O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112
Muhammad Muso al-Xorazmiy
(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi). 
Biz uni birinchi O‗rta Osiyolik tarixchi olim deb atashimiz mumkin. Chunki al-
Xorazmiy birinchilardan bo‗lib o‗zining ―Kitob at-tarix‖ (―Tarix kitobi‖)
asarini yozgan. Ammo ushbu asar bizgacha mukammal holida yetib kelgan
bo‗lmasada, undan olingan parchalarni so‗nggi davr tarixchilari Ibn an-Nadim,
al-Ma‘sudiy, at-Tabariy, Hamza al-Isfahoniylar o‗z asarlarida keltiradilar. Bu 
kitobni Abu Rayhon Beruniy o‗zining ―Osor ul-boqiya‖ asarida ham eslatadi.
Mazkur asar xalifalik tarixiga oid ma‘lumotlardan iborat bo‗lgan.
“Kitob al-surat al-arz”.
Mazkur asar ham al-Xorazmiy tomonidan
yaratilgan bo‗lib, yunon olimi Ptolomeyning jug‗rofiyaga oid kitobini arab
tiliga tarjima qilgan va uni o‗zining yangi ma‘lumotlari bilan boyitgan. 
―Kitobi surat al-arz‖ (―Yer tasviri kitobi‖) (boshqa nomi ―Al-Xorazm 
geografiyasi―, toʻliq nomi Ptolemey taklif etgan ―Geografiya‖ kitobidan Abu 
Jaʼfar Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy taskin etgan Yer surati – shaharlar


78 
togʻlar, dengizlar, orollar va daryolar kitobi") asarida Kaspiy dengizi yoki
Xorazm dengizi haqida qimmatli ma‘lumotlar bor. Uning ―Surat al-arz― asari
fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Kitob Ptolemeyning ―Geografiya‖si 
asosida yozilgan boʻlsada, shunchaki sharh emas, balki mustaqil asar hisoblanadi. 
Unda birinchi marta yer sirtini yetti iqlimga boʻlish ilmiy yondashuv bilan, 
iqlimlarning geografik kattaliklari asosida berilgan hamda 2402 geografik obʼyekt 
haqida maʼlumotlar, xususan, ularning kengligi va uzunligi keltirilgan (bu 
maʼlumotlarning koʻpchiligi Ptolemey ―Geografiya‖ sida berilmagan). Xususan, 
Xorazmiy geografiya tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U oʻzi 
yashagan 
joylardan 
juda 
uzoqdagi 
boshqa 
obʼyektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi 
orollar, 
jumladan, Buyuk 
Brita-
niya, Irlandiya, Sarandib (Shri Lanka) joylashuvini toʻgʻri tasvirlaydi. Kitobda 
tasvirlangan xaritalar xaritagrafiya tarixida muhim oʻrin tutadi. 
Ushbu tarixiy jug‗rofiyaga oid asardagi O‗rta Osiyoga oid ma‘lumotlar katta 
ilmiy ahamiyatga ega. Kitobning 937 milodiy, hijriy 428 yili ko‗chirilgan
mo‗tabar qo‗lyozmasi bizgacha yetib kelgan bo‗lib, unga turli xaritalar chizib ilova 
qilingan.
Bu kitob 12-asrdayoq, lotin tiliga tarjima qilingan va geografiya fani 
rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Ushbu mo‗tabar qo‗lyozma matni 1926 yili
sharqshunos H.M.Mjik tomonidan Leypsigda nashr qilingan. Kitobni o‗zbek
tiliga A.Ahmedov tarjima qilib, ilmiy sharhlar bilan 1983 yili chop etgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin