Paleografiya (yunoncha παλαιóς ―qadimgi; muhim‖ va γράφω ―yozmoq‖ )
yozuv belgilarining yaratilishi va ularning rivojlanishini oʻrganuvchi tarixiy-
filologik fan; nazariy paleografiya tarixan oʻzgargan yozuv xususiyatlarining
qonuniyatlarini aniqlaydi; amaliy va tavsifiy paleografiya muayyan qoʻlyozmaning
qachon va qayerda yaratilganini, uni yozgan yoki koʻchirgan shaxsning ishtirokini
hamda kotiblarning ish hajmini aniqlash maqsadida kotiblarning yoki ayrim
qoʻlyozmalarning individual (oʻziga xos) jihatlarini oʻrganadi.
Diplomatika (grek. Diploma – ikki buklangan qog‗oz, hujjat) rasmiy
hujjatlarni o‗rganish va tahlil qilish bilan shug‗ullanadi.
Geraldika (lot. heraldus — jarchi, gerold)-gerbshunoslik, turli-tuman
nishon va belgilarni o‗rganadi. (masalan, Oʻzbekistonda ham qadimdan muhrlar,
tangalar va buyumlarga shahar, davlat, urugʻ yoki hunarmandchilik
uyushmalarining gerb suratlarini tushirish keng tarqalganini ma‘lum, geraldika
o‗shalarni o‗rganadi).
19-asrning 2-yarmidan gerblarni oʻrganuvchi yordamchi tarix fani; Dastlab
13-asrdan 19-asrning l-yarmigacha dvoryan, tsex va yer mulklarining gerblarini
tuzish bilan geroldlar shugʻullanganlar (Geraldika atamasi shundan olingan).
Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma
manbalarni oʻrganadi, milliy anʼanalar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo
iqtisodiy va madaniy aloqalarni oʻrganishda yordam beradi.
Sfragistika (yun. σφραγίς sphragis - muhr) yoki
sigillografiya (lot.
Sigillum-muhr va yunoncha γράφω, grapho-yozaman) qadimiy muhrlar podsholar,
xonlar, amirlar va qozilarning muhrlari va ularning yozuvlarini tekshiradi.
18-asrda diplomatiyaning boʻlimi sifatida shakllanib, hujjatlarni tasdiqlash
hamda ularning haqiqiyligini aniqlash asosiy vazifasi bo‗lgan. Muhrni 10-15-
11
asrlarda faqat oliy hokimiyatdagi kishilar qoʻllagan va oʻz tipik belgilari bilan
knyaz, yepiskop (Rossiya), shahar hokimi, mingboshi, noib, qozi, muftiy muhri
(Oʻrta Osiyo) va boshqalarga boʻlingan