398
Xulosa
Jahon tarixi sahifalarini yoritishda O‗zbekiston madaniyati, tarixi ham
ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimiz tarixini o‗zida aks etgan tarixiy manbalarda,
o‗rganilgan jihatlari tarixshunoslik va manbashunoslik
fanining amaliyotdagi
faoliyat doirasi hisoblanadi. Tarixiy bilim va uning insoniyat hayotidagi o‗rni
beqiyosdir. O‗zbekiston tarixiga oid ilk yozma ma‘lumotlarning informativ
xususiyatlarini har xil omillar bilan izohlash mumkin.
O‗zbekiston – Markaziy Osiyoda sivilizatsiya bosqichlari o‗ziga xos kechdi.
Ibtidoiy tarix davrda asosan hayotiylikni ta‘minlashga qaratilgan bilimlar
arxeologiya, etnografiya kabi fanlarning ilmiy xulosalariga bog‗liq. Taraqqiyotning
keyingi davrlarida yozuvning kashf etilishi natijasida tarixni uzoq davrga
avlodlarga yetkazish imkoniyati paydo bo‗ldi. Yurtimizda
mulkchilikning ilk
shakllari, dehqonchilik, shaharsozlik madaniyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
avloddan avlodga tarixiy xotira sifatida o‗tib kelmoqda.
Tarixiy asarlardagi ma‘lumotlar Sharq madaniyati an‘anasidagi
tarixshunoslik fanining qaror topishiga olib keldi. O‗rta Osiyoda tarixshunoslik va
manbashunoslik sharq mamlakatlari tarixnavislik maktabining negizida shakllandi.
Tadqiqot asoslari asrlar davomida tarixshunoslik va manbashunoslik fan
yo‗nalishining uzoq vaqt davom etgan an‘analariga aylanib boradi. Bu
yo‗nalishdagi asosiy xususiyatlardan biri tarixchi olimlar,
tarixshunos va
manbashunoslik mutaxassisliklarining o‗zaro mujassamligi hisoblanadi.
Ilk davlatchilik tarixshunosligiva manbashunosligi nisbatan yozma tarixiy
ma‘lumotlar islom renesansi davriga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Ayniqsa
Somomniylar, Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunoslik
maktablarining
yaratgan asarlari dunyo ma‘naviy yodgorliklari qatori qadrlanadi.
Tarixshunoslikning o‗zbek xonliklari davri tarixnavislik maktablarining
Qo‗qon, Xiva, Buxoro kabi markazlari shakllanib, ularning tarixiy asarlari hozir
ham dunyo tarixshunoslik va manbashunoslik fanining yuksak qadriyati baland
baholanadigan namunalari hisoblanadi.
399
Turkiston mustamlaka davri tarixshunosligi
va manbashunosligida xorij
tarixchi olimlarining o‗lka tarixiga oid ma‘lumotlari ham o‗zining ko‗p qirrali
jihatlari bilan ajralib turadi.
O‗zbekiston sovet davri tarixshunosligi va manbashunosligida kommunistik
mafkura ta‘sirida tarixiy asarlarni tahlil qilishda ob‘ektivlik va haqiqat mezonlari
bir yonlama yoritilganligi bilan ajralib turdi.
O‗zbekiston tarixining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti tarixshunoslik va
manbashunoslik fani rivojlanishi uchun etalon darajada qabul qilish mumkin. Bu
davrda o‗zbek tarixchi olimlari izlanishlarini tarixshunoslik
va manbashunoslik
fani talablari darajasidagi erishilgan yutuqlar deb baholash mumkin.
Tayyorlangan darslik tarix fakulteti ixtisoslik fanlaridan bo‗lgan
―Tarixshunoslikva manbashunoslik‖ fani bo‗yicha yaratildi. Darslikda
tarixshunoslik va manbashunoslik fani yuklamasidagi ajratilgan soatlarni hisobga
olgan holda tuzildi. Darslikda keltirilgan ma‘lumotlar nashr qilinib amaliyotda
sinovdan o‗tgan materiallardan foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: