Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.10.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#160155
  1   2   3
Ilm-fan va innovatsiya 1229 (2)



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
113 
DAMLI CHOLG’UNI O’RGANISHDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR 
Normamatov Nodirbek Sheralievich 
R.Glier nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Musiqa Maktabi 
Damli va zarbli cholg'ular bolimi Valtorna sinfi o'qituvchisi 
 https://doi.org/10.5281/zenodo.8020362
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bugungi kunda yurtimizda musiqa madaniyatiga 
berilayotgan etibor, musiqa san’atining rivojlanishida davlat tomonidan yaratilayotgan 
imkoniyatlar, shuningdek, valtorna musiqa cholg’usini o’qitishda an’anaviy va zamonaviy 
uslublari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. 
Kalit so’zlar:
Musiqa madaniyati, islohat, cholg’u ijrochiligi, valtorna. 
Mamlakatimizda aholining ma’naviy hayotida, shu jumaladan, ta’lim va tarbiya masalalari 
asosida o’quvchi yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish va ularda vatanparvarlik 
madaniyatini rivojlantirish masalalari Davlatimizning muhim siyosati darajasiga ko’tarildi. 
Shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-
son , 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o’rni va 
ta’siriniyanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF¬-6000-sonli Farmoni, 2017 yil 17 
noyabrdagi “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
PQ-3391-son, 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan barkamol etib 
tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3907-son, Mamlakatimiz madaniy faoliyatida yana bir ulkan 
yangilik bo’ldiki, bu ham bo’lsa “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to’g’risida”gi 
qonunni qabul qilinishi fikrimiz dalili sifatida izohlanadi. 
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev madaniyatimizga bo’lgan cheksiz 
hurmati va sadoqatini isboti sifatida 2022-yil 2-fevral kuni tasdiqlangan PQ 112-son
“Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida” gi Qarorida aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga 
madaniy dam olish xizmatlari ko’rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha 
hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini 
tizimli ravishda yo’lga qo’yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab 
topish va qo’llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholg’ular, musiqa darsliklari, 
notalar to’plami va o’quv metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish 
maqsadida, shuningdek, 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla” yilida amalga oshirishga oid davlat 
dasturi ishlab chiqildi.
Qaror ijrosini amalda qo’llayotgan pedagog ustozlar o’quv muassasalarida tahsil olayotgan 
o’quvchilarning san’at va musiqaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, sohada yangi iste’dodlarni 
kashf etish va yoshlarning ijodiy faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida 
targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, musiqa to’garaklari tashkil qilinib, 
unda o’quvchilar darslardan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqdalar, to’garakda 
o’quvchilar turli musiqa cholg’ularini mahorat bilan chalish, milliy va zamonaviy kuy-
qo’shiqlarni ijro etish sir-asrorlarini o’rganmoqdalar.
Texnikaviy rivoj bosimida jadallashib borayotgan va o’z ta’sirini o’tkazayotgan musiqiy 
taraqqiyot oqimining yoshlarga ta’siri o’z kuchini ko’rsatmoqda. Shu sababli asrlar davomida 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin