Istiqlolchilar kurashi, barcha ixtilofdagi siyosiy partiyalar tugatilishi
natijasida bol‘sheviklar yakkahokim partiyaga aylandi. u jamiyat ijtimoiy
hayotining barcha jabhalarida o`z mafkuraviy ta`sirini o`tkazib bordi. ayniqsa bu
kishilar ongini o`zgartirishda muhim omil bo`lgan ta`limda, ilmda va madaniyatda
jiddiy tus oldi. dastlabki yillarda madaniyat va uni boshqarish jabhalarida
demokratik tamoyillar birmuncha mavjud bo`lib, hokimiyat mahalliy urf – odatlar
va xususiyatlarni hisobga olishga majbur bo`lgan edi. keyinchalik esa,
ma`muriybuyruqbozlik usullari keng quloch otib mustahkamlanib borishi bilan
yalpi ko`rsatkichlar ortidan quvish, bol‘shevikga ―madaniy inqilob‖ yo`li va
usullari ustivorlik qila boshladi. xalqning ma`rifatga, fanga va milliy ma`naviyatga
bo`lgan intilishi hukmron kuchlar tomonidan uzoqni ko`zlamay va yaxshi
o`ylamay olib borilgan siyosatlari natijasida siyosiy manfaatlar yo`liga burildi.
yangi ziyoli kadrlarni shakllantirish, eski mavjud milliy ziyolilarni yo`q qilish ana
shu maqsadlarni ko`zlab amalga oshirildi. savodxonlik darajasining o`sishi
buyrokratik boshqaruv tizimining mustahkamlanib borishi, texnika taraqqiyoti
304
tomon yurish va ilmiy muassasalarning tashkil topish jarayonlari ular ustidan qattiq
mafkuraviy nazoratning o`rnatilishi bilan hamohang ravishda yuz berdi.
Bugungi kunda respublikamizda maorif va ta`lim tizimini
takomillashtirish, yosh avlodni barkamol va ziyoli qilib tarbiyalash muhim
vazifalar qatoriga kiradi.
Ana shunday ulkan ishlardan biri bu Respublikamiz Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov rahbarligida ishlab chiqilib amalga joriy etilayotgan ta`lim
va kadrlar tayyorlash milliy dasturidir. ushbu dastur va ta`lim – tarbiya tizimining
tamoiyillari jahon andozalariga mos kelisha bilangina emas, balki ajdodlarimiz
tomonidan bu sohada qo`lga kiritilgan boy tarixiy tajribalarga tayanganligi bilan
ham qimmatlidir. shuning uchun mustaqillik yillarida O`rta Osiyoning o`tmishdagi
ta`lim – tarbiya va ilmiy muassasalari hamda ta`lim tizimiga doir ma`lumotlar
yoritilgan Botirxon Valixo`jaevning, Komilxon Kattaev, Shokir G`afforov, Ahtam
O`rolov va Rahimjon Yusupov va boshqalarning asarlari va maqolalari nashr
etildi.
Lekin, XX asrning 30 – yillarida sovet maktablari darsliklarga muhtoj
bo`lib turgan bir paytda, jadid mualliflari yozgan va musulmon bolalarining
turmushi va psixologiyasiga moslashtirilgan darsliklardan foydalanish haqida
o`ylab ham ko`rilmadi. aksincha ta`lim sohasini ―sinfiy dushmandan‖ tozalash
maqsadida, hatto maxsus qarorlar qabul qilindi.
Bu yillarda Respublika oliy o`quv yurtlari tarmag`i ham ortib bordi.
Samarqandda O`z. DU, Buxoro, Farg`ona, Namangan, Andijon, Marg`ilon,
Toshkent, Nuks, Xiva, Urgunch shaharlarida oliy maktablar tashkil etildi 1940
yilda 9 yanvarda fan qo`mitasi ittifoq fanlar akademiyasining O`zbekiston filialiga
aylantirildi.
Kompartiyaning madaniya merosni inkor etish siyosati arab yozuvini
lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qazorda ham o`z aksini topdi. arab yozuvini
lotinlashtirish siyosatiga O`zbekistonda G`ozi Olim YUnusov, Qayum
Ramazonov, Abdurahim Yo`ldoshev va boshqalar qarshi turgan edilar. ayniqsa
Ashurali Zohiriy katta joibozliklar ko`rsatib, bu islohotni madaniy bilimsizlik deb
baholadi.
1940 yil may oyida O`zbekiston SSR Oliy Soveti III sessiyasida
T.N.Qorinyozovning ma`ruzasi bo`yicha yozuvning rus grafikasiga o`tkazish
haqida ko`rsatma berildi. 1930 yildan boshlab bir qator cherkovlar, masjidlar va
diniy maktablar yotib qyildi.
O`zbek tarixshunosligining fidoyisi Po`lat Saliev 1937 yili ―Xalq
dushmani‖ deb hibsga olinib, 1938 yilda otildi.
Turkistonda XX asrning 40 – yillariga qadar hukm surgan va g`oyat
samarali faoliyat ko`rsatgan jadidchilik harakati qorong`u zulmat yuzidagi yorug`
305
nur edi. lekin bu nur butun Turkiston bo`ylab keng quloch yozib rivojlanib keta
olmadi. aksincha, 1937 – 1938 yillardagi siyosiy qatag`on jadidlar harakatini
barbod etdi. Jadidchilik harakati XIX asr oxiri va XX asr 30 – yillarining
o`rtalarida turkiy musulmon o`lkalar – Qrim, Kavkaz, Volga bo`yi (Bulg`or va
Janubiy Urol havzasi) va Turkistonda shakllangan.
Uning yirik vakillaridan Fayzulla Xo`jaev, Cho`lpon, Usmon Nosir, Fitrat,
Abdulla Qodiriy Sovet rejimining istibdodi bo`lgan ana shu dahshatli
qatag`onning qurboni bo`ldilar. Biroq, o`zining bilimi, aql-zakovati, iymoni –
e`tiqodini, butun hayotini o`zbek xalqining milliy ozodligi, Vatanimizning milliy
mustaqilligi va baxtli kelajagi uchun saafarbar etgan tadidlar harakatining g`oyalari
zoya ketmadi. ular jonajon Vatanimizning mustaqilligi tufayli hozirgi kunda to`la
ravishda ro`yobga chiqmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan tarixshunos tadqiqotchilar tomonidan tarix
fanining bosib o`tgan yo`lini ham yangitdan tahlil etish zarurati yuzaga keldi. Ana
shu yo`ldagi dastlabki izlanishlar ijtimoiy taraqqiyot burilishlarini aks ettirgan
hamda ijobiy va salbiy voqealarga boy bo`lgan XX asrning birinchi o`ttiz yilligi
chegarasini qamrab olgan. Asar 1994 yilda yaratildi.
Ushbu asarda XX asrning 30 yili ichida O`zbekistonda yuz bergan
tarixshunoslik jarayonlari, Milliy davlatchilik masalalari tarixshunosligi,
Turkistonda XIX asr boshlarida milliy – ozodlik kurashi tarixshunoslik,
O`zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy tarixini o`rganishning ba`zi muammolari, 20-
30 yillarda sharqshunoslik va madaniyatning, etnologiya va arxeologiyaning
hamda ingliz, frantsuz va nemis tarixshunosligida O`zbekiston tarixi
muammolarini o`rganish masalalari yoritib berilgan.
Hozirgi kunda tarixshunosligimizda chet ellik olimlarning asarlaridan
foydalanish muayyan bir qiziqish uyg`onmoqda. Sababi ularda tarixga o`z
dunyoqarashi bilan mustaqil yondoshish ustunlik qiladi. Mana shunday asar
mualliflaridan biri XX asrning birinchi choragida ingliz Frederik Martman Beyli
(1882 – 1976 yy) afsonaviy odamga aylangan edi. Londonda 1946 yilda ―Jonaton
Keyn‖ nashriyotga F.Beylining ―Toshkentdagi missiya‖ degan kitobini bosib
chiqardi. Bu kitobida u avvalambor milliy – ozodlik uchun kurash fuqarolar urushi
alangalarida qolgan Turkistonda Britaniya siyosiy agenti sifatida boshidan
yugirgan xatarli sarguzashtlarga to`la hayoti haqida batafsil hikoya qiladi. O`z
vaqtida bu kitob haqida ko`p shov – shuv bo`lib o`tgan va Beyli olib borgan ishlar
to`g`risida ancha – muncha mish-mishlar va afsonalar to`qilgan. Mashhur
sharqshunos – razvezkachining og`ir zamonlarda kechirgan hayotini o`rganish,
bilish tariximiz, o`tgan kunlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Xulosa, 30 – yil, O`zbekistonda tarix fani keskin burilishlarni boshdan
kechirdi. Sovet tuzumi, bir tomondan, o`zbek milliy tarixchiligini, milliylikni yo`q
306
qildi, ikkinchi tomondan, mustabid tuzumga sodiq kishilarni tarbiyalashga harakat
qildi, ―sotsialistik‖ ruhdagi tarixchi va yozuvchilarni tarbiyalash yo`lidan bordi.
Natijada, hukmron va mustabid kommunistik tartibot (rejim) tomonidan
buyurilgan mafkuraviy yo`l - yo`riqlar, g`oyalar va ko`rsatmalar tarixshunoslik
jarayonining to`laroqli rivojlanishiga yo`l bermadi.
O`zbekiston SSRning tashkil etilishi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy
jarayonning eng muhimlaridan biri O`zbekiston nomigagina suveren respublika
bo`lib, aslida esa SSSR tarkibidagi unitar (qo`shma) davlat edi. O`zbekiston ittifoq
partiya-sovet organlariga to`la qaram bo`lib, uning rahbariyati va direktivalarini,
ko`rsatmalarini og`ishmay bajarishga majbur edi.
O`zbekistonda o`tkazilgan arxeologik va etnografik tadqiqotlar o`tkazilgan
davr bu SSSRda boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik tizimi o`zining barcha
salbiy ko`rinishlari bilan qaror topishi va mustahkamlanishi sharoitida sodir
bo`ldi. Bu haqda yangicha g`oya va mustaqillik mafkurasi bilan yaxshi qurollanib
olgan holda M.A.Axunova va B.V.Lunin tarixshunoslik yo`nalishida yozgan
«O`zbekistonda tarix fanlarining tarixi» nomli asaridan bilib olsa bo`ladi. Agar
kitobxonlarni 1930-1950 yillarning yarmigacha bo`lgan davrda sovet tarixchilari,
arxeologlari va etnograflari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy
bosqichlari bilan tanishtiradi.
Bu
davrda
S.P.Tolstov,
T.A.Julnko,
I.Djabborov,
M.A.Itina,
YA.G.Gulomovlar eramizdan avvalgi IV ming yillikdan eramizning XIV-XV
asrlarigacha Xorazm tarixini yangicha ko`z bilan ko`rish imkonini berdi.
30-yillar tarix fanida totalitar tuzumni qo`llovchi «bol‘shavoycha» uslubda
tarixni yoritish hukmron bo`ldi. Markscha-lenincha mafkura ta`siri ostida bo`lgan
gazeta va jurnallar ham shu tuzumga astoydil xizmat qilishga yo`naltirilgan edi.
O`zbekiston tarixshunosligida «Eski markazdan» kelgan topshiriqlar asosida tarix
fani ishladi. Ilmiy tadqiqotlarni tasdiqlash uchun Moskvadagi Davlat attestatsiya
qo`mitasiga mavzular olib borilar edi.
XX asrning 30-yillarida, ya`ni «madaniy inqilob» avj oldirilgan yillarda
madaniyatga qarshi kurash shu darajada kuchaydiki, odamlarni qatag`on qilish
uchun ularning uyidan arab yozuvidagi kitob yoki daftarlar topilishi kifoya edi.
O`sha yildan, 30-yillar va 50-yillar ikkinchi yarmigacha, o`n minglab, yuz minglab
jild kitoblar, nodir qo`lyozmalar suvga chuc`tirildi, yoqildi, tuproqqa ko`mildi.
Taqdir istehzosini qaranki, o`sha yillari sho`ro tarixchilari madaniy inqilob davri
deb atadilar. SHo`rolar siyosati oxir-oqibatda shunga olib keldiki, ajdodlarni
ardoqlaydigan o`zbeklarning ham ko`pchiligi yetti ajdodini u yoqda tursin, ikki-
uch bo`g`in ota-bobolarini zo`rg`a taniydigan bo`lib qoldilar. Bu monqurtlikning
bir ko`rinishi edi. Aynan mana shu davrlardan boshlab, sho`rolar adabiyotda,
san`atda, «ilg`or farzandlar», «qoloq ota-onalarga» qarshi qo`yila boshlandi. Sovet
307
hukumati 1934 yil 16 mayda «Maktablarda fuqarolar tarixini o`qitish» to`g`risida
qaror qabul qildi. CHunki kommunistik mafkura qoidalariga ko`ra davlatchilik
tarixini o`qitish bu eski tuzumni yoqlash bilan barobar edi.
Bu ilg`or «o`g`il-qiz» lar ota-onalarining e`zozlash o`rniga ular ustidan
kular, juda insoflilari esa ularni qayta tarbiyalashga harakat qildilar. Ikkinchi jahon
urushidan keyingi yillarda 50-yillar boshlarida, yangi yerlarni o`zlashtirishga
jo`nayotgan yoshlar deysizmi, ilg`or kolxozga yigit-qizlar deysizmi, partkom
kotiblari-yu zveno boshliqlari deysizmi, ko`pincha o`zlarining «ilg`orlik»larini
«qoloq» ota-onalarini qayta tarbiyalash orqali namoyon qiladilar. Oqibatda,
avlodlar o`z ajdodlarini, demak tarixni ardoqlashlari u yoqda tursin, ularni mutlaqo
unuta boshladilar. Mana shu jabhada, 1937 yilda shaxsan Stalinning o`zi tahrir
qilgan VKP(b) (Bol‘sheviklar Butun ittifoq partiyasi) qisqacha tarixi nashrdan
chiqib, hamma tarixchilar undan qomis sifatida foydalandilar. Natijada 1934-1936
yillar o`quv qo`llanmalar tayyorlash qarori asosida tarix uni o`ta siyosatlashtirilib
yuborildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi xalq xo`jaligini tiklash ham oson kechgani
yo`q. Nihoyat alg`ov-dalg`ovlarga to`la fojiali 40 yildan ortiq davrdan so`ng 50-
yillar oxirlariga kelib hayotda yengillik va ilgariga nisbatan hayot farovonligi
oshdi. Bugungi kundagi tarixshunosligimizda O`zbekistonning ikkinchi jahon
urushidagi ishtiroki masalasi ham nihoyatda dolzarb muammolardan biri bo`lib
turibdi.
Ushbu davr tarixshunosligida urushlar tarixi tarixshunosligini o`rganishdan
ko`zlangan maqsad, tariximizning o`rganilmagan yangi sahifalarini ochmog`imiz
zarurligidir. Masalan mana shunday dolzarb, o`rganilishi talab qilinadigan
yo`nalishlardan biri bu urushlar oqibatida muhojirlikka ketib qolgan o`zbeklar
tarixidir.
Bu davr tarixshunosligini o`rganish nihoyatda muhim. Chunonchi 1917-
1920 yillardagi fuqarolar urushi natijasida 13 million kishi nobud bo`ldi, minglab
kishilar jarohatlandi. Dehqon xo`jaliklari, sanoat izdan chiqdi, ocharchilik
qashshoqlik va ommaviy yuqumli kasalliklar keng quloch yoydi. Turkistonda
respublikalar tashkil etilishi munosabati bilan esa minglab yillar davomida
shakllanib kelgan va takomillashgan yagona iqtisodiy tizimga zarba urildi,
dehqonchilik otin-ustin qilinib, boy va o`rta hol dehqon xo`jaliklari davlat
tomonidan talon-taroj maydoniga aylantirildi. O`n minglab mirishkor dehqonlar
oilalar bilan «quloq» qilindilar, to`zitib yuborildi. YUzlab obod qishloqlar
xarobaga aylantirildi. SHuningdek, qdimdan rivojlanib kelgan va kundalik
hayotning tarkibiy qismi bo`lmish yuqori darajadagi hunarmandchilik ildiziga
bolta urildi. 30-yillardagi ocharchilik, qahatchiliklarda esa o`n minglab
kishilarning yostig`i quridi, og`ir dardlarga chalindi. Mana shu og`ir tarix sahiflari
308
tarixshunosligimizda R. Shamsutdinov, N. Karimovlarning sa`y-harakatlari tufayli
asta-sekinlik bilan yoritilib bormoqda.
Xullas, XX asrning 30-yillari 50-yillarning birinchi yarmi davridagi
O`zbekiston tarixi tarixshunosligini o`rganish hozirgi kunda tarixchilar oldiga
nihoyatda dolzarb vazifalarni qo`yishini mana shu yuqorida keltirilgan misollardan
ham bilishimiz mumkin.
Ko`p tomlik O`zbekiston xalqlari tarixi asarining yaratilishi uchun zaruriyat
sezila boshladi. Sababi, sho`rolar tizimining butun siyosiy tarixini bilish, mana shu
oqibatlarni
ochib berar
edi. Bu davrda ilmiy
– tadqiqot ishlarini
muvoffiqlashtirishni SSSR fanlar akademiyasining 1930 yilda tashkil etilgan
O`zbekiston filiali (O`z FAN) amalga oshirdi. 1943 yil noyabrda O`z FAN
bazasida respublika Fanlar akademiyasi tashkil topdi. 1944 yilda O`zFA tarkibida
818 nafar ilmiy va ilmiy texnik xodimlar bor edi. Oliy ta`lim tizimida ham
olimlarning, xususan tarixchilarning yirik otryadi ishlar edi.
Tarixchilar kommunistik mafkura doirasida bo`lsada, o`z oldilariga urush
davri qo`ygan vazifalarning mas`uliyatliligi va muhimligini tushungan holda ijodiy
kuch-g`ayratini fashizm mafkurasiga qarshi kurashga, gitlerchilarning bosqinchilik
siyosatini fosh qilishga, xalqimizning yuksak vatanparvarlik tuyg`ularini
tarbiyalashga qaratdilar.
Respublika tarixchilari «O`zbekiston xalqlari tarixi»-ikki jildlik fundamental
asarni yaratishga kirishdilar.
Bu asarni yozishda olimlardan YA.G`.G`ulomov, T.N.Qori Niyozov,
S.P.Tolstov, M.E.Voronets, E.SH.Rajabov, A.YU.YAkubovskiy, V.I.Zohidov,
V.A.Shashkin, K.B.Trever va boshqalar qatnashdilar. Lekin birinchi bor yaratilgan
bu fundamental asar kommunistik mafkura asosida yozilgan bo`lib, unda tarixiy
voqealiklar soxtalashtirilgan, g`oyaviy jihatdan noxolis ilmiy xulosalar qilingan
edi.
SHu bilan bir qatorda sharqshunos olimlar o`zbek xalqining boy madaniy
merosini
o`rganishga katta
e`tibor berdilar. A.Rasulov, V.Zohidjonov,
E.Muhamedxo`jaev, A.A.Semyonov, D.T.Voronovskiy va boshqalar qadimgi
qo`lyozmalarni o`rganish va ilmiy izohlash ishlari bilan samarali shug`ullandilar.
Haqiqatdan ham 1944 yilda Respublika davlat kutubxonasining SHarq
qo`lyozmalari bo`limi bazasida O`z FA Sharqshunoslik instituti ochilib, uning
birinchi direktori vazifasini professor A.A.Semynov tayinlangan edi.
Jamiyatshunoslik olimlarning tadqiqotlarida O`zbekiston xalqlarining
ijtimoiy-falsafiy (I.M.Mo`minov) va tabiiy-ilmiy tafakkuri tarixi masalalari muhim
o`rin egalladi. Bir qator falsafa tarixiga oid asarlar e`lon qilindi, ularda
fashizmning irqchilik g`oyalari, jahonga hukmronlik qilish da`volari fosh etildi.
309
Urush davri qiyinchiliklariga qaramasdan, oliy maktab rivojlanib bordi.
1945 yilda O`zbekistondagi oliy o`quv yurtlarining soni faqat tiklanib qolmasdan,
shu bilan birga urushdan oldingi davrga nisbatan 3 taga ko`paydi. Markazdan
ko`chirib keltirilgan institutlar hisobiga, talabalar soni 19.061 madal 21.195 tagi
yetdi.
Mustabid tuzum 40-yillar oxiri 50-yillar boshlarida respublikada siyosiy
kompaniyalar o`tkazib, 1952 yil 21-22 fevralda bo`lib o`tgan O`zKP (b) MQning
X plenumini o`tkazdi. Tarixchi A.X.Boboxo`jaev panturkizmni targ`ib qilishda
ayblandi.
Plenumda, ayniqsa, O`zbekiston xalqlari tarixini yoritish masalasida jiddiy
tanqidiy fikrlar bildirildi. Ushbu plenum «O`zbekiston va O`rta Osiyo Rossiyaga
qo`shilgan», ko`p tomlik «O`zbekiston xalqlari tarixi» ikkinchi jildida «Temur
davlati madaniyati oshirib yuborilgan» va «1898 yilgi Andijon qo`zg`oloni
reaktsion harakat» - degan, aslida haqiqatni inkor etuvchi kommunistik mafkura
nuqtai nazaridan baholar berildi.
Xullas, 40-yillar oxiri 50-yillar boshlari stalinizm davrida mustabid tuzum
o`z xalqiga qarshi o`tkazgan ommaviy qatag`onlarning navbatdagi bosqichi bo`ldi.
Bu qatag`onlarga uchragan ziyolilar orasida taniqli tarixchi olimlar ham bor edi.
Asossiz qatag`on qilinganlarni oqlash «xalqlar otasi» vafotidan keyin
boshlandi. Ammo, Stalinning vafotidan keyin ham boshqacha fikrlovchilarga
nisbatan ta`qib qilishlar to`xtamadi. Bu esa o`z navbatida ko`plab ko`p tomlik
O`zbekiston xalqlari tarixi asarlarning rus va o`zbek tillarida qaytadan yozilishi
hollariga olib keldi.
Markaz ideologlari tomonidan o`ylab topilgan xayoliy va noilmiy aqidalar,
ya`ni «SSSRda sotsializmning to`la va uzul-kesil g`alaba qilgan»ligi, butun
mamlakatda bo`lganidek, O`zbekistonda ham maorif, oliy ta`lim, ilm-fan va san`at,
tarixshunoslik ham o`ta siyosiylashgan holda rivojlantirishga majbur etildi.
O`zbek xalqining boy o`tmish tarixini, milliy madaniyatini va qadriyatlarini
kamsitish, ularni soxtalashtirish aynan shu yillarda avj olgan edi. Qadimiy
tariximizni o`rganish, «o`tmishga sajda qilish» deb qoralandi. Ijtimoiy-gumanitar
fan olimlariga «rivojlangan sotsializm» davrini, uning «tarixiy ahamiyati»ni,
«afzalliklari»ni o`rganish haqida maxsus «ko`rsatma» berildi. Natijada bu yillarda
ijtimoiy-gumanitar fan olimlari tomonidan «rivojlangan sotsializmni» madh
etuvchi ko`plab ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar yaratildi.
Tarixshunoslikda ham O`zbekistonda sho`rolar tuzumining o`rnatilishi
tarixini madh etuvchi, «ilg`or» ishchilar sinfining shakllanishini yorituvchi va
hakazo yo`nalishlardagi tarix asarlarini yaratish vazifalari qo`yildi. Agar ikkinchi
jahon urushi yillaridan so`ng I tom «O`zbekiston xalqlari tarixi» 1950 yilda
310
nashrdan, II tom faqat 1947 yilda nashrdan chiqarilgan bo`lsa, Sovetlar davrini aks
ettiruvchi III tom qo`lyozma shaklida qolib ketib, kitob qilib chiqarilmadi.
Ko`plab bahs va munozalardan so`ng «O`zbekiston xalqlari tarixining»
yangi nashri 2 tomlik to`rtkitob jildi shaklida 1955, 1956, 1957 yillar nashr etilib,
sovetlar davrini madh etuvchi, kommunistik – formatsion taraqqiyot qonunlariga
mos ravishdagi bosqichlar bilan nashr qilindi.
Mana shundan so`ng, Toshkent va Samarqand shaharlarida O`rta Osiyo va
Qozog`iston
xalqlari
tarixining
ba`zi
muammoli
va
bahs-munozarali
tarixshunosligi masalalari o`rganishga bag`ishlangan ilmiy anjumanlar o`tkazilib
turadigan tarixchi-olimlar markazlariga aylandi. Masalan, 1942 yil avgustida
Toshkentda SSSR FA tarixchi olimlarining O`rta Osiyo xalqlari etnogeneza tarixi
muammolarini o`rganish haqidagi yig`ilishi o`tkazildi. 1954 yil yanvar-fevral
oylarida O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlari tarixining 1917 yilgacha bo`lgan
tarixi masalalarining muammolariga bag`ishlangan qo`shma yig`ilish bo`ldi.
YA`ni bu yig`ilishlarga barcha O`rta Osiyo va Qozog`istonlik tarixchi
olimlar, o`z respublikalaridan kelib qatnashdilar.
Aynan mana shu yillarda Samarqand shahrida, xususan Afrosiyobda katta
hajmda arxeologik qazishma ishlari boshlab yuborildi. 1958 yilda Samarqand
arxeologik ekspeditsiya tuzilib, V.A.Shashkin, YA.G.Gulomov, L.I.Al‘baum,
M.Ye.Masson, A.Yu.YAkubovskiy va boshqalar ish olib bordilar. Ayniqsa,
O`zbekistonlik arxeolog olimlarning yosh, navqiron avlodi shakllandikim, bugungi
kunda ular hozirgi zamon arxeologiya fani ustunlari bo`lib qoldilar O`zbekistonda.
1962 yilda Samarqand shahrida kroman‘on tipidagi odam suyagi qoldiqlarining
topilishi ham katta ilmiy yangiliklar safiga kiritildi. Xallas, aynan mana shu davrda
tarixshunoslik fani o`zining eng rivojlangan bosqichlaridan biriga ko`tarildi. Va
o`z navbatida tarix fanining O`zbekistondagi taraqqiyoti butun O`rta Osiyoda juda
ham ilg`or pozitsiyani egallab turdi.
XX asrning 20-30 yillar O`zbekiston haqida ingliz, nemis va frantsuz tilida
nashr etilgan asarlar tarixshunosligi.
20-30 yillarda O`zbekistonda sharqshunoslikka doir tadqiqotlarning holati va
rivojlanishi. O`zbekiston va Rossiyadagi tarixni ―bol‘shavoycha‖ tadqiq etish
usullari. O`zbekiston va shakllanayotgan markazdagi ―yangicha‖ tuzumning kuch
siyosati haqida. Milliy-hududiy ―parchalanish‖ yoki chegaralanishning sho`ro
hukumati siyosati tarixshunosligi.
Ma`muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi tarixshunosligi. 20-30
yillarda O`zbekistonda etnografiya masalalarining o`rganilishi. Xalqning moddiy
ahvoli va ijtimoiy qiyofasidagi o`zgarishlar haqida eski va yangi adabiyotlar
tarixshunosligi. O`zbekistonda arxeologiya tadqiqotlari. O`zbekiston tarixining 20
yillari ingliz tilida nashr etilgan adabiyotlari tarixshunosligi.
311
XX asrning dastlabki o`ttiz yilligida Germaniyada O`zbekiston xalqlari
tarixini o`rganish. Frantsuz tarixshunosligida O`zbekiston tarixi muammolarining
yoritilishi.
Kommunistlarning tarix sahifalarini ―yangicha‖ yoritish bo`yicha, fabrikalar
va zavodlar tarixi, fuqarolar urushi tarixini ―bol‘shavoycha‖ yozish haqida
qarorlari va ularning oqibatlari.
XX asrning dastlabki o`ttiz yilligida O`zbekistonda tarixshunoslik
jarayonlari quyidagi soxalarni qamrab oldi:.
Tarixiy obidalarni muxofazasi masalasi buyicha. ―Turkomstaris‖
tashkilotining 1921-1924 yillardagi faoliyati:. Tarixshunoslikda ―partiya tarixi‖
yo`nalishi. Turkiston MIK qoshida tuzilgan Turkistonda revolyutsion harakatni
o`rganish komissiyasi ―Turk Istpart‖ tashkil etilishi. SHo`rolar davri yangi jurnal
va nashriyotlarning roli. Professor Po`lat Soliev va uning asarlari. Milliy
davlatchilik masalasi tarixshunosligi ―Kengash‖, ―Najot‖, ―Ulug` Turkiston‖,
―Hurriyat‖ gazetalarida Munavvar Qori Abdurashidxonov, M.Behbudiy,
A.Boytursunov, A.Buqayxonov, Ye.Norbo`tabekov, N.Xo`jaev, F.Xo`jaev,
M.Cho`qaev va boshqalarning Turkiston kelajagiga qarashlari yoritilgan asarlari
tarixshunosligi. Sulton Galiev, Zaki Validiy, Turor Risqulov va Nazir To`raqulov.
O`zbekistonda XX asr dastlabki o`ttiz yilligida tarixshunoslik. O`zbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o`rganishning asosiy yo`nalishlari. Turkiston uchun
Rossiyada ro`y bergan fevral‘ burjua inqilobi va oktyabr davlat to`ntarishi
voqealarining ta`siri tarixshunosligi, Turkiston muxtoriyati. Istiqlolchilar harakati.
Mustaqillik uchun kurashlar harakati tarixshunosligi. O`zbekiston madaniyati
tarixshunosligining asosiy yo`nalishlari. O`ta ―inqilobiy‖ o`zgarishlar siyosatining
tanglikka uchrashi davri xisoblanadi..
XX asrnig birinchi yarmida Sovet davlati ittifoqqa qo`shib olingan barcha
millat va madaniy tengsizligini bartaraf qilish yuzasidan bir qancha shularni
amalga oshirgan bo`lsa-da, aslida bu xalqlarga ittifoq tarkibida majburan ushlab
turish, ularni nazorat qilib turish siyosatini olib bordi. Masalan, quyidagi hujjatda
Sovet davlatining o`ziga qaram bo`lgan hududlarda qat`iy amal qilinadagan
yo`riqnomasidan, bu xol ochiq yozib qoldirilgan: Boshlang`ich va o`rta maktablari,
bundan ham avval, o`rta va oliy o`quv yurtlarida o`ta e`tibor qozongan
o`qituvchilar shidan chetlashtirilishi lozim bo`ladi. Ularnig o`rniga biz
tomonimizdan belgshilanadigan kishilarni qo`yish kerak. Fanlar orasidagi farq
teislab yuborilishi originallar nashri cheklanishi, lotin va o`zbek tillari, umumiy
filosofiya, mantiq va genetika fanlarinig o`tilmog`i to`xtatilishi shart. Tarix
darslarida o`tgan siyosatdonlar kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki
xizmat qilishga urinishga burmoq lozim bo`ladi. Maxsus maktablarda
mutaxassislik juda chegaralab o`tilishi kerak.
312
Ko`rinib turibdiki, urishdan keyin butun dunyoga kommunistik g`oya
ustinligini yoyish uchun harakatlar boshlangan. Sovetlar jahon bo`ylab o`z
hukmronligini o`rnatmoqchilar. Bu hujjat – yo`riqnomada tarixchi olimlarga ham
bevosita aloqadar jumlalar bor edi.. Oliy o`quv yurtlariga shunday kishilarni qabul
qilish kerakki, ular halqning omi qatlamidan bo`lishsin va ularni mutaxassislik
bo`yicha chuqur bilim olish emas, balki faqat diplom qiziqtirsin. Demak,
kommunistik mafkura milliy o`zlikni anglashni ongli ravishda buzishga harakat
qilib, hayosizlarga, dalil – isbotsiz xalqning eng ongsiz bo`lib qolishini istab,
O`zbekistonninggsh ham yoshlarining ziyoliy kishilarining hurfikrliklarini yo`q
qilishga intildi.
Bu harakatlarning boshida kommunistik partiya turar edi. O`z. KP(b)
Mq byurosi 1950 yil 1 sentyabrdagi qonunlari O`zbekiston xalqlari tarixining
Sovet davriga bog`ishlangan kitoblar ham yaratilmaganini tanqid qilib, ―Bizda
tarix masalalarida yana bir muhim kamchiliklar bor. O`zbekiston tarixi Sovet davri
haqida birorta ham asar yozilgan emas‖. ―O`zbekiston xalqlari tarixi‖ning Sovet
davriga bag`ishlangan uchunchi jilda va ―O`zbekiston KP(b) tarixi ocherklari‖ juda
sekin yozilmoqda. Bizning tarixchilarimiz VKP(b) ning rahbarlik va yo`l
ko`rsatuvchilik rolini, O`zbekiston saqialistik negizda o`zgartirishda buyuk rus
xalqi, VKP (b) Markaziy Komitet, ulug` yo`lboshchilarimiz Leninva Stalin bergan
g`oyat katta yordamini har tomonlama ko`rsatib berishga alohida e`tibor qilishlari
kerak, deb olimlarga tariximizni qanday yozish kerakligi haqida masus
―ko`rsatma‖ berildi.
Mana shular natijasida, zulm va zo`ravonlikka qurilgan mustabid,
beshafqat tuzum davrida o`zligini, millat qadr – qiymatini teran anglagan, ijtimoiy
– siyosiy ongi yuksak, xalqni uyhotishga, halqni boshqarishga qodir bo`lgan,
ma`rifat va ma`naviyat yo`lida fidoyilik ko`rsatgan barcha aql-zakovat
soxiblarining qancha-qanchalari jismonan yo`q qilindi. Bular orasida ko`plab
tarixchi, sharqshunos, ziyoliy va olimlarimiz ham bor edi. Partiyaning XX s`yezdi,
shaxsga sig`inish deb Stalinni qoralagan bo`lsada, hech qanaqa demokratiya
haqida, erkinlak haqida ochiqchasiga gapirish mumkin emas edi.
O`zbekiston tarixshunosligining XX asr 60-80 yillaridan rivijlanishi
Raxima Xadievna Aminova, Melixon Axunovna Axunova, Boris Vladimirovich
Lunin asarlarini o`qib bilsak bo`ladi. Tarixchi olimlar e`tiboriga molik bo`lgan bu
asar, mantiqiy jixati ―Istoriya istoricheskoy nauki v Uzbekistone. Kratkiy ocherk‖
(T,1970) asarining davomi bo`lib, kirish, oltini bobdan iboratdir. Har bir bob o`z
zamonasiga mos ravishda tarix faning rivojlanish bosqichlarini ochib berishga
harakat qiladi. Juda ko`p asar va ularning mualliflari haqida ma`lumotlar
to`plangan muhim yo`nalishi sanalgan.
313
O`zbekiston kommunistik partiyasi tarixi, O`rta Osiyo yoki Turkiston
o`lka bolsheviklar tashkiloti tarixshunosligi, shuningdek kolxoz va sovxozlar
tarixi, zavod va fabrikalar tarixnovisligi kabi yo`nalishlar yo`qotdi. O`sha davrda
Dostları ilə paylaş: |