10
ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan, mehnatkash xalqning tarixi esa ko‗p
hollarda chetlab o‗tilgan. Bu asarlarda hukmron feodal sinfning dunyoqarashi o‗z
ifodasini topgan, o‗sha tabaqaning maqsad va manfaatlarini himoya qiladi. Bu
tabiiy hol, albatta. Lekin, shu sababdan bunday asarlarni e‘tiborsiz qoldirish xato
bo‗lur edi, chunki uzoq o‗tmishda bo‗lib o‗tgan voqealar tafsilotini faqat shu
asarlarning sahifalaridagina saqlanib qolgan. Qisqa qilib aytganda o‗tmishni bu
asarlarsiz o‗rganib bo‗lmaydi. Lekin ularni o‗rganish jarayonida, ularning
sahifalarida keltirilgan axborot va faktik materiallardan foydalanishda hushyor
bo‗lib, ya‘ni ularga sinfiy va tanqidiy yondoshish talab qilinadi.
Tarixiy, geo-kosmografik va biografik asarlar bizgacha ko‗p miqdorda yetib
kelgan va o‗rta asrlar davri tarixini o‗rganishda ular asosiy manba hisoblanadi.
Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi sohalari: paleografiya,
diplomatika, geroldika, sfragestika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va
xronologiya qo‗lga kiritgan yutuqlarga tayanadi.
Dostları ilə paylaş: