1
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Baxtiyar Ergashev
MANBASHUNOSLIK VA
TARIXSHUNOSLIK
Darslik
Samarqand – 2021
2
UDK: 9:902(575.1)
BBK: 63.2я
E-74
Ergashev B. Manbashunoslik va tarixshunoslik. Darslik.
–
Samarqand: SamDU nashri, 2021. – 404 bet.
Mazkur darslik respublikamizda faoliyat ko‗rsatayotgan barcha
oliy o‗quv yurtlari bakalavr tarixchilari tomonidan tarixshunoslik va
manbashunoslik fanini o‗rganish uchun mo‗ljallangan.
Samarqand
davlat
universiteti
kengashining
2021
yil
30.dekabrdagi 6 - sonli bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya
etilgan.
Ma‟sul muharrir:
T.f.d. F.H.Nabiyev
Taqrizchilar:
T.f.d.B.S.G‟oibov
Sh.A.Achilova-Samarqand
davlat chet tillari instituti
dotsenti, t.f.n.
ISBN-978-9943-7275-8-8
© B.Ergashev, 2021
© Samarqand davlat universiteti, 2021
3
MUNDAREJA
Kirish
………………………………………………………………
4
I-Bob
Manbashunoslik fanining maqsad va vazifalari.
………………….
6
II-Bob
Tarixiy manbalarni turkumlash, tanlash va ilmiy tahlil qilishning
umumiy yo„l-yo„riqlari
……………………………………………...
12
III-Bob
O„rta Osiyo tarixiga oid qadimgi yozma manbalar.
…………..…..
24
IV-Bob
O„rta Osiyo tarixiga oid ilk o„rta asr yozma manbalari.
………….
58
V-Bob
O„rta Osiyoning IX-XII asrlar tarixiga oid yozma manbalar
…….
71
VI-Bob
O„rta Osiyoning XIII-XV asrlar tarixiga oid yozma manbalar
…..
95
VII-Bob
Temuriylar davri manbalari.
..............................................................
107
VIII-Bob
O„rta Osiyoning XVII-XIX asrlar tarixiga oid manbalar.
……….. 115
IX-Bob
O„rta Osiyo tarixiga oid rus va yevropa tillaridagi yozma
manbalar
……………………………………………………………..
124
X-Bob
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri manbalari
……………… 143
XI-Bob
O„zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar.
…………………
159
XII-Bob
Mustaqil O„zbekiston tarixiga oid manbalar
……………................ 166
XIII-Bob
O„zbekistonning manbashunos olimlari
……………………............ 178
XIV-Bob
Tarix fanining maqsad va vazifalari
………………………………...
181
XV-Bob
Tarixshunoslikning tarix fanlari tizimidagi o„rni.
………………
184
XVI-Bob
Tarixiy bilimlarning shakllanishi
……………………………….….
191
XVII-Bob
Ilk o`rta asrlar tarixshunosligi
……………………………………
208
XVIII-Bob
Madaniyat masalalarining nazariy jixatlari
……………………….
215
XIX-Bob
Rivojlangan o`rta asrlar tarixshunosligi
……………………………
231
XX-Bob
Amir Temur tarixi tarixshunosligi. XX.1-bob.Temuriylar davri
tarixshunosligi.
………………………………………………………..
249
XXI-Bob
O„rta Osiyo xonliklarida tarixshunoslik fani
...................................
262
XXII-Bob
O„zbekiston sovet davri tarixshunosligi
............................................
298
XXIII-Bob
Mustaqil O`zbekiston tarixshunosligi
……………………………..
352
Glossariy
……………………………………………………………
388
Xulosa
………………………………………………………………
393
Manbalar va adabiyotlar
…………………………………………
395
4
Kirish
Manbashunoslik va tarixshunoslik fani yurtimiz qadim tarixiy jarayonlarda
shakllangan bilimlar taraqqiyoti haqida asoslangan va batafsil tasavvurga ega
bo‗lish, tarix sahifalari bosqichlari to‗g‗risida tushunchalar berish, hozirgi davrda
kelajagimizni ko‗zlab, munosib bilimli yoshlarni har tomonlama kamol topishi
muhim ijtimoiy vazifa hisoblanadi. Chunki tarixiy haqiqat hikmatlari bilan
sug‗orilgan yosh avlod kelajakka tarixiy tajribaga asoslangan holda dadil qadam
qo‗yadi.
Tarixiy haqiqatning sinalgan jihatlaridan biri o‗tmish voqealarini,
sahifalarini o‗rganmay kelajak hayotimiz quriladigan poydevorni anglash mumkin
emasligi hisoblanadi. Mashhur Xitoy faylasufi, tarixchi Konfutsiy tarix kelajakning
manbai degan fikri asrlar davomida o‗zining hayotiyligini isbotlab berdi. Shu bois
tarixiy bilimlarga, ularning ichki qonuniyatlari va xususiyatlarini o‗rganishga
dunyoning barcha xalqlari intilishi doimiy mezonga aylanib bormoqda.
Yangi O‗zbekistonning tarix fanlari sohasidagi muhim jihatlaridan biri
mustaqillik yillarida sovet mafkurasi ta‘siridan xalos bo‗lishga erishish uchun
ijobiy natijalarga erishildi. Tarixchi olimlar, oliy o‗quv yurtlari mutaxassis
o‗qituvchilari tomonidan olib borilgan ilmiy, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar o‗rtasida
aloqalar yetarlicha bo‗lmadi. O‗zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix institutining
tarixshunoslik-manbashunoslik bo‗limi yetakchi mutaxassislari tomonidan dunyo
e‘tirof etgan yangi tarixshunoslik va manbashunoslik sahifalari yaratildi.
Biroq shuni ta‘kidlash kerakki tarixchi olimlarning ilmiy natijalari oliy
ta‘lim tizimidagi tarixshunoslik-manbashunoslik ixtisoslik fani darajasida
mukammal darsliklar yaratilganligi ob‘ektiv haqiqatdir. Oliy ta‘lim tizimida
tarixchi
talabalar
tomonidan
tarixshunoslik
va
manbashunoslik
fanini
o‗zlashtirishdagi uslubiy qiyinchiliklarning asosiy sababi darslik va o‗quv
qo‗llanmalarning yetishmasligi yaqqol namoyon bo‗ldi.
Tarixiy izlanishlar, erishilshgan natijalarning oliy ta‘lim tizimi darsliklarida
o‗z aksini topish uchun uzoq vaqt o‗tishi kerak bo‗lmoqda. Buning asosiy
sabablaridan biri tarixshunoslik va manbashunoslik sohasidagi o‗zaro bir-biri bilan
bo‗lgan bog‗liqlik jihatlarini uzviy aloqadorligi tarixchi olim va pedagoglarda
shijoat yetarli bo‗lmadi. Sababini aytish lozimki tarixchi olim va pedagoglar
tomonidan darslik yozilgan bo‗lsada, ularning yaratilishidan keyingi turli
mulohazalar, takliflar, ayniqsa tanqidiy fikrlar darsliklar yaratishga bo‗lgan
intilishlarni bir oz susaytirdi.
Tarixshunoslik-manbashunoslik darsligining yaratilishi yuqorida bildirilgan
fikr va zaruratdan kelib chiqqan holda bajarilgan darslikdan biri hisoblanadi.
Darslikda
Samarqand
davlat
universiteti
tarix
fakulteti
bakalavriatida
―Tarixshunoslik-manbashunoslik‖ fanini sohasidagi manbalarning o‗rganilishi
5
asosidagi tarixiy ma‘lumotlar umumlashtirishga harakat qilingan. Unda o‗quv yili
yuklamalarida ajratilgan soatlar hajmida mavzular tanlangan.
Darslikdagi mavzular O‗zbekiston tarixi sahifalaridagi qadim davr
tarixshunosligi va manbashunosligidan rivojlangan o‗rta asrlarda markazlashgan
feodal davlatlari, xonliklarda tarix fani, mustabid sovetlar tarixshunosligi va
manbashunosligi hamda o‗rganilishi jihatdan dolzarb hisoblangan mustaqillik
davri tarixiga e‘tibor berilgan.
Mazkur darslik Oliy ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan fanlarning
malaka talablariga muvofiq yaratildi.
Darslikda ta‘lim oluvchi talaba va mutaxassis o‗qituvchilarda fanga oid
umumiy tushunchalarni jamlashga harakat qilinib, O‗zbekiston tarixining barcha
davriga oid tarixiy ma‘lumotlarning o‗rganganlik darajasini yoritishga harakat
qilingan.
E‘tiborlisi shundaki tarixning davrlariga oid o‗zbek va xorij tarixchi
olimlarining tarixiy asarlari, monografiyalardan foydalangan holda yaratilgan va
tarixshunoslik va manbashunoslik fanining uslublarini ochib barishga erishilgan.
Darslikda tarixiy bilimlarning shakllanishi, ularning turlari, O‗rta Osiyo
tarixnavislik maktablari, ulardagi tarixiy tadqiqot uslublari shakllanishi tarixi
yoritilgan.
Darslikni tayyorlashda O‗zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida
an‘anaviy o‗tkazilib kelinayotgani Yah‘yo G‗ulomov nomidagi ―Tarixshunoslik‖
o‗qishlari nashr materillaridan, shuning ―O‗zbekiston tarixi‖ jurnalining 2000
yildan ―Tarixshunoslik‖ ruknida e‘lon qilingan maqolaridan foydalangan holda
tayyorlandi.
Ayniqsa O‗zbekistonning sovetlar davri, Mustaqil taraqqiyot bosqichlari
tarixshunosliligi va manbashunosligiga oid materiallar nisbatan ko‗proq berilishiga
sabab, talabalarda bu davrlarning mantiqiy davomiyligi masalasi ko‗plab
tushunmovchiliklarga sabab bo‗lganligi hisoblanadi.
Darslikni yaratishda davriy xarakterdagi tarixshunoslik va manbashunoslik
ma‘lumotlarni yoritish jarayonida ayrim kamchiliklar uchrashi tabiiy. Shu sababli
muallif darslikni yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan fikr va takliflarni
kutib qoladi (baxegashev @ mail.ru).
Muallif ushbu darslikni yaratilishida o‗zining qimmatli ma‘lumotlarini
tavsiya qilgan ―Tarixshunoslik‖ fani bilimdonlari D.A.Alimova, M.M.Is‘hoqov,
I.M.Saidov
va
kafedra
o‗qituvchilari J.Amirqulov, F.Mamatqulova va
M.Asatullaevlarga o‗zining samimiy minnatdorchiligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |