1
“Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi”
kitobi taqdimoti
2018 yil 7 sentabr kuni “Oʻzbekiston” nashriyotida taniqli tarixchi-arxeolog olim, oʻzbek xalqi etnogenezi
va etnik tarixi boʻyicha
qator ilmiy maqolalar, risola va kitoblar muallifi, Oʻzbekiston
Respublikasi Fanlar
akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarovning rus tilida “Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli asari
taqdimoti boʻlib oʻtdi. Asar oʻzbek
xalqining etnogenezi, etnik va millat boʻlib
shakllanish tarixiga
bagʻishlangan boʻlib unda xalqimizning yaqin 4
ming yillik tarixi arxeologik,
antropologik, etnografik,
lingivistik, tarixiy toponimika va qadimgi yozma manbalar maʼlumotlarining ilmiy tahlili asosida bayon
etilgan. Tadqiqotda oʻzbek elatining xalq sifatida tarixan shakllanishi tub joyli turkiy va qadimgi eroniy tilli
qabila va elatlarning uzoq asrlar davomida oʻzaro etnik qorishuvi asosida Oʻrta Osiyo ikki daryooraligʻi va
unga tutash hududlarda tarkib topganligi oʻz isbotini topgan.
Asar kirish va keng xulosadan tashqari 20 bobdan iborat. Unda foydalanilgan tarixiy manbalar va ilmiy
adabiyotlar roʻyxati, atamalar izohli lugʻati ilova qilingan. Kitob mavzuga tegishli rangli foto materiallar,
xaritalar bilan taʼminlangan.