Savollar:
1.
O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o‗zaro munosabatlari
tarixshunosligi.
2.
Arablar bosqini va uning tarixiy bilimlar rivojiga ta`siri.
3.
O`rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy yuksalish tarixshunosligi.
4.
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri.
5.
Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning
kuchayishi.
6.
O‗rta Osiyoda XII-XIV asrlarda tarixiy bilimlarning holati.
7.
Xorazmshohlar davlati tarixi va Sulton Jaloliddin kurashi tarixshunosligi.
8.
O‗rta Osiyo xalqlari siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti muammolarining
Rashiduddin, Ibn Batuta va Hamidulloh Kazviniy asarlarida yoritilishi.
XIX-BOB. RIVOJLANGAN O`RTA ASRLAR TARIXSHUNOSLIGI
Bag`dod xalifaligining sobiq hududida tashkil topgan eng yirik davlatlardan
biri Somoniylar davlati (819-999 yy.) edi. X asr oxirlariga kelib feodal tarqoqlik
234
yanada kuchaydi. Hamadon, Isfahon va Rayda Buvahiylar, Tabaristonda va
Jurjonda Ziyoriylar mustaqillikka erishdilar. 962 yilda Somoniylarning G`aznidagi
noibi Alptakin ham mustaqillik e`lon qildi. Sirdaryoning o`ng sohilidagi yerlar,
shuningdek, Chag`oniyon va Xorazm ham somoniylarga itoat etishdan bosh
tortdilar.
Xorazmshohlar davlati tarixshunosligini o`rganish, ayniqsa Mustaqil
O`zbekiston Respublikasi tashkil topganidan so`ng jonlanib ketdi. Bu sohada
Azamat Ziyo, Ozod Masharipov, Matyoqub Maniyozov, Abdulla Sotliqov,
Anatoliy Sagdullaev va boshqalarning xizmatlari samarali bo`ldi.
Tarixshunosligimizda, mamlakatimizning har bir voha yu vodiysining
hissasi bor ekanligini biz bir necha bor ko`rdik. Shu ma`noda davlatchiligimiz
ibtidosi qaror topgan ko`hna Xorazmda XI-XIII asr boshlarida kechgan siyosiy
jarayon va uning tamom mintaqaga ta`siri katta qiziqish uyg`otadi.
Xorazmshoh deyilganda, aslida, Xorazm vohasida hukmronlik qilgan sulola
vakili tushuniladi, ya`ni Xorazm hukmdori (shohi) ma`nosini anglatadi. Uzoq
asrlar davomida bu viloyatda bir qator sulolalar xorazmshohlar unvoni ostida
faoliyat ko`rsatganliklarini bilamiz. Masalan, IV-X asrlarda afrig`iylar xonadoni,
995-1017 yillarda ma`muniylar (Ma`mun I, Abulhasan Ali, Ma`mun II), 1017-
1041 yillarda esa oltuntoshiylar (Oltuntosh, Horun, Handon) sulolalari
xorazmshohlar unvoni bilan boshqaruv kursisida o`tirganlar. Ammo Xorazm
doirasidan tashqariga chiqib, mamlakat, mintaqa miqyosida ot surib va bu bilan
ham cheklanmasdan boshqaruvning saltanat darajasiga erishgan sulola bu
anushtegeniylardir (1097-1231).
1017 yili Xorazmni Mahmud G`aznaviy bosib oldi, o`zining bosh hojibi
Oltintoshni xorazmshoh unvoni bilan Xorazm hokimi etib tayinladi.
1043 yili Xorazm saljuqiylar davlatiga qo`shib olindi. Saljuqiylarning
Xorazmdagi noibi Otsiz xorazmshoh saljuqiylarning zaifligidan foydalanib,
mustaqil siyosat yurgiza boshladi va Xorazmda yangi sulolaga asos soldi. 1172 yili
Xorazmga qoraxoniylar bostirib kirdi. Otsiz xorazmshohning nabirasi Takash 1187
yili Nishonpurni, 1192 yili Rayni, 1193 yili Marvni bosib oldi, 1194 yili saljuqiylar
sultoni To`g`rul II ni yengdi. Takash xorazmshoh davrida (1172-1200) Eronning
Sharqiy qismi Xorazmga qo`shib olindi. Uning o`g`li Muhammad Xorazmshoh
davrida Xorazm Yaqin Sharqda eng qudratli davlatga aylandi. Xorazmga Kaspiy
dengizining shimoliy sohillaridan fors qo`ltig`igacha, Kavkazdan hindukush
tog`larigacha bo`lgan hudud qarardi. Xorazm Xitoy, Mo`g`uliston, Tibet,
Hindiston, Yaqin Sharqdagi mamlakatlar, Rus va volga bo`yidagi shaharlar bilan
savdo-sotiq qilardi. Bu haqida tarixchi olim Ozod Masharipov «Xorazm tarixidan
sahifalar» (Toshkent, 1994), Matyoqub Matniyozov va Abdulla Sotliqov «Jahon
tarixi va madaniyatida Xorazm» (Urgench, 1999 yil), o`z asarlarida ma`lumotlar
235
keltirib o`tadilar. Ularning qimmati ham shundaki, bugungi zamon nuqtai-
nazaridan tarixshunosligimizni boyitganlar.
Ammo, Anushteginlarning turkiy qabilalardan kelib chiqqanligi, uning
o`g`uz qabilalarining Bekdili urug`idan ekanligi to`g`risidagi ma`lumotlar fors
tarixchisi Rashiduddinning asarlarida keltirilgan.
G`aznaviylar sulolasiga 962 yil somoniylar sarkardasi Alptakin G`azna
shahrini bosib olib, u yerda g`aznaviylar sulolasiga asos solgan. Bu tarixnavislikka
G`aznaviylar devonida 25 yillik davlat xizmati bilan Abul Fayzi Bayhaqi o`zining
«Mas`ud tarixi» yoki «Tarixi Bayhaqiy» asari bilan asos soldi.
G`aznaviylar davlati ravnaq topgan davrda saroyda va shaharlarda buyuk
olimlar yashab, ijod etganlar (Beruniy, Utbiy, Abulfazl Bayhaqiy, Gardiziy,
Firdavsiy va boshqalar) G`aznaviylar davlati Mahmud G`aznaviy vafotidan keyin
zaiflasha boshladi. Mas`ud I davri (1030-1041)da Xorazm qo`ldan ketdi,
Movarounnahrning Amudaryo yuqori oqimidagi yerlarni qoraxoniylar tortib oldi.
XII asr 70-yillarida g`uriylar g`aznaviylarni Shimoliy Hindistonga siqib
chiqardilar, Lahor ularning poytaxtiga aylandi. 1186 yili g`uriylar Lahorni ham
bosib oldilar.
Saljuqiylar davlati (1038-1194) nomi ko`chmanchi turk-o`g`uz qabilasi
boshlig`i Saljuq nomidan olingan. Saljuqiy turklar XI asr 30-yillarida harbiy
xizmatlari evaziga Xurosonda g`aznaviylardan mulklar oladilar. Tarixchi olim
Azamat Ziyoning «O`zbek davlatchiligi tarixi» nomli asarida ko`rsatilishicha
saljuqiylar tarixshunosligi Sadr ad-din Ali Husayniyning «Zubdat at-tavorih»,
«Tarixi Salojoqa», «Rohat as-sudur» nomli asarlaridan boshlanadi. Eng yangi
zamon tarixshunosligi Agadjanov S.A.ning «Ocherki istorii og`uzov i turkmen
Sredney Azii IX-XII vv» (M., 1969) asarlari bilan davom etishini ko`rsatadi.
XI asr oxirlaridan boshlab, saljuqiylar davlati tanazzulga uchray boshladi.
Chunki birinchi salib yurishlari natijasida saljuqiylar Kichik Osiyoning qirg`oq
bo`yi hududlaridan ajradilar. O`zaro sulolaviy va ichki nizolar tufayli, To`g`rulbek
avlodlarining ba`zilari mustaqil sultonliklar tuzib oldilar, natijada saljuqiylar
davlati ikkiga bo`linib ketdi. Birinchi poytaxt Hamadon, ikkinchisi Marv bo`lib
qoldi. Xorazmshoh Takash Marvni bosib oldi, Hamadon poytaxti bo`lgan ko`hna
sultonligi esa XII asrgacha hukm surdi.
A.Sagdullaev, B.Aminov, O`.Mavlonov, N.Norqulov «O`zbekiston tarixi:
davlat va jamiyat taraqqiyoti. I qism» (-Toshkent, «Akademiya», 2000) asarida
saljuqiylar haqida hech bir ma`lumotni keltirmaydilar. Shunday bo`lsada, Bo`riboy
Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» (T., 1994) asarining 424-425 betlarida
Saljuqiylar davlati haqida qisqacha ma`lumotlar keltirib o`tiladi.
So`g`diylar va turkiy urug`lar aloqalarining kuchayishida Sharqiy Turkiston,
Yettisuv va Janubiy Tangritog` viloyatlarida tashkil topgan musulmon turk
236
davlati–Qoraxoniylar (927-1212) muhim o`rin tutadi. Qoraxoniylar davlati
Yettisuv hududida Qarluq (756-940) davlati o`rnida tashkil topdi. Uning asoschisi
Sotuq Bug`roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolosog`un hokimini mag`lub
etib o`rniga o`zini hoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila –yag`mo –
chigil
qabilalari
birlashdilar.
Qoraxoniylar
tarixshunosligi
Mahmud
Qoshg`ariyning «Devonu lug`ati turk», Gardizning «Zayn ul-axbor» («Xabarlar
ziynati») asarlari bilan boshlanadi. Keyinchalik bu yo`nalishdagi tarixnavislik
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asaridagi ma`lumotlar bilan to`ldiriladi.
XI asr 60-70 yillarida qoraxoniylar saljuqiylar bilan to`qnashib, zaiflashib
qoladi. 1212 yili Muhammad Xorazmshoh qoraxoniylar davlatini butunlay tugatdi.
XI-XII asrlarda O`rta Osiyoda tovar-pul munosabatlari juda rivojlandi. Bu
davr tarixshunoslikda ham shaharlarning kengashi va rivojlanishi, tovar ishlab
chiqarish, iqtisodiyotning umumiy ko`tarilish davri edi. Siyosiy o`zgarishlar O`rta
Osiyo xalqlari fani va madaniyatiga ham kuchli ta`sir ko`rsatdi.
Tarixshunoslikda siyosiy dunyoqarash va ularni tarixiy o`rganish arab tilida
yaratilgan tarixiy asarlarning umumiy xususiyatlarida namoyon bo`ladi. Ular
garchi arab tilida yozilgan bo`lsada, barchasida umumiy tarixni qamrab olishga,
ya`ni tarixni jahon tarixi sifatida idrok etishga, talqin qilishga intilish alohida
sezilib turadi.
Tarixnavislikda ham kitoblar ichida tarixchi o`zining «Qur`oni Karim»,
hadislar va «Payg`ambarlar qissalari», diniy rivoyatlarni yaxshi bilishini namoyon
etishga va ulardagi mashhur va ma`lum voqea, hodisa, rivoyat, aqidalardan unumli
foydalanishga intilganlar.
Arab tilidagi tarix asarlarining eng qadimgilari – kufiyda «Qur`oni Karim»
va tafsir, hadislar – nasxda, suls-yozuvlarida bitilgan. XV asrdan so`ng iste`molga
nasta`liq yozuvi kirgan. Alohida farmon va hujjatlar nasta`liq yozuvida bitilgan.
Tarixnavisligimizga oid asarlar mazmunida mayin ma`naviy Alloh hamdi –
tamhid, payg`ambarimiz na`sihatlari, to`rt sahoba yoki sahobai roshidin ta`rifi
kelib, undan so`ng asar kimga bag`ishlangan bo`lsa, odatda ularga bag`ishlov –
maqtov yoziladi va shundan keyin kamtarin muallif o`zi haqida, qanday asar
yozmoqchi ekanligi, uning nomi va asarning ixcham mazmuni haqida yozgan.
Asarning oxiridagi xotima – kolofonda esa, muallif asarini tugatib olgani
uchun Allohga shukronalar keltirib, mazkur qo`lyozma asar va uning ushbu
nusxasi, ko`chirilish joyi va tarixi, xattoti haqida ma`lumot keltiradi.
Hazrati Beruniy arablarda tarix yaratish an`anasi juda qadimiy va boy
emasligini haqli ravishda qayd etgan bo`lsa-da, arab xalifaligi shakllanganidan
so`ng, yunon, eron, yahudiy va nasroniy tarix an`analaridan ijobiy va ijodiy
foydalangan arab va arab tilida ijod qiluvchi muarrixlar arab xalqlari, hamda arab
237
xalifaligi hududiga kirgan yoki unga qo`shni bo`lgan xalqlar tarixini yozishga katta
hissa qo`shdilar.
Yurtimizdan yetishib chiqqan tarixchilarimiz ham arab tilida, ayniqsa
Beruniy, Sam`oniy, Shahobiddin Nisoviy kabi tarixchilar ajoyib asarlar yaratib
arab tilidagi tarix ilmiga munosib ulush qo`shdilar.
Ko`chmanchi xalqlar tarixini o`rganish va uning tarixshunosligi hozirgi
zamon tarixshunosligining dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu muammoni,
taniqli olim Bo`riboy Ahmedov «Tarixda saboqlar» (T., 1994) asarida tahlil
qilishga harakat qiladi.
XIII asrning ikkinchi yarmida Dashti qipchoqning katta qismi, xususan, Oq
O`rda va Shaybon ulusida ko`chib yurgan turk-mo`g`il qabilalari «o`zbeklar», bu
bepoyon hudud esa «O`zbeklar viloyati» deb atala boshladi. Bundan o`zbeklar
Dashti qipchoqda faqat XIV asrning ikkinchi yarmidan paydo bo`lgan, degan
xulosa kelib chiqmaydi. Hozirgi o`zbeklar, shuningdek qozoqlar, qoraqalpoqlar,
boshqirlar, tatarlar va boshqa turkiyzabon xalqlarning ota-bobolari qadim
zamonlardan shu xalqlar hozirgi yashab turgan hududda hayot kechirganlar.
Mas`ud ibn Usmon Ko`histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy» nomli tarixiy
asarida ko`chmanchi o`zbeklar va ularning XV asrda tashkil topgan davlati
to`g`risida qimmatli ma`lumotlar bor.
Kamoliddin Binoiyning (1453-1512) «Shayboniynoma» asarida ham XV
asrning 80-yillarida Shayboniyxon tevaragida uyushgan qabilalar orasida
shodboqli qabilasi bo`lganini yozadi.
Mahmud ibn Vali (1596-16….) «Bahr ul-asror fi manoqib ul-aqyor»
(«Oliyjanob kishilarning jasorati haqida sirlar dengizi») nomli asarida yozilishicha,
ko`chmanchi o`zbeklar qo`shinida uyrot, mojor va qipchoqlarning lashkarlari ham
bo`lgan.
Abulxayr Fazlulloh Ro`zbekxoning «Mehmonnomayi Buxoro» degan
asarida ham o`zbeklar haqida qimmatli ma`lumotlar uchratamiz. Uning fikricha
o`zbeklar (ko`chmanchi o`zbeklar) asosan uch toifadan, ya`ni qabilalar ittifoqidan:
Shaybon ulusiga kirgan qabilalar (Shayboniyon), qozoqlar va mang`itlardan tashkil
topgan.
Ko`chmanchi o`zbeklar davlati o`sha vaqtda hozirgi Qozog`istonning katta
qismi va Janubi-G`arbiy Sibir ustidan o`z hukmronligini o`rnatdi. Tarix fanida bu
davlatning tashkil topishi, taraqqiyoti va inqirozga yuz tutishi, shuningdek, ana shu
bepoyon hududda XV asr davomida ko`chib yurgan turk-mo`g`ul qabilalarining
ijtimoiy-siyosiy hayoti hanuzgacha chuqur o`rganilmagan.
Umuman ko`chmanchi xalqlar tarixi–nomadizm tarixshunosligi deb ataladi.
Shu sababdan, shubhasiz, o`zbeklar tarixida mo`g`illar istilosidan keyin tuzilgan
birinchi davlat tarixini o`rganish nafaqat o`zbek xalqining, bugungi qozoq
238
xalqining ham bir xalq bo`lib tashkil topishi masalasini to`g`ri tushunish uchun
katta yordam berishi mumkin.
1219-1221 yillar ichida O`zbekiston mo`g`ullar tomonidan istilo qilindi.
Chingizxonning ikkinchi o`g`li Chig`atoy (1227-1241 yy.) nomli ulus, mashhur
xorazmlik Savdogar Mahmud Yalovuchga (1125-1238) va uning o`g`li Ma`sudbek
(1238-1289) yordamida idora qilindi.
Mo`g`illar hukmronligi yillarida Movarounnahr xalqi ikki tomonlama–
mo`g`il hukmdorlari dorug`alar, bosqoqlar hamda mahalliy yer egalari zulmi ostida
qoldi.
Bu davr tarixshunosligida Rashiduddin Fazlulloh ibn Imoduddovga
Abulxayr al-Xamadoniyning «Jome` ut-tavorix» («Tarixlar majmuasi») asari bilan
muhim o`rinni egallaydi. Bu kitob o`rta asr Sharq tarixchiligida yangi an`anani
boshlab bergan asar. Unda umumiy tarix sifatida musulmon mamlakatlari tarixi
bilan birga, G`arb mamlakatlari, Xitoy hamda Hindiston tarixini ham yoritishga
intilgan, Sharq mamlakatlari tarixi umum jahon tarixining bir qismi, deb
hisoblangan.
«Jome` ut-tavorix» asarining ayniqsa turk-mo`g`ul asarlari tarixini o`z ichiga
olgan Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Umumiy tarix yo`natilishida yozilgan yana bir asar «Tarixi guzida»
(«Saylangan tarix»)ning muallifi Hamdulloh Qazviniy bo`lib, kelib chiqishi
bo`yicha arab, 1281 yili Eron Azarbayjonining Qazvin shahrida tug`ilgan. Ushbu
asarda qadim zamonlardan to 1330 yilgacha Eron va qisman, O`rta Osiyoda bo`lib
o`tgan voqealar yozilgan.
O`tamish Xojining «Chingiznoma» asari Xorazmda hukmronlik qilgan
shayboniylardan Esh sulton (1558 yili o`ldirilgan)ning topshirig`i bilan XVI
asrning birinchi yarmida yozilgan. Bu asar Oltin O`rda va Qozog`istonning ko`hna
tarixidan, aniqrog`i XIII-XVI asrlardagi tarixidan hikoya qiluvchi qimmatli tarixiy
asardir. «Chingiznoma» asari Jo`chi ulusi va Xorazmning o`rta asrlardagi
tarixining qorong`i taraflarini yoritishda muhim manba bo`lib xizmat qiladi.
Movarounnahrni bosib olish mo`g`illarga osonlikcha muyassar bo`lmadi.
Xorazmshohning to`ng`ich o`g`li Jaloliddin Manguberdi va Temir Maliklar
hayotining so`nggi damlarigacha kurashayotgan xalqqa rahnamolik qildilar. Ular
o`zlarining botir jangchilari bilan o`n yil davomida goh Movarounnahr, goh
Afg`on, goh Hind yoki Eron, gohida Kavkazda paydo bo`lib, mo`g`ullarga
qaqshatqich zarbalar berdilar.
Ular haqida ma`lumot beruvchi yirik tarixiy kitob «Tarixi jahonkushoy»
(«Jahongir (Chingizxon) tarixi») nomli bo`lib (muallifda) XIII asr tarixchisi
Alouddin Juvayniydir. Tarixchining otasi Bahouddin mo‗g‗ullar xuruji davri
Sulton Jaloliddin bilan birga dushmanga qarshi janglarda qatnashgan edi.
239
O`zbekiston tarixi uchun «Tarixi Jahonkushoy»ning I-II qismlari alohida
ahamiyatga ega.
Sulton Manguberdi tarixshunosligini o`rganishda Shahobiddin Muhammad
an-Nasaviyning «Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti» (Toshkent, 1999) asari
nihoyatda muhim o`rin tutadi. Shuningdek, Sulton Jaloliddin tarixini yoritishda,
akademik Ziyo Bunyodovning «Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231
yy.)» nomli asari qimmatlidir.
Jaloliddin 1231 yil 17-20 avgustlarida xoinona ravishda o`ldirildi. Jaloliddin
nobud bo`lgan bo`lsada, ammo uning safdoshlari–xorazmlik amirlar va ularning
qo`l ostida minglab askarlar qatl etdilar. Harbiy mahorat va uyushqoqlikda
g`oyatda puxta tayyorgarlik ko`rgan, o`zlari ham shijoatli Xorazmliklar – Sulton
Jaloliddin o`limidan so`ng yana o`n besh yil davomida Iroq, Kichik Osiyo, Suriya,
Misr siyosiy hayotida muhim o`rin tutib kelganlar. Ularning qudratiga tayanib
Yaqin Sharqdagi mahalliy turkiy sulolalar Damashq, Qohirani zabt etishga
muvaffaq bo`lganlar. 1241 yili esa xorazmliklar Quddusni egallaydilar. Natijada
1229 yildan beri salibchilar qo`lida bo`lgan bu muqaddas shaharni musulmonlar
ixtiyoriga qaytaradilar.
Xullas, tarixshunosligimizda, biz Jaloliddin mo`g`ullar va yaqin Sharq,
Yevropa o`rtasidagi to`g`on bo`lgan desak hech ham mubolag`aga yo`l qo`ymagan
bo`lamiz. Shuning uchun ham ona yurt sharofati bilan sulton Jaloliddin
Manguberdi tariximizda Buyuk Xorazmshoh nomi bilan kirib abadiy qolmoqda.
Buyuk mutafakkir va olim Abu Rayxon Beruniy hayoti va ilmiy merosining
o‗rganilishi o‗z tarixiga ega bo‗lib, tarix fanining beruniyshunoslik yo‗nalishiga aylandi.
XX asrda mazkur sohaning rivojlanishi alloma faoliyatiga doir ko‗plab adabiyotlarning
yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi. Ushbu asrning 70-yillarini beruniyshunoslikning avj
nuqtasi deyish mumkin. Sababi 1973 yilda Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1000
yillik yubileyi YuNESKO boshchiligida jahon miqyosida keng nishonlangan. Shu
munosabat bilan allomaning hayoti va ilmiy merosini o‗rganish jarayoni yanada
faollashdi. Ular orasida atoqli sharqshunos olim P. G. Bulgakovning «Beruniyning
hayoti va asarlari» («Jizn i trudы Beruni») kitobi alohida o‗ringa ega. Umumiy hajmi
428 betdan iborat bo‗lgan ushbu kitobni beruniyshunoslik sohasida erishilgan
yutuqlarning cho‗qqisi deb hisoblash lozim. Kitob muallifi o‗zining ko‗plab
tadqiqotlarida
Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodining u yoki bu jihatlarini
yoritgan bo‗lib, mazkur kitob ana shu ilmiy izlanishlarning natijasi va
umumlashmasidir.
«Beruniyning hayoti va asarlari» kitobi 15 bo‗limdan iborat bo‗lib,
dastlabki bilim «Madaniy yuksalish davri» deb nomlanadi. Unda muallif Sharq,
Renessansi davriga tarixiy nuqtai nazardan baho bergan. P. G. Bulgakov uchun
mazkur davrdagi O‗rta Osiyo madaniyati Uyg‗onish davrining ajralmas
240
qismidir. U o‗z fikrini Muxammad al-Xorazmiy, al-Orobiy, Ibn Sino, Abul
Vafo Buzjoniy, Abu Nasr Mansur ibn Iroq, Abu Maxmud Xo‗jandiy, Abu
Abdulloh al-Xorazmiy kabi ushbu davr ilm-fani namoyandalari misolida
asoslab bergan. Kitobning qolgan bo‗limlari Abu Rayxon Beruniyning bolalik
davridan boshlab vafotiga qadar bo‗lgan davrining tarixiy manbalar va
adabiyotlarga asoslangan batafsil bayoniga bag‗ishlangan.
«
Beruniyning hayoti va asarlari» kitobida allomaning hayot yo‗li alohida
bosqichlarda kirib chiqilgan bo‗lib, ularning har birida yaratilgan asarlar nomi,
ular mavzuining qisqacha tahlili berilgan, shoh asarlari uchun esa alohida
bo‗limlar ajratilgan: «O‗tmish avlodlarga yodgorlik» ( «Qadimgi xalqdardan
qolgan yodgorliklar» asari haqida 95— 119-betlar
Dostları ilə paylaş: |