XXIII-BOB: MUSTAQAL O`ZBEKISTON TARIXSHUNOSLIGI
1998 yil yozida mamlakatimizda ma`naviy – ilmiy hayotida, afkori
ilm moydanida muhum voqea ro`y berdi. Iyul oyida birinchi Prezidenti bir guruh
yetakchi tarixchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdilar.
Bu uchrashuvda yurtboshimiz tarix fanining muammolari haqida mutaxassislar
bilan fikr almashdilar, kuyunib gapirdilar. Mustaqil O`zbekiston tarixchi olimlar
oldida turgan va tezda hal qilinishi kerak bo`lgan qator masalalarni ochiq – oydin
ko`rsatdilar. Ushbu masala bilan bog`liq bo`lgan aniq vazifalar haqida so`z yuritib,
shunday deydilar: ―Haqqoniy tariximizni barpo etish ishini nimadan boshlash
lozim? Avvalo ko`p ming yillik boy o`tmishimizni tadqiq etishning yaxlit
kontsentsiyasini, ya`ni, dasturini, ilmiy izlanishlarining uslubini, qo`yiladigan
vazifani amalga oshiradigan ilmiy muassasalari, ulardan potentsial kadrlar
masalasini aniqlab olishdan‖ boshlamoq lozim.
Haqiqatdan,
O`zbekiston
Respublikasi
Birinchi
Prezidenti
Islom
Karimovning ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q‖ asarida asl manbalar va ularning
tahlili asosida Vatanimiz tarixini haqqoniy yaratish muammosi alohida ta`kidlandi.
―Faqat bahs, munozara, taqlil mevasi bo`lgan xulosalargina bizga to`g`ri yo`l
ko`rsatishi mumkin‖ – deb yozadi yurtboshimiz.
Mazkur asarida muxum ahamiyatga ega bo`lgan tarixiy muammolarni
yechish yo`llarini o`rtaga qo`yish bilan birga bu asarda O`zbekistonda tarix
fanining bugungi ahvoli va tarixchi – mutaxassislar tayyorlash masalasi ham ochib
berildi. Ma`lumki, ayrim yo`nalishlar bo`yicha mutaxassis tarixchi olimlarimiz
sanoqlidir.
Antirapalogiya,
etnologiya,
Numiztatika,
manbashunoslik
mutaxassisliklari shular jumlasidandir. Qadimgi va o`rta asrlar tarixini chuqur
biladigan va maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarimiz ham juda oz.
Umuman olganda, Islom Karimovning ―O`zbekistonning yangi tarixi
markari‖ni tashkil etish haqidagi farmonidan (1996), ―Tarixiy xotirasiz kelajak
yo`q‖ (1998) nomli risolasi, tarixchi olim va ijodiy ziyolilar bilan uchrashuvidagi
(1998), ―Turkiston‖ (1999) va ―Fidokor‖ (2000) gazetalari muxbirlarininng
savollarigi
bergan javoblaridan, ―O`z FA Tarix instituti faoliyatini
takomillashtirish to`g`risida‖ gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qaroridan (1998) so`ng tarix fani davlat siyosati darajasida ko`tarildi.
Natijada, nafaqat Respublikamizda milliy qadriyatlarini tiklash, necha
ming yillik ma`naviy – ma`rifiy merosni asrab – avaylash, mustamlakachilik
davrida chetga olib chiqib ketilgan madaniy yodgorliklarni aniqlash va yurtimizga
358
qaytarish borasida ko`plab xayrli shilar amalga oshirila boshladi. Bu ishga xorijda
yashayotgan hamyurtlarimiz ham o`z hissalarini qo`shmoqdalar.
Xususan, Turkiyada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug`
bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning ―Xazoyinul - maoniy‖ majmuasining
o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan
qo`lyozma nusxasini Prezident Islom Karimovga yuborishdi.
Mamlakaimi birinchi Prezidenti bu benazir ―Ma`nolar xazinasi‖ asarini
she`riyat mulki sultonining ramziy uyi – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot
muzeyiga tuxfa etdi. Mazkur qo`lyozma XVIII asrda Samarqandda Usta Bobojon
o`g`li Mulla Muqimjon Samarqandiy ismli xattot tononidan ko`chirilgan.
Bunaqangi nodir qo`lyozma, arxiv hujjatlari ham chet elda ko`p bo`lib ularni
qaytarish yoki nusxa olish burch va vazifamizdir.
O`zbekiston halqlari tarixini yozish o`z tarixshunosligiga ega bo`lib,
bugungi kunda ham dolzarb vazifalardan biridir. Mustaqillik sharafoti bilan
O`zbekistonning hech qachon o`zgarmaydigan, xolisona tarixini yozish imkoniyati
tug`ildi. Demakkim, xuddi shu asosda yozilajak tariximizgina noyob ma`naviy
xazinamiz bo`ladi.
O`zbekiston xalqlari tarixining tarixshunoslik tahlili shuni ko`rsatadikim,
soxta yoritilgna tarix, hech qachon haqiqiy tarix asari bo`lolmaydi. Uning
tarbiyaviy ahamiyati ham bo`lmaydi, yo`q desak ham adashmaymiz, aksincha
bunday asarlar xalqni chalg`itadi, ongini o`tmaslashtiradi.
O`zbekiston xalqlari tarixni bilishligi dolzarb vazifasi tarixiylik –
haqqoniylikdir, haqqoniylik esa tarixning jon ozig`idir.
O`zbekiston xalqlari tarixnavisligining dolzarb vazifalaridan biri davlatchilik
tarixini yoritishdir. Bu yo`nalishda eng qadimgi davr tarixini o`rganish muxum
bo`lib, birinchi galdagi vazifa yozma manbalar tarixiga katta e`tiborning
qaratilishidir. Bu borada bir guruh olimlar tamonidan ―Qadimgi yozma
yodgarliklar‖ kitobining nashr etilishidir.
O`rta Osiyo tarixi bo`yicha ilk yozma manba ―Avesto‖ ni o`zgarish borasida
muhum ishlar amalga oshirildi. M.Ishoqov tomonidan ―Avesto‖ ning ―Yangi
kitobi‖ o`zbek tilida o`chirildi, nashr etildi.(Avesto yangi kitobi .Mirsodiq Ishoqov
tarjimasi. – Toshkent, 2001).
Ayni paytda o`zbek davlatchiligi tarixini o`rganish bo`yicha ham izlanishlar
boshlanib, uning ilk natijalari rus va o`zbek tillarida ―O`zbekiston davlatchiligi
tarixi ocherklari‖ sifatida chop etildi. (O`zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari /
Mas`ul muharrirlar D.A.Alimova va EV.Retveladze. Mualliflar. T.SHirinov,
M.Filanovich, B.Kochnev, R.Mukminova, G.Agzamova, N.Abdurahimova,
D.A.Alimova, S.A`zamxo`jaev, Q.Rajabov, A.Golovanov. – Toshkent, 2001).
Ushbu asarning o`rta asrlarda o`zbek davlatchiligining tarixiga bag`ishlangan
359
qismida turk haqonligi, G`aznaviylar davlati, Qoroxoniylar xonligi va Amir Temur
davlati haqida so`z yuritilgan. SHuningdek, XVI-XIX asrlarda hukm surgan
Buxoro, Xiva va Qo`qon xonlarida davom ettirilgan davlatchilik an`analari hamda
Rossiya imperiyasi va sovet davridagi boshqaruv tizimi tahlil etilgan.
Bu davrda o`zbek xalqining shakllanish tarixini o`rganish borasida ilk
izlanishlar boshlandi. Bu masalada Karim Shoniyozovning qarluq davlati tarixiga
va o`zbek xalqining shakllanishiga bag`ishlangan kitoblari nashr qilindi.
(Shaniyozov K. Qarluq va qarluqlar – Toshkent 1999: O`zbek xalqining
shakllanish jarayoni D.Alimova, Z. Orifxonova va boshqalar – Toshkent 2001).
O`zbekistonning mustamlaka davri tarixini o`rganish borasida ham ma`lum
natijalarga erishildi. Turkistonning XXasr boshidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
jarayonlar tarixi bo`yicha ―Turkiston v nachale XX veka‖ nomli asar mualliflar
guruhi tomonidan tayyorlanib, R.Rajabova tahriri bilan chop etildi. (Turkiston v
nachale XX veka: k istorii Ismonov natsional‘noy nezavisimosti /Ruk.proekta
D.Alimova, nauch.rezaktor R.Radjapova, avtori R.Rajapova, R.Abdullaev,
S.Agzamxodjaev, I.Alimov, A.Golovanov, R.Nurullaev, V.Ivanov, Ye.Prilutskiy,
K.Rajabov, V.Semennok, M.Xasanov, -Toshkent, 2000).
O`zbekiston xalqlari tarixshunosligining yana bitta, dolzarb vasifasi, bu XX
sar tarixini yoritishdir. XX asr insoniyat tarixida irkinlik, shu bilan birga inson
huquqlqrining paymol bo`lishi, tug`ilishning ko`payib, insoniyat sonining keskin
o`sishi, eng ayanchli sahoda bo`lgan millionlab insonlarning qirilib ketishi, ayniqsa
ikkinchi jahon urishi yillaridagi fojialardir.
Olam islohga muhtoj. Odamzod bu haqiqatni anglaganidan buyon tinib-
tinchimaydi goh qursa, goh buzadi, birda bino qilsa, birida vayron etadi. Alqissa,
isloh yo`li murakkab Qurmoq oson, tuzatmoq – qiyin, deydi xalqimiz.
Tarixshunosligimizning birinchi vazifasi Vatanimizda taraqqiyot yo`li
to`g`ri tanlangani xususida tarixiy haqiqatni yozish deb xisoblayman. Bizdagi
o`zgarishlarga tan berish, tajribalarimizdan andoza olish ishtiyoqida uyrgshanlar
ham oz emas. Bular barchasi yaxshi ko`ngilda g`urur, dilda iftixor tuyg`usini
toshiradi. Ammo eng muhimi – mamlakattimizdagi islohat xalq hohish-irodasiga
mos kechayotganidir...
Ikkinchi yo`nalish mamlakatimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ramzi
umumxalq
bayramlari
yil
sayin
yangicha
mazmuni
maqomda
nishonlanmoqda.
Uchunchi yo`nalish tarixshunosligimizda bu yigirmanchi asr tarixchiligi –
bilamizki XX asr dunyo halqlarining birlik va hamkorlikka intilish asridir. Bu
jarayon, ayniqsa, asr so`ngida kuchaydi. Jahondagi turli mamlakatlar yagona
mintaqaviy manfaatlar asosida iqtisodiy, ma`daniy va ma`naviy birlik sari harakat
qilmoqda. Bu umuminsoniy taraqqiyot tamoyilidir. Bu tamoyil bizning mintaqa –
360
Turkiston zaminida ham tabora ustun yo`nalish kasb etmoqda. Prezidentimiz Oliy
Majlis ikkinchi sessiyasida so`zlagn nutqida bu mavzuga atroflicha to`xtaldi.
Ayniqsa, Islom Karimovning ―Turkiston – umumiy uyimiz‖ deb nomlanuvchi
jamoatchilik harakatini tuzish va uni mintaqa mamlakatlari va xalqlarining
mushtarak manfaatlarini ro`yobga chiqarishga xizmat qildirishi haqidagi g`oyalari
nafaqat yurtimiz fuqarolarini, balki barcha Turkiston farzandlarini to`lqinlantirib
yubordi. Binobarin, ayni islohotlar – tuzutishlar davrida bir zamonlar zo`rlik bilan
vayron etilgan yagona Turkiston xonadonini qayta obod etish - mintaqamizdagi
har bir xalq vakillarining orzusidir. Navbatdagi muammo bu hozirgi davrda
Ovrupa madaniyati dunyoning barcha tamonlariga yoyilmoqdadir. Bugun bir ko`p
islom o`lkalari G`arb madaniyati ishtiyoqida taraqqiy qilmoqdadir. Zamanomizda
mulkdor kishilar, bilimdonlar ko`paymoqdadir va bu madaniyatni yoyish haqida
tashfiqotlar ortayabdi. Binobarin, uni mulohaza va mukoma qilib, ko`rmoq va
nima ekanligini bilmoq eng zarur misoldir.
Ovrupa xalqlarida tarbiyaning mezoni nofasad estetika sharq halqlarida esa,
asosan, ahloq – odob, (etika) ekanini bilishimiz kerak.
Tarixshunosligimizdagi yana bir muhim muammo shundan iboratkim,
mustaqilligimiz tufayli siyosiy, madaniy ongning o`sishi, milliy ong va milliy
g`urur yuksalishiga sabab bo`lmoqda.
Imperiyaning parchalarish jarayoni nechog`liq qiyin kechgan bo`lsa, undan
so`ng yuzaga kelgan ―Postimperiya‖ MDX makonidagi siyosiy, iqtisodiy,
ma`daniy munosabatlar tarzi ham shu qadar murakkab tus oldi va bu xol to xanus
davom etmoqda. Bu murakkablikning kamida ikki asosiy jixati mavjud. Birinchi
jixati – mustaqil davlatlarning bundan buyongi taraqiyot yo`li qanday kechadi?
Ikkinchisi – ―Postimperiya‖ xozirgi MXD makonida o`zoro siyosiy, iqtisodiy,
ma`daniy, manaviy munosabatlar jarayonining bugini va kelajagi qanday bo`ladi. .
Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov ―Ta`lim O`zbekiston halqi
ma`naviyatiga yaratuvchanlik faolligini baxsh etadi‖, deganida mutloqa haq edi.
Bugun mamlakatimizda halq ta`limi davlat siyosati darajasida ko`tarildi.
O`zbekistonda taraxshunoslik fanining rivojini jahon xalqlari tarixini
o`rganmasdan tasavvur qilib bo`lmaydi, albatta. Shuning uchun jaxon
mamlakatlari, xususan g`arb davlatchiligi tajribasi to`g`risida, uning davlatchilik
an`analargi haqida gap kelganda nusxa ko`chirish emas, balki umuminsoniyat
ahamiyat kasb etgan tamoyillarni milliy davlatchilik an`analari bilan
uyg`unlashtirish nazarda tutiladi. Biz Angliya, Frantsiya, GFR, RF va boshqa
davlatlar tarixini o`rganar ekanmiz o`zimizning davlatchiligimiz tarixshunoslik
haqida ham mushohada qilishimiz mumkin.
Shunday qilib, O`zbekiston Respublikasi siyosiy tizimlarining shakllanishi
bir tomondan chuqur milliy tarixiy ildizlar asosida kechayotgan bo`lsa, ikkinchi
361
tomondan jahon, qolaversa G`arb dunyosining eng maqbul tajribalarini
o`zlashtirishning zamirida sodir bo`lmoqda. Bu jarayon ham O`zbekistonning
jaxon hamjamiyati bilan nechog`liq integratsiyalashuvini namoyish etmoqda.
Agar biz O`zbekiston tarixini mustaqil davlat tarixi sifatida ko`rishni istasak,
unga jahon tarixi bilan bir butunlikda qarashimiz zarur. Uning uchun esa har bir
tarixnavis oldigi chet el tarixshunosligini albatta bilish va undan foydalanish
talabini qo`yishimiz kerak. Biror – bir muammo tadqiqi faqat mamlakatimiz
adabiyotlarigagina asoslanib qolmasligi darkor. Binobarin, faqat ichki emas, balki
tashqi manbalardan (masalan arxivlar, taqdir taqozosi bilan chet elda voqealarning
bevosita ishtirokchisi bo`lganlarning xotira materiallaridan) ham foydalanish
taqoza etiladi. Ham mahalliy, ham chet el manba va adabiyotlarini bilish
tadqiqotchini eng xolis xulosalar chiqarish uchun kuchli vosita bilan ta`minlaydi.
Jahon tarixi fani tarixshunosligini o`rganishni rivojlantirishning yana bir
tamoyili – tarixshunoslik ilmining ahamiyati va o`rni, sobiq sho`ro davrida
bibliografiya yozish bilan cheklangan bu sahago endilikda muhum ahamiyatga ega
vazifalar yuklanganligidir. Bu vazifalar tarix fani taraqqiyot yo`nalishlari va
istiqbollarning aniqlash, bu taraqqiyoti ta`sir etuvchi muhim omillar, ijtimoiy
siyosiy tuzim, davlatning fanga munosabati, xur fikrlik imkoni,xukumron
mafkuraning ta`sirini o`rganishdan iborat. Shuningdek tarixshunoslik tadqiqodlari
muhum va dolzab muammolar haqida fanda shakillangan ilmiy qarashlar
munozarali va mavxum masalalarni ham aniqlash imkoni beradi. Bu esa o`z
navbatida vatanimiz haqida nafaqat o`z xalqimiz yurtimizda, balki butun jahonda
shakllangan tarixiy bilimlar tasafurini aniqlash va taxlil etish imkoni beradi.
Demak, jaxon tarixi fani tarixshunosligini o`rgarish va rivojlantirish birinchi
navbatda manbalarni chuqur o`rganish, eski o`zbek yozuvi, arab, fars, tillari
mutaxassislarini mujassamlashtirishni talab qilsa, ikkinchidan ingiliz, frantsuz,
nemis tarixshunosligiga ixtisoslashgan kadrlarni yetishtirishni talab etadi.
Salkam yuz ellik yil ajdodlarimizning orzu-xavasi, umid va armoni bo`lib
kelgan mustaqillik bizlarga nasib etdi. Bunga raxnoma bo`lishdek tarixiy masuliyat
esa I.Karimovning zimmasiga tushdi.
Islom Karimov mamlakatimizning mustaqil boshqaruvini o`z qo`llariga
olgan kundanoq tarix saboqlari va falsafasiga asoslangan holda ish yuritmoqda.
O`tgan davr mabonida tarix fani ham butunlay yangidan qayta shakllandi. Islom
Karimovning o`zlari takidlaganidek, tariximiz ―Yangidan kashf etildi...‖,
o`tmishimizni ―Oqlash‖ vazifalari umuman olganda bajarib bo`lindi xozir esa
asosiy vazifa tarixiy taxminni ilmiy jihatdan xolisona va xalol amalga oshirishdan
iboratdir.
Boshqacha aydsak, yurtboshimiz: ―Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix
sanamayman. O`zgalar yozib bergan tarixni o`qitishgan mutloqa qarshiman‖ deb
362
o`rtaga aniq masalani qo`ygan holda, uning yechimini ham o`zlari topdilar, ya`ni
―o`zbekistonning yangi tarixi‖ ta`limotiga asos soldilar bu ta`limot I.Karimovning
―O`zbekistonning yangi tarixi markazi ‖ ni tashkil etish xaqidagi formoni (1996
yil) da boshqa xukumat qarorlarida, u kishining turli ma`ruza va to`la asarlari
to`plamlarida asaslarib berilgan.
Yurtboshimizning tarix va tarixshunosligimizga oid talimoti haqida to`la
tasavvurga ega bo`lishimiz va uni ilmiy istimolga kiritishimiz muhum ilmiy
nazariy metalogik va amaliy ahamiyatga molik masaladir. CHunki u tarix
fanimizni yetti yod begona mafkura va talimotdan tezroq xoli bo`lib, o`z
taraqqyaiyot yo`li – ―O`zbek modili‖ga ega bo`lishga, halqimizning esa o`z
xaqqoniy tarixiy bilan qurollanishga tarixchi olimlarning ijodiy mexnat faoliyatlari
yanada samarali bo`lishga yordam beradi.
I.Karimovning ―O`zbekistonning yangi tarixi‖ ta`limoti mazmun va
mohiyatini to`la anglash uchun avvalo, ta`limot nima savolga e`tibor bermoq
kerak. ―Ta`limot‖ so`zining o`zagi ―Ta`lim‖ bo`lib, u ko`pchilik va umumlashma
ma`nodagi bilimlar tartibini anglatadi. Dekam talimot deganda, yuksak imiy yoki
amaliy faoliyat bilan bog`liq buyuk bir maqsatni amalgsha oshirish uchun zarur
bo`lgan mafkuraviy g`oyaviy, nazariy – falsafiy, iqtisodiy-madaniy bilimlar,
uslubiy (metadalogik) tamoyinlar majmoiy tushuniladi. Albatda, ta`limotlar o`z
maqsadi va mahiyatiga ko`ra xilma xil bo`ladi.
Islom Karimovning ta`limoti O`zbekiston tarixini milliy istiqlol ruhida
o`rganish va yozishda qo`laniladigan usul va ta`moillarni o`z ichiga oladi. Bu ilmiy
ta`limot ikkinchi bir ma`noda, tarix ilmiga mahsus fan hamdir. Bu fanning
rivojlanishi xozirda zaruriy extiyoj bo`lib turibdi I.Karimovning ―YAngi tarix‖
ta`limoti O`zbek tarixi ilmining qadim ananalari hamda jahon tarixi fanining
umumiy qonuniyatlari o`z aksini topgan. Bunga yurtboshimizning din bilan
dunyovilik o`rtasidagi mo`tadil munosabat bo`lishi ilmiy nazarariyasi misol. U o`z
mazmun maxiyatiga ko`ra xozirga tarix ilmidagi butunlay yangicha dunyoqarash,
tushuncha bo`lishi bilan birga, qadim anananing tiklanishi hamdir. Bu ananada
mumtoz tarixchilarimiz ijod qilgani ma`lum u mahiyatdan xalqoro ilmiy
andozalarga umuminsoniy ahamiyatga ham egadir.
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va
hodisalarning shiddatliligi, olamu odam taqdiriga daxldor bo‗lgan dunyoviy
muammolaru serqirra hayotning barcha jabhalarini kamrab olgan umumiy
qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‗lgan
barcha hodisalarni o‗zida mujassam etdi. Mudroq bosgan tuyg‗ularimizni
junbushga keltirdi. Boshkacha qilib aytganda, hayotga tiyrakroq qaraydigan
bo‗ldik O‗zligimizni anglay boshladik.
363
Tabiiyki, bunday hayotiy zaruriyat barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori
tarix fani oldiga ham yangi vazifalar ko‗yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbat
xalqning istiqlolga erishish yo‗lidagi fidoyi mehnatini, milliy mustaqillikka-
erishish yo‗llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani,
istiqlolni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘naviy omillarini
o‗rganish va milliy istiqlol mafkurasini yaratish kabi bir qator muhim
muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim. Darhaqiqat,
o‗rganishga, tadqiq etishga, dastlabki ilmiy-nazariy xulosalarni o‗rtaga tashlashga
asos bor.
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q»,-degan edi I.Karimov. Darhaqiqat, tarix
xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta‘sir o‗tkazadi, milliy istiqlol mafkurasini
shakllantirishda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq
xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog‗lik o‗rganish, undan saboq-
chiqarish bilan bog‗liq. Ulug‗ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqboli. da‘vat
etadi. Ulkan yaratuvchilikni rag‗batlantiradi. Zotan, uning murabbiylik,
tarbiyachilik, yo‗naltiruvchilik kuchi xuddi ana shunda.
Shu ma‘noda mamlakatimiz rahbarining O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida
«O‗zbekistonning yangi tarixi» Markazini tashkil qilish to‗g‗risida chiqarga
Farmoyishi katta tarixiy va siyosiy ahamiyatga ega. Qo‗lingizdagi «Mustaqil
O‗zbekiston tarixi» kitobi ana shu xayrli yo‗lda qilingan dastlabki ishdir.
Kitobda O‗zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyat
o‗tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‗zbekistonda huquqi
demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishning, iqtisodiy
islohatlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikning ta‘minlash omillari, ma‘naviy ruhiy poklanish va milliy
qadriyatlarning tiklanishi hamda O‗zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib
o‗rin olishi kabi masalalar ko‗rib chiqiladi.
Xullas, «Mustaqil O‗zbekiston tarixi» kitobi ana shu tarixiy jarayonlarn
mumkin qadar to‗laroq qamrab olish, uni jamlash, ma‘lum bir tartibga solib
qolaversa, ana shu jarayonlarni iloji boricha ko‗proq o‗rganish orzu-istagi vujudga
keldi. Darhaqiqat, mustaqillik davrida o‗tgan kunlarimiz alohi o‗rganishni, tadqiq
etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etmokd Buning o‗ziga xos
asoslari bor.
Birinchidan, istiqlol yillarida O‗zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida
jahon hamjamitida o‗ziga xos nufuzga ega bo‗ldi. U o‗zining katta ishlab chiqarish
imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan
dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng
turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko‗rsata oldi.
364
Ikkinchidan, eng og‗ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o‗tish davriniig
o‗ziga xos murakkabliklari mavjud bo‗lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumat siyosatining
naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini ko‗rsatadi. Ayniqsa, yuzda ortiq millat va
elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g‗oyalar ta‘sirida bo‗lgan aholining
talab ehtiyojlarini o‗z vaqtida qondirish, ularning qarashlarig bir nuqtada jamlash
alohida uddaburonlikni va qat‘iyatlikni talab etad. O‗zbekiston hukumati xuddi
ana shunday qat‘iyatni ko‗rsata bildi.
Uchinchidan, bozor munosabatlariga o‗tish jarayonida aholini ijtimoiy
himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo‗lgan qonun ustivorligiga erishish
qonun oldida barchaning tenligini ta‘minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub
islohotlarning Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh
tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqor baholandi
va to‗la tan olindi.
To‗rtinchidan, xorijiy jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan yo‗l;
qo‗yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o‗zgartirish, uni jahonni
eng ilg‗or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo‗li tutildi. Bu
O‗zbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‗tkazishda barcha
yosh mustaqil mamlakatlar o‗rtasida eng to‗g‗ri yo‗l tanlaganini ko‗rsatdi.
Beshinchidan, O‗zbekiston hukumatining islohotchilik siyosati bevosita
xalq, dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari,
an‘analari bilan uyg‗un holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod
Vatan qolsin «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Savob ishni har kim qilish
kerak: ; «Farzandlarimiz bizdan ko‗ra kuchli, aqlli, dono va albatta baxtli bo‗lishi
kerak; singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg‗un
holda dunyoga keldi. Bugungi Uzbekistonning tom ma‘noda ma‘naviy tiklanish
ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat
siyosati va xalq orzu umidlarining uyg‗unligi natijasidir.
Ma‘lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa,
o‗tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o‗rni yana ham yaqqolroq
ko‗z tashlanadi. Chunki, bu paytda hali ma‘lum bir siyosiy tutum, siyosiy qatlam
jamiyatni yo‗naltiradigan oqim shakllanmagan, qarashlar bir o‗zanga tushmagan,
turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo‗lgan murakkab bir vaziyat
vujudga keladi. Bunday paytda xalq o‗z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab
belgilaydi. O‗zining iymon-e‘tiqodini, taqdirini u bilan bog‗laydi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda mustaqillikning o‗tgan davri
mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‗lamli ishlar bevosita davlat
rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondoshish usuli bilan
bog‗lanib ketgan. Xohlaymizmi-yo‗qmi, davlat arbobining siyosiy qiyofasi o‗tish
365
davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida Bosh islohotchi qiyofasi o‗tish
mustahkam o‗rnashgan bo‗ladi. Demak, mustaqllik davri tarixini o‗rganar
ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy
bog‗langanligini yaqqol ko‗ramiz va uni sahifalarga aynan ko‗chirishga intildi
Tarixiy haqiqat ham, hayotiy va ilmiy haqiqat ham shuni taqozo etadi.
Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni o‗rganish va mushohada qildi
kishilarda yuksak ma‘naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini
shakllantirish, yoshlarni tarixiy an‘analarga, umuminsonk qadriyatlarga hurmat,
Vatanga muhabbat, istiqlol g‗oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga
ko‗maklashadi.
O‗zbekiston mustaqilligiga oid rasmiy hujjatlar deganda sobiq sho‗ro
davrining hokimiyati tizimi so‗nggi qarorlarini tushunamiz. Chunki mustaqillik
sobiq ittifoqning barham topishi bilan yuzaga keldi. Bu davr xujjatlari bir qismi
sobiq ittifoq tizimi qabul qilingan.
Ikkinchi guruh rasmiy hujjatlar mustaqil O‗zbekiston rahbariyat organlari
tomonidan
qabul
qilingan
«Mustaqillik
dekloratsiyasi»,
«O‗zbekiston
konstitutsiyasi» va boshqa qonunlar, Prezident farmonlari, vazirlar maxkamasi
qarorlari va boshqalardir. Ayrim tarmoq xujjatlari ham yurtimiz tarixini
o‗rganishda muhim ahamiyat kasb etish mumkin.
O‗zbekiston mustaqilligi davri eng muhim hujjatlari «Yangi O‗zbekiston
tarixi» 3 jildida (Tosh. 2000), R.X.Murtazaeva tahriri ostida chop etilga- '
«O‗zbekiston tarixi» (Tosh. 2003) darsligida o‗z aksini topgan.
O‗zbekiston mustaqil bo‗lgach, taraqqiyotning asosiy yo‗nalishlari
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning doklad va nutqlarida,
monografik asarlarida aks etgan. Mustaqillikka erishish g‗oyasi xalqimizga azaldan
meros, shu maqsad ajdodlar orqali ming yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda.
Prezident I.Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida, -
«O‗zbek millati azaldan o‗z fikri zikri, o‗z istiqloli uchun kurashib yashagan».
Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o‗z
yo‗lidan maslagidan, so‗zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim.
Bilishimiz shart " bo‗lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun
ham qarz, ham farz-deganda ana shu holatni nazarda tutadi. Xalqimizning uzoq
tarixi u o‗z o‗tmishida ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash olib borganidan
guvohlik beradi.
I.A.Karimov asarlarida ko‗p asrlik tariximizdagi eng yirik tarixiy shaxslar
Imom al-Buxoriy, Axmad al-Farg‗oniy, Axmad Yassaviy, Jaloliddii Mangu Berdi,
Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek kabi buyuk ajdodlarimizning jaxon madaniyatiga
qo‗shgan, xissasi, hamda mustaqil respublikamiz taraqqiyotining-ustuvor
yo‗nalishlari o‗z aksini topgan. Bundan tashqari Prezident davlat raxbari sifatida
366
respublikamizning xalqaro miqyosida olib borayotgan siyosati, aniqlaydi. Mana
shuning uchun ham O‗zbekiston respublikasi prezideti I.A.Karimov asarlari
xalqimiz tarixini o‗rganishda metodologik qo‗llanma sifatida, zamonaviy
jarayonlarni o‗rganishda muhim manba bo‗lib xizmat qiladi. Eng muhim asarlari
ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o‗nlab turli xorijiy tillarga
tarjima qilinib chet ellarda bir necha bor nashr qilingan. Respublikamizda esa
I.A.Karimov asarlarining 19 jildlik to‗plami nashr qilingan.
Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini,
o‗zida mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha
ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o‗zini erkin his
qilishga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham
kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun
kurashish shaklan turlicha, mohiyatan o‗xshash bo‗lgan hurriyatga intilish
hodisalarini ko‗p ko‗rgan.
Yaqin o‗tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronlik qilgan davr
(1917-1991 yillar) mamlakatimiz tarixida o‗ziga xos o‗rin egallaydi. Bu davr
garchi tarixan qisqa bo‗lsada, lekin o‗zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan
ajralib turadi. 1917 yil oktabrida bolsheviklar zo‗rlik bilan amalga oshirilgan
to‗ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, shu jumladan, O‗zbekiston xalqlari tarixida salkam
75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Natijada chor
mustamlakachilik
imperiyasi
o‗rnini «qizil imperiya» egalladi. Yangi
mustamlakachilik zulmi ostida yashagan o‗lka xalqlar bolsheviklar «sotsialistik
tajribasi»ning barcha mash‘um mushkulotlarni boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi
shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosi tarixiy jarayonning o‗ta murakkab va
ziddiyatli kechishi ko‗plab qurbonlar berilishiga, madaniy va ma‘naviy
yo‗qotishlarga olib keldi.
O‗zbekiston davlat mustaqilligini qo‗lga kiritishi bilan tarixiy haqiqatni
tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan.
Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «oq dog‗lar»ni milliy mustaqillik mafkurasi
asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. Bunga bosh mezon sifatida
tarixiy dalil va voqealarga, butun tarixiy jarayonga respublka" va uning xalqi
manfaatlarini hisobga olgan holda prinsipial baho berish asos qilib olindi. Aynan
shunday yondashuvlarning asosiy prinsiplari Uzbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov asarlarida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil dekabrdagi
«Uzbekistonning yangi tarixini yaratish» « 1998 yil iyuldagi «O‗zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish
to‗g‗risida»gi qarorlarida bayon etilgan bo‗lib, ushbu ilmiy-ommabop kitobning
mualliflar jamoasi ham shu asosda sovet davri O‗zbekiston tarixini, sovet
davlatchiligining mustabidchilik mohiyatini xolisona yoritishga harakat qildi.
367
O‗zbekistonning Mustaqillikka erishuvi tarix fani vazifalari va mohiyati tubdan
o‗zgartirdi.
Bunga binoan tarixshunoslik va tarixshunoslar ham yangi jamiyat talablari
va mezonlari asosida o‗z oldida turgan vazifalarni qayta ko‗rish chiqib, bu jamiyat
tafakkuriga mos keladigan tadqiqotchilik faoliyati shakllantirishga kirishdilar va
o‗tgan yillar davomida ma‘lum natijalarga erishdilar. Mustaqillik yillarida
tarixshunoslik sohasi dinamik ravishda, ma‘lum darajada maqsadli rivojlanib
bordi. Bu kontekstda muammo tarixshunosligi holati va xususiyatlari haqida fikr
yuritar ekanmiz, unig rivojidagi asosiy tendensiyalardan biri ushbu yo‗nalishdagi
tarixshunoslar va ilmiy maktabning shakllanishi bo‗ldi. Bu ilmiy maktabning
yangiligi shunda bo‗ldiki, tadqiqotchi o‗zini qiziqtirayotgan mavzuga oid
tarixshunoslik manbalarini o‗rganish bilan cheklanmay, tadqiq qilinayotgan mavzu
ramkasida "tarixshunoslik jarayoni" tushunchasini tashkil qiladigan masalalar
doirasida ham ko‗rib chiqishni qamrab oldi. Tarixshunoslar bu tushunchaga "ilmiy
tadqiqotlarni tashkil etilishini", konkret tarixiy muammo oid nazari tasavvurlar
tahlilini mujassamlashtirib, manbaviy asosidagi, tarixiy tadqiqot usullaridagi
o‗zgarishlarni, tarixiy profildagi ilmiy muassasalar faoliyati xususiyatlarini, tarix
fani rivojining har bir bosqichida kadrlar salohiyatini shakllanishi ko‗rsatishga
urindilar.
Muammo tarixshunosligi tadqiqotlari rivojidagi ikkinchi tendensyal
tarixshunoslik manbalari janrining yiriklashuvi bo‗ldi: ilmiy anjumanlardagi
materiallari, jurnal maqolalari bilan bir qatorda individual monografiyalar chop
etildi, alohida muammolar bo‗yicha doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi
o‗tkazilgan yirik ilmiy anjumanlar tarix fani rivoji kontekstida tarixshunoslik
rivoji muammolariga ham e‘tibor qaratdi. FA Tarix instituti o‗tkazilib kelayotgan
an‘naviy tarixshunoslik o‗qishlari muammo tarixshunosli holati, mavzular
doirasini belgilash, istiqbolda o‗rganiladigan dolzarb muammolarni aniqlashda
muhim rol o‗ynab kelmoqda.
Mustaqillik yillarida muammoviy tarixshunoslik sohasida amalga oshirilgan
ishlarni tahlil qilishga o‗tar ekanmiz, shuni ta‘kidlash zarurki, 1990 yillarning
boshlaridagi muammo tarixshunosligiga doir ishlar xususiyati shundan iborat
bo‗ldiki, ular sovet davrida tadqiq qilinib, shu davrda yaratilgan adabiyotla,) sovet
tarix fani g‗oyalari asosida tahlil qilingan.
Bu yillarda tadqiqotlar mavzusining yangilanishi ancha sekinlik bilan
amalga oshdi. Tarixshunoslik tadqiqotlari mavzularining yangilanishiga ularni,
sifat jihatidan o‗zgarishiga tarix tadqiqotlaridagi yangilanish jarayoni turtki bo‗ldi.
Muammo tarixshunosligi rivojidagi Vatan tarixining dolzarb muammolarini qayta
mushohada etishda yangicha yondoshuvlarga asoslangan tadqiqotlar 1990
yillarning o‗rtalaridan boshlab ayniqsa vujudga kela boshlaganligini kuzatish
368
mumkin. Vatan tarixining dolzarb muammolarini o‗rganishda yangicha
yondoshuvlarning ommalashuvida 1994 yilda tayyorlangan maqolalar to‗plami
FA Tarix instituti tarixshunoslik bo‗limida tayyorlangan "XX asrning dastlabki
o‗ttiz yilligida O‗zbekistonda tarix fani (Tarixshunoslik ocherklari)" ni alohida
ko‗rsatib o‗tmoqchimiz. Mazkur tarixshunoslik ocherklarida mustaqillik davri
ilgari surgan, sifat jihatidan yangi vazifalardan kelib chiqib, XX asrning dastlabki
30 yilligida O‗zbekiston tarixi fani rivojini asosiy bosqichlari har tomonlama
izchillik bilan yoritildi. Ushbu asarning ijobiy momenti sifatida ilmiy o‗rganish
ob‘ektiga kirgan muammo va masalalarni nihoyatda chuqur va jiddiy, yangi
nazariy-metodologik yondoshuvlar asosida o‗rganilganligini ta‘kidlash zarur.
O‗zbekistonda amalga oshirilgan tarixshunoslik tadqiqotlarini xarakterlashga
o‗tar ekanmiz, shuni alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yillari ilmiy
tarixshunosligida O‗zbekistonning alohida hududlar tarixshunosligi masalalari
tadqiq qilindi. Xususan, Qoraqalpog‗iston, Buxoro, Xiva tarixshunosligiga oid
ishlar chop etildi. Shuni ta‘kidlash zarurki, tadqiqotlarda O‗zbekiston tarixining
umumiy va regional jihatlari turli muammoviy mavzuviy va xronologik resurslari
vatan adabiyotlari doirasisd tahlil qilish bilan chegaralanmaydi. Ishga yuqori
mutaxassislik mahorati darajasida chet el tarixshunoslik manbalari jalb qilinadi.
Bunday yondoshuv o‗z navbatida tahsinga sazovorki, bu orqali vatan tarixining u
yoki bu muammosl tarixshunosligining yaxlit manzarasi yaratiladi.
1991 yillargacha sovet tarixshunosligida ilgari o‗rganilmagan prinsipial
yangi mavzu paydo bo‗ldi. Gap tarixiy sivilizatsion kommunikatsiyalar muammosi
avvalambor Buyuk ipak yo‗li haqida ketyapti. Bugungi kunda ushbu mavzu
O‗zbekistot Respublikasi geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlari nuqtai-nazaridan
uning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga asosli ravishda intilayotganligi
dunyoning turli davlatlari bilan (asosan iqtisodiy va transport kommunikatsiyalar
sohasida) har tomonlama munosabat o‗rnatishida yetakchi mavzu bo‗lib qolmoqda
' So‗nggi yillardagi «istoriografik mahsulotlar» ijtimoiy-siyosiy mavzular
yetarlicha intensiv tadqiq qilish bilan xarakterlanadi. Ular mustaqillikning o‗n
yillarida qizg‗in bahs-munozaralarga sabab bo‗lgan O‗rta Osiyoning Rossiya
tomonidan bosib olinishi va uning oqibatlari, milliy-ozodlik kurashlari,
«bosmachilik harakati», milliy va diniy siyosatning amalga oshirilishi, xotin-.-
qizlar muammosi.
Jadidchilik tarixshunosligi masalasi tahlil qilishda original yondashuvni
qo‗llayotgan Uzbekiston tarixshunosligi maktabida bir muammo doirasiga
birlashgan ilmiy hamjamiyat xususiyatlarini namoyon qilmoqda.
Mustaqillik
yillaridagi
muammoviy
tarixshunoslikdagi
eng
katta
yutuqlaridan biri bu O‗zbekiston tarixining turli mavzularini xorijlik
tarixshunosligini yoritish bo‗ldi. Yangi avlod tarixchilarining chet tillari
369
o‗zlashtirishi, xorijiy mamlakatlarga safarga chiqish, ilmiy markazlar,
kutubxonalaridan foydalanish imkonining vujudga kelishi bilan bu sohadagi
tadqiqotlar
ayniqsa
kengaydi.
O‗zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlar
rivojlanishining asosiy tamoyillari haqida aytilgan fikrlarimizga yakun yasar
ekanmiz, tarix fani rivojida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan hozirgi zamon
tarixshunosligi oldida quyidagi dolzarb muammolar borligi qayd etish lozim
Tarixshunoslik tadqiqotlari tahlili asosiga qo‗yilgan tarixiy adabiyotlarlar
yangicha nuqtai-nazardan o‗qib, o‗rganib chiqish kerak. Bunday tadqiqotchilar
harakatlari tanqidiy ishning xolisligi va vatan tarixi tarixshunoslik muammolarini
o‗rganish umuman va xususan qanday amalga oshirilganligin baholashda
maqsadga muvofiq bo‗lar edi. Tarixshunoslik tadqiqotlari mualliflari ilmiy
tarixshunoslikning zarurligini ta‘kidlamokdalar. U fanda sodir bo‗layotgan
o‗zgarishlar sabablarini anlashga, zamonaviy tarixiy ong mohiyatini, ilgari
surilayotgan konsepsiyalarning qanday tekshirilayotganini, yangi ilmiy bilimlar
qanday qilib yangi shaklga kirishini tushunishga, tarix nafaqat bilim, balkim
amalga oshayotgan jarayonni anglash vositasi sifatida ham zarur bo‗ladimi degan
savollarga javob topishga yordam beradi. Muammo tarixshunosligi o‗zining rivoji
davomida
sifat
jihatdan
o‗zgarib,
tarixshunoslik
tadqiqot
usullarini
takomillashtirish uchun istiqbolda yaxshi imkoniyatlarga ega.
O‗zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida jadidchilik, uning
namoyandalari, umuman XX asr boshidagi siyosiy jarayonlar bilan bog‗liq
masalalarga qiziqish ortganini kuzatish mumkin. Ayniqsa, milliy davlatchiligimiz
uchun dastlabki urinish sifatida XX asr tarixi sahifalaridan o‗rin olgan Turkiston
muxtoriyati tarixi, mazkur harakatning vujudga kelishi va taraqqiyotiga xissa
qo‗shgan, unga aloqadorligi bor kishilar hayoti va faoliyatini o‗rganish masalalari
ijtimoiy fan soha vakillarida katta qiziqish uygotdi. Tadqikotchilar tomonidan
mustaqillikning dastlabki yillarida ko‗plab maqola, risola va dissertatsiyalarda
milliy demokratik davlatchiligimiz tajribasi bo‗lgan Turkiston muxtoriyati tarixiga
oid ko‗plab faktik materiallar iste‘molga kiritildi.
Muammoni ijtimoiy-adabiy jarayonlar nuqtai nazaridan yoritishda
adabiyotshunoslar
o‗zlarining
salmoqli
hissalarini
qo‗shdilar.
Adabiyotshunoslariing yurt ozodligi yo‗lida kurashgan fidoyi kishilariing hayoti va
faoliyati, ilmiy adabiy meroslariga bag‗ishlangan qator nashrlari" Turkiston
muxtoriyati tarixiga oydinlik kiritishda o‗ziga xos o‗rin tutdi.
Tarixiy jihatdan yondoshilgan tadqiqotlarning dastlabkilari esa hajmi
jihatdan katta bo‗lmagan maqola va ocherklardan iborat. Sh. Doniyorovning
muxtoriyatning bostirilishiga bag‗ishlangan maqolasini shular jumlasiga kiritish
mumkin. Maqolada muallif mazkur harakat mohiyati va ko‗lamiga to‗g‗ri baho
bergan. U Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida muhokama
370
etilgan asosiy masalalardan biri - «hukumatni Janubiy-sharqiy ittifoqqa
qo‗shilishini ham foydali bo‗lgan», deb hisoblaydi. Shu bilan bir qatorda
tadqiqotchi «Turkiston taqdiri uchun, milliy istiqlol uchun, erk va hurlik uchun
millatparvar ziyolilar kurashgan xolos», «muxtoriyatning asoschi va
yo‗lboshchilarini asosan «milliy savdo-sanoat burjuaziyasi» tashkil etgan»,
«hukumat harbiy kuchga ham ega emas edi, qisqa muddatda harbiy kuch
yig‗ishning umuman imkoni bo‗lmagan», degan bir qator noto‗g‗ri xulosalarga
ham kelgan. Mazkur kamchiliklar tadqiqotchining asosan sovet davrida yaratilgan
adabiyot va manbalardan foydalangani sababli kelib chiqqan, deb hisoblash
mumkin. Shunga qaramay, mazkur tadqiqot mustaqillik davridagi muammoni
o‗rganishda dastlabki qadamlardan biri ekanligi, keyingi tadqiqotlar yo‗lini
boshlab bergani bilan ham ahamiyatlidir.
Turkistondagi XX asr boshidagi siyosiy tashkilotlar faoliyatini xolisona
nuqtai nazarda maxsus tadqiq etgan R.M. Abdullaevning Turkistonning 1917 yil
fevralidan keyingi siyosiy jarayonlarga bag‗ishlangan maqolasida esa «milliy
harakat qatnashchilari butun Rossiya va o‗lkadagi s‘yezd, rezolyusiyalaridan
ruhlanib, kimlarnidir siyosatining ob‘ekti bo‗lib qolishni xohlamagan holda o‗zlari
kutgan orzu-istaklarini tezlik bilan amalga oshirishni istaganliklari» ta‘kidlanadi.
Sovet rejimiga qarshi harakat masalalarini yangi manbalar asosida yoritgan
Q.K. Rajabov tadqiqotida bevosita mazkur harakat namoyandalari, shu jumladan,
muxtoriyat qo‗shiniga aloqador bo‗lgan katta va kichik Ergashlar xususida ham
so‗z yuritgan. Ularning muxtoriyat hukumati davridagi faoliyati tadqiqotchi
tomonidan xorijdagi vatandoshlar asarlari hamda sovet davri xotiralari orqali
yoritib berilgan.
A.M.
Xudayqulovning
nomzodlik
dissertatsiyasida
Turkiston
taraqqiyparvarlarining ma‘rifatparvarlik faoliyati negizida xalqni faqat ma‘rifatli
qilishgina emas, shu yo‗l bilan birinchi navbatda xalqni, taraqqiyotdan orqada
qolayotgan mamlakatni qoloqliqdan, mustamlaka zulmidan xalos qilish vazifalari
mujassamlashgan edi, degan xulosaga kelingan. Shu bilan birga tadqiqotchi
muxtoriyat davrida vujudga kelgan milliy norasmiy matbuotga baho berishda sovet
davri manba va adabiyotlaridan foydalangan bo‗lsa ham taraqqiyparvarlarning
1917 yildan keyingi matbuotini nafaqat son jihatdan, balki siyosiy jihatdan ham
o‗sganligini e‘tirof etadi.
Bundan tashqari I.Y. Tursunovning O‗zbekiston maorifchilarining istiqlol
yo‗lidagi kurashi tarixiga bag‗ishlangan umumlashgan tadqiqotida milliy istiqlol
mafkurasining vujudga kelishi va uni hayotga tadbiq etilishida ishtirok etgan
ma‘rifatparvarlarning o‗rni va roli, D. Toshkulov dissertatsiyasida Turkiston
taraqqiyparvarlarining siyosiy-huquqiy g‗oyalari, siyosiy dastur va talablari tahlil
qilib berilgan. Shu o‗rinda D. Toshqulovning ba‘zi bir sovet davri
371
tadqiqotchilarining «milliy burjuaziya manfaatlarini himoya qilgan inqilobiy
millatchilik harakati» sifatida taraqqiyparvarlarga bergan baholarini noto‗g‗ri
ekanligini ko‗rsatib o‗tganligini ham ta‘kidlab o‗tish joiz. Muallifning fikricha,
taraqqiyparvarlarning «xalqni ma‘rifatli qilish, mamlakatni ilg‗or rivojlangan
davlatlar qatoriga qo‗shish uchun milliy kadrlar yetishtirish, iqtisodiyot, fan va
madaniyatni rivojlantirish, ijtimoiy, diniy va milliy kelib chiqishidan qati nazar
butun mamlakat uchun demokratik huquq va erkinliklar berish, demokratik
respublika barpo etishga qaratilgan sa‘yi harakatlari ularning faqat milliy
burjuaziya
manfaatlarini
himoya
qilmaganligidan
dalolat
beradi».
Taraqqiyparvarlarning mustaqillik uchun kurashi mohiyatiga tadqiqotchi
quyidagicha baho beradi: «jadidlarning mustaqillik uchun kurashi oxir-oqibat
butun mamlakat hududida mamlakat tabiiy zaxiralari, moddiy va ma‘naviy
boyliklariga ega bo‗lgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub‘ekti
sifatidagi a‘zoligini ta‘minlashga qaratilgan tom ma‘nodagi davlat suverenitetini
ta‘minlashga yo‗naltirilgan edi».
Umuman olganda muammoga oid 90-yillarning birinchi yarmida yaratilgan
tadqiqotlarda sovet tarix fanidagi kamchiliklar va undan chiqish yo‗llari, uslubiy
jihatdan yangi tadqiqotlar borasida ilk qadamlar qo‗yilgani, milliy davlatchilik
uchun kurash masalalariga oid ilmiy tadqiqot muammolari birmuncha kengayligi
hamda keng nashrchilik ishlari boshlangani kuzatiladi. Biroq, bu davr
tadqiqotlarida Turkiston muxtoriyatining mohiyati, yetakchi kuchlari va ularning
milliy mustaqillik borasidagi harakatlari va bu boradagi qarashlari, mazkur
harakatda turli aholi qatlamlarining ishtiroki, muxtoriyatni bostirilishi va uning
oqibatlari har tomonlama to‗liq ochib berilmagan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentiniig 1996 yil 18 sentabrdagi
«O‗zbekistonning yangi tarix markazini tashkil etish to‗g‗risida»gi farmoyishi,
hamda Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 16 dekabrdagi «O‗zbekistonning yangi
tarixini yaratish to‗g‗risida»gi qarorlari esa muammoni o‗rganishda yana bir yangi
bosqichni boshlab berdi. Tarix fanidagi bunday burilish pallasi muammoni nazariy
va uslubiy jihatdan qayta ko‗rib chiqishga, u bilan bog‗liq masalalarga doir
umumlashgan tadqiqotlar yaratilishiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi.
1996 yilning may oyidan boshlab O‗zR FA Tarix instituti qoshida tashkil
etilgan «Jadidshunoslik markazi» ilmiy guruhi «Turkiston jadidchiligi» mavzusida
fundamental tadqiqot ustida ish boshladi va shu yilning o‗zida institut tomonidan
tayyorlangan «Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan» nomli
to‗plam nashrdan chiqdi. To‗plamda D.A. Alimova, S.S. Agzamxujaev, R.N.
Shigabdinov, R.M. Abdullaev, Q.K. Rajabovlarning jadidchilik, muxtoriyatchilik
va istiqlolchilik harakatlariga doir maqolalari o‗rin oldi. Chunonchi, t.f.d. D. A.
Alimova jadidchilikning tarixiy mohiyati, siyosiy bosqichlari va intellektual
372
darajasini ko‗rsatib berdi va birinchilardan bulib taraqqiyparvarlarning milliy
davlatchilikka oid qarashlarini va harakat rahbarlarini tarixiy jarayonlardagi
ishtirokini xolis tahlil qilib berdi. R.N. Shigabdinov. Validiy hayoti va faoliyati
hamda uning muxtoriyatchilik g‗oyasini rivojlantirishga qo‗shgan hissasini
yoritishga, R.M. Abdullaev esa, 1917 yilda Turkiston o‗lkasida mavjud bo‗lgan
siyosiy partiyalar va ularning faoliyatini ochib berishga harakat qilgan.
Shu yili tadqiqotchi S.S. Agzamxujaev tomonidan Turkiston muxtoriyati
tarixiga bag‗ishlangan doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Mazkur tadqiqot
mustaqillik davrida muammoni yangi nuqtai nazar asosida tadqiq etgan dastlabki
maxsus umumlashgan tadqiqotdir. Dissertatsiyada o‗lkadagi birinchi milliy-
demokratik davlat bo‗lgan Turkiston muxtoriyati tajribasi umumlashtirilgan.
Muammoni arxiv hujjatlarini davriy matbuot nashrlari hamda respublika va chet el
adabiyotdarini qiyosiy tahlil qilinishi Turkiston muxtoriyati tarixining ko‗pgina
qirralarini, harakatning yetakchi kuchlari hamda qatnashchilari faoliyatining
muhim jihatlarini tiklash imkonini bergan.
Tadqiqotda Turkistonda muxtoriyatchilik g‗oyasining vujudga kelishi,
rivojlanishi, bu jarayonda o‗lkadagi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va taraqqiyparvar
kuchlarning ishtiroki uch bosqichda ochib berilgan:
1.Muxtoriyatchilik g‗oyasining yuzaga kelishiga ta‘sir ko‗rsatgan ijtimoiy-
siyosiy, tarixiy shart-sharoit va taraqqiyparvarlarda muxtoriyatchilik g‗oyasining
vujudga kelishi.
2. Muxtoriyat uchun amaliy tayyorgarlik davri.
3.Milliy davlatchilikni tiklash uchun kurash: Turkiton muxtoriyatining
vujudga keltirilishi va bolsheviklar tomonidan tor-mor etilishi.
Birinchi va ikkinchi bosqichda ko‗rsatilgan masalalar, ya‘ni 1917 yil fevral
inqilobidan keyin o‗lkada boshlangan siyosiy jarayonlar, milliy-siyosiy tashkilotlar
faoliyati, ularning dasturi, o‗zaro munosabati, - imkoniyatlari va kamchiliklari,
muxtoriyatchilik g‗oyasi paydo bo‗lish sabablari, o‗lkadagi turli siyosiy kuchlar va
ijtimoiy toifalarning unga nisbatan munosabatlari mualif tomonidan ayniqsa, keng
va atroflicha tahlil qilib berilgan. Shuningdek, muxtoriyatning tuzilishi, mahalliy
aholi tomonidan xayrixohlik bilan qo‗llab-quvvatlanishi, harakat yetakchi
kuchlarining tadbirlari hamda muxtoriyat hukumatini bolsheviklar tomonidan
bostirilishi aniq tarixiy dalillar bilan ko‗rsatib o‗tilgan hamda quyidagi xulosalar
chiqarilgan:
- Turkiston sovetlarining III o‗lka s‘ezdida qabul qilingan qarorlarda
yevropalik jamoalar, asosan bolsheviklarning shovinistik kayfiyatlari aks etgan.
- Turkiston muxtoriyatining Qo‗qon shahrida vujudga kelishi Toshkent
ijroqo‗mitasi va Sovnarko‗mining hatti harakatlariga javob tariqasida yuzaga
kelgan.
373
- O‗lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida turli millat
vakillarining ishtirok etishi hamda unda qabul qilingan qarorlarda Turkistonda
yashayotgan barcha aholi manfaatlari inobatga olinganligi uchun haqiqiy
baynalminalchilik tamoyilini o‗zida mujassamlashtirgan.
- Mazkur harakat mustamlaka zulmini tugatish uchun maydonga chiqqan,
demokratiya tamoyillariga tayanuvchi va o‗lka tub aholisining tarixiy ehtiyojlarini
hisobga olgan, Rossiya davlati doirasida suveren milliy davlat barpo etish
maqsadini o‗zida mujassamlashtirgan harakat edi,
- Turkiston muxtoriyati o‗lka aholisining turli ijtimoiy qatlamlari tomonidan
qo‗llab-quvvatlangan hamda tub aholining ommaviy harakatini ifoda etgan.
Muxtoriyatchilar va ulamo o‗rtasidagi kelishmovchiliklar muayyan darajada
muxtoriyatning keyingi taqdiriga ta‘sir ko‗rsatgan.
Muxtoriyatchilik harakatining mohiyati, muxtoriyat hukumati faoliyati
davridagi o‗lkada hukm surgan tarixiy vaziyat hamda muxtoriyatchi va
bolsheviklar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarga (oid qarashlari tadqiqotchining
bundan keyingi tadqiqotlarida ham aks ettirilgan.
Turkiston muxtoriyati masalalari X. Uzoqov, B. Do‗stqoraevlar ishlarida
ham uchraydi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yilning 26 iyunidagi tarixchi
olimlar va ijodiy ziyolilar vakillari bilan uchrashuvi ham muammoni o‗rganishga
ta‘sir ko‗rsatgan omillardan biri bo‗ldi. Mazkur uchrashuv natijasida respublikada
tarix fanini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan hujjat - O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulida qabul qilingan
«O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini
takomillashtirish to‗g‗risida»gi qarori qabul qilinib, unda tarix fanining nazariy,
ilmiy va konseptual yo‗nalishlari belgilab berildi. Qarorga muvofiq «o‗zbek xalqi
va uning davlatchiligi tarixi bo‗yicha tadqiqotlarni rivojlantirish konsepsiyasini
ishlab chiqish belgilandi. Tayyorlangan konsepsiyada o‗zbek davlatchiligining
muhim bosqichi bo‗lgan jadidchilik, Turkistonda ozodlik va mustaqillik uchun
kurash, Turkiston muxtoriyati va uning tugatilishi sabablarini o‗rganish alohida
belgilab qo‗yildi.
1998 yilning 9 oktabrida esa O‗zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat
qurilishi akademiyasi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi,
Konrad Adenauer nomli mintaqaviy fondi hamkorligida xalqaro anjuman
o‗tkazilib, unda ishtirok etgan olimlar jadidchilik va uning namoyandalari,
Turkistonda mustaqillik uchun kurashlar tarixi bilan bog‗liq masalalar xususida
fikr almashdilar. Anjumanda t.f.d. D.A. Alimova tomonidan qilingan ma‘ruzada bu
harakat «XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkiston jamiyatining siyosiy kuchlar
silsilasida zid progressiv yo‗nalishni ifoda etgan jahon ijtimoiy va milliy
374
qadriyatlariga asoslangan, tub aholi manfaatlariga javob bergan va ijtimoiy
taraqqiyotning pishib yetilgan ehtiyojlarini to‗la qondira oladigan harakat» deya
baholandi. Olima «Jadidchilik ma‘rifatparvarlikdan siyosiy harakatgacha bo‗lgan
murakkab rivojlanish yo‗lini bosib o‗tdi», - deb ta‘kidlab, uni ikki bosqichda tahlil
etdi: 1. XX asr boshida harakatning ma‘rifatparvarlik yo‗nalishi. 2. 1915-1917
yillar - siyosiy, tashkiliy va miqdor jihatdan o‗sish davri 3. Keyingi bosqich jahon
urushi, fevral inqilobi ta‘sirida rivojlandi va taraqqiyparvarlarning mustaqillik
g‗oya va hayollarini yuzaga kelishini jadallashtirdi» . Tadqiqotchining keyingi
tadqiqotlarida ham taraqqiyparvarlarning davlatchilik masalasiga qarashlari
birinchi davrdanoq shakllana boshlaganligi va ikkinchi davrda aniq bir shaklga
kelganligi e‘tirof etilgan.
XX asr oxiri - XXI asr boshlariga qadar O‗zbekiston tarixining XX asrning
dastlabki, ayniqsa milliy davlatchilik uchun kurash jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy
va iqtisodiy asoslariga oid tarixiy mavzularda ko‗plab maqola, risola, ilmiy
to‗plam, monografiya va dissertatsiya ko‗rinishidagi tadqiqotlar yaratildi. Ularda
Turkiston Muxtoriyati tarixi bilan bogliq bir qancha fakt va xulosalar iste‘molga
kiritildi, yangicha yondashuvlar umumlashtirildi. Va shu asosda muammo
yuzasidan yangi konsepsiya yaratildi.
Chunonchi, D.A. Alimova risolasida Turkiston xalqining muxtoriyatni
qo‗llab-quvvatlaganligi va uni sovetlar tomonidan ag‗darib tashlashanligi
masalalariga atroflicha to‗xtalib, sovet hokimiyati muxtoriyati (TASSR) bilan
milliy Turkiston muxtoriyati o‗rtasidagi farqlarni hujjatlar asosida ko‗rsatib
berilgan bo‗lsa, «Turkestan v nachale XX veka: istoki natsionalnoy nezavisimosti»
nomli monografiyada tarixchi olimlardan R.Ya. Radjapova, R.M. Abdullaev, S.S.
A‘zamxo‗jaev, R.A. Nurullin, M. Xasanovlar 1917 yil fevralidan oktabrigacha
bo‗lgan davr tarixi, muxtoriyat uchun qilingan harakatlar, Turkiston
Muxtoriyatining tuzilishi, uning faoliyati, bostirilishi bilan bog‗liq bir qancha
masalalarga to‗xtalib o‗tganlar.
M. Xaydarov tadqiqotida esa mazkur harakat millatlarning o‗z taqdirini o‗zi
belgilash masalasini demokratik yo‗l bilan hal etishga bel bog‗lagan xalq irodasi
va ilg‗or ziyolilarning ko‗tarinki xatti-harakati zaminida vujudga kelganligi
ta‘kidlanadi. Tadqiqotchi R.M. Abdullaev maqolasida hozirga qadar yetarlicha
o‗rganilmagan Turkiston Muxtoriyati milliy qo‗shini bilan bog‗liq bir necha
yangicha qarashlar ilgari surilgan. Maqolada Turkistonda milliy qo‗shin tashkil
etish bilan bog‗liq tadbirlarga muxtoriyat tashkil etilgandan ancha ilgariroq
kirishilganligini, Turkiston aholisining muxtoriyat va uning milliy qo‗shiniga
munosabati xususida ham fikr yuritilgan. Muallifninpyozishicha, «muxtoriyat
e‘lon qilingan dastlabki kunlardanoq Turkistonning ko‗pgina aholi punktlarida
xalq militsiyasi va qo‗shiniga yozila boshlagan». «Harbiy tayyorgarligi bor va
375
muxtoriyat hukumatiga sodiq kishilar esa instruktor vazifasiga taklif etilgan».
Biroq, tadqiqotchining fikriga ko‗ra, «moddiy va moliyaviy yetishmovchilik,
tajribali va malakali harbiy kishilarning yetishmasligi muxtor hukumat tomonidan
qabul qilingan qarorlarni jadal va samarali bajarishga imkon bermagan».
Tadqiqotchi D.X. Ziyaeva esa bu davrda qizil armiya Turkistonda
talonchilik va zo‗ravonlik siyosatini qo‗llagani bois mahalliy aholi o‗rtasida qizil
armiyaga nisbatan norozilik kayfiyatlari kelib chiqqanligini hujjatlar asosida
ko‗rsatib o‗tgan.
Shuningdek, bu davrda Turkiston Muxtoriyati harakatining alohida
namoyandalari hayoti va faoliyatiga doir umumlashgan tadqiqotlar ham yaratildi.
Umuman, Turkiston Muxtoriyati tarixi masalalariga oid mustaqillik davri
tadqiqotlari tahlili natijalaridan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, tarix fanida
bugunga kelib tadqiqotchilar Turkiston muxtoriyati xalqining asriy orzu-niyatlari
zaminida vujudga kelgan harakat, tashkilotchilari esa o‗z vatanini rivojlangan,
mustaqil davlatlar qatoriga olib chiqishga intilgan, o‗z davrining ilg‗or
taraqqiyparvar kishilari ekanligi, ularning maqsadi Turkistonni Rossiyadan ajratish
emas, balki butun o‗lka aholisiga demokratik huqo‗q va erkinliklar berilgan
dastlabki mustaqil demokratik davlatni vujudga keltirish bo‗lgan, degan yagona bir
to‗xtamga keldilar.
Muammoni o‗rganishda qo‗lga kiritilgan yutuqlarni e‘tirof etish bilan birga
yana muammoning tadqiq etilishi lozim bo‗lgan ba‘zi bir masalalar borligini aytib
o‗tish o‗rinli. Ular qatoriga o‗rganilayotgan davrdagi yirik sarmoyadorlar,
o‗lkadagi yevropalik (ayniqsa, so‗l eser, kadetlar partiyasi vakillari) va tub yerlik
bo‗lmagan (polyaklar, yahudiylar, eronliklar va b.) aholi qatlamlari va ularning
muxtoriyat harakatlaridagi ishtiroki masalasini, muxtor hukumatning Xiva xonligi
Buxoro amirligi, «Janubi-sharqiy ittifoq»i, Boshqird, Ukraina, Alash-O‗rda
hukumatlari bilan bo‗lgan aloqalarini, shuningdek, muxtoriyat qo‗shini va
Turkiston muxtoriyati barcha rahbar va qatnashchilarining hayoti va faoliyati,
muxtoriyat tugatilgandan keyingi taqdiri masalalarini kiritish mumkin.
Shuningdek, Turkiston Muxtoriyati muammolarining xorijiy tarixshunosligini ham
tadqiq etilishi lozim bo‗lgan mavzular doirasiga kiritish mumkin. Turkiston
Muxtoriyati tarixining bunday kemtik tomonlari kelgusidagi tadqiqotlar orqali
to‗ldirilsa, Turkiston Muxtoriyati tarixini to‗laqonli yaratilishiga ma‘lum ma‘noda
hissa qo‗shishi shubhasiz.
XX asrning 90-yillaridan O‗zbskiston xalq xo‗jaligida agrar masalani hal
etish zarurati paydo bo‗ldi. Uzoq davr hukmron bo‗lgan yerga ijtimoiy mulkchilik
shakli, eskirib qolgan xo‗jalik yuritish usullari qishloq xo‗jaligida inqirozni yuzaga
keltirgan edi. O‗zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat tub agrar islohotlarni talab
etardi.
376
O‗zbekiston Mustaqil Respublika sifatida tan olingandan so‗ng qishloq
xo‗jaligidagi umumiy ahvol boshqaruvda ma‘muriy buyruqbozlik tizimi,
mulkchilik va xo‗jalik yuritish shakllarida jamoa va davlat mulki, qa‘tiy
belgilangan davlat buyurtmasi, davlat ta‘minoti, narxi davlat tomonidan
boshqarilishi kabi holatlarga barham berila boshlandi.
O‗z davrida O‗zbekiston Prezidenti I.A. Karimov «qishloq xo‗jaligi sohasi,
uning tarmoqlarini yangi ish uslubiga o‗tkazayotgan islohotning asosiy maqsadi -
avvalambor, dehqonlarimizning ishdan manfaatdorligini tubdan o‗zgartirishdir, o‗z
mehnatining hosili, pirovard natijasini birinchi navbatda o‗zlariga qaytarishdir,
ularning turmush darajasini, saviyasini ko‗tarishdir», - deb ta‘kidlab o‗tgan edi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, mustaqillikning dastlabki yillaridai boshlab qishloq
xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish orqali turli mulkchilik va xo‗jalik
yuritish shakllarini teng sharoitda faoliyat ko‗rsatishining huquqiy, iqtisodiy va
tashkiliy asoslarini yaratish hamda ular faoliyatini bir maqsadga yo‗naltirishga
alohida e‘tibor berila boshlapdi. Natijada tarmoqda boshqaruv, mulkchilik va
xo‗jalik yuritish shakllari, ekinlar tizimi, ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlar
tubdan o‗zgardi. Sobiq davlat va jamoa xo‗jaliklari o‗rnida xususiy mulkchilikka
asoslangan nodavlat xo‗jalik yuritish shakllari vujudga keldi. Turli xo‗jalik yuritish
shakllari orasida shirkat, fermer va dehqon xo‗jaliklar istiqbolli deb topilib, ularni
o‗zaro raqobat va teng huquqli faoliyat yuritishining huquqiy asoslari
shakllantirildi. Ushbu xo‗jalik yuritish sub‘ektlari orasidan fermer xo‗jaliklari bir
qator afzalliklarga ega bo‗lganligi uchun uni rivojlantirishga alohida e‘tibor
qaratildi.
Respublika parlamenti qishloq xo‗jaligida tub burilishlarning huquqiy
asoslari yaratgan qator qonunlarni qabul qildi. Jumladan, «Yer to‗g‗risida»
(«1990.20.6), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‗g‗risida»
[1991.19.11], «Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida» (1992.3.70, «Xo‗jalik jamiyatlari va
shirkatlari to‗grisida» (1992.9.12). «Yer soligi to‗grisida» (1993.6.5), «Suv va
suvdan foydalanish to‗grisida» (1993.6.5) va boshqa qonunlar hamda hukumat
qarorlari qishloq xo‗jaligida ko‗p ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo‗l
ochdi. 1992 yildan birinchi navbatda paxta yakkahokimligini bartaraf etish va ekin
maydonlari tarkibini ilmiy asosda tuzish tadbirlari ko‗rildi.
O‗zbekiston qishloq xo‗jaligida ko‗p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishga
asosiy e‘tibor qaratildi. Jumladan, shu yillari O‗zbekiston Respublikasining Yer
Kodeksi tasdiqlandi,
«Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida», «Fermer
xo‗jaligi to‗g‗risida», «Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida», «Davlat Yer kadastri
to‗g‗risida»gi qonunlari qabul qilindi. 1998 yil 18 martda esa Respublika
377
Prezidentining «1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo‗jaligidagi iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to‗g‗risida» farmoni e‘lon qilindi.
O‗zbekistonda dastlabki fermer xo‗jaliklari O‗zbekiston Respublikasining
1992 yil 3 iyulda qabul qiliigan «Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida» qonuniga muvofiq,
dehqon xo‗jaligi shaklida tashkil etildi. Dastlab yirik qishloq xo‗jaligi korxonalari
[kolxozlar) ichki fermer xo‗jaliklari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi fermer
xo‗jaligi faoliyat ko‗rsatdi. 90-yillarning oxirlaridan boshlab esa fermer
xo‗jaliklarini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar
O‗zbekistan Respublikasining «Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida» qonuni [1998 yil 30
aprel; yangi tahrirda 2004 yil 26 avgust) bilan tartibga solidi. Ma‘lumki, fermer
xo‗jaligining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va faoliyat ko‗rsatish tartibi turli
mamlakatlarda turlicha bo‗lib, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish munosabat-
larining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan
foydalanish sharoitlari, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini industrlash va
ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shu kabi omillar bilan belgilanadi.
Fermer xo‗jaligida asosan, fermer oila a‘zolari, qarindosh-urug‘lari va mavsumda
yollanma ishchilar mehnat qiladi.
O‗tgan davr ichida fermer xo‗jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan aniq
chora-tadbirlarni qabul qilinishi natijasida ularning soni, yer maydoni, qishloq
xo‗jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi ko‗payib bordi. Agarda 1990 yilda fermer
xo‗jaliklarining soni 6977 tani tashkil qilgan bo‗lsa, 1995 yilga kelib, 19746 tani (3
barobarga ko‗payish), keyingi yillarda esa har yili o‗rtacha 10,0 ming xo‗jalikdan
ko‗payib, 2004 yil boshiga kelib, 87,5 mingtadan oshiq fermer xo‗jaliklari faoliyat
ko‗rsatgan edi.
Fermer xo‗jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qabul qilingan
«2004-2006 yillarda fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‗ra
asosan past rentabelli va zarar ko‗rib ishlayotgan shirkat xo‗jaliklarini fermer
xo‗jaliklariga aylantirish tadbirlari hamda bozor infratuzilma sub‘ektlari
faoliyatlarini rivojlantirish orqali tarmoq iqtisodiyotini barqaror o‗sishini
ta‘minlash, qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir
ko‗pgina tadbirlar amalga oshirildi. Masalan, 2005-2008 yillarda fermer
xo‗jaliklari soni yildan-yilga oshib borganligi statistik ma‘lumotlarda kuzatiladi.
2005 yilda fermer xo‗jaliklarining soni 125,7 ming, 2006 yilda 189,2 ming, 2007
yilda 217,1 ming, 2008 yilda esa 218,6 miigpi tashkil etdi. Har bir fermer
xo‗jaligiga shu yillar oralig‗ida o‗rtacha 26 ga dan 30 ga gacha yer to‗g‗ri kelgan
edi. Respublika bo‗yicha fermerlarga ajratilgan yer maydoni 2005 yildan 2008
yillar oralig‗ida 3775,3 ming ga dan 2008 yilda 5896,8 mipg ga cha o‗sib bordi.
Shunipgdek, qishloq xo‗jaligida dehqon xo‗jaliklarining ham nufuzi ortib bordi.
378
2005 yilda 4544,4 ming dehqon xo‗jaligi bo‗lgan bo‗lsa, 2008 yilda esa ular 4703,
mingtani tashkil etdi.
2004 yilga kelib yalpi qishloq xo‗jalik maxsulotida fermer xo‗jaliklar ulushi
14,1 % ni tashkil qilib, ularning mavqei mustahkamlanib bordi. Masalan, birgina
paxta yetishtirish bo‗yicha fermerlarning ulushi barcha qishloq xo‗jalik
tarmoqlariga nisbatan 2005 yilda 66,3% bo‗lgan bo‗lsa, 2008 yilda 99,1% ni
tashkil etdi.
Albatta shirkat xo‗jaliklarinipg fermer xo‗jaliklariga aylantirilishi qishloq
xo‗jaligidagi barcha muammolar birdaniga va o‗z-o‗zidan hal bo‗lib qolmas edi.
Respublikamiz hududlarining tabiiy iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi va boshqa
unsurlarni hisobga olgan holda fermer xo‗jaliklarida qishloq xo‗jaligi ekinlarini
joylashtirish na ixtisoslashtirish, davlat na nodavlat tashkilotlar bilan o‗zaro
shartnomaviy iqtisodiy munosabatlarni o‗rnatish, fermer xo‗jaliklarida o‗z-o‗zini
boshqarish, turli mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklarining
maqbul hajmlarini ishlab chiqish, fermer xo‗jaliklarini sifatli va ekologik toza
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishga bo‗lgan moddiy
manfaatdorliklarini
oshirishga
qaratilgan
moliya-kredit
tizimini
yanada
takomillashtirish, fermer xo‗jaliklarida yetishtirilayotgan mahsulotlarni joyida
qayta ishlash va sotishni tashkil qilish hisobiga yalpi daromadni ko‗paytirish
hamda qishloq hududlarida yangi ish joylarini ochish, fermer xo‗jaliklari
rahbarlarining iqtisodiy, huquqiy va siyosiy bilim saviyalarini oshirish natijasida
xo‗jaliklarni barqaror rivojlanishini ta‘minlash kabi muammolarning tashkiliy,
iqtisodiy, huquqiy asoslarini pazariy va amaliy jihatdai takomillashtirish zarur edi.
1990-2005 yillar ichida qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishga yo‗naltirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish natijasida
qishloq xo‗jaligida mulki davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
tugatildi. 1991 yil 29 dekabrda Respublika Prezidentining «Dehqon (fermer)
xo‗jaliklarini yanada musahkamlash va respublikada ishbilarmonlik faoliyatini
davlat yo‗li bilan qo‗llab-quvvaltlash to‗grisida»gi farmoni va ushbu farmonga
muvofiq 1991 yil 30 dekabrda Vazirlar Mahkamasining №315-sonli
«Respublikada dehqon (fermer) xo‗jaliklarini yanada rivojlantirish va
mustahkamlash choralari haqida»gi qarori bu jarayonlarning asosiy debochasi
bo‗lib xizmat qildi. «Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida»gi qonun asosida shaxsiy
tomorqa xo‗jaliklariga dehqon xo‗jaligi maqomi berilib, ular yuridik shaxs sifatida
faoliyat ko‗rsatish imkoniyatiga ega bo‗lishi, yetishtirilayotgan mahsulotlarni
tashqi bozorga eksport qilishni ragbatlantirilishi qishloqdagi mulkdorlarning
manfaatlariga aynan mos kelgan edi. Shaxsiy tomorqalarni ko‗paytirishning
afzallik tomoni shundan iborat bo‗ldiki, bu tadbir qishloq xo‗jaligi mahsulotlari,
ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari mikdorini oshirishga imkon berardi.
379
Respublika Oliy Majlisi tomonidan «Qishloq xo‗jalik kooperativi (shirkat
xo‗jaligi) to‗g‗risida» qonun qabul qilinishi doimiy ishlayotgan mehnatkashlar
shirkat xo‗jaligi mulkidan o‗zlariga tegishli bo‗lgan mulkiy va yer pay (paychilik)
lariga ega bo‗lishlariga yerga, mulkga va yetishtirilayotgan hosilga bo‗lgan egalik
hissini tiklash hamda qishlokda mulkdorlar tabaqasini shakllatirishda muhim
ahamiyatga ega bo‗ldi.
«Fermer xo‗jaligi» to‗g‗risidagi qonunni qabul qilinishi natijasida tadbirkor
va qobiliyatli dehqonlarga yer maydoni 50 yilgacha, ammo 30 yildan kam
bo‗lmagan muddatga biriktirilib, fermer xo‗jaliklari boshqa xo‗jalik sub‘ektlari
bilan teng sharoitda faoliyat ko‗rsatish erkinligi berilishi qishloqda mulkdorlar
tabaqasining shakllanishini yanada rag‗batlantirdi.
Qishloq mulkdorlari manfaatlarini qo‗llab-quvvatlash uchun qishloq xo‗jalik
korxonalarida mahsulot yetishtirishda belgi-langan davlat buyurtmalari bosqichma-
bosqich bekor qilinishi, faqatgina boshoqli don ekinlariga 50% va paxta xom
ashyosiga 30% mikdorida davlat ehtiyoji uchun xarid qilish rejasi belgilanishi
xususiy mulkning rivojlanishiga keng darajada turtki bergan edi.
Shirkat va fermer xo‗jaliklarida mexaiizatsiya va agrotex-nika tadbirlarini
o‗z vaqtida o‗tkazish hamda ularga turli agroservis xizmatlarini ko‗rsatishni
kengaytirish maqsadida qishloq tumanlarida Mashina traktor parklari muqobil
MTP lar tashkil qilinishi ham tomorqa, dehqon va fermer xo‗jaliklarini moddiy-
texnik jihatdan qo‗llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga zga bo‗ldi.
Paxta maydonlarining qisqarishi evaziga aholiga shaxsiy foydalapish uchup
550 ming gektarga yaqip uiumdor yer ajratildi. Natijada 1989 yilga nisbatap 2000
yilga kelib, respublika bo‗yicha tomorqa uchastkalarining o‗rtacha mikdori 2
barobar oshdi. Dehqon xo‗jaliklari qaramog‗idagi yerlarning ulushi respublika
jami sugoriladigan yerlarda 5,2 % dan 15% gacha o‗sdi. 2003 yilda dehqon
xo‗jaliklari tomonidan kartoshkaning 90%, mevalarning 70,3 %, go‗shtning
93,7%, sutning 95,9 %, tuxumning 53,5 %, junning 76,2 ishlab chiqarildi. 2005
yilda dehqon xo‗jaliklarining soni 4544,4 ming bo‗lgan bo‗lsa, 2008 yilda 4703,0
mingni tashkil etgan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktabrda «Fermer
xo‗jaliklarini 2004-2006 yillarda rivojlantirish konsepsiyasi to‗g‗risida»gi farmoni
va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 30 oktabrda «2004-2006 yillarda fermer
xo‗jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi qarori istiqbolda qishloq xo‗jaligi maxsulotlarini yetishtirishda
asosiy sub‘ekt hisoblanadigan fermer xo‗jaliklarini ustuvor rivojlantirishni
ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega bo‗ldi.
Umuman, bu davrda O‗zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar davomida
fermer va dehqon xo‗jaliklari xususiy tadbirkorlikning shakllari bo‗lib, mohiyati
380
jihatidan bir-biridan keskin farq qilmadilar. Ular o‗rtasidagi barcha tafovutlar
ularga biriktirilgan yer uchastkalarining hajmiga bog‗liq bo‗ldi. Dehqon
xo‗jaliklariga beriladigan yer uchastkalarini yuqori darajasi belgilanadigan bo‗lsa
fermer xo‗jaliklariga aksincha, ularning quyi darajasi cheklandi. Natijada fermer
xo‗jaliklarining rivojlaiishi uchun amaldagi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar asosida
keng yo‗l ochib berildi. Islohotlarning dastlabki natijalari va erishilgan yutuqlardan
shunday xulosa qilish mumkinki, bu davrda O‗zbekiston qishloq xo‗jaligida
fermerlik harakatining va shu asosda qishloq xo‗jaligining yanada rivojlanishi
uchun huquqiy, moddiy va ma‘naviy asos yaratilgan edi.
Mustaqillik yillarida Buxoro amirligi tarixini o‗rganishda yangicha
yondashuvlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borildi va bir qator tarixiy asarlar nashr
qilindi. Buxoro amirligi tarixiga oid tadqiqotlar asosini XIX - XX asr boshlarida
Buxoro amirligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, savdo-sotiq,
markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini o‗rganish tashkil etdi.
A.R. Muhammadjonov tahriri ostida nashr etilgan «Naselenniy punkt
Buxarskogo emirata» nomli kitobda birinchi marotaba O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy davlat arxivining Buxoro amiri qo‗shbegi devonxonasi jamg‗armasi
hujjatlari asosida Buxoro amirligidagi geografik joy nomlari ro‗yxati o‗rganilib,
uning o‗ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Ushbu kitobda Buxoro amirligining
ma‘muriy-hududiy tuzilishi to‗g‗risida muhim geografik, tarixiy, etnografik va
lingvistik ma‘lumotlar jamlangan. Bu asar Buxoro amirligida mavjud bo‗lgan 10
mingdan ziyod ma‘muriy-hududiy tuzilmalar, viloyat, tuman, bekliklar,
amlokliklar va qishloqlarning nomlari ham keltirib o‗tilganligi bilan ahamiyatli.
R.
Xoliqovaning
«Rossiya-Buxoro:
tarix
chorrahasida»
nomli
monografiyasida Buxoro amirligining XIX asr o‗rtalaridagi ma‘muriy-hududiy
tuzilishi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli, Rossiya imperiyasining Buxoroga
harbiy harakatlari boshlanishi sabablari va uning salbiy oqibatlari, Buxoro
amirligining XIX asr oxiri -XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tuzumi va davlat
boshqaruvi, Buxoro amirligi ma‘muriy-hududiy tizimidagi o‗zgarishlar va unga
Rossiya siyosatining ta‘siri, Buxoroda Rossiya imperiyasi imperatorligi Siyosiy
agentligining tashkil etilishi va uning o‗lkada olib borgan faoliyatiga oid masalalar
yoritilgan.
Monografiyada Buxoroga Rossiya kapitalining kirib kelishi va uning
oqibatlari, Buxoro amirligida temir yo‗llar qurilishining ahamiyati, Buxoroda rus
maznilgohlarining tashkil etilishi, rus harbiy garnizonlarining joylashtirilishi,
Boysun, Denov, Sherobod, Shahrisabz, Kitob, G‗uzor, Qarshi, Hisor, Ko‗lob kabi
shaharlarning (bekliklarning) ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga doir
ma‘lumotlar tahlili berilgan.
381
Buxoro bilan Rossiya imperiyasi qo‗shinlarining ilk to‗qnashuvi, harbiy
harakatlarning kuchaytirilishi, Buxoro bilan Rossiya imperiyasi o‗rtasida tinchlik
shartnomasining imzolanishi va uning oqibatlari, Buxoro amirligining XIX asr
ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tuzumi masalalarini ham
o‗rganishga e‘tibor qaratilgan.
Sh. Vohidov o‗z tadqiqotlarida Buxoro amirligi tarixini katta hajmdagi
mahalliy manbalarni tahlil qilish asosida yoritgan. Muallif Buxoro amirligida
mavjud bo‗lgan unvon va mansablarni o‗rganishga alohida e‘tibor qaratgan. XVII -
XIX asrlarda Buxoro amirligida davlat boshqaruvi tizimi to‗g‗risidagi masalalar
ham o‗rganilgan.
Sh. Vohidov va Z.Choriev tomonidan Muhammad Ali Baljuvoniyning
«Tarixi nofeiy» asari hozirgi o‗zbek tiliga o‗girilib nashr qilindi. «Tarixi nofeiy»
Buxoro amirligining XX asr boshlaridagi siyosiy tarixini yoritib beruvchi
manbalardan hisoblanadi. Asarda 1918 -1924 yillar davomida Buxoro amirligida
yuz bergan siyosiy voqealar bayon qilingan. Shuningdek, unda o‗sha davrda
Denov, Boysun, Sarijo‗y, Sariosiyo, Sherobod va boshqa shaharlarda ro‗y bergan
ijtimoiy-siyosiy voqealar to‗g‗risidagi muhim ma‘lumotlarni ko‗rishimiz mumkin.
N.Norqulov tomonidan nashrga tayyorlangan Mirzo Salimbekning «Tarixi
Salimiy» asari ham Buxoro amirligi tarixini o‗rganishda muhim manba bo‗lib
xizmat qiladi.
Mirzo Salimbekning «Tarixi Salimiy» asari Buxoro amirligining oxirgi
sulolasi - mang‗itlar tarixini yoritishga bag‗ishlangan bo‗lib, unda XIX asr oxiri -
XX asr boshlarida Buxoro amirligida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy
voqealar bayon qilingan. Manbaning ahamiyatli tomoni shundaki, muallif o‗zi
qatnashgan va ko‗rgan voqealarni bayon etgan. Mirzo Salimbek Sherobod,
Boysun, Shahrisabz, Yakkabog‗, Xatirchi, G‗uzor kabi bekliklarda o‗zi bek
lavozimida ishlagan davrlarda Buxoro amirligi va bekliklarida ro‗y bergan
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar haqida ham qimmatli
ma‘lumotlar berib o‗tgan.
D.Rozoqovning tadqiqoti Buxoro xonligining tashqi savdo aloqalariga
bag‗ishlangan (XIX asrning 60 - 90-yillari). Dissertatsiyada Buxoro xonligining
Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari, Buxoro xonligining savdo markazlari va karvon
yo‗llari, Buxoro xonligining Afg‗oniston, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo
aloqalari va qo‗shni hududlardan olib kelingan savdo mollari to‗g‗risida
ma‘lumotlar keltirilgan.
Buxoro xonligining XVI - XVII asrlar ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy-
madaniy hayotida Jo‗ybor xojalarining tutgan o‗rniga bag‗ishlangan ilmiy tadqiqot
ishi H. To‗raev tomonidan amalga oshirilgan. Bu ishda Buxoro xonligining tashkil
topishi va uning keyingi siyosiy hayotida Jo‗ybor xojalarining tutgan o‗rni,
382
Shayboniy Abdullaxonning oliy hukmdor sifatida o‗z mavqeini mustahkamlashda
Jo‗ybor xojalari diniy-siyosiy obro‗yidan foydalanishi, xonadon vakillari bilan
markaziy hokimiyat vakillari o‗rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy negizi masalalari o‗rganilgan.
Ushbu ilmiy ishda Buxoro xonligining XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy
hayotida Jo‗ybor xojalarining tutgan o‗rni, Buxoro xonligining XVII asrdagi
ijtimoiy-siyosiy hayotida Jo‗ybor xojalari mavqei, XVI -XVII asrlardagi ma‘naviy-
madaniy hayot, XVI-XVII asrlardagi adabiy muhitda Jo‗ybor xojalarining tutgan
o‗rni kabi masalalar tadqiq qilingan.
Mustaqillik yillarida Buxoro amirligining tashkil topishi va davlat tuzumi
masalalarining huquqiy jihatlarini ham o‗rganishga oid tadqiqotlar olib borildi. J.
Shodievning tadqiqoti shu mavzuga bag‗ishlangan bo‗lib, ishda Buxoro
amirligining tashkil topishi davridagi ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar, amirlikning
rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatgan siyosiy-huquqiy va g‗oyaviy omillar, amirlikda
markaziy va mahalliy boshqaruv apparati, ular o‗rtasidagi munosabatlarning
huquqiy asoslari, amirlikning tashqi siyosati va diplomatiyasi masalalari o‗z aksini
topgan. Buxoro amirligida sud tizimi, amirlik huquqiy tizimining o‗ziga xos
xususiyatlari, huquq tizimining asosiy sohalari, soliq, jinoyat huquqi, savdo
huquqi, oila nikoh, meros huquqi kabi masalalar tadqiq qilingan.
Buxoro amirligida ta‘lim tizimi (XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida)
tarixi F.Bobojonova tomonidan olib borilgan tadqiqotda yoritilgan. Bu ishda XIX
asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi ta‘lim tizimidagi muammolar,
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida an‘anaviy ta‘limning o‗ziga xos xususiyatlari va
boshlang‗ich ta‘limning holatini o‗rganishga asosiy e‘tibor qaratilgan. Tadqiqotda
amirlikdagi o‗quv jarayoni va uning moddiy ta‘minoti, boshlang‗ich ta‘limdagi
muammolar, ularning sabab va oqibatlari, Buxoro amirligidagi madrasalar hamda
ularning holati, madrasalarning moliyaviy-xo‗jalik asoslari, madrasalardagi ta‘lim
jarayoni, o‗quv tartibi, predmetlar va ularning mazmuni, amirlikda ta‘lim tizimini
isloh qilish g‗oyalari, ma‘rifatparvarlik harakatining asosiy yo‗nalishlari va
mohiyati tahlili berilgan. Shuningdek, Buxoro amirligida boshlang‗ich ta‘lim
tizimining umumiy holati, ta‘lim tizimining yuqori bosqichi, madrasalar faoliyati
va ularning muammolari, madrasalarning qurilishi, moddiy-xo‗jalik ta‘minotini
tashkil etish masalalari, madrasalarda o‗qitiladigan fanlar va ta‘lim sifati, XX asr
boshlarida an‘anaviy ta‘lim, yosh buxoroliklarning ma‘rifatparvarlik g‗oyalari va
faoliyati, yangi usul maktablarining ochilishi kabi masalalar o‗rganilgan.
A.Odilovning tadqiqot ishi Buxoro amirligida milliy ozodlik harakatlari
tarixiga (Abdumalik To‗ra boshchiligidagi xalq ozodlik harakati misolida)
bag‗ishlangan. Tadqiqotda Rossiya bosqini arafasida Buxoro amirligining ijtimoiy-
iqtisodiy ahvoli, amirlikda murakkab siyosiy vaziyatning vujudga kelishi, ilk
383
marotaba Abdumalik To‗ra boshchiligida milliy ozodlik harakati, uning mohiyati,
xarakteri, maqsadi, harakatlantiruvchi kuchi, hukumat tomonidan ularni bostirishga
qaratilgan chora-tadbirlar yoritilgan.
F. Ochildiev tomonidan olib borilgan tadqiqot XIX asrning ikkinchi yarmi
XX asr boshlarida Janubiy O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari
(Surxon vohasi misolida) tarixini o‗rganishga bag‗ishlangan Tadqiqotda Buxoro
amirligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida Surxon vohasining tutgan o‗rni va ahamiyati,
vohaning ma‘muriy-hududiy bo‗linishi va siyosiy tarixi, mahalliy boshqaruv
tartiblari, ijtimoiy munosabatlar va aholining soliq siyosatiga qarshi norozilik
chiqishlari, qishloq xo‗jaligi va hunarmandchilik turlarining rivojlanishi va o‗ziga
xos xususiyatlari yoritilgan. Aholining voha bo‗ylab joylashuvi va etnik tarkibiga
oid ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, tadqiqot davomida Buxoro amirligida
Rossiya imperiyasi tashqi siyosatining mohiyati va vohaga sanoatning kirib kelishi,
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda tutgan o‗rni, XIX asr -XX asr boshlarida ichki va tashqi
savdoning rivojlanishi manba va ilmiy adabiyotlar asosida o‗rganilib, xulosalar
berilgan.
F.Ochildievning tadqiqotida Sharqiy Buxoro bekliklarida ma‘muriy
boshqaruv va ijtimoiy-siyosiy hayot, soliq turlari, XIX asr - XX asr boshlarida
Surxon vohasining iqtisodiy ahvoli, qishloq xo‗jaligi, vohadan o‗tuvchi savdo
yo‗llari, ichki va tashqi savdo aloqalari tahlil qilingan.
Yu. Avazovning dissertatsiyasida XIX asr oxiri - XX asr boshlarda Buxoro
amirligi
janubi-sharqiy
bekliklari
Hisor,
Denov,
Qabodiyon,
Boysun,
Qo‗rg‗ontepa, Ko‗lob, Sherobod aholisining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti
o‗rganilgan.
S. Tursunov, E. Qobilov, X. Kichkilov va Z.Daminovaning tadqiqotlari ham
Buxoro amirligi tarixiga bag‗ishlangan bo‗lib, ularda XIX asr oxirlaridan XX asr
boshlariga qadar Rossiya hukumatining Termiz shahrida olib borgan siyosati
hamda mustamlakachilik davrida barpo etilgan inshootlar, Rossiya fuqarolariga
shahar hududidan ijaraga yer berilishi va uning salbiy oqibatlari yoritilgan. Bu
tadqiqotlarda Rossiya hukumatining Termiz shahrida olib borgan siyosati tanqid
qilingan, shuningdek, yangicha qarashlar asosida xolisona baho berilgan.
Buxoro
amirligi
tarixiga
bag‗ishlangan
tadqiqotlardan
Yu.A.
Shukurillaevning ishini ham keltirib o‗tish o‗rinli. Bu tadqiqot ishi Buxoro
amirligida mavjud qo‗shin va harbiy ish tarixiga bag‗ishlangan. Mang‗itlar
sulolasining hokimiyat tepasiga kelish jarayonidagi siyosiy vaziyat, Buxoro
amirligining qo‗shini, tarkibiy tuzilishi va undagi o‗zgarishlar, harbiy unvonlar va
mansablar, ularning vazifalari, harbiy-texnik ta‘minot, qurol-yarog‗lar, jangovar
holat, qo‗shinning, harbiy xizmatchilarning hayoti va moddiy ta‘minoti kabi
masalalarni o‗rganishga e‘tibor qaratilgan.
384
Ma‘muriy-hududiy jihatdan Buxoro amirligi tarkibiga kirgan Qashqadaryo
vohasining XIX asr - XX asr boshlari tarixi A. Xoliqulov tomonidan o‗rganilgan.
Tadqiqotda asosan XIX asr - XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasidagi bekliklar
tarixi yoritilgan. Ishda voha aholisining etnik tarkibi, XIX asr - XX asr boshlarida
vohadagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvol, bekliklarining ma‘muriy tuzilishi,
mahalliy boshqaruv an‘analari va uning o‗ziga xos xususiyatlari bayon qilingan.
Shuningdek, tadqiqotda Qashqadaryo vohasining XIX asr - XX asr boshlari
tarixiga oid manbalar va adabiyotlar tahlil qilinib, ma‘lumotlar ilmiy
tizimlashtirilgan. XIX asr - XX asr boshlarida vohadagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
jarayonlar va ularga ta‘sir qilgan asosiy omillar, ichki va tashqi savdo aloqalari,
qishloq xo‗jaligi va hunarmandchilik rivojining o‗ziga xos tomonlari, Buxoro
amirligining vohada yuritgan soliq siyosati kabi masalalar o‗rganilgan.
Qashqadaryo vohasining XVI - XIX asrlardagi me‘morchilik va
shaharsozlik an‘analari tarixi A. Hasanov tomonidan o‗rganilgan. Tadqiqotda
Buxoro amirligi shaharlaridagi ijtimoiy va iqtisodiy ahvol, XVI - XIX asrlarda
vohadagi me‘morchilikning o‗ziga xos jihatlarini o‗rganishga e‘tibor qaratilgan.
Qashqadaryo vohasining Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‗rni,
shaharlaridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvol, shaharsozlik an‘analari,
shaharlarning jug‗rofiy o‗rni va mudofaa tizimi kabi masalalar ham tahlil etilgan.
G. Tanievaning dissertatsiyasida XVIII asrning ikkinchi yarmi - XIX asrning
birinchi yarmida Qarshi shahri va uning atrofidagi hududlarning Buxoro amirligi
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida tutgan o‗rni o‗rganilgan. Muallif o‗z
tadqiqotida Qarshi bekligining Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan
o‗rni, aholisining mashg‗ulotlari, hunarmandchilik turlari, etnik tarkibi kabi
jihatlarni, beklikning ma‘muriy markazi bo‗lgan Qarshi shahrining tuzilishini
yoritishga e‘tibor qaratgan.
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasi
hunarmandchiligi tarixi M. Hamidova tomonidan o‗rganilgan. Tadqiqotda voha
hunarmandchiligi tarixshunosligi, vohadagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot,
hunarmandchilik markazlari tavsiflangan, to‗qimachilik, kulolchilik, metalga
ishlov berish sohalari, hunarmandchilik uyushmalari, ustoz-shogird munosabatlari,
savdo aloqalarining rivojlanishi va uning hunarmandchilikka ta‘siri tarixi
yoritilgan.
Mustaqillik yillarida Buxoro amirligi tarixiga doir tadqiqotlar obzori
ularning yangi yondashuvlar asosida amalga oshirilgani, aksariyati amirlikda
kechgan
siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy
hayot
kabi
masalalarga
bag‗ishlanganligini ko‗rsatadi.
Zamonaviy O‗zbekiston tarix fanida bo‗lganidek, xorij tarixshunosligida
ham Markaziy Osiyo tarixida muhim o‗rin tutgan o‗zbek xonliklari davri tarixi,
385
ularning an‘anaviy ijtimoiy tizimi, davlat boshqaruvi hamda jamiyat ierarxiyasidan
o‗rin olgan turli ijtimoiy tabaqalar, guruhlar holatini o‗rganish masalasi tarixchilar
e‘tiboridagi mavzulardan biridir. Xususan, ushbu masalani o‗ziga xos va murakkab
ijtimoiy stratifikatsiyaga ega bo‗lgan Buxoro amirligi tarixshunosligi misolida
yoritish ma‘lum ahamiyatga ega.
Ta‘kidlash joizki, ko‗plab xorijlik tarixchi olimlar Markaziy Osiyo tarixi,
jumladan, o‗zbek xonliklari tarixi, islom dini va uning an‘anaviy jamiyatdagi o‗rni,
Rossiya imperiyasining O‗rta Osiyodagi siyosati, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
mintaqada yuzaga kelgan islohotchilik harakatlari, uning tarixiy ildizlari kabi
masalalar bilan qiziqib kelmoqdalar. Ayniqsa, O‗rta Osiyoda o‗ziga xos nufuzga
ega bo‗lgan Buxoro amirligi tarixi bilan bog‗liq masalalar ham ko‗pchilik olimlar
e‘tiborini tortib kelmoqda. Xususan, ko‗rsatilgan muammo tarixshunosligi
doirasida O. Soloveva, A.O. Yegorenko, O. Ptev, Yu. Bregel, Adib Xolid, Paolo
Sartori, Anke Fon Kyugelgen, Satoru Kimura va boshqalarning ilmiy izlanishlarini
ko‗rsatib o‗tish mumkin.
Buxoro amirligining Rossiyaga vassalligi davri (1868 - 1920 yillar)
tarixshunosligi muammosi O. Yegorenko tadqiqotida ko‗tariladi. Muallif
muammoning tarixshunosligini to‗rt guruh tadqiqotlar, ya‘ni inqilobga qadar,
sovet, postsovet rus va Markaziy Osiyo izlanishlari hamda xorij tadqiqotlari
asosida tahlil qilgan. Mazkur ishda muallif Buxoro jamiyatining ijtimoiy masalasi
tarixshunosligini o‗rganib chiqib shunday xulosaga kelganki, Rossiya ma‘muriyati
juda chuqur o‗ylangan siyosati bilan amirlik ijtimoiy tuzumi, mahalliy hayot
tartiblari hamda ma‘lum darajada boshqaruvda zodagonlar faoliyatini saqlab
qolgan. Shu bilan birga, muallif kapitalistik davlat bo‗lgan Rossiya hukumati
uchun g‗amxo‗rlik qilish istagi ham yot bo‗lganligini ta‘kidlab o‗tgan.
XX asr boshlarida Buxoro amirligida jadidlarning madaniy-ma‘rifiy faoliyati
tojikistonlik N. G‗afforov ilmiy ishida o‗rganilib, katta hajmdagi tarixiy manbalar
asosida jadidlarning islohotchilik, maorif va matbuot sohasidagi faoliyatini tahlil
qilgan. Ushbu tadqiqotda Markaziy Osiyo xalqlari taraqqiyotida umumiy bo‗lgan
jadidchilik harakati faoliyatining ba‘zi jihatlarini faqat tojik xalqi bilan bog‗lab
ko‗rsatishga urinish holati kuzatiladi. Misol uchun, «Buxoroi sharif» ning birinchi
tojik milliy gazetasi sifatida e‘tirof etilishi.
O‗rganilayotgan masala doirasida bo‗lmasada, mualliflar jamoasi tomonidan
Moskvada nashr qilingan «Rossiya va O‗rta Osiyo: islom va siyosat» nomli ikki
qismdan iborat kitob ham ma‘lum ahamiyatga ega. Bu asarning‗ birinchi qismida
berilgan ba‘zi ma‘lumotlar diqqatga loyiq. Masalan, barcha xonliklar uchun xos
bo‗lgan an‘anaviy jamiyatdagi islom dini bilan bog‗liq ijtimoiy toifalar, xususan,
«oqsuyak tabaqa»lar tahlil etilgan. Ishda ko‗tarilgan yana bir masala «mujaddid
islohoti» to‗g‗risida bo‗lib, bu islohot o‗sha davrda o‗zbek xonliklarida keng
386
yoyilgani, xususan, Buxoro misolida islom jamiyatini isloh qilish, tiklashga
qaratilgani yoritilgan. Kitobning ikkinchi qismida 1917-1918 yillarda Buxoro
jamiyatidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tahlil etilib, taraqqiyotga yetaklovchi
o‗zgarishlarni yoqlagan ijtimoiy qatlamlarning islohotchilik faoliyati arxiv
hujjatlari asosida o‗rganilishi e‘tiborga loyiq.
A. Ptevning 1917-1920 yillarda Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy
tarixiga bag‗ishlangan kitobi ham ko‗tarilgan muammoni yoritishda o‗ziga xos
o‗ringa ega. Xususan, unda Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy tarixi yoritilar
ekan, an‘anaviy jamiyatda qaror topgan ijtimoiy transformatsiyalarga ham
qisqacha to‗xtalinadi. Bu transformatsiyalar, avvalo, amirlikda yuz bergan
ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar, boshqa tomondan, jamiyatni modernizatsiyalashga,
islohotchilikka tarafdor bo‗lgan yangi ijtimoiy kuchlarning yetilishi bilan ro‗y
berganligi qayd qilinadi. Rossiya iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi sanoat tizimi,
mahalliy sanoat, ishlab chiqarishning vujudga kelishi, milliy burjuaziya faoliyati
Buxoro jamiyatida ro‗y bergan muhim transformatsiyalar sifatida e‘tirof etiladi.
Buxoro jamiyati ijtimoiy tizimi, amirlikning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy masalalari amerikalik, shveysariyalik, yaponiyalik, avstriyalik olimlar
tadqiqotlarida qalamga olindi. Yu. Bregel, Anke Fon Kyugelgen, Satoru Kimura,
Paolo Sartori kabi olimlarning ilmiy izlanishlari e‘tiborga loyiqdir.
Anke Fon Kyugelgenning rus bosqini arafasida mang‗itlar hukmronligi
tarixiga bag‗ishlangan tadqiqotida XVIII asr - XIX asr boshlariga oid mahalliy
tarixchilar asarlari asosida mang‗it amirlari hukmronligining legitimatsiyasi
tamoyillariga keng o‗rin beriladi. Asarda boshqaruv tizimining yuqori bo‗g‗inlari
nufuzli o‗zbek urug‗i vakillari bo‗lgan shaxslarga hamda oliynasab sayyidlar,
xo‗jalarga tegishli bo‗lganligi ta‘kidlanadi.
Asarda aholi ijtimoiy tabaqalari to‗g‗risida aniq ma‘lumotlar keltirilmasa-da,
ba‘zi bir aholi toifalari bilan bog‗liq tushunchalarga izoh beriladi. Misol uchun,
«fuqaro» tushunchasi ostida asosan o‗troq aholi, shuningdek, boshqaruvdagi
xizmatchi qatlam va diniy vazifalarni bajaruvchi guruxdan tashqaridagi aholi
qatlami birlashtiriladi. Muallif mahalliy manbalar bilan chuqur ish olib borishiga
qaramay, ijtimoiy tabaqa va qatlamlar hamda ularning toifalari borasida yakdil
fikrlarni bera olmaydi. E‘tiborli tomoni shundaki, ushbu xorijlik muallif
O‗zbekistonda tarix fani sohasida Buxoro amirligi tarixining ba‘zi sahifalarini
o‗rganish e‘tibordan chetda qolayotganligi, hatto mang‗itlar hukmronligi davrini
hali ham «tushkunlik» va «diniy mutaassiblik» davri sifatida baholash
kuzatilayotganligini ta‘kidlab o‗tadi.
Buxoro amirligida boshqaruv masalalari hamda aholining etnik muammolari
yaponiyalik olim Satoru Kimura tadqiqotlarida o‗z ifodasini topgan. Uning
tadqiqotlaridan biri «Buxoro amiri qo‗shbegisi mahkamasi» jamg‗armasi (I-126-
387
fond) bilan bog‗lanib, o‗sha davrda ish yuritish tizimi bo‗yicha o‗tkazilgan islohot
to‗g‗risida qiziqarli ma‘lumotlar beradi. XX asr 10 yilligiga kelib qo‗shbegi
mahkamasi va mahalliy hokimiyat o‗rtasidagi yozishmalarda yangi tartib-qoidalar
kiritilganligi, mahalliy hokimiyatlarga jo‗natilgan xatlar uchun maxsus daftar joriy
qilinib, xatlarni ro‗yxatga olish boshlanganini aytadi. Satoru Kimuraning mazkur
izlanishi shu jihatdan ahamiyatliki, bu davrda mahalliy boshqaruv tizimida ma‘lum
tartib-qoidalar asosida ish olib borishni belgilovchi o‗zgarishlar kiritilgani, turli
amaldorlarning o‗z ishiga sadoqatli va hushyor bo‗lishi, mansabini suiste‘mol
qilmasligi uchun qator chora tadbirlar ko‗rilgani haqidagi ma‘lumotlar tahlil
qilingan.
Ushbu muallif yana bir izlanishida shia mazhabidagi etnoslarning Buxoro
amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‗rniga e‘tibor qaratgan. Misol uchun,
XIX asr oxirlaridan davlatdagi yuqori mansab, lavozimlar sunniy mazhabdagilar
bilan bir qatorda shia mazhabidagilar tomonidan ham egallanishi qayd etilgan.
Buxoro amirlarining bunday siyosati, odatda, o‗z hokimiyatini mustahkamlashga
qaratilgan.
O‗rta Osiyoda jadidchilik hamda madaniy o‗zgarishlarning tarixiy tahlili
bilan qiziqqan yana bir xorijlik tadqiqotchi italiyalik olim Paolo Sartori
hisoblanadi. Uning xorijiy jurnallardan birida nashrdan chiqqan «Buxoroda ijtihod:
O‗rta Osiyo jadidchiligi va madaniy o‗zgarishlarning mahalliy genealogiyasi»
nomli ilmiy ishida XIX asr - XX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi jadidchilikka
hududga mos hodisa sifatida, mahalliy «ulamolar»ning qoloqik kishanlaridan ozod
bo‗lishi, olimlar o‗rtasidagi muloqot modeli, eng asosiysi, fikrlar almashinuvi
sifatida qaraladi
Ko‗rib o‗tilgan adabiyotlar tahlili natijasida Buxoro amirligi ijtimoiy tizimi
tarixi masalasi zamonaviy xorij tarixshunosligida alohida, yaxlit bir tadqiqot
mavzusi sifatida o‗rganilmagan degan xulosaga kelindi. Biroq MDH va xorij
tarixshunosligida rus bosqini arafasi hamda vassal Buxoro jamiyati ijtimoiy
masalalari bilan bog‗liq ba‘zi ma‘lumotlar e‘tiborga loyiq, yana bir bor
ta‘kidlaymizki, yuqorida ko‗rsatilgan tadqiqotlarda Buxoro jamiyati ijtimoiy
tizimi, xususan, uning an‘anaviy ijtimoiy tabaqalanishi, mavjud ijtimoiy qatlamlar
va ularning jamiyatdagi o‗rni masalalari borasida aniq, tizimli tahlil amalga
oshirilmagan. Mazkur mavzuni nafaqat Buxoro, balki boshqa o‗zbek xonliklari
misolida yaxlit o‗rganish O‗zbekiston tarixi fanidagi mavjud bo‗shliqlarni
to‗ldiradi deb o‗ylaymiz.
O‗zbekistonda sovet davlati boshqaruv tizimi tarixining shakllanishi,
bosqichlari va mohiyati vatanimiz tarixidagi dolzarb va murakkab mavzulardan
biridir. Bu muammo 1917 - 1941 yillarga tegishli bo‗lib, keyingi davrdagi siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar uning hosilasi sanaladi.
388
Mustaqillikning dastlabki 20 yili 1991-2011 yillarda O‗zbekistonda
yaratilgan tarixiy tadqiqotlarda sovet tuzumining mohiyati yangicha mushohada
qilindi. Bolsheviklar tomonidan O‗zbekistonda amalga oshirilgan «inqilobiy
o‗zgarishlar»ning asl mohiyati arxivlarda taqiq belgisi ostida saqlanayotgan
materiallarni o‗rganish asnosida yoritildi. Bu davrda yaratilgan tadqiqotlarni
mavzu ko‗lamiga ko‗ra bir nechta guruhga bo‗lish mumkin. Birinchi guruhga oid
tarixiy adabiyotlarda mustabid sovet tuzumining asl mohiyatini ochib tashlash
bilan birgalikda jadidlarning davlatchilik borasidagi qarashlari, Turkiston
Muxtoriyati hukumati faoliyati, milliy davlatchilikni tiklash uchun harakatlar,
O‗rta Osiyoda sovet rejimiga qarshi qurolli kurash, Turkiston va O‗zbekistondagi
siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy qatlamlar faoliyati, kadrlar siyosati kabi
masalalar tahlil qilindi. Xususan, D. Alimova, F. Qosimov, R.Abdullaev, S.
A‘zamxo‗jaev, A. Golovanov, D. Ziyaeva, Q. Rajabov, R Shamsutdinov, B.
Hasanov va boshqa tarixchilarning bu sohadagi izlanishlarini alohida ta‘kidlab
o‗tish lozim.
O‗zbekistonda sovet hokimiyatining agrar siyosati, qishloq xo‗jaligini
majburan kollektivlashtirish, quloq qilish va qatag‗on siyosati, vaqf mulklarining
tugatilishi, xotin-qizlar masalasi, sug‗orish tarixi, nazorat organlari va iqtisodiy
kengashlar faoliyati yoritilgan tarixiy adabiyotlarni shartli ravishda ikkinchi
guruhga kiritish mumkin. Bu adabiyotlarda yangicha metodologik konsepsiya
asosida sovet davri tarixining ilgari mutlaqo yoritiyamagan yoki buzib ko‗rsatilgan
jihatlari tadqiq qilindi.
Uchinchi guruh tadqiqotlari mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan
fundamental
tadqiqotlar
va
kollektiv
monografiyalar
bo‗lib,
ularda
O‗zbekistonning sovet davridagi tarixi yoritilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‗iston
tarixi ham aks etgan adabiyotlar bor. Bu yillarda og‗zaki tarix metodi asosida
O‗zbekiston sovet davri tarixining ba‘zi jihatlari o‗rganildi.
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda himoya qilingan nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalarida ham mustabid sovet rejimining totalitar xususiyati ochib
tashlangan. Ayniqsa, S. A‘zamxo‗jaev, R. Abdullaev, D. Ziyaeva, Q. Rajabov, A.
Rasulovning doktorlik dissertatsiyalarida bevosita sovet davridagi tarixiy
jarayonlar maxsus tadqiq qilindi.
Tarixshunoslikning yangi bosqichida Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston,
Tojikiston, Turkmanistonda sovet tuzumining totalitar mohiyatini o‗rganishga doir
bir qator umumlashtiruvchi tadqiqotlar, monografiyalar, ilmiy maqolalar
yaratilgani va dissertatsiyalar himoya qilinganligini qayd etib o‗tish lozim.
Xususan, rossiyalik tarixchilar va siyosatshunoslar bu sohada ko‗plab jiddiy
tadqiqotlarni e‘lon qilishdi.
389
Tadqiq etilayotgan mavzuga oid xorijiy tarixiy adabiyotlar tarixiy
tadqiqotlarning alohida turini tashkil etadi.
O‗zbekistonda mustabid davlat boshqaruv tizimining shakllanishi,
bosqichlari va mohiyati to‗g‗risida XX asr va XXI asr boshlarida xorijda yaratilgan
ko‗plab tarixiy tadqiqotlarda ayrim ma‘lumotlar mavjud.
Taniqli ingliz tarixchisi Edvard Karr, italyan tarixchisi Juzeppe Baffa,
amerikalik siyosatshunos Robert Takerning asarlarida Rossiyada bolsheviklarning
hokimiyat tepasiga kelishi, mustabid sovet jamiyatining mohiyati, Lenin va Stalin
kabi diktatorlarning hokimiyat uchun kurashi tasvirlangan. Bu asarlar 1990 - 1991
yillarda rus tiliga tarjima qilinib, Moskvada nashr etildi.
Ko‗rib chiqilayotgan bosqichda ko‗plab G‗arb olimlari: Yorg Baberovski,
Viktor Kondrashin, Elen Karrer d'Ankoss, Leonid Luks, Xayns-Ditrix Lyove va
boshqalarning tarixiy asarlari rus tiliga tarjima qilinib, «Stalinizm tarixi» ruknida
Moskvada bosilib chiqdi. Bu asarlarda Lenin va Stalin kabi diktatorlar faoliyati,
Rossiya va Sovet Ittifoqining Lenindan Yelsingacha bo‗lgan tarixi, 1932 -1933
yillardagi Rossiya qishloqlaridagi fojia va qizil terror kabi masalalar o‗z aksini
topgan. Ularda O‗zbekistonning mazkur davr tarixiga oid ayrim ma‘lumotlar
mavjud.
Tarixshunos olim Boymirza Hayit (1917 - 2006) asarlari ham mavzuni
yoritishda muhim rol o‗ynaydi. Uning nemis va turk tillarida xorijda chop etilgan
«Turkiston XX asrda», «Turkiston Rusiya ila Chin orasinda» va boshqa asarlarida
sovet imperializmining mustamlakachilik xususiyati, uning qatag‗on siyosati va
boshqalar ochib berilgan.
G‗arb olimlari Gustav Vetter va Volfgang Leonxard asarlarida esa sovet
mafkurasi va uning XX asrdagi siyosiy jarayonlarga ta‘siri masalalari yoritilgan.
Bu asarlar turk tiliga tarjima qilingan.
Mustaqillik
yillarida
yaratilgan
asarlarda
O‗zbekistonda
sovet
hokimiyatining o‗rnatilishi, bolsheviklar siyosatining mohiyati, uning o‗ziga xos
jihatlari yangicha konseptual yondashuvlar asosida yoritilgan. Davr voqeligi
tahliliga sivilizatsion yondashuv bu konsepsiya asosini tashkil qilib, yangi arxiv
materiallarning xolisona talqini mavzu tarixshunosligi zamonaviy bosqichi
xususiyatini belgilagan.
Hozirgi tarixiy ilmiy tadqiqotlarda, birinchi navbatda, fan rivojiga ta‘sir
qilgan omil va shart-sharoitlar, fanning jamiyat bilan o‗zaro munosabatlariga
e‘tibor qaratiladi. Bu kabi vazifalarni esa fanshunoslik bajaradi. Fanshunoslikning
asosiy jihatlaridan biri fan tarixidir.
O‗zbekiston tarix fanining rivojlanishi bir necha bosqichlardan iborat bo‗lib,
uning akademik bilimlar tizimida shakllanishi va rivojlanishi fan tarixida alohida
o‗rin tutadi. Bu tizimning vujudga kelishidan to bugungi kunga qadar bo‗lgan
390
davrdagi rivojlanish yo‗lini chuqur o‗rganish muammolar doirasini aniqlash va fan
istiqboli uchun kerakli xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston tarix fanining akademik bilimlar tizimida
shakllanishi va rivoji bilan bog‗liq bir qator tadqiqotlar yaratildi. Ular qatoriga
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Tarix institutining yubiley
sanalariga bag‗ishlagan nashrlar, O‗zbekistonda tarix fani rivojiga oid bir necha
risola va maqolalar, shuningdek, institutning «Tarixshunoslik va manbashunoslik»
bo‗limida tayyorlangan ayrim fundamental va amaliy tadqiqotlar, o‗rganilayotgan
muammo bilan bog‗liq bir nechta dissertatsion ishlarni kiritish mumkin.
O‗zbekiston Fanlar akademiyasi, Tarix institutining yubiley sanalariga
bag‗ishlangan ishlarda O‗zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi Tarix
institutining asosan mustaqillik yillaridagi faoliyati ochib berilgan. Jumladan, 1993
yili O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ellik yillik yubiley sanasiga
ba-g‗ishlangan yirik to‗plam nashr etildi To‗plamda Tarix instituti olimlarining
mazkur ilmiy muassasa tarkibida tarixshunoslik, arxeologiya, etnografiya
yo‗nalishlari yarim asrlik rivojlanish yo‗li umumlashtirilib tahlil qilingan.
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 60 yilligiga bag‗ishlangan
respublika ilmiy-amaliy anjumanida (2003 yilning 23 - 24 dekabr), O‗zR FA Tarix
institutining yubiley sanasiga bag‗ishlangan ilmiy to‗plamida mazkur ilmiy
muassasa tarkibidagi bo‗limlarning oltmish yillik tarixi va faoliyati umumlashtirib
ko‗rsatib berildi.
D.A. Alimova, D.X. Ziyaeva maqolalarida O‗zbekistonda tarix fani, tarix
fanining Fanlar akademiyasi tizimidagi taraqqiyoti masalalari haqida fikr
yuritilgan. Shuningdek, X.Z.Ziyaev risolasi hamda «O‗zbekiston tarixi va
arxeologiya fanlarining dolzarb muammolari» mavzuidagi respublika ilmiy
anjumani ham akademik Yahyo G‗ulomov tavalludining 95 yilligi va mazkur
institutning 60 yilligiga bag‗ishlangan.
2013 yilda O‗zR Fanlar akademiyasining 70 yillik yubileyiga bag‗ishlangan
yirik monografiya nashr etildi. Unda akademiya tizimidagi boshqa ilmiy
muassasalar bilan bir qatorda Tarix institutining mustaqillik yillarida qo‗lga
kiritgan muhim ilmiy nazariy va amaliy yutuqlari, institutning xalqaro aloqalari
hamda ilmiy tadqiqotlarning ustuvor va istiqbolli rivojlanishi bilan bog‗liq
ma‘lumotlar ham o‗rin olgan.
O‗zbekiston tarix fani akademik tizimining vujudga kelishida muhim o‗rin
tutgan Turkiston muassasalari bilan bog‗liq masalalar M.M. Sagatova hamda M.A.
Mirzaev tomonidan o‗rganilib, tadqiqotchilar tomonidan XX asrning 20 – 30
yillarida faoliyat olib borgan tarixiy-ilmiy muassasalar, madaniy yodgorliklarni
muhofaza qilish va o‗rganish borasida tuzilgan qo‗mitalar (Turkkomstaris,
Sredazkomstaris, Uzkomstaris) faoliyati ochib berilgan. 1994 yili O‗zR FA Tarix
391
instituti tomonidan tayyorlangan «XX asrning dastlabki o‗ttiz yilligida O‗zbekiston
tarix fani (Tarixshunoslik ocherklari)» deb nomlangan ikki qismdan iborat ilmiy
monografiyaning
birinchi
qismida
ham
O‗zbekiston tarix fani va
tarixshunosligining XX asrning dastlabki 30 yilligidagi holati tahlil qilingan bo‗lib,
unda mazkur davrda tarix fanining o‗ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
O‗zbekiston tarix fanining XX asrning 20 – 30 yillaridagi holati, shuningdek, t.f.d.
N.R.Mahkamovaning maqolalarida ham ilmiy jihatdan o‗rganilgan.
Mavzuning mustaqillik davri tarixshunosligi haqida so‗z yuritganda t.f.d.,
prof. D.A. Alimovaning O‗zbekiston tarix faniga doir qator asarlari alohida
ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlab o‗tish lozim. Mustaqillik yillarida olima
respublikada birinchilardan bo‗lib XX asrning 80-yillari oxiridan boshlangan tarix
fanidagi o‗zgarishlar: muammo va yondashuvlarning o‗zgarishi, sovet davrida tarix
fanining sovet davridagi muhim jihatlari, institut jamoasining roli, shuningdek,
bugungi kunga qadar mavjud fanning yutuq va kamchiliklari hamda kelgusida
amalga oshirilishi zarur bo‗lgan dolzarb ilmiy-nazariy va metodologik muammolar
xususida so‗z yuritadi.
O‗zbekiston tarix fanining ilmiy-nazariy va metodologik masalalari Sh.I.
Asadovaning bir qator maqolalari orqali ham yoritib berilgan.
V.A.Germanovning 1941 - 1945 yillarda Rossiyadan Toshkentga
evakuatsiya qilingan tarixchilarga bag‗ishlangan maqolalarida esa K.V. Trever,
S.V. Baxrushin, A.K. Borovkov, Yu.V. Gote, P.P. Ivanov, M.V. Nechkina, V.I.
Picheta, A. Yakubovskiy singari tarixchi olimlarning «O‗zbekiston xalqlari
tarixi»ni yaratishdagi ishtiroki, ularning O‗zbekiston tarix faniga qo‗shgan hissasi
ma‘lum darajada ko‗rsatib berilgan.
«XX asr O‗zbekiston tarixi va tarixchilari» nomli monografiyada esa Tarix
institutida faoliyat olib borgan va akademik bilimlar rivojiga hissa qo‗shgan akad.
Ya. G‗ulomov, RX.Aminova, B.V.Lunin kabi olimlar hayoti va ilmiy faoliyati
yoritib berilgan.
Akademiya tizimida faoliyat olib borgan tarixchi olimlarga bag‗ishlangan
yana bir qator maqolalar ―O‗zbekiston tarixi‖ jurnali sahifalarida, alohida
monografiya, risola va bibliografik nashrlarda ham o‗rin olgan.
«Tarixshunoslik va manbashunoslik» bo‗limi tomonidan tayyorlangan
«O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti nashrlari»
bibliografik to‗plamining chop etilishi mustaqillik yillarida akademiya tizimida
faoliyat yuritayotgan olimlarning tadqiqotlari haqida axborot beruvchi manba
bo‗ldi.
2017 yilning iyul oyida esa internet sahifalarida professor D.A.
Alimovaning. V.S. Xan bilan hammualliflikda yozilgan va ko‗pchilik
tadqiqotchilar e‘tiborini o‗ziga tortgan ilmiy maqolasi e‘lon qilindi. Ushbu
392
maqolada jamiyat hayotida tarix fanining ahamiyati, oliy ta‘lim tizimida tarix
fanining o‗qitilish holati, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi kengashning
akademik tizimdan oliy ta‘lim tizimiga o‗tkazilishi natijasida vujudga kelgan
vaziyat tahlil qilinib, muammolar yechimi haqida aniq tavsiya va takliflar beriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda mustaqillik
yillarida O‗zbekiston tarix fanining akademik tizimda tashkil etilishi va rivoji
yoritilgan bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining
ushbu jarayonni amalga oshirishdagi yetakchilik faoliyati alohida o‗ringa ekanligi
yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: |