Farg'ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi ijtimoiy fanlar kafedrasi tarix fani o'qituvchisi Nilufar Ahmadaliyeva Rustamovnaning tarix fanidan "Abu Rayxon Beruniy" mavzusida 7-"B" sinfida o'tgan ochiq dars tahlili



Yüklə 18,11 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü18,11 Kb.
#164721

Farg'ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi ijtimoiy fanlar kafedrasi tarix fani o'qituvchisi Nilufar Ahmadaliyeva Rustamovnaning tarix fanidan "Abu Rayxon Beruniy" mavzusida 7-"B" sinfida o'tgan ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI

11.05.2023 yil Farg'ona shahar.



Qatnashdilar:
1. Yig'ilish raisi - O'IBDO' I.Tursunaliyev
2. Yig'ilish kotibi- D.Abdullayeva
3. O'qituvchilari: Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri N.Turdaliyeva, ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi D.Djo'rayeva, tarix fani o'qituvchisi K.Sottiyev, ingliz tili fani o'qituvchisi Sh.Abdujalilova.
Kun tartibi:
1.Tarix fani o'qituvchisi Nilufar Ahmadaliyeva Rustamovnaning 7-"B" sinf o`quvchilari bilan o'tkazgan "Abu Rayxon Beruniy" mavzusidagi ochiq dars tahlili.
Eshitildi:
N.Ahmadaliyeva so'z olib, darsga kirgan o'qituvchilarga o'z minnatdorchiligini bildirdi. O'qituvchi darsda o'zi qoʻgan maqsadlarga erishganligini aytdi.
Markaz ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri N.Turdaliyeva so'zga chiqib, tarix fani o'qituvchisi Nilufar Ahmadaliyeva "Abu Rayxon Beruniy" mavzisida o'tgan ochiq darsiga mavzuni oʻrganish bo'yicha qo'yilgan maqsadga erishganligi bo'yicha fikrini aytib o'tdi. O'qituvchi ilmiy jihatdan darsni to'g'ri tashkil etganligi, o'quvchilarni darsga qiziqtira olganligi, rolli metod usulidan samarali foydalanganliga ijobiy baho berdi.
So'zga ijtimoiy fanlar kafedrasi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi D.Djo'rayeva so'zga chiqib, o'tilgan mavzu bo'yicha qo'yilgan maqsadga erishganligini, dars ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilganligini aytib o'tdi. O'qituvchi buyuk ajdodlarimizning biz uchun qoldirgan ilmiy merosi haqida juda qimmatli ma'lumotlar bera olganligi hamda uning tarixiy ahamiyati haqida atroflicha fikrlar bildirdi. O'quvchilar tomonidan yangi mavzu tayyorlab kelingani esa ularni mustaqil fikrlashda, nutqining ravon bo'lishida ijobiy ahamiyatga ega boʻlishini. Bundan tashqari mavzu orqali o'qituvchi o'quvchilarda vatanparvarlik hissini shakllantira olganligi, dars davomida ma'naviy barkamollik tushunchasiga ham e'tibor qaratilganligi alohida ta'kidlanib o'tildi. Ko'rgazmali qurollardan, texnik vosita va qo'shimcha adabiyotlardan o'rinli foydalanganligi, darsdan ko'zlangan maqsad va ko'nikmani shakllantirishga erishganini aytib, darsni namunali deb ommalashtirishga tavsiya etdi.
So'zga tarix fani o'qituvchisi K.Sottiyev chiqib, o'qituvchi darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanganligini aytib o'tdi. Shu bilan bir qatorda o'qituvchi Abu Rayxon Beruniy faoliyatiga bag'ishlangan qo'shimcha adabiyotdan o'rinli foydalanganligini ayniqsa maqsadga muvofiqligini aytdi.
So'zga ingliz tili fani o'qituvchisi Sh.Abdujalilova chiqib, ko'rgazmali qurollardan, texnik vosita va qo'shimcha adabiyotlardan o'rinli foydalanganligi, darsdan ko'zlangan maqsad va ko'nikmani shakllantirishga erishganini aytib, darsni namunali deb ommalashtirishga tavsiya etdi.
Markaz O'IBD o'rinbosari 1.Tursunaliyev so'zga chiqdi. Dars noan'anaviy tarzda o'tilganini, barcha o'quvchilar faolligini, o'z o'rnida o'quvchilar rag'batlantirilganligi, yangi innovatsion texnologiyalar, amaliy o'yin usulidan foydalanganligi, qo'shimcha adabiyotlardan samarali foydalanganligi haqida gapirdi. Ochiq darsni mazmunli o'tilganligi, o'quvchilar dars davomida erkin ishtirok etganligini, o'qituvchi yuqori bilim darajasiga egaligi, dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borilganligini aytib, darsni namunali deb baholadi.

QAROR QILINDI:

1. Tarix fani o'qituvchisi Nilufar Ahmadaliyeva Rustamovnaning 7-"B" sinfda “Abu Rayxon Beruniy" mavzusida o'tgan ochiq darsi namunali deb topilsin.


2. O'quv mashg'ulolti davomida foydalanilgan innovatsion texnologiyalar aqliy hujum. BBB, muammoli masala, klaster, munozara usullari o`quv jarayoniga tadbiq etilsin.
3. Namunali ochiq dars markaz miqiyosida ommalashtirilsin.

Yig'ilish raisi: I.Tursunaliyev

Yig'ilish kotibi: D.Abdullayeva
Yüklə 18,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin