O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Epikrafika 
(yunon. ἐπιγραφή, – bitik, yozuv) qattiq jismlar -
tosh, metall, sopol va boshqalardagi, asosan, qadimiy va oʻrta asrlarga oid yozuvlar 
(bitiklar)ni toʻplash, nashr etish va sharhlash bilan shugʻullanadi.
 Numizmatika
(lot. numisma - tanga) - tangalar haqidagi fan; tangalarning 
tasvirlari, yozuvlari, ogʻirligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi 
darajasi va tanga zarb qilinish tarixini oʻrganadi. Numizmatika xronologiya, 
moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarixi masalalarini tekshirishga imkon 
beradi. 
Metrologiya 
(grek. Metron-o‗lchov, logos-tushuncha, bilim: o‗lchovlar 
haqida tushuncha) oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari 
hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan. O‗tmishda turli 
mamlakat va xalqlar orasida amalda bo‗lgan og‗irlik, masofa va sath o‗lsovlarini 
o‗rganadi. 
Xronologiya 
(yunon. χρόνοσ-xronos – vaqt, λόγος-logos – tushuncha, 
bilim: vaqt haqida tushuncha) 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vaqt 
oʻlchovi haqidagi fan. Astronomik xronologiya fazodagi hodisalarning qaytarilib 
turish qonuniyatlarini oʻrganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi. 
Tarixiy xronologiya qadimgi xalqlar va mamlakatlada amalda bo‗lgan yil 
hisobi va taqvim (kalendar)ni o‗rganuvchi soha, tarixiy voqealar sodir boʻlgan 
sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniqlashda yordam beradi. 
Xronologiya taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir. Bu esa alohida 
tarixiy voqealar, mehnat qurollari, hunarmandchilik va xoʻjalikning rivoji, uy-
joylar, qishloqlar va shaharlarning qurilishi, davlatlarning tashkil topishi va 
madaniyat taraqqiyoti yutuqlari vaqtini aniqlashni anglatadi. Yozma manbalar 
asosida aniq sanalar belgilanadi. Arxeologik maʼlumotlarga asoslangan 
xronologiya yuz va ming yilliklar bilan oʻlchanadi. 
Ma‘lumki o‗rta asrlarda musulmon mamlakatlarida amalda bo‗lgan hijriy 
(milodiy 622 yilda boshlangan)dan tashqari Saljuqiy sulton Malikshoh (1072-1092 
yy.) tarafidan joriy etilgan Jaloliy va 1301 yili Ehson G‗ozonxon (1295-1304 yy.) 
joriy qilgan va Xoniy nomi bilan mashhur bo‗lgan yil hisoblari ham bo‗lgan. 
Manbashunoslik fani asosan ikki yo‗nalishga ega bolib, u nazariy 
manbashunoslik va amaliy manbashunoslikdan iboratdir. 
Amaliy manbashunoslik tarixning ayrim soha va yoʻnalishlari hamda davr 
va bosqichlari bilan shugʻullanib, izlab topilgan tarixiy manbalarni arxiv, muzey va 
kutubxonalarning maxsus xazinalarida toʻplash, qayd etish, saqlash, taʼmirlash va 
taʼriflash kabi ishlarni amalga oshiradi. Nazariy manbashunoslik tarixiy 


12 
manbalarning yaratilishi va ularda tarixiy voqeliklarning rivojlanish jarayonlarini 
aks ettirish tartibi, usullari, axborotlarning tarkibi va joylashish xususiyatlarini 
tadqiq etadi. Manbalarni tartibga solish va turkumlarga ajratish asoslarini ishlab 
chiqadi, ularning umumiy va maxsus turlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq qilish 
uslubini belgilab beradi, ularni ilmiy muomalaga kiritishning, amaliy 
o‗rganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va yollarini aniqlaydi va 
amaliyotga tavsiya etadi. Manbashunoslikning nazariy masalalari, asosan, yozma 
manbalar zaminidagi tarixiy asar va hujjatlarga binoan hal etiladi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin