga barham berish, ularni tugatish tug‗risida UzR Maorif Xalq komissari 
M. Ramziy katta ma‘ruza qildi. Albatta, usha davrga xos bulganidek, u mazkur 
maktablarga «burjua jadid maktablari», ziyoli va dindorlarga «sinfiy dushman» 
kabi yorliqlar yopishtiradi. Bu ma‘ruzadan bizga ma‘lum bo‗ladiki, eski usul 
maktablarni yopish uchun turli xil choralar qullanilgan. Jumladan, ularda o‗qish 
uchun 14 yoshgacha bulgan bolalar sho‗ro maktabining 1-sinfini bulsada, albatta 
bitirgan bulishi shart qilib quyilgan. Sog‗liqni saqlash organlari bu maktablardan 
tozalik shart-sharoitlarini talab qilishlari shart edi. Birov bu choralarga qarshi 
o‗laroq sovet maktablari uchun binolarning yetishmasligi, bolalarning 2-3 smenada 
o‗qitilayotgani haqida ham so‗z boradi. M. Ramziy ziyoli va dindorlarning 
islohqilingan eski usul maktablarni koldirish haqidagi fikrlariga keskin qarshi 
chiqadi. Uning qarashlarini M.Stambler ham qo‗llab-quvvatlaydi. U o‗z 
maqolasida shuro maktablarini kuchaytirish asosida eski usuldagi maktablarga 
karshi kurash yullarini ishlab chiqqan edi
.
Qurbon Birigin esa «eski maktablarni 
bitirish emas, ularni isloh qilish kerak, eski maktablarni tugatgan bilan biz yetarli 
darajada yangi maktab bilan ta‘min qila olmaymiz. Shuning uchun ular faoliyati 
davom etsa ham mayli», - deb fikrlovchilarni qattiq tanqid ostiga oladi va 
«Mafkura maydonida kurashimizning bir muhim bandi eski usul maktablarni 
tugatishdir», - deb hisoblaydi. Bu davr mualliflari «Dinga qarshi kurash!» shiori 
bilan maktablarda dinga qarshi tarbiyani kuchaytirish, muallimlarni tekshirib, 


331 
ularni «tozalash», nashr qilinadigan kitoblarning barchasini mazmun-mohiyati 
dinga qarshi kurash usulida, mafkuraga mos qilib chop etilishi kabi fikr-
mulohazalarini bildirganlar. Bunday yondashuvlarning bulishiga sabab esa diniy 
maktablarning sovet maktablaridan miqdor jihatdan oshib ketganligida edi. 
Masalan, 1925 yilda eski usul maktablari 1329 tani, sovet maktablari esa 908 tani 
tashkil etgan. Bu esa 
o„z
navbatida bolsheviklar hukumatini xavotiriga sabab buldi. 
O‗sha davrda qarortopib kuchga kirgan g‗oyaviy taziyiqlar endilikda milliy 
an‘anaviy eski usul maktablarni yuq qilib yuborishni o‗z oldiga maqsad qilib 
quydi va bunga erishdi ham. Endilikda aholi sovet maktablariga majburan jalb etila 
boshladi. 
Yuqoridagi mualliflar sovet maktablarini usishi haqidagi kursatkichlarni 
keltirsalarda, biroq bu maktablarga maktab yoshidagi bolalarning juda oz qismi 
jalb etilgan. Masalan, maktab yoshidagi 100 ta boladan faqat 8 tasigina sovet 
maktablarida o‗qiyotgani, qishloqdagi sovet maktablarida esa bolalarning faqat 5 
foizi o‗qiganligi haqida ma‘lumotlar bor. Milliy an‘anaviy maktablarda esa 
o‗qituvchilarning anchagina qismini qiz bolalar tashkil etgan. Ye. Fedorovning 
ta‘kidlashicha, «...aholini boshlang‗ich maktab bilan ta‘minlash maktab 
yoshidagilarni juda oz foizini (12%) qamrab olganligi bilan xarakterlanadi». 20-
yillarning oxiri - 30-yillarning boshlariga kelib, bu davr uchun xarakterli bo‗lgan 
sinfiy kurash, millatchilik, kadrlarni tozalash kabi g‗oyalar maorif, maktab 
sohalarini ham o‗z nazaridan chetda qoldirmadi. Bu davr maqolalarida 
yozilganidek, «maktablarga divdatni kuchaytirish, ular ustidan nazorat va 
boshqaruv; proletariat uchun kurash; o‗sayotgan avlodni internatsional ruhda 
tarbiyalash» masalalari birinchi uringa quyilishi kerak edi. Bundan tashqari, bu 
davrga kelib barcha sohalarda bulganidek xalq ta‘limi, maorif sohasiga oid faqat 
yutuq, maqtovlarga boy bo‗lgan maqola va risolalar ko‗plab yozila boshlandi. 
Ularda maktab tarmoqlari o‗sishining yuqori ko‗rsatkichlari, umumiy majburiy 
ta‘limning yulga qo‗yilganligi, ularning yuksak yutuklari haqida so‗z boradi. Kezi 
kelganda Mustafo Chuqayning «Turkiston sovetlar xokimiyati ostida» kitobida 
yozilgan fikrni keltirmoqchimiz: «...Madaniyat sohasini «tushuntirish» katta 
qiyinchilik tug‗diradi. Maktablar miqdori, ularda o‗qiyotgan o‗quvchilar, 
«oliygohlar», «bilim yurtlari», - bularning barchasi taassurotli, albatta. Biroq, 
milliy yutuqlar nuqtai nazaridan qaraganda, bolsheviklarning o‗zlari tomonidan 
bo‗rttirib ko‗rsatilgan dasturga muvofiq natija bolshevikcha «o‗z - o‗zini 
tanqid»dan past turadi». 
Demak, XX asrning ikkinchi o‗n yilligi adabiyotlari tahlili shuni 
ko‗rsatadiki, madaniyat sohasining eng muhim bandi hisoblangan maorif va uning 
turli sohalariga oid muammolarning yechilishi, masalaning kuyilishi turli xil 
uzgarishlarni boshidan kechirdi. Dastlabki vaqtli va davriy matbuot sahifalarida 


332 
chop etilgan maqolalar uchun xato va kamchiliklarni aniqko‗ra bilish, bu tugrisida 
dadil, qo‗rqmasdan yoza olish, qiziqarli va muhim takliflarni quyish kabi 
xususiyatlar xos edi. O‗rganilayotgan davr adabiyotlarida mualliflar maorif, 
maktab va o‗qituvchilarxususida turli-tuman muqobil yo‗llarni va usullarni izlab, 
bu muammolarning yechilishida milliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda turli 
xil tanqidiy, qarama-qarshi fikr va mulohazalar, qiziqarli, hattoki bugungi 
kunimizda ham o‗z ahamiyatini yuqotmagan takliflarni o‗rtaga tashlaganlar. Biroq, 
20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlariga kelib, siyosiy vaziyatning o‗zgarishi 
bilan adabiyotlarning ham sifati uzgara boshladi. 
Respublikamiz mustaqillikni qo‗lga kiritishi tufayli erishilayotgan yutuqlarni 
chuqur idrok etish va qadrlash zarurati sho‗rolar davrida qishloq xo‗jaligida 
amalga oshirilgan iqtisodiy va mafkuraviy siyosati tufayli sodir bo‗lgan. Davr 
taqozosi bilan o‗zining to‗g‗ri ifodasini topmagan, bo‗yab-bezab talqin qilingan 
tarix sahifalariga ob‘ektiv qarashni, salbiy holatlarning oqibatlarini yana bir bor 
qaytadan ko‗rib chiqishni, ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur tahlil etishni 
dolzarb masala qilib qo‗ydi. 
O‗zbekiston uchun tarixiy taraqqiyotning oldingi marralariga chiqishda 
qishloq xo‗jaligi muhim rol o‗ynashi shak shubhasiz. «Bugun jamiyatimiz shuni 
anglab oldiki,— deb ta‘kidladi O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. 
Karimov,— hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini ko‗tarish, 
iqtisodiyotimiznnng samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, istiqbolimizni 
rejalash — xullas, qanday 
muammo, qanday masalani ko‗rmaylik, ularning aksariyati birinchi navbatda 
qishloq xo‗jaligiga borib taqaladi». 
Qishloq xo‗jaligining ulkan ahamiyati agrar soha tarixini keng miqyosda 
tadqiq etish ehtiyojini oshirdi, chunki «...bugungi kunda qishloq xo‗jaligining 
iqtisodiyotimizdagi, hayotimizdagi o‗rni shuni taqozo etmoqda». Qishloq 
xo‗jaligini tubdan qayta qurish bilan bog‗liq masalalarning o‗ziga xos mezonlarini 
anglab yetish, tarixiy tajriba saboqlarini o‗rganish, o‗zbek qishlog‗i rivojlanishi 
jarayonlarini, ulardagi ziddiyatlarning namoyon bo‗lishini tushunib yetish muhim 
ahamiyatga ega. Ayniqsa sho‗rolar davlati dehqon xo‗jaliklarnni yoppasiga 
kollektivlashtirish borasida olib borgan siyosati va uning oqibatida yuz bergan 
mudhish holatlardan ko‗z yumib bo‗lmaydi. 
Ma‘lumki mustabid tuzum mafkurasi ta‘siri ostida tarix fani amalda 
soxtalikga to‗lib toshgan edi. Unda o‗tmishga oid ko‗plab haqqoniy sahifalar 
chiqarib tashlangan, oshkor qilish mumkin bo‗lmagan, taqiqlangan mavzular 
ancha-muncha edi. Xususan, 1932—1933 yillardagi ommaviy ocharchilik o‗ta 
mahfiy hodisalar sirasiga kiritildi. Hatto bu haqda eslash ham uzoq yillar 
mobaynida taqiqlab qo‗yildi. Holbuki, o‗sha yillarda Stalin tomonidan ilgari 


333 
surilgan «barcha kolxozchilarni «o‗ziga to‗q» dehqonlarga aylantirish» shiori 
hamma yoqda keng ko‗lamda targ‗i-bu tashviq qilindi. Dehqonlarga qarshi, 
«bolshevik»larga xos bo‗lgan «yuqori idoralar» tomonidan amalga eshirilgan 
jinoiy «agrar inqilob» mo‗l-ko‗l «qayg‗u hosilini» yig‗ib olgan bepoyon 
mamlakatning millionlab boquvchilarini halokatga olib kelgan bo‗lsada 
mafkuraviy andishalar siquvi ostida jamiyatshunoslar bu fakt xususida gapirish 
o‗rniga, yakdillik bilan go‗yoki og‗izlariga talqon solib olgan edilar. 
Kolxoz tuzumining kuch ishlatish, zo‗rlik yo‗li bilan amalga oshirilishi bu 
mash‘um ocharchilikni keltirib chiqargan sabablardan biri edi. Dehqonlar 
manglayiga qurol tirab kolxozlarga a‘zo qilindilar hisob. Dehqonlarni shu tariqa 
kolxozlarga ommaviy ravishda majburan kiritish boshlandi. Mol-mulkni 
umumlashtirishga barcha asosiy mehnat qurollari, chorva mollari, parrandalar 
kirdi. Bu esa o‗z vaqtida chorva mollari jon boshining keskin kamayishiga (so‗yib 
yuborilishi) va mehnat qurollarinipg berkitilishiga sabab bo‗ldi. 
Ikkinchi tomondan, shoshilinch tuzilgan kolxozlar moddiy jihatdan o‗z 
xo‗jalik funksiyalarini bajarishga tayyor emasligini ko‗rsatdi. Qolxozlar 
tuzilayotganda ular uchun eng muhim bo‗lgan omborlar qurishda, millionlab 
umumlashtirilgan chorva mollarining ozuqa bazasini yaratishda moddiy yordam 
ko‗rsatilmadi. Tabiyki, bu mollarning ozuqasiz qolishi va natijada ularning 
qirilishiga olib keldi. 
Faqatgina 1930 yilning o‗zida O‗zbekistonda qora mollarning 60 mingdan 
ortiq jon boshiga qisqarishiga olib keldi. 1928—1932 yillar mobaynida esa 
hammasi bo‗lib qo‗ylar soni 6001,2 mingdan 2199,6 mingga, otlar bo‗lsa 550,2 
mingdan 390,7 ming boshga kamaydi. 
Markazdan turib boshqarilgan va moddiy chegaralarga ega bo‗lmagan 
kolxoz qurilishining bunday tajribasi butun sho‗ro davlati qishloq xo‗jaligi izdan 
chiqardi, «sotsialistik agrar ishlab chiqarish»da turg‗un regressiv jarayonlarning 
qaror topishiga olib keldi. Natijada, 30-yillarning boshida qishloq xo‗jalik yalpi 
mahsulotning keskin kamayishi kuzatildi. Misol uchun, agar 1928 yilda Ittifoq 
bo‗yicha go‗sht yetishtirish hammasi bo‗lib 4,9 mln. tonnani tashkil etgan bo‗lsa, 
1932 yilga kelib bu ko‗rsatkich bor yo‗g‗i 2,8 mln.ga yetdi. Shunga muvofiq 
ravishda sut 31,0 mln. topnadap 20,6 mln. tonnaga, tuxum 10,8 mlrd. donadan 4,4 
mlrd. donagacha kamaydi. Xuddi shunday ahvol Uzbekistonda ham kuzatildi. 
Qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetkazib berish ishi dehqonlar moddiy 
ahvoliga halokatli ta‘sir o‗tkazdi. Lekin mahalliy rahbarlar sho‗ro hukumati 
tomonidan o‗zboshimchalik bilan o‗rnatilgan noreal topshiriqlarni qanday qilib 
bo‗lmasin bajarishga harakat qilib, kolxozlar va yakka xo‗jaliklardan 
mahsulotlarini «zo‗rlik bilan» tortib olardilar. Jumladan, bug‗doy masalasida 
shunday edi. 


334 
Ayniqsa, 1930-1932 yillarda ko‗plab kolxozlarda yetishtirilgan donning 
hammasi, hatto uruglik bug‗doy ham qoldirilmay olib qo‗yilgan. Go‗sht tayyorlash 
borasida ham xuddi shunday yo‗l tutildi. Bunda ham «reja topshiriqlari» mavjud 
imkoniyatlardan kelib chiqib belgilanmadi, balki shafqatsizlik bilan tortib olindi. 
Masalan, hujjatlarda qayd qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining ko‗pgina tuman-
larida 1932 yilda aholi bir tayyorlov mavsumi mobaynida qo‗ylar soni 
(umumlashtirilgan qismini hisobga olgan holda)ning qarib yarmini davlatga 
topshirishi kerak edi, bundan norozi bo‗lgan qishloq yalpi ixtiyoriy ravishda qo‗y-
qo‗zilarni davlatga topshirishga qarshilik ko‗rsata boshladilar. Natijada qishloq 
sho‗rosi xodimlari tegishli chora-tadbirlar o‗ylab topdilar, ular zo‗rlik yo‗liga 
o‗tishdi, ya‘ni chorva mollarni «sotib olish» niqobi ostida tortib ola boshladilar. Bu 
quyidagicha amalga oshirildi: kolxozchining uyiga 7—8 nafar faollar tashrif 
buyurishar, xonadon sohibi va sohibasining qo‗lini bog‗lashar, shu paytda qolgan 
«xaridorlar qulflarni buzib, «sotib olishgan» uy hayvonlarini tezlik bilan olib 
chiqib ketishar edi. 
Sobiq sho‗ro davlatining barcha hududlarida amalga oshirilgan bunday xatti-
harakatlar, oxir-oqibat, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishnni halokat yoqasiga olib 
keldi. Bu hol aholinnig oziq-ovqat ta‘minotiga o‗z ta‘sirnni o‗tkazmasdan qolmadi. 
U kundan-kunga yomonlasha boshladi. Uni minimal darajada ushlab turish uchun 
kartochka tizimi joriy qilindi. Shu bilan bir vaqtda, qishloq mehnatkashlariga 
nisbatan ma‘muriy tazyiq kuchaytirildi. Ularning oxirgi nasibalari ham tortib olina 
boshlandi. Uzbekistonda esa qat‘iy paxta yakka hokimchiligining o‗rnatilishi bilan 
ahvol yanada og‗irlashdi. 1933 yildayoq paxta respublikada yetishtirilgan yalpi 
qishloq xo‗jalik mahsulotlarining 81,5 foizini tashkil etdi. Davlat rejasi darajasiga 
ko‗tarilgan oziq-ovqat razverstkasi (taqsimoti) qishloqlarning muqarrar ravishda 
qashshoqlashuviga olib keldi. Zero, kolxozchilar tinka-madorni quritadiganog‗ir 
mehnat qilishlariga qaramay, amalda hech qanday haq olmas edilar. Ularga faqat 
afsonaviy mehnat kunlari yozilar edi. Bunday sharoitda qishloq mehnatkashlari 
faqatginao‗z tomorqasiga suyanishi mumkin edi. Lekinko‗pdan-ko‗p to‗sqinlik 
qiluvchi omillar, ya‘ni masalan, tomorqadagi har bir daraxt, qoramol, parranda 
uchun aqlga sig‗maydigan soliqlarning‗ to‗lanishi, yaylov maydonlarining qat‘iy 
chegaralab 
qo‗yilishi 
dehqonlarning 
jtimoiy-iqtisodiy 
ahvolnni 
yanada 
og‗irlashtirdi. Bundan tashqarn 1935 yillargacha shaxsiy tomorqa dehqonlar 
yakkaxo‗jalik manfaatlarini ko‗zda tutuvchn moddiy asos deb qaralib, ularga 
tomorqa aj-ratish qo‗llab-quvvatlanmas edi. Bularning hammasi, tabiiyki, 
dehqonlar turmush darajasini pasayib ketishiga olib kelgan omillardan biri bo‗ldi. 
Usha davrda yuqori tashkilotlarga yozilgan dehqonlarning son-sanoqsiz tahdidto‗la 
xatlari ular turmushining og‗irlashib ketganidan dalolat beradi. Masalan, ulardan 


335 
biri «Qizil dehqon» kolxozi dehqonlari «Dehqonlar faqat suv bilan nonda 
o‗tirganligi, u ham bo‗lsa (non) yetishmayotganligidan» nolib yozishardi. 
Qishloqlarni qamrab olgan ocharchilik dehqonlarni bo‗g‗ish siyosatining 
kulminatsion nuqtasi bo‗ldi. Ocharchilik ayniqsa, don yetishtiriladigan tumanlar — 
Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Quyi va Urta Volga, janubiy Ural va Qozog‗istonda 
ommaviy tus oldi, ba‘zi joylarda esa butun-butun qishloqlarning ochlikdan qirilib 
ketishi kabi hodisalar yuz berdi. 
Bugungi kunda qurbonlar sonini aniq aytib berish qiyin. Robert Devis, 
Robert Qonkvest, Stiven Uitkroft kabi xorijiy tarixchilar, Barbara Anderson va 
Brayon Silver singari demograflar ishlaridagi statistik ma‘lumotlarning guvohlik 
berishicha, ochlik vaqtida qurbon bo‗lgenlar soni 3—4 million kishini tashkil 
etadi.8. Faqatgina Qozog‗istonda 1932—33 yillarda ochlik va u bilan bog‗liq 
bo‗lgan kasalliklardan halok bo‗lganlar soni 1,7 mln. kishini tashkil qildi. Ayni 
vaqtda, O‗zbekistonda ocharchilik qurbonlari yuqorida sanab o‗tilgan tumanlarga 
nisbatan ancha kam bo‗ldi, lekin u ham taxminiy hisoblarga ko‗ra 350—400 ming 
kishining yostig‗ini quritdi. 
1930 yillarda Uzbekistonda sun‘iy ravishda keltirib chiqarilgan ommaviy 
ocharchilikning xarakteri va hukmron doiraning unga bo‗lgan munosabatini
Toshkentda xizmat qilgan Moskvalik Lev Vasilevning xorij matbuotida e‘lon 
qilingan xotiralarida keltirilgan ma‘lumotlar asosida ko‗rib chiqish mumkin: 
«Mening xizmatdagi martabam ko‗tarildi va Moliya Xalq Qo‗mitasining bo‗lim 
boshlig‗i sifatida Toshkentga keldim... Ko‗chalarda och onalar bolalari bilan 
sanqishadi va iltijoli nigoh bilan sadaqa uchun qo‗l cho‗zishadi. Son-sanoqsiz 
jasadlarni xuddi o‗tin kabi yuk mashinalariga ortishadi va umumiy xandaqlarda 
ko‗mish uchun qaysidir tepalarga olib ketishadi. Ochlikdan o‗lib ulgurmagan itlar 
bu handaqlarni ochib, qo‗lga kiritilgan o‗lja ustida talashadilar. Bunday dahshatli 
yuk mashinalari o‗lim aravalarini (katafalki) men ko‗p marta ko‗rdim». 
Shuni ta‘kidlash joizki, agarda mustabid sho‗rolar hukumati o‗z vaqtida och 
qolayotgan tumanlarga moddiy yordam ko‗rsatganda, 30-yillardagi uqubatli 
ocharchilik oqibatlari bu qadar ayanchli bo‗lmagan bo‗lar edi. Bu hol 1920—1922
yillar sharoitida bo‗lgani kabi, hech bo‗lmasa cheklangan miqyosda amalga 
oshirilganida edi, ahvol butunlay o‗zgacha tus olgan bo‗lar edi. Afsuski, Stalin 
boshliq ma‘muriyat ommaviy ochlikni ko‗rib ko‗rmaganga oldi. Bugina emas u 
xorijiy mamlakatlar tomonidan taklif qilingan oziq-ovqat yordamini rad etdi. 
Aksincha rasmiy mafkura tomonidan hamma yerda «hayot yaxshilandi, hayot 
quvonchli bo‗lib qoldi» degan fikr qayta-qayta ta‘kidlanadigan bo‗ldi. 
Qishloqlarda esa yordam o‗rniga qanday vositalar bilan bo‗lmasin tirik qolishga 
uringan qishloq aholisiga nisbatan jazo choralari kuchaytirildi. Och, son-sanoqsiz 
taqiqlardan toliqqan, hamma tomondan ma‘muriy tuzoqlar qurshab olgan xalq 


336 
kolxoz dalalaridan don, kartoshka, o‗t va boshqalarni o‗g‗irlashga majbur edi. 
Misol uchun, 1932 yilning yozida hali hosil pishib yetilmagan, ko‗pchilik 
donchilik tumanlarnda «sartarosh»lar paydo bo‗ldi. Ular och bolalar, ayollardan 
iborat bo‗lib, oilada pishadigan bo‗tqa uchun qaychi bilan boshoqlarni qirqib 
olishardi (kolxoz dalalarda bu narsa odatda tunda va yashirin amalga oshirilardi). 
O‗rim mavsumi boshlanib, donni to‗laligicha tayyorlov idoralariga tashib ketish 
boshlanganda, donni cho‗ntaklar va qo‗yniga solib kelishardi. Va nihoyat nochor 
qishloq aholisining bunday xatti-harakatiga javoban 1932 yilnipg 7 avgustida 
Stalinnnng o‗z qo‗li bilan imzolangan sotsialistik mulkni qo‗riqlash to‗g‗risidagi 
qarori qabul qilindi. U kolxoz va koopirativ mulkni o‗g‗irlaganlik uchun jinoiy 
jazo chorasi sifatida oliy ijtimoiy himoya vositasi — bor mol-mulkni musodara 
qilgan holda otib tashlash hamda «jinoyatni yengillashtirish» mumkin bo‗lgan 
taqdirda uni bor mol-mulkini musodara qilgan holda kamida 10 yil ozodlikdan 
mahrum etish bilan almashtirishni joriy etdi. Bunday hollarda avf etish taqiqlangan 
edi. Aslida qonunchillikka yo‗l ochgan bu qonunning mohiyatini zamon-doshlar 
yaxshn tushunar edilar. Mazkur qonun dehqonlarnn yanada qash-shoq ahvolga 
solib qo‗ydi. Ochlikdan azob-to‗zib ketgan qishloq aholisining arzimagan darajada 
bo‗lsada qo‗llab-quvvatlab turgan eng so‗nggi umidini ham uzib tashladi. Oqibatda 
ochlar soni fojialn darajaga yetdi, ko‗pdan-ko‗p odamxo‗rlik va jasadxo‗rlik 
hodisalari kuzatildi. 
Boshqa tomondan esa xalq tilida «besh boshoqln qonun» deb atalgan 1932 
yil 7 avgustdagi qonun ko‗p sonli qishloq aholnsining mash‘um «Gulag 
arxipelagi» kabi yerlarga surgun qilinishiga sabab bo‗ldi. Birgina 1933 yilniig 
boshidayoq tugab ulgurmagan besh oy mobaynida O‗zbekistonda minglab 
dehqonlar ma‘muriy javobgarlikka tortildi. 
O‗zbek qishlog‗ning tabiiy ravishda rivojlanishini to‗xtatib qo‗ygan, 
dehqonlarinng boqim bo‗lib qolishiga, ularda jamoat ishlab chiqarishida faol 
ishtirok etishdan manfaatdorlikning bo‗g‗ib qo‗yilishiga, bozor munosabatlarining 
yemirilishiga olib kelgan kollektivlashtirilgan agrar ishlab chiqarishnnng joriy 
qilinshni shu tariqa qishloq xo‗jaligining butunlay izdan chiqishiga, uning halokatli 
qashshoqlashuviga olib keldi. 
Respublikamiznnng mustaqillikni qo‗lga kiritishi amalga oshi-rilayotgan 
iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlariinpg to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilganligi, qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishining tiklanishi, samaradorligining oshayotganligi
bugungn kunda qishloq xo‗jaligi sohasida o‗tkazilayotgan siyosatning nechog‗lik 
to‗g‗ri yurgizilayotganidan dalolat beradi va o‗tmishda yo‗l qo‗yilgan salbiy 
oqibatlarni yuzaga keltirgan xato va kamchiliklardan saboq olgan holda to‗g‗ri 
xulosa chiqarish uchun imkoniyat yaratadi. 


337 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mustaqilligiga 
erishganligi 
tariximizning eng murakkab va ziddiyatli bosqichlaridan biri bulgan mustabid 
sovet rejimining boshlanishi paytlarini Turkiston mintaqasida uzoq yillar davomida 
Rossiya va sobiq Ittifoqining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko‗tarilgan 
istiqlolchilik harakati tarixini har tomonlama sinchiklab o‗rganishga imkoniyat 
yaratib berdi. O‗lkan miqyosdagi arxiv hujjatlari, o‗sha davrda nashr qilingan 
milliy matbuot materiallari va ushbu mavzuga ta‘luqli o‗zimizda va xorijda nashr 
qilingan ko‗p miqdordagi adabiyotlarni o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, Turkiston 
mintaqasidagi istiqlolchilik harakati tariximizdan qonuniy ravishda o‗z munosib 
o‗rin olishga haqli bo‗lgan milliy mustaqillik kurashi hisoblanadi. 
Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik harakati bo‗sh bir zaminda paydo 
bo‗lmasdan, uning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‗oyaviy, ruhiy, diniy, ma‘naviy, 
milliy va maishiy ildizlari hamda asoslari mavjudki, o‗lka xalqlarining 50 yil 
davomida chorizm zulmi ostida og‗ir turmush kechirganligi va bol‘shevikcha rejim 
o‗zining dastlabki kunlaridan boshlab bu tartibni yanada mustahkamlaganini 
alohida qayd etish lozim. Jadidlarning sa‘yi harakatlari bilan tashkil topgan 
Turkiston Muxtoriyati hukumatining bosqinchi askarlar yordamida 1918 yil fevral 
oyida tor-mor qilinishi, Qo‗qon shahrida begunoh o‗n minglab kishilarning 
vahshiyona o‗ldirilishi istiqlolchilik harakatining boshlanishiga faqat bir turtki 
vazifasini o‗taganligini alohida ta‘kidlash kerak. Holbuki, bugungi kunda ham 
ko‗pchilik Qo‗qon fojealari istiqlolchilik harakati boshlanishiga asosiy sabab 
bo‗ldi deb, noto‗g‗ri talqin qilmoqda. 
Istiqlolchilik harakati «bir hovuch bandit va bezorilar»ning qurolli xuruj 
bo‗lmay, balki uzining sarchashmalariga ega bo‗lgan, yetarli darajada jadid 
munavvarlari va islom dini ulamolaridan iborat g‗oyaviy rahnamolari va 
mafkurachilari, qo‗rboshi va sardorlardan iborat harbiy yo‗lboshchilari bo‗lgan 
hamda muntazam qo‗shinga ega muazzam bir harakatdirki, uning qiyosi hatto 
jahon tarixida ham uchramaydi. 
Turkiston mintaqasidagi istiqlolchnlik harakati o‗z jug‗rofiy doirasiga ko‗ra 
uch hududga bo‗linadi: Turkiston avtonomiyasi, Buxoro va Xorazm Xalq 
Respublikasi hududi. Istiqlolchilik harakati dastlab Turkiston avtonomiyasi 
hududidagi Farg‗ona vodiysida, shuningdek, Samarqand viloyatida boshlanib, 
keyinchalik o‗zining eng baland cho‗qqisiga ko‗tarildi. Buxoro Respublikasida bu 
harakat Sharqiy Buxoro (hozirgi Tojikiston Respublikasi va O‗zbekistonning 
Surxondaryo viloyati) va G‗arbiy Buxoroda (hozirgi Buxoro va Navoiy 
viloyatlari), ayniqsa kuchaygan bo‗lsa, Xorazm Respublikasida harakat asosan 
hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshaxovuz, Uzbekistonning Xorazm 
viloyati va Qoraqalnog‗iston Respublikasi hududlarida gaz berdi. 


338 
Turkiston mintaqasidagn istiqlolchilik harakati o‗z rivojlanishi jarayoniga 
ko‗ra katta ikki davri bosib o‗tdi: birinchi davr (1918—1924 yillar) va ikkinchi 
davr (1925—1935 yillar). Har bir davr harakat qatnashchilarining miqdori, 
qo‗rboshilar, kurash taktikasi va janglar amaliyotiga ko‗ra, shuningdek, alohida 
xususiyatlari bilan bir-biridan o‗zaro farqlanuvchi mustaqil bir nechta bosqichlarga 
bo‗linadi. Bu o‗rinda shuni qayd etib o‗tishga burchlimizki, istiqlolchilik harakati 
mintaqada o‗sha davr mavjud bo‗lgan Turkiston avtonomiyasi, Buxoro va Xorazm 
Respublikalarining har birida o‗z ichki qonuniyatlariga ko‗ra bir-biridan o‗zaro 
ajralib turuvchi bosqichlarga ham bo‗linadi. 
Istiqlolchilik harakati tarixining davrlashtirish haqidagi mulohazalarimizni 
dastlab Turkiston avtonomiyasi xususan, Farg‗ona vodiysi misolida asoslab 
bermoqchimiz. 
Farg‗ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1918—1924 yillardagi 
birinchi davrda bir-biridan mustaqil uch bosqichga bo‗linadi. 1918 yil fevralidan 
1920 yil martigacha davom etgan birinchi bosqichda dastavval Kichik va Katta 
Ergash, so‗ngra Madaminbek mujohidlar armiyasiga qo‗mondondik qildilar. Bu 
paytda faqat Farg‗ona vodiysidagi istiqlolchilarning harbiy kuchlari 70.000 
yigitdan kam bo‗lmagan. Mazkur bosqichda vodiyning deyarli butun hududi 
istiqlolchilar qo‗lida bo‗lgan, ular katta zafarlarga erishganlar, qizil armiyaga 
qarshi g‗olibona harbiy harakatlarni olib borishgan. Marg‗ilon, Namangan, O‗sh, 
Jalolobod, Chust shaharlari to‗liq, Andijon va Qo‗qonning bir qismi esa 
istiqlolchilarning qo‗liga o‗tgan. 
Sovet rejimi faqat temir yo‗l bekatlarida, viloyatning ma‘muriy markazi 
Skobelev (hozirgi Farg‗ona) shahrida saqlanib qolgan. Madaminbek boshchiligida 
1919 yil 22 oktabrda Pomirdagi Ergashtom (Irkeshtam) ovulida «Farg‗ona 
muvaqqat muxtoriyat hukumati»ning tuzilishi istiqlolchilik harakatining mantiqiy 
yakuni, fidoyi bobolarimiz kurashining dastlabki mevasi bo‗ldi. 
Samarqand viloyatida ham bu paytga kelib istiqlolchilik harakati boshlandi 
va ular farg‗onalik birodarlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‗rsatishga harakat 
qildilar. Turkiston frontining tashkil qilinishi va M. V. Frunzening bu yerga kelishi 
natijasida istiqlolchilar 1920 yil qish va ko‗klamda bo‗lgan janglarda dastlabki 
yirik mag‗lubiyatga uchradilar. 
Madaminbekning sovet hokimiyati vakillari bilan o‗zaro tinchlik 
shartnomasiga imzo chekishi va uning oradan ko‗p vaqt o‗tmay vahshiyona qatl 
etilishi bilan Farg‗onadagi istiqlolchilik harakatining birinchi bosqichi tugadi. Ikki 
yildan ziyod davom etib, 1920 yil bahorida yakunlangan bu bosqichda sovet 
hokimiyati Farg‗ona vodiysida omonat turdi. Istqlolchilar o‗zlarining fidokorona 
kurashlari bilan bosqinchi qizil askarlarning tinkasini quritishar, vodiydagi 
vaziyatni boshqarib turishar edi. Vatanparvarlar armiyasi erk va mustaqillik uchun 


339 
olib borgan kurashlarini aslo bo‗shashtirmadilar. Farg‗ona vodiysiga 1920 yilning 
boshida Rossiya markazidan tashlangan katta miqdordagi harbiylar kuchlar 
nisbatini bosqinchi sovet armiyasi tomoniga burib yubordi. Qizil imperiyaning 
tashviqotchi mashinasi benuqson ishlab, o‗zining havoyi va dabdabali shiorlari 
bilan istiqlolchilar qatoriga dastlabki rahna solishga muvaffaq bo‗ldi. Milliy 
ruhning birlashishi qiyin kechdi. Millat orasidan chiqqan yangi tuzum 
siyosatdonlari (Turor Risqulov, Inomjon Xidiraliev va b.) bilan harbiy rahbarlar 
(Madaminbek, Shermuhammadbek, qo‗rboshi va b.) hamkorligi ham shirin 
orzuligicha qolib ketdi. 
1920 yilning bahoridan boshlab to 1922 yilning oxirigacha bo‗lgan 
ikkinchi bosqichda istiqlolchilar qo‗shiniga Shermuhammadbek qo‗mondonlik 
qildi. Shermuhammadbek boshchiligida 1920 yil 3 mayda «Turkiston— turk 
mustaqil islom jumhuriyati» tuzildi va 1922 yil aprel oyida ushbu Turkiston 
muvaqqat hukumatining vaqtinchalik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bolshevikcha 
rejim va Turkfront rahbarlari Farg‗ona vodiysiga yangidan-yangi kuchlarni tashlab 
turganliklari, askarlar barcha zamonaviy urush qurollari bilan tish-tirnog‗igacha 
qurollanganliklariga qaramasdan sovet hokimiyati bu asrda 1922 yil kuzi va 
qishigacha jiddiy bir yutuqqa erisha olmadi. 
Shermuhammadbek boshchiligidagi Turkiston muvaqqat hukumatining 1922 
yil oxirida tarqalib ketishi va Bek tomonidan dekabr oyining so‗nggi kunlarida 
Fargona vodiysining tark etilishi bilan istiqlolchilik harakatiniig ikkinchi bosqichi 
tugadi. Qariyb uch yil davom etgan va asosan Shermuhammadbek nomi bilan 
chambarchas bog‗liq ushbu bosqichda istiqlolchilar vodiydagi qizil armiya 
jangchilariga qaqshatqich zarbalar berishga muvaffaq bo‗ldilar. Kurash yana ham 
shiddatli va shafqatsiz tus oldi. Bu paytda Bahrombek va Ochil qo‗rboshi 
yetakchiligidagi Samarqand viloyati istiqlolchilari ham qizil askarlarga qarshi 
hayot-mamot janglarini olib borishdi. Istiqlolchilar hamda jadidlar boshchiligida 
tashkil qilingan Turkiston muvaqqat hukumati va Ahmad Zakiy Validiy To‗g‗on 
rahbarligidagi Turkiston Milliy Birligi tashkiloti ozodlik kurashining mantiqiy 
hosilasi sifatida istiqlolchilarning g‗oyaviy jihatdan jipslashda muhim rol o‗ynadi. 
1923—1924 yillarda davom etgan uchinchi bosqichda istiqlolchilar qo‗shini 
kichik-kichik dastalarga bo‗lingan holda vodiyda jang harakatlarini olib borishdi. 
Farg‗onada kichik qo‗rboshi dastalarining miqdori 1923 yilda kamida 350—400 
atrofida edi. Ularga bu davrda oldin Islom Pahlavon, keyin Yormat Maxsum kabi 
qo‗rboshilar rahbarlik qildilar. Biroq 1923 yilning oxiriga kelganda sovet 
hokimiyati va bolshevikcha rejimning Farg‗ona vodiysidagi istiqlolchilik 
harakatiga qarshi keng ko‗lamda olib borgan urush harakatlari natijasida 
mujohidlarning ahvoli nihoyatda og‗irlashdi. Bundan keyin qo‗rboshilar turli 
sabablar va mahalliy shart-sharoitlar natijasida bir-biri bilan doimo ham kelishib 


340 
ish tutmadilar. Erk va istiqlol kurashining ushbu bosqichida har bir qo‗rboshi yoki 
istiqlolchilar guruhining boshlig‗i o‗zi joylashgan va harakatda bo‗lgan makonning 
xo‗jaynni deb hisoblab, o‗z holicha ish yurita boshladi. Bu hol qizil askarlar va 
ularning qumondonlariga juda qo‗l keldi. Istiqlolchilar qo‗lidan vodiydagi barcha 
yirik qishloqlar va shaharlar tortib olindi. Ular o‗zlarining kichik-kichik dastalari 
bilan tog‗u toshlarda, dasht va adirlarda kurashni davom ettirdilar. Yetti yillik 
tinimsiz muhorabadan charchagan istiqlolchilarning aksariyat qismi 1923 yilning 
oxiri va 1924 yilning boshlariga kelib, qurolni tashlashgan majbur bo‗ldilar. 
Shunday bo‗lishiga qaramasdan, Turkiston mintaqasidagi mustaqillik uchun 
kurash bir daqiqa ham tinmadi. Tarixchi Boymirza Hayitning yozishicha, 1924 yil 
1 mayda faqat Farg‗ona vodiysida 70 ta kichik qo‗rboshi dastalari qizil askarlarga 
qarshi urush olib bordilar, 1924 yilning oxirlariga kelganda Fargona vodiysidagi 
istiqlolchilik harakatining birinchi davri yakunlandi. Yetti yil davom etgan ozodlik 
kurashi jarayonida istiqlolchilar o‗z fidoyiliklari va katta qurbonlar berish evaziga 
qizil armiya qismlarini doimo tahlikaga solib turdilar. O‗lkadagi bolshevik rejimi 
o‗zining butun kuch g‗ayratini istiqlolchilik harakatini tor-mor qilish va uni 
butunlay tugatishga safarbar qildi. Turkfront qo‗mondonligi tomonidan olib 
borilgan harbiy harakatlar natijasida Farg‗ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 
vaqtinchalik maglubiyatga uchradi. 
Sobiq Buxoro amirligi o‗rnida tashkil topgan Buxoro Respublikasidagi 
mujohidlar yoxud istiqlolchilik harakatining birinchn davri (1920—1924 yillar) 
ham mustaqil uch bosqichga bo‗linadi. 
Birinchi bosqichda (1920 yil kuzi—1921 yil oktabr) sobiq amirlik hududida 
mujohidlar harakati boshlandi. Dastlab Sharqiy Buxoroda yuzaga kelgan ushbu 
harakat tez orada butun Buxoro Respublikasi hududini qamrab oldi va dastlabki 
porloq g‗alabalarga erishdi. Qizil askarlarga qarshi kurashni oldiniga Buxoroning 
sobiq amiri Said Olimxon boshqarishga urindi. Biroq 1921 yil martda u Sharqiy 
Buxoro hududidan Afg‗oniston davlatiga o‗tib ketdi. Mujohidlar qo‗shiniga 
Sharqiy Buxoroda Ibrohimbek Laqay, Buxoro, Karmana, Nurotada esa Mulla 
Abdulqahhor qurboshilar rahbarlik qilishdi. 
Harakatnnng ikkinchi bosqichi (1921 yil noyabr—1922 yil avgust) uning 
eng kuchaygan davri bo‗lib, bu Turkiyalik mashhur sarkarda Anvar Poshonnng 
Buxoroga kelishi bilan bevosita bog‗liqdir. Mujohidlar bu paytda deyarli butun 
Sharqiy Buxoroni (Tojikistonning hozirgi paytdagi poytaxti Dushanbeni ham) qizil 
askarlar qo‗lidan ozod qilishdi. Dushanbe, Ko‗lob, Qo‗rg‗ontepa, Hisor, Denov, 
Sherobod, Boysun shaharlari ularning tasarrufiga o‗tdi. Qizil askarlar ixtiyorida 
faqat Yangi Termiz shahri va Boysun garnizonigina saqlanib qoldi. G‗arbiy 
Buxorodagi mujohidlar ham Mulla Abdulqahhor boshchiligida respublika poytaxti 


341 
Buxoro shahrining katta qismi va uning atrof tumanlarini egalladilarki, bu voqea 
istiqlolchilik harakati tarixiga zarhal sahifalar bo‗lib yozildi. 
Buxoro Respublikasidagi mujohidlar harakatining Turkistondan, xususan, 
Farg‗ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatidan farq qiladigan asosiy tomoni 
shundan iboratki, vatanparvarlar Buxoroda ikki jabhada turib kurash olib 
borishlariga to‗g‗ri keldi. Bir tomondan, amirlik tuzumi tarafdori bo‗lgan 
mujohidlar jadidlardan iborat yosh Buxoro hukumatiga va shuningdek, bosqinchi 
qizil armiya qo‗shinlariga qarshi kurash olib bordilar. Ularning pirovard maqsadi 
Buxoroi sharifda amir Said Olimxonning hokimiyatini qayta tiklash, qizil askarlar 
va kommunistlar bilan birgalikda, ularning ta‘biricha «kofirlarga sotilgan jadidlar 
hukumati»ni ham yo‗qotish edi (Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va b.). Ikkinchi 
tomondan, milliy istiqlol g‗oyalariga sodiq bo‗lgan Buxorolik vatanparvarlar 
Fayzulla Xo‗jaev boshliq Buxoro Xalq Respublikasi hukumati bilan yashirin 
aloqalar o‗rnatib, Buxoroning muqaddas tuprog‗idan qizil askarlarning olib 
ketilishi, Buxoro Respublikasinnng mustaqilligi amalda qaror topishi uchun 
kurashdilar (Anvar Posho, Davlatmandbek, Jabborbek, Doniyolbek va b.).
«Mujohid» — so‗zining lug‗aviy ma‘nosi «e‘tiqod uchun kurashuvchi kishi» 
demakdir. «Mujohidlar» deb o‗sha paytda Turkiston, xususan, Buxorodagi qizl 
armiyaga qarshi kurashgan kishilarni aytilgan. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha 
faqat nufuzchli shaxslarning tavsiyasi bilan qo‗shinga qabul qilingan ko‗ngillilar 
mujohidlar deb atalgan. Asrimiz boshlarida bosqinchi qizil armiyaga qarshi 
kurashgan fidoyi mujohid bobolarimizni Afgonistonda hozir ham bir-biriga qarshi 
jang qilayotgap turli mujohid guruhlari va islom dini niqobi ostida faoliyat 
ko‗rsatayotgan ayrim «mujohidlar» bilan chalkashtirib yubormaslik lozim. Aynan 
ular safiga keyinchalik Buxoro jumhuriyatining juda ko‗pchilik rahbarlari (Buxoro 
MIQ.sining birinchi raisi Usmonxo‗ja Po‗latxo‗jaev, ChQ raisi Muhiddin Maxsum 
Xo‗jaev, rsspublika militsiyasining boshlig‗i Ali Rizo afandi, Sherobod viloyati 
noziri Hasan afandi, Termiz militsiyasining boshlig‗i Usmon afandi, turkman 
ko‗ngilli askarlarining boshlig‗i Qulmuhamedov, harbiy ishlar noziri Abdulhamid 
Oripov, shuningdek, Surayyo afandi, Donnyolbek va b.) qo‗shildilarki, bu 
arboblarning aksariyati kechagi jadidlar va Yosh buxoroliklar edi. 
Buxorodagi bu harakat Anvar Poshoning kelishi bilan o‗zining eng yuqori 
cho‗qqisiga ko‗tarildi. 
Butun Turkiston hududida bolsheviklar va sho‗rolarga qarshi kurashayotgan 
vatanparvar kuchlarning harakatlari yagona markazga muvofiqlashtirildi. Shu 
vaqtda Buxoro, Farg‗ona, Xorazm qo‗rboshilarining uchrashuvlari muntazam 
o‗tkazilib turildi va ularga kerakli yo‗l-yo‗riqlar berildi. Anvar Posho bilan 
Shermuhammadbek va Junayidxon o‗rtasida doimiy ravishda o‗zaro aloqalar 
bo‗lib turgan. 


342 
Anvar Posho vafotidan so‗ng (1922 yil 4 avgust) bu xarakat «yaxlit bir 
uyushgan siyosiy kurash» darajasidan oz bo‗lsada pastga tushdi. 
Buxoro Respublikasidagi mujohidlar harakatining uchinchi bosqichida 
(1922 yil sentabr—1924 yilning oxiri) harbiy harakat asosan ikki yo‗nalish: 
Sharqiy Buxoroda Ibrohimbek boshchiligida va G‗arbiy Buxoroda Mulla 
Abdulqahhor yetakchiligida kechdi. Bu paytda Ibrohimbek, Salim Posho, Mulla 
Abdulqahhor harakatga umumiy ravishda rahbarlik qildilar. Sharqiy Buxorodagi 
qo‗rboshilarni birlashtiruvchi kuch yana Ibrohimbek siymosida namoyon bo‗lgan 
bo‗lsa ham ular bilan Buxoro va Karmana (G‗arbiy Buxoro), Qashqadaryo va 
qisman Surxondaryo (O‗rta Buxoro) viloyatlaridagi mujohidlar 
o‗zaro 
hamkorlikda ish olib bormadilar. Aniqroq qilib aytganda Buxoro Respublikasidagi 
vatanparvarlar doimo ham yagona bir qo‗mondon qo‗li ostida va yaxlit bir dastur 
asosida faoliyat yurita bilmadilar. 
Xiva xonligi hududi va Xorazm Xalq Respublikasidagi vatanparvarlar 
harakati esa o‗zgacha sharoitda kechdi. Bu yerdagi tang siyosiy vaziyat, 
millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi kurash jarayoniga o‗z ta‘sirini 
o‗tkazmasdan qolmadi. Turkman urug‗laridan biri bo‗lgan yovmutlarning 
yetakchisi 
Qurbon 
Mamed 
Sardor—Junayidxon 
Xorazmda 
Rossiyaning 
mustamlakachilik siyosatiga qarshi olib borilgan kurashga yetakchilik qildi. 
Shuningdek, amalda Xiva xonligining mutlaq hukmdoriga aylangan Junayidxon 
barcha davlat lavozimlariga o‗z kishilarini tayinladi. Xiva xonligi va sobiq xonlik 
o‗rnida tashkil topgan Xorazm Xalq Rsspublikasida bosqichi qizil armiya 
qismlariga qarshi olib borilgan kurash bir-biridan mustaqil uch davrga bo‗linadi.
Birinchi davr 1918 yil o‗rtalaridap boshlab to 1920 yil boshlarigacha davom 
etdi. Bu paytda Junayidxon boshchiligidagi sarbozlar Turkistonning Amudaryo 
bo‗limida (aslida xonlikning avvalgi hududida) joylashgan qizil askarlarga qarshi 
hujumlar uyushtirib turishdi. Bu janglarda Junayidxonning yigitlari bo‗lg‗usi 
kurashlar uchun mashaqqatli sinovdan o‗tishdi. Junayidxon Xivada hukmronlik 
qilgan davrda (1918 yil noyabr — 1920 yil yanvar) Xiva xonligi amalda mustaqil 
davlatga aylandi. Junayidxonning qattiqqo‗l siyosati bunda muhim rol o‗ynadi. 
Biroq, 1919 yil noyabr-1920 yil yanvar oyida bo‗lgan keskin janglar 
natijasida Junayidxon qo‗shini mag‗lubiyatga uchradi. 1920 yil 2 fevralda Xivada 
xonlik tuzumi ag‗darib tashlanib, 1920 yil aprelda Xorazm Xalq Respublikasi 
tashkil topdi. Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi yosh xivalik jadidlar 
hokimiyat tepasiga kelishdi. 
Bosqinchi qizil armiyaga qarshi vatanparvarlar kurashining ikkinchi davri 
uning eng shiddatli qismini tashkil etib, o‗z ichiga 1920—1924 yillarni oladi. O‗z 
navbatida bu davr ham uch bosqichga bo‗linadi. Birinchi bosqichda (1920 yil 
bahori — 1921 yil mart) mag‗lubiyatga uchragan Junayidxon o‗z qo‗shinlari safini 


343 
qaytadan to‗ldirdi, o‗ziga yangi ittifoqchilar izladi. Junayidxonning adolatli 
siyosatidan rozi bo‗lgan nafaqat turkmanlar, balki o‗zbeklar, qoraqalpoqlar, 
qozoqlar ham uning lashkariga kelib qo‗shildi. Bu paytda Xorazm jumhuriyati raisi 
bo‗lgan P.Yusupov bilan Junayidxon o‗rtasida ayrim masalalarda kelishuvga 
erishildi, natijada sardorning yigitlari faol jang harakatlaridan o‗zlarini cheklab 
turishdi. Biroq qizil askarlarning 1921 yil martda o‗tkazgan navbatdagi davlat 
to‗ntarishidan keyin Xorazm Respublikasidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada 
keskinlashdi, kurash shafqatsiz va shiddatli tus oldi. 
Ikkinchi bosqichda (1921 yil bahori—1923 yil kuzi) Junayidxon 
yigitlarining qizil askarlarga qarshi kurashi sezilarli darajada jonlandi. Xususan, 
1922 yil ko‗klamda Junayidxon Xorazmda o‗z faoliyatini kuchaytirdi. Bu paytda 
uning qo‗l ostidagi 15000 mujohid qizil askarlarga qarshi bo‗lgan janglarda 
qatnashdi. 1922 yil aprel oyida Porsu va uning atroflari, ko‗hna Urganch yonidagi 
qishloqlar bosqinchi askarlardan ozod qilindi. Biroq hal qiluvchi janglar 
Qoraqumning bepoyon qumlarida bo‗lar edi. 
Uchinchi bosqichda (1923 yil oktabr—1924 yil oxiri) Xorazmdagi 
vatanparvarlar kurashi o‗zining eng baland cho‗qqisiga chiqdi, avj nuqtasiga 
ko‗tarildi. Xorazm Respublikasi hukumatining «sotsialistik» qurilish yo‗liga o‗tish 
to‗g‗risidagi keskin yangi siyosatidan norozi bo‗lgan barcha kishilar mujohidlar 
safini to‗ldirdi. Mamlakatnnng markaziy va janubiy qismlarida bir qator sardorlar 
harakatni avj oldirishdi. Junayidxon qo‗lida bu paytga kelib katta miqdordagi 
harbiy kuch to‗plandi. 
1923 yil dekabr oyida Pitnak, Hazorasp, Bog‗ot, Xonqa tumanlarida sovet 
hokimiyatiga qarshi dehqonlarning ommaviy qo‗zg‗olonlari boshlanib ketdi. 
Qo‗zg‗olonchilar ushbu joylardagi sovet tashkilotlarini tugatib, mamlakat poytaxti 
Xiva shahri ustiga yurish qildilar. Qoraqumda turgan Junayidxon qo‗shinlari ham 
G‗arb tomondan kelib, bir vaqtning o‗zida shahari qurshab olishdi (1924 yil 
yanvar-fevral). Biroq, 1924 yil mart-aprel oylarida bo‗lgan janglar natijasida faqat 
aviatsiyaning yordami bilangina Qoraqumdagi Junayidxon qo‗shinlarining asosin 
qismi tor-mor keltirildi. 
1924 yil noyabr oyida sovet hokimiyati vakillari bilan Junayidxon o‗rtasida 
muzokaralar boshlandi. Sovet hokimiyatiga qarshi 7 yildan buyon tinimsiz kurash 
olib borayotgan Junayidxon o‗z kuchlarini saqlab qolish uchun muzokaralar 
samarali tugashidan manfaatdor edi. Nihoyat, uzoq davom etgan muzokaralardan 
keyin Junayidxon sovet hokimiyati vakillariga taslim bo‗ldi. 
Shunday qilib, Xorazm Respublikasidagi mujohidlar harakati 1924 yilning 
oxirida asosan tor-mor qilindi. Harakatnnng ikkinchi davri ham poyoniga yetdi. 
Lekin Xorazmda ham, Buxoroda ham, hatto Farg‗ona vodiysida ham kurash hali 
davom etar edi. 1924 yilning oxirida Turkiston mintaqasida milliy-hududiy 


344 
chegaralanish o‗tkazilishi natijasida Turkiston, Buxoro va Xorazm Respublikalari 
tugatilib, ularning hududi O‗zbekiston Respublikasi (tarkibida 1929 yilgacha 
Tojikiston avtonom Respublikasi ham bo‗lgan) va Turkmaniston Respublikasi 
shuningdek, Qoraqalpogiston Muxtor viloyati tarkibiga kiritildi. 
Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik harakatining ikkinchi davri 1925—
1935 yillarni o‗z ichiga oladi. Kurashning ikkinchi davri 10 yil davom etib 
o‗zining xarakteri va kuchlari nisbati jihatidan birinchi davrga nisbatan ancha farq 
qiladi. Bu davrda asosan Farg‗ona vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlarida o‗nlab qo‗rboshi dastalari mavjud bo‗lib, ular imkoniyatlari doirasida 
mavjud tuzumga qarshi kurash olib bordilar. Farg‗ona qo‗rboshilarining so‗nggi 
umumiy 
yetakchisi 
Yormat 
Maxsum 
edi. 
Tojikistonda 
Ibrohimbek, 
Turkmanistonda Junayidxon boshchiligida qizil askarlarga qarshi milliy istiqlol 
janglari olib borildi. 
O‗z navbatida ikkinchi davr ham bir-biridan o‗zaro farqlanuvchi mustaqil 
to‗rt bosqichga bo‗linadi. 
Birinchi bosqich 1925—1926 yillarni o‗z ichiga oladi. Bu davrda kurash 
asosan Sharqiy Buxoroda Ibrohimbek yetakchiligida va Farg‗ona vodiysida 
kechdi. Xususan, Ibrohimbek yigitlari qizil askarlarga qarshi shiddatli janglar olib 
borishdi. Lekin kurash asta sekin pasaya boshladi. Qariyb 10 yil davom etgan 
tinimsiz janglardan ular charchashgan edi. Mujohidlarning ko‗pchilik qismi o‗z 
sardorlari yetakchiligida Afg‗oniston davlatiga o‗tib ketgach, janglar deyarli 
to‗xtadi. 
Harakatniig ikkinchi bosqichi o‗z ichiga 1927—1929 yillarni olgan bo‗lib, 
bu paytda faqat ayrim joylarda juda kichik qo‗rboshi dastalari o‗z holicha sovet 
rejimiga qarshi kurashga ko‗tarildi. Eng katta janglar Junayidxon Turkmanistonda 
1927 yil 19 sentabrda qo‗zg‗olon ko‗targach, yuz berdi. 1929 yilda jang harakatlari 
faollashdi. Biroq bu bosqich harakat tarixining eng sokin kechgan davri bo‗lib, 
go‗yo qaqshatqich janglar oldidan bo‗lajak dahshatli sukunatni eslatar edi. 
Harakatning uchinchi bosqichi 1930—1931 yillardan iborat bo‗lib, kurash 
qaytadan shiddatli tus oldi. Uzbekistonda 20-yillarning oxiriga kelib, 
kollektivlashtirishning majburiy suratda amalga oshirilishi va zo‗ravonlik yo‗li 
bilan dehqonlarning kolxozlarga kiritilishi natijasida istiqlolchilik harakati 
qaytadan gurillab alanga oldi. 1930 yil Farg‗ona vodiysida o‗nlab qo‗rboshi 
dastalari harakat qilgay. Bu paytda Farg‗ona qurolli muxolifatining asosiy manzili 
tog‗lar orasidagi So‗x tumani edi. So‗x tumani uch respublika: O‗zbekiston, 
Qirg‗iziston, Tojikiston chegaralari kesishgan o‗rinda joylashgan bo‗lib, strategik 
mavqeiga ko‗ra bu yerdan butun Farg‗ona vodiysini nazorat qilib turish imkoniyati 
mavjud edi. 


345 
Uchinchi bosqichda Tojikistonda Ibrohimbek boshchiligida janglar qaytadan 
avj oldi. 1931 yil 23 iyunda Ibrohimbekning sovet chekistlari tomonidan qo‗lga 
olinishi bilan kurashning shiddatkor ko‗lami ancha tushib ketdi. Turkmanistonda 
Junayidxon yetakchiligidagi mujohidlar ham hayot-mamot janglarini olib borishdi. 
1931 yil 4 mayda uning o‗g‗li Eshim boshchiligidagi guruh Xiva tumaniga kelib, 
qo‗zg‗olon ko‗tardi. Lekin Sardorning Eron orqali Afg‗onistonga 1931 yilda 
butunlay o‗tib ketishi bu yerda ham jang harakatlariga o‗z ta‘sirini o‗tkazmasdan 
qolmadi.
Kurashning so‗nggi to‗rtinchi bosqichi 1932—1935 yillarni o‗z ichiga olib, 
bu paytda u asta-sekin pasayib, jang harakatlari tina boshladi. 1933—1935 yillarda 
Qoraqumda Durdi Murod va Ahmadbek, Farg‗ona vodiysidagi So‗x tumanida 
Jiylon qo‗rboshi askarlarga qarshi kurashdi. Mujohidlarning aksariyat qismi 
mustaqillik janglarida shahid bo‗ldi, ularning ayrimlari asir tushishdi ham. Tirik 
qolgan vatanparvarlar esa xorijiy davlatlarga muhojir bo‗lib jo‗nab ketishga majbur 
bo‗lishdi. Manbalarda bunday odamlarning miqdori 1 mln. kishi atrofida 
keltiriladi. 
Shunday qilib, qariyb 20 yil davom etgan milliy istiqlol kurashi faqat 1935 
yilga kelib Turkiston mintaqasida butunlay mag‗lubiyatga uchradi. Biroq istiqlol 
janglari 1991 yilda Markaziy Osiyo respublikalarining davlat mustaqilligiga 
erishishlari uchun puxta zamin tayyorladi. Turkiston istiqloli yo‗lida yovqur 
bobolarimizning to‗kilgan qutlug‗ qonlari behuda ketmadi. 
1935 yil fevralida joriy etilgan yangi qishloq xo‗jalik nizomi kolxozchilarga 
yordamchi xo‗jalikka ega bo‗lishga ruxsat etdi. Shunga qaramasdan O‗zbekistonda 
ajratiladigan yer uchastkasi mikdori markaziy miptaqalarga nisbatan ikki barobar 
kamroq edi. Ayniqsa, aholi juda zich joylashgan Farg‗ona vodiysi qishloqlarida 
shaxsiy tomorqa uchastkalari juda ham kichkina edi. Buning ustiga, ko‗pgina 
kolxozchilarga yer uchastkasi ajratib berilmagan edi. Masalan, 1937 yilda 
respublikadagi 66 ming kolxozchi xonadoni (28,37 foiz) tomorqa uchastkasiga ega 
bo‗lmagan, 140 ming xonadonning yeri belgilangan eng oz me‘yordan ham 
kamroq edi. 
Bu davrda axolining aksariyat qismi qishloqlarda yashashini xisobga olgan 
xolda o‗zbek xalqi xayot tarzini aks ettiruvchi shaxsiy tomorqalar tarixshunosligi 
ham aloxida urganilmoqda. Iqtisodchi G.I.Shmelev asarida Sovet ittifoqida 1930-
1980 yillarda shaxsiy tomorqa xo‗jaligining ahvoli, rivojlanishi kabi masalalar 
tahlil qilingan. Ushbu muallif respublika bo‗yicha bu davr ichida tomorka yerlar 
ajratish biroz ko‗paygan bo‗lsada, ammo, «...kolxozlarda katta-katta yer 
maydonlari, arzon ishchi kuchi, traktorlar bo‗lgan holda, odamlarning shaxsiy 
tomorqa yerlari 1/5 yoki 1/3 gektar bo‗lib, ularda ishlash uchun dehqonda faqat 
belkurak va xaskash bor xolos. Lekin shunday bo‗lsada, shaxsiy tomorqa 


346 
xo‗jaliklari qishloq xo‗jaligida yetishtirilayotgan mahsulotning chorak qismini 
bermoqda», deb ma‘lumot beradi. 
Qishloq xo‗jaligini jamoalashtirishning eng avj nuqtasiga yetgan 1932 yilda 
shaxsiy tomorqaga ega dehqon (kolxozchi)larda 430,9 ming bosh yirik shoxli 
qoramol, 224,4 mingta sog‗in sigirlar, 0,5 mingta cho‗chqa, 79,5 mingta qorako‗l 
qo‗ylari, 122,5 mingta qo‗y, 157,2 mingta echki va 16,4 mingta ot bo‗lgan. Bu 
vaqtda ishchi va xizmatchilar deyarli shaxsiy tomorqalarga ega bo‗lmagan, 
shuning uchun ham ular hisobida chorva mollari ro‗yxatga olinmagan. Yakka 
tartibdagi dehqon xo‗jaliklari jami 1016,6 ming bosh chorva mollari bo‗lib, 
ularning soni ikkinchi jahon urushi boshlanishiga qadar kamayib borgan hamda 
urushdan so‗ng ular qo‗lida birorta ham chorva mollari qolmagan. Buning asosan 
ikkita sababi bo‗lib, birinchisi, qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish 
natijasida yakka tartibdagi dehqon xo‗jaliklaridan chorva mollari davlat foydasiga 
tortib olingan. Ikkinchisi, 1941 yil sovet ittifoqi hududiga fashistlar bostirib 
kirgandan so‗ng, frontdagi jangchilarni oziq-ovqat bilan ta‘minlash uchun 
dehqonlar o‗z chorva mollarini topshirishgan. Aksincha dehqonlar, ishchi va 
xizmatchilar shaxsiy tomorqa xo‗jaligida boqiladigan chorva mollari soni ikkinchi 
jahon urushiga qadar oshib borgan. 1941 yildan shaxsiy xo‗jaliklardagi chorva 
mollari yarmidan ko‗piga kamaygan bo‗lsa, 1964 yilga kelib, 1932 yildagiga 
nisbatan ikki borobar ko‗proqni tashkil qilgan. 
Chorva mollari (1 yanvar‘ xolatiga: ming bosh hisobida) 
Shaxsiy 
tomorqa 
xo‗jaligi 
1932 
yil (iyun) 
1938 
yil 
1941 
yil 
1954 
yil 
1960 
yil 
1962 
yil 
1964 
yil 
Yirik shoxli qoramol 
Dehqonlar 
439,7 
945,0 
983,2 
533,8 
741,7 755,8 807,7 
Ishchi-xizmatchilar 

101,7 
150,3 
123,4 
355,0 348,9 370,5 
Yakka tar. deh. xo‗ja 
291,9 
21,8 
3,7 



Sog‗in sigirlar 
Dexdonlar 
224,4 
394,5 
454,3 
239.9 
373,7 386,5 420,9 
Ishchi-xizmatchilar 

45,7 
80,2 
58,1 
199,9 206,2 228,1 
Yakka tar. deh. xo‗ja 
126,9 
9,3 
1,8 




Cho‗chqalar 
Dehqonlar 
0,5 
3,5 
6,0 
10,2 
7,1 
5,4 
4,1 
Ishchi-xizmatchilar 
38,0 
42,7 
32,8 
12,2 
10,5 
6,5 
Yakka tar. deh. xo‗ja 
2,4 
0,2 




Qorako‗l qo‗ylari 
Dehqonlar 
79,5 
461,6 
422,0 
50,9 
195,1 305,4 356,2 


347 
Ishchi-xizmatchilar 
« 
7,5 
15,3 
5,7 
87,8 
117,2 148,4 
Yakka tar. deh. xo‗ja 
159,3 
7,9 





Qo‗ylar 
Dehqonlar 
122,5 
404,1 
578,6 
249,7 339,2 365,6 390,0 
Ishchi-xizmatchilar 
« 
32,7 
86,8 
64,0 
316,2 377,8 402,8 
Yakka tar. deh. xo‗ja 
98,5 
37,0 





Echkilar 
Dehqonlar 
157,2 
863,5 
1007,1 321,0 154,3 116,5 90,0 
Ishchi-
xizmatchilar 

75,3 
98,2 
129,5 169,4 125,4 44,6 
Yakka tar. deh. xo‗ja 
212,4 
79,7 
11,8 


Otlar 
Dehqonlar 
16,4 
20,7 
19,9 
2,8 
1,4 
1,9 
0,6 
Ishchi-xizmatchilar 
11,1 
5,9 
0,6 
1,6 
2,2 
0,4 
Yakka tar. deh. xo‗ja 
125,2 
6,2 
• 
« 


Moddiy jixati tomorqa xo‗jaligi bilan chambarchas bog‗liq bo‗lgan o‗zbek 
xalqining turmush darajasiga urush katta zarba bo‗lgan. E‘tiborli tomoni shundaki, 
yuqoridagi jadvalga nazar tashlasak, urush yillarida kolxozchilar, ishchi va 
xizmatchilarning shaxsiy tomorqalarida boqiladigan cho‗chqalar soni boshqa 
chorva mollari soniga teskari ravishda ortib borgan. Bunga urush paytida 
ittifoqning g‗arbiy o‗lkalaridan boshpanasiz qolgan oilalar, yosh bolalar hamda 
yarador bo‗lganlarning ko‗pchiligini O‗rta Osiyo xususan O‗zbekistonga ham 
evakuatsiya qilinishi natijasida tomorqa xo‗jaligi bilan shug‗ullanuvchi rusiyzabon 
kolxozchi, ishchi va xizmatchilarning soni ortganligi sabab bo‗lgan. Shuningdek, 
jadval tahlili shuni ko‗rsatadiki, shaxsiy tomorqalarda boqiladigan echkilar soni 
keskin ravishda kamayib borgan. Paxta maydonlarining ortishi hisobiga tomorqa 
maydonlarining qisqarishi bir sabab bo‗lsa, echkilarning kemiruvchilik xususiyati 
va boshqa chorva mollariga nisbatan kamnafliligi ikkinchi sababdir. 
1964 yilda chop etilgan statistik to‗plamdagi ma‘lumotlarga ko‗ra 
O‗zbekistonda jami 2567,5 ming gektar sug‗oriladigan yer bo‗lib, shundan 116,7 
gektari dehqonlar, ishchi va xizmatchilar mehnat qiladigan shaxsiy tomorqa yerlari 
hisoblangan. Respublika bo‗yicha sugoriladigan shaxsiy tomorqa yerlarining 86,9 
ming gektari kolxozlarda mehnat qiluvchi dehqonlar hisobiga to‗g‗ri kelsa, 29,8 
ming gektari sovxozlarda bog‗dorchilik bilan shug‗ullanuvchi va boshqa davlat 
ishlarida ishlovchi ishchi-xizmatchilar hissasiga to‗gri kelgan. Hududiy jihatdan 
olganda esa eng ko‗p sug‗orishga asoslangan shaxsiy tomorqa yerlari Farg‗ona 
vodiysida 38,1 ming gektar, ya‘ni respublika bo‗yicha jami sug‗oriladigan 
yerlarning 1/3 qismini tashkil qilgan. Undan keyingi o‗rinlarda Toshkent, 


348 
Samarqand, Sirdaryo viloyatlari bo‗lib, eng kam sugoriladigan shaxsiy tomorqa 
yerlar Qoraqalpog‗iston Respublikasida 5,2 ming gektar bo‗lgan. 1962 yilda 
Qoraqalpog‗iston ASSR va viloyatlarda foydalaniladigan sug‗orma srlar ulushi 
quyidagi jadvalda ksltirilgan: 
Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat xo‗jaliklari; ming gektar 
Hudud 
Davlat hisobidagi 
jami 
foydalaniladigan 
sug‗orma yer 
Dehqon, ishchi va 
xizmatchilar 
hisobidagi shaxsiy 
tomorqa yerlar 
Uzbekiston SSR 
2567,5 
116,7 
Toshkent viloyati 
329,0 
16,1 
Sirdaryo viloyati 
290,7 
13,5 
Farg‗ona viloyati 
297,0 
14,5 
Andijon viloyati 
436,2 
23,6 
Samarqand viloyati 
280,6 
13,0 
Buxoro viloyati 
223,4 
8,8 
Qashqadaryo viloyati 
195,6 
6,8 
Surxondaryo viloyati 
162,9 
7,8 
Xorazm viloyati 
148,2 
7,4 
Qoraqalpog‗iston 
ASSR 
203,9 
5,2 
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, shaxsiy tomorqa yerlarining asosiy qismi 
O‗zbekistonning markaziy-sharqiy mintaqasiga to‗g‗ri kelmoqda. Buning bir 
nechta o‗ziga xos sabablari bor, birinchidan Toshkent, Samarqand, Sirdaryo 
viloyatlari va Farg‗ona vodiysi tabiiy iqlim sharoitining poliz hamda bogdorchilik 
maqsulotlarini yetishtirish uchun qulayligi, ikkinchidan, suv resurslarining yetarli 
darajada ko‗pligi, uchinchidan ushbu viloyatlarda Respublikaning boshqa 
viloyatlariga nisbatan aholining zichligi va nihoyat to‗rtinchi sabab, bu hududlarda 
yashovchi odamlarning shaxsiy tomorqada ishlash bo‗yicha asriy tajribalarining 
ko‗pligi va mehnat omilkorligi sabab bo‗lgan. 
Qishloq xo‗jaligida madaniy ekinlar hisoblangan, makkajo‗xori, kartoshka, 
beda, kanop, tamaki, sholining tomorqa xo‗jaligidagi maydoni 1940 yilda jami 
107,8 ming gektarni tashkil qilgan. Shundan 102,6 ming gektar maydondagi 
ekinlar kolxozchilarning, qolgan 5,2 ming gektardagi ekinlar ishchi va 
xizmatchilarning shaxsiy tomorqa maydonlariga to‗g‗ri kelgan. 1963 yilda shaxsiy 
tomorqalarda ekiladigan madaniy ekinlar maydoni 85,2 ming gektardan iborat 
bo‗lib, 59,3 ming gektari kolxozchilar, 25,9 ming gektari esa ishchi va 


349 
xizmatchilar tomorqasi bo‗lgan1. Raqamlardan ko‗rinib turibdiki, vaqt o‗tishi bilan 
shaxsiy tomorqalarda ekiladigan madaniy ekinlar maydoni qisqarib borgan. 
Ikkilamchi oziq-ovqat mahsulotlari hisoblangan madaniy ekinlar maydonining 
shaxsiy tomorqalarda qisqarib borishiga, 1960-yillarda boshlangan paxta 
monokulturasi katta ta‘sir o‗tkazgan. Madaniy ekinlar maydoni ming gektar 
hisobida 
Shaxsiy tomorqa 
1940 1953 1958 1959 196

1961 1962 196

Kolxozchilar 
102,6 63,6 63,8 64,8 58,7 56,8 59,3 59,3 
Ishchi va xizmatchilar 
5,2 
10,8 27,2 26,4 27,5 26,7 25,9 25,9 
Jami: 
107,8 74,4 91,0 91,2 86,2 83,5 85,2 85,2 
Shaxsiy tomorqa xo‗jaligi deyilganda faqat yer va suvdan foydalanib 
dehqonchilik qilish emas, balki bor resurslar negizida chorva mollari, parranda 
boqish, asalarichilik bilan ham shugullanish tushuniladi. Chorva mollari boqish 
tomorqa xo‗jaligi bilan shutullanuvchi aholining asosiy daromad manbalaridan 
hisoblanib, birinchi navbatda shu xo‗jalik a‘zolarining shaxsiy ehtiyojlarini 
qondirgan va qolgan qismi yo bozorga chiqarilgan yoki xarid bahosida davlatga 
topshirilgan. 
Xulosa qilib aytganda, dehqonlarning shaxsiy tomorqa xo‗jaligi oziq-ovqat 
zaxiralarini ko‗paytirishdagina emas, shu bilan birgalikda aholining ayniqsa 
qishloq aholisining turmush darajasini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega 
bo‗lib kelgan. Resiublikamiz viloyatlarining shahar markazidai ancha olis, 
transport qatnovi qiyin bo‗lgan chekka qishloqlarida shaxsiy tomorqa iqtisodiy 
ehtiyojlarni qondirishda birinchi o‗rinda turgan. Tomorqa xo‗jaligining ahamiyati 
nafaqat qishloq aholisi, balki davlat xo‗jaligida ham katta o‗rin tutgan. 
O‗zbekistonda sovet davlati boshqaruv tizimi tarixining shakllanishi, 
bosqichlari va mohiyati vatanimiz tarixidagi dolzarb va murakkab mavzulardan 
biridir. Bu muammo 1917 - 1941 yillarga tegishli bo‗lib, keyingi davrdagi siyosiy, 
ijtimoiy-iktisodiy jarayonlar uning hosilasi sanaladi. 
Biz ushbu maqolada O‗zbekistonda sovet boshqaruv tizimi haqida 
zamonaviy qarashlar va yondashuvlarni o‗zida mujassamlashtirgan mustaqillik 
yillarida yaratilgan adabiyotlar tahliliga to‗xtalib o‗tishni lozim topdik. 
Mustaqillikning dastlabki 20 yili - 1991 - 2011 yillarda O‗zbekistonda 
yaratilgan tarixiy tadqiqotlarda sovet tuzumining mohiyati yangicha mushohada 
qilindi. Bolsheviklar tomonidan O‗zbekistonda amalga oshirilgan «inqilobiy 
o‗zgarishlar»ning asl mohiyati arxivlarda taqiq belgisi ostida saqlanayotgan 
materiallarni o‗rganish asnosida yoritildi. Bu davrda yaratilgan tadqiqotarni mavzu 
ko‗lamiga ko‗ra bir nechta guruhga bo‗lish mumkin. Birinchi guruhga oid tarixiy 


350 
adabiyotlarda mustabid sovet tuzumining asl mohiyatini ochib tashlash bilan 
birgalikda jadidlarning davlatchilik borasidagi qarashlari, Turkiston Muxtoriyati 
hukumati faoliyati, milliy davlatchilikni tiklash uchun harakatlar, O‗rta Osiyoda 
sovet rejimiga qarshi qurolli kurash, Turkiston va O‗zbekistondagi siyosiy va 
ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy qatlamlar faoliyati, kadrlar siyosati kabi masalalar 
tahlil qilindi. Xususan, Rajapova, D. Alimova, F. Qosimov, R Abdullaev, 
S.A‘zamxo‗jaev, A. Golovanov, D. Ziyaeva, Q. Rajabov, R Shamsutdinov, B. 
Hasanov va boshqa tarixchilarning bu sohadagi izlanishlarini alohida ta‘kidlab 
o‗tish lozim. 
O‗zbekistonda sovet hokimiyatining agrar siyosati, qishloq xo‗jaligini 
majburan kollektivlashtirish, quloq qilish va qatag‗on siyosati, vaqf mulklarining 
tugatilishi, xotin-qizlar masalasi, sug‗orish tarixi, nazorat organlari va iqtisodiy 
kengashlar faoliyati yoritilgan tarixiy adabiyotlarni shartli ravishda ikkinchi 
guruhga kiritish mumkin. Bu adabiyotlarda yangicha metodologik konsepsiya 
asosida sovet davri tarixining ilgari mutlaqo yoritilmagan yoki buzib ko‗rsatilgan 
jihatlari tadqiq qilindi. 
Uchinchi guruh tadqiqotlari mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan 
fundamental 
tadqiqotlar 
va 
kollektiv 
monografiyalar 
bo‗lib, 
ularda 
O‗zbekistonning sovet davridagi tarixi yoritilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‗iston 
tarixi ham aks etgan adabiyotlar bor. Bu yillarda og‗zaki tarix metodi asosida 
O‗zbekiston sovet davri tarixining ba‘zi jihatlari o‗rganildi. 
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda himoya qilingan nomzodlik va doktorlik 
dissertatsiyalarida ham mustabid sovet rejimining totalitar xususiyati ochib 
tashlangan. Ayniqsa, S. A‘zamxo‗jaev, R. Abdullaev, D. Ziyaeva, Q. Rajabov, A. 
Rasulovning doktorlik dissertatsiyalarida bevosita sovet davridagi tarixiy 
jarayonlar maxsus tadqiq qilindi. 
Tarixshunoslikning yangi bosqichida Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, 
Tojikiston, Turkmanistonda sovet tuzumining totalitar mohiyatini o‗rganishga doir 
bir qator umumlashtiruvchi tadqiqotlar, monografiyalar, ilmiy maqolalar 
yaratilgani va dissertatsiyalar himoya qilinganligini qayd etib o‗tish lozim. 
Xususan, rossiyalik tarixchilar va siyosatshunoslar bu sohada ko‗plab jiddiy 
tadqiqotlarni e‘lon qilishdi. 
Tadqiq etilayotgan mavzuga oid xorijiy tarixiy adabiyotlar tarixiy 
tadqiqotlarning alohida turini tashkil etadi. 
O‗zbekistonda mustabid davlat boshqaruv tizimining shakllanishi, 
bosqichlari va mohiyati to‗g‗risida XX asr va XXI asr boshlarida xorijda yaratilgan 
ko‗plab tarixiy tadqiqotlarda ayrim ma‘lumotlar mavjud. 
Taniqli ingliz tarixchisi Edvard Karr, Italyan tarixchisi Juzeppe Baffa, 
amerikalik siyosatshunos Robert Takerning asarlarida Rossiyada bolsheviklarning 


351 
hokimiyat tepasiga kelishi, mustabid sovet jamiyatining mohiyati, Lenin va Stalin 
kabi diktatorlarning hokimiyat uchun kurashi tasvirlangan. Bu asarlar 1990 - 1991 
yillarda rus tiliga tarjima qilinib, Moskvada nashr etildi. 
Ko‗rib chiqilayotgan bosqichda ko‗plab G‗arb olimlari: Yorg Baberovski, 
Viktor Kondrashin, Elen Karrer d'Ankoss, Leonid Luks, Xayns-Ditrix Lyove va 
boshqalarning tarixiy asarlari rus tiliga tarjima qilinib, «Stalinizm tarixi» ruknida 
Moskvada bosilib chiqdi. Bu asarlarda Lenin va Stalin kabi diktatorlar faoliyati, 
Rossiya va Sovet Ittifoqining Lenindan Yelsingacha bo‗lgan tarixi, 1932 -1933 
yillardagi Rossiya qishloqlaridagi fojia va qizil terror kabi masalalar o‗z aksini 
topgan. Ularda O‗zbekistonning mazkur davr tarixiga oid ayrim ma‘lumotlar 
mavjud. 
Tarixshunos olim Boymirza Hayit (1917 - 2006) asarlari ham mavzuni 
yoritishda muhim rol o‗ynaydi. Uning nemis va turk tillarida xorijda chop etilgan 
«Turkiston XX asrda», «Turkiston Rusiya ila Chin orasinda» va boshqa asarlarida 
sovet imperializmining mustamlakachilik xususiyati, uning qatag‗on siyosati va 
boshqalar ochib berilgan. 
G‗arb olimlari Gustav Vetter va Volfgang Leonxard asarlarida esa sovet 
mafkurasi va uning XX asrdagi siyosiy jarayonlarga ta‘siri masalalari yoritilgan. 
Bu asarlar turk tiliga tarjima qilingan. 
Mustaqillik 
yillarida 
yaratilgan 
asarlarda 
O‗zbekistonda 
sovet 
hokimiyatining o‗rnatilishi, bolsheviklar siyosatining mohiyati, uning o‗ziga xos 
jihatlari yangicha konseptual yondashuvlar asosida yoritilgan. Davr voqeligi 
tahliliga sivilizatsion yondashuv bu konsepsiya asosini tashkil qilib, yangi arxiv 
materiallarning xolisona talqini mavzu tarixshunosligi zamonaviy bosqichi 
xususiyatini belgilagan. 
1920 yilning boshlarida Turkkomissiya raisi Ya.Rudzutak Turkiston 
ASSRni bo‗lib tashlash va milliy til belgisiga qarab muxtor (avtonom) 
respublikalar tuzish masalasini qo‗ydi. Milliy respublikalar tuzish zarurligi g‗oyasi 
tashabbuschilari bu masalani yerli xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi, milliy 
mojarolar kuchayib borayotgani bilan asosladilar. Bolsheviklar O‗rta Osiyoda 
yashab kelayotgan millatlarning ushbu geografik hamda siyosiy chegara ichida 
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiy qilishi mumkin emas deb topdilar. 
Ushbu masala yuzasidan matbuotda e‘lon qilingan maqolalarni tahlil etar ekanmiz, 
ularni mazmuni va mohiyatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‗lishimiz mumkin: 
O‗rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash masalasiga doir savollar va 
murojaatlar. 
Markazdan yuborilgan va mahalliy rahbarlarning O‗rta Osiyoni milliy-
hududiy chegaralash masalasidagi fikrlari va savollarga javob maqolalari. 


352 
O‗rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash masalasida milliy etnik 
nizolarning oldini olishga bag‗ishlangan maqolalar. 
Xorazm Xalq Sovet Respublikasining milliy-hududiy chegaralanishga 
tortilishi masalasi. 
O‗zbekiston SSRning tashkil topishi va uning poytaxti masalasi. 
Xorijdagi 
vatandoshlarimizning 
O‗rta 
Osiyoning 
milliy-hududiy 
chegaralanishiga oid maqolalari. 
O‗rta Osiyoni milliy respublikalarga bo‗lish masalasi o‗rtaga tashlangach, 
davriy matbuotda milliy ziyolilarning ushbu masalaga oid turli-tuman savollari va 
murojaatlari chiqa boshladi. «Milliy jumhuriyatlarga ayrilish kerakka o‗xshaydir. 
Busiz iloj yo‗q ekan. Ayrilish Turkiston doirasida bo‗lsunmi yoxud O‗rta Osiyo 
masshtabidami? Milliy jumhuriyatlar bo‗lgach, uni birlashtiradirgan Markaz 
masalasi qanday hal bo‗ladir? O‗rta Osiyo federatsiyasi kerakmi? Jumhuriyatlar 
Rusiya Sovet jumhuriyatiga bog‗lanadirmi? Milliy jumhuriyatlar bevosita 
markazga bog‗lansa, millatlar orasida iqtisodiy aloqa qanday bo‗ladir? Bo‗linish 
tartiblari va qirg‗iz qozoqlar Qozog‗istonga qo‗shiladirmi yoxud alohida 
jumhuriyat bo‗ladirmi? Turkmanlar, Xorazm va Buxoro turkmanlarini 
birlashtiradirmi? Tojik, qirg‗iz avtonomiyasi qanday tuziladir?». 
Yuqorida keltirilgan savollar hamda murojaatlar faqatgina hukumatning 
rasmiy gazeta va jurnallarida emas, hatto hajviy nashr hisoblangan «Mushtum»da 
ham chop etildi. «Turkistonda barchadan ham katta nufuzga ega biz deb davo 
qiluvchi ba‘zi rus mustamlakachilarning chegarasi qayerdan boshlanadir yoki 
bularning respublikasini bo‗yab ko‗rsatish uchun bo‗yoq yetmay qoladimi? Agar 
taqsimda xiyonat qiling‗on bo‗lsa, bu masala boshqatdan ko‗rilsun!». 
Yuqorida keltirilgan muhim savollar o‗rtaga tashlanganidan keyin ba‘zi bir 
mutassadilar «Mushtum» nashriyoti nomidan ushbu savollarga quyidagicha javob 
qaytargan: «Milliyat masalasi to‗g‗risida axtarganimizda hech narsa 
ko‗rsatilmagan. Milliy masalaga qaratilib bir lug‗at nashr etilgandan keyin 
munosib bir javob berish niyatidamiz. Har holda, Sovetlar hukumatida 
mustamlakachilar jumhuriyati bo‗lmaydir. O‗rtoq, bu masala to‗g‗risida Angliya 
hukumatiga murojaat qiling!». 
Markazdan yuborilgan kommunistlar bilan birga mahalliy rahbar 
xodimlarning Turkiston mintaqasining milliy-hududiy chegaralanishi masalasidagi 
fikrlari rasmiy matbuotda bosilib turdi. Masalan, Zelenskiy, Aytakov, Gajuxov, F. 
Xo‗jaev, A. Muhiddinov, S. Xo‗janov, I. Xidiraliev va boshqalarning nutqlarida 
milliy siyosat to‗g‗ri hal etilishiga ishonch bilan qaraldi. 
1924 yil 4 iyun kuni Moskvada 13-firqa qurultoyi bo‗lib, unda Turkistondan 
vakil S.Xo‗janov ishtirok etadi hamda unda ko‗rilgan masalalar matbuotda e‘lon 
qilinadi. Bu qurultoyda O‗rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishiga doir 


353 
muhim masalalar muhokama etiladi. Eng asosiysi, milliy respublikalar tashkil 
topgach, O‗rta Osiyo o‗lkalari birikib, federatsiya tuzilishi masalasi ko‗riladi. 
Dastlab qurultoyda O‗rta Osiyo byurosi nomidan Rudzutak ma‘ruza qilganidan 
keyin Turkistondan borgan har bir millat vakillariga so‗z beriladi. Afsuski, o‗zbek, 
qozoq, turkman va qirg‗iz millatiga mansub vakillar ham O‗rta Osiyoning yagona 
federatsiyaga birlashishiga hali erta ekanligini ta‘kidlab, bu masalaga rad javobini 
beradilar. 
O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‗tkazilishi paytida milliy-
etnik nizolarning oldini olishga bag‗ishlangan bir qator maqolalar e‘lon qilingan. 
Jumladan, hukumat vakillaridan biri Hojiboev milliy muxoliflikka bormaslik va 
etnik nizolarning oldini olishga e‘tibor qaratadi. Afsuski, milliy-hududiy chega-
ralanish arafasida milliy etnik nizolar va hudud talashishlar kuzatiladi. Mahalliy 
ziyolilardan bo‗lgan Ismoilzoda matbuotda bu kabi janjallarni to‗xtatishga 
chaqiradi. «Milliy jumhuriyatlarga ajratish to‗g‗risida gazetalarimizda ko‗b 
narsalar ko‗rilmokdadir. Bu to‗g‗rida «Oq jo‗l», «Angbakchil qozoq» 
(Urunburug‗da), Turkiston, Farg‗ona va Zarafshonda har xil maqolalarning ichida 
aksarisi bir tomonliq va tor bir o‗lchovda millatchilik ruhida bo‗ldikim, bu 
matbuotimizda katta nuqson hisoblanadir. Bunday maqolalarning natijasida 
matbuotimizda milliy shovinizm ruhining ko‗tarilishini sezamiz, hatto bu to‗g‗rida 
gazetamizning bir-birlari bilan omma orasiga millatchilik shovinizmining tuxumini 
ekish emasmi? Masalan, «Turkiston» bilan «Oq jo‗l» janjallari «Angbakchil 
qozoq»ning haddan oshishi, Zarafshonning chiqishi va Farg‗onada Alievning 
maqolasi va boshqalar. Albatta, biz bu yerda aybning kimda va qaysi tomonda 
ekanini surishtirmay matbuotimizning bu xususida to‗g‗ri yo‗l tutishini va uning 
har masalada ijtimoiy qarashga ega bo‗lishini chindan tilab qolamiz». 
Shu bilan birga, «Yacheyka yoki rayondagi firqa a‘zolarini aldab, sen o‗zbek 
jumhuriyatiga o‗t, sen qirg‗iz jumhuriyatiga o‗t deb ul bechoralarni miyasini 
aynitishdan nima foyda bor? Tezisdan chetga chiquvchilarga tegishlik firqa 
idoralari chora ko‗rsalar kerak» degan fikrlar matbuot sahifalarida uchragan. 
1924 yil 8 mayda O‗rta Osiyo iqtisodiy konferensiyasida qatnashish uchun 
Toshkentga kelgan Xorazm delegatsiyasi a‘zolari RKP(b) MQ O‗rta Osiyo byurosi 
raisiga «Xorazmda milliy masalaning hal qilinishi to‗g‗risida maktub» 
topshiradilar. Unda Xorazmni mustaqil ma‘muriy rayon sifatida o‗zining doirasida 
qoldirish, shuningdek, Xorazm Respublikasi bilan Turkiston Respublikasining 
Amudaryo viloyatini birlashtirish taklif qilingan edi. Aslida, bu Xorazmning 
chegaralanish o‗tkazilishini rad qilishi edi... 1924 yilning 26 iyunida yangilangan 
Xorazm kommunistik partiyasi Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning 
zarurligini e‘tirof etadi. 


354 
Xorazm Respublikasi Markaziy 
Ijroqo‗mining 
raisi Sulton 
Qori 
Jumaniyozov «Keyinroq qoldik» sarlavhali maqolasida o‗lkaning milliy 
chegaralanish uchun ortda qolganligi sababini tushuntirishga harakat qilib shunday 
deydi: «O‗lkamizning markazdan juda uzokda bo‗lishi va yo‗llarining qiyinligi 
sabablik ko‗b masalalar bizga juda qiyin va butunlay eshitilmasdan qolar edi. 
Milliy chegaralash masalasi ham shunday bo‗ldi. 1924 yilning yanvar oyida o‗rtoq 
Mizlavik Xivaga kelib, milliy chegaralash masalasida doklad qildi. Lekin bu 
doklad bo‗yicha uning asosiy qoidasini va qanday yo‗lda bo‗lishini bilgan 
odamimiz bir bo‗lsa, bilmaganimiz o‗n bo‗ldi... O‗rta Osiyo byurosining kotibi 
o‗rtoq Korklin Xivada bo‗lib, milliy chegaralash masalasida qanoatlanarlik 
dokladlar qildi va uning asosiy foydalarini tamoman tushuntirdi. Shundan keyin 
biz Xorazm o‗zbeklari uchun O‗zbek jumhuriyatiga qo‗shilishdan boshqa chora 
yo‗qligini tushundik. Lekin shunday bo‗lgani holda qo‗shilishga qaror berib, shuni 
O‗rta Osiyo byurosiga bildirdik va qarorimizni topshirdik. Natija nima bo‗lur, 
hozircha ma‘lum emas...» 
Bolsheviklarning Turkiston mintaqasini milliy chegaralashdan maqsadi 
ushbu o‗lkalarni xomashyo yetkazib beruvchi hududiy birlikka yoki rayonga 
aylantirish edi. Hatto O‗rta Osiyoda milliy chegaralanish jarayoni bo‗layotgan bir 
paytda xomashyo va xo‗jalikka qarab yirik shirkatlar tuzish loyihasi allaqachon 
yaratilgan edi. «O‗rta Osiyo jumhuriyatlarini chegaralash munosabati bilan 
Turkiston paxtachilik shirkatini ikkiga ajratish to‗g‗risida loyiha tayyorlana 
boshlandi. Bu shirkatlarning biri «rus-o‗zbek shirkati» va ikkinchisi «rus-turkman 
shirkati». «Rus-o‗zbek shirkati» hay‘atiga O‗zbekiston jumhuriyati bilan unga 
qaragan qozoq, qora qirg‗iz, tojik rayonlari hamda Buxoro bilan Xorazmning 
ko‗proq qismlari kiradir. Buxoro bilan Xorazmning qolgan qismlari «rus-turkman 
shirkati»ga kiradir. Turkiston paxtachilik shirkatining sarmoyasi bu 
jumhuriyatlarda ekilgan va ulardan sotib olingan paxtalarning hisobiga qarab 
taqsim qilinadi ya‘ni bo‗linadir». 
Davriy matbuotda berilgan rasmiy ma‘lumotga ko‗ra, O‗zbekiston SSRning 
maydoni (tojik muzofotidan boshqa) 440 ming murabba‘ chaqirim va 7 ta 
muzofotdan: Toshkent, Samarqand, Farg‗ona, Zarafshon, Surxon, Qashqadaryo 
hamda Xorazmdan iborat ekanligi qayd etilgan. 
Toshkentda 1924 yilning 5 dekabr sanasi O‗zbekiston SSRning tuzilgan kuni 
sifatida bayram qilingan. 5 dekabr tantanasini o‗tkazish bo‗yicha Rahmat Ahmadiy 
raisligida komissiya tuzilib, tadbirni o‗tkazish rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu 
tantanada O‗zbekiston inqilob qo‗mitasi nomidan F.Xo‗jaev, Butunrusiya 
kommunist firqasi O‗rta Osiyo byurosi nomidan Zelenskiy, eski shahar ijroqo‗mi 
firqa raykomi kasabalar byurosidan Mallaboev, bundan tashqari, Rahimboevning 
tabrik so‗zlari yo‗llangan. 


355 
1925 yil fevralda Buxoro shahrida chaqirilgan sovetlarning birinchi s‘yezdi 
«O‗zbekiston SSRni tuzish to‗g‗risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Bu 
deklaratsiyada shunday deyilgan edi: «Sovet hokimiyatining Sharqdagi avangard 
posti bo‗lgan O‗rta Osiyoda millatlarning o‗z taqdirini o‗zi belgilash huquqini 
amalga oshirish maqsadi bilan sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari 
hududlaridagi o‗zbek yerlarining qishloq va ovullari mehnatkashlar ommasi 
birinchi sovetlar s‘yezdi orqali bu xalqning tarixida ilk marotaba ishchi va 
dehqonlar O‗zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta‘sis qilinganini e‘lon 
qiladilar». 
O‗zbekiston SSRning poytaxti masalasi ham matbuotda ko‗p muhokama 
qilingan. Respublika markazining Samarqand shahri bo‗lishini barcha mahalliy 
aholi vakillari yoqlab chiqqanidan so‗ng, «Markaz» ham buni tasdiqlaydi. Matbuot 
materiallarida keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, hukumat va qator muassasalar 
uchun binolar qurish va shaharni obodonlashtirish maqsadida «Markaz»dan 
mablag‗ ajratilgan. «Samarqandni markaz holiga qo‗yish uchun hozirliq boradir. 
Buning uchun markaz million so‗m berdi». To‗plangan materiallarga tayanib 
shuni aytish mumkinki, qisqa muddatda (1924 yil 5 dekabrdan 1925 yilning 3 
apreliga qadar) Buxoro va Toshkent shaharlari O‗zbekiston SSRning poytaxti 
vazifasini bajardi. 1925 yilning 3 aprel kuni respublika poytaxti Samarqandga 
O‗zbekiston markaziy hukumati ko‗chib boradi. Poytaxtning Samarqandga ko‗chib 
kelishi munosabati bilan shahar maydonida bayram bo‗lib, unda F.Xo‗jaev, 
Y.Oxunboboev, I.Xidiraliev, V.Ivanov va boshqalar tabrik yo‗llaydilar. Jumladan, 
Ivanov shunday deydi: «Bu kungacha tarixda hech bir davlatning o‗z poytaxtini 
yaxshi katta shahardan ko‗ra quyiroq darajada bo‗lgan shaharga ko‗chirgani 
ko‗rilmagan. Sovet hukumati bo‗lsa o‗z poytaxtini mehnatkashlarga eng yaqin 
bo‗lgan joyga quradir». 
Xorijda yashagan vatandoshlarimiz tomonidan nashr etilgan jurnalda sovet 
milliy siyosati va O‗rta Osiyoning mil-liy chegaralanishiga oid maqolalar 
talaygina. Jumladan, ushbu jurnalning ta‘sischisi bo‗lgan Mustafo Cho‗qay O‗rta 
Osiyoning milliy chegaralanishi xususida shunday deydi: «Turkistonning ayrim 
bo‗limlari - Turkmaniston, Qozog‗iston, Tojikiston, O‗zbekiston, Qirg‗iziston 
sovet jumhuriyatlari bo‗ldimi. yo‗qsa, qozoq, o‗zbek, qirg‗iz, tojik, turkman rayon 
va yo u okruglari ataldimi farqsizdir, baribir, ularning hammasida O‗rta Osiyo 
byurosi va boshqa bir qism bilan Moskva idorasining diktaturasi ostida bo‗ladir». 
Xulosa qilib aytganda, O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish jarayoni 
bolsheviklar milliy siyosatining yangi bosqichi bo‗lib, bunda milliy mojarolarning 
oldini olishi va hududlarning iqtisodiy taraqqiy etishi belgilangan edi. Ammo 
milliy nizolar, ya‘ni hudud talashishlarning davom etishi natijasida Turkiston 
mintaqasining yaxlitligiga putur yetdi. Sovet namunasida tuzilgan mazkur 


356 
respublikalar iqtisodiyoti bir yoqlama, sobiq Ittifoqning xomashyo yetishtiradigan 
chekka hududlariga aylantirildi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin