13
manbashunosligi», «O‗rta asrlar tarixi manbashunosligi» darsliklari ham mana shu
qoidaga asoslangan.
B.A. Ahmedov O‗zbekiston tarixi (o‗rta asrlar) manbalarini (yozma
manbalarni) quyidagi uch turga bo‗lib o‗rganishni tavsiya qilgan: 1) ashyoviy
manbalar, ya‘ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar; 2)
rasmiy
hujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik hamda biografik asarlar. Ushbu turkumda
qayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, ya‘ni qadimda ajdodlarimiz
turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o‗rganish uchun asosiy manba bo‗lib xizmat
qiluvchi manbalar, asosan arxeologiya fani tomonidan o‗rganiladi
va biz
uchun qo‗shimcha yoki yordamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi
mumkin.
O‗zbekiston tarixiga oid yozma manbalarni, asosan ikki turga bo‗lib
o‗rganish maqsadga muvofiqdir.
1) Rasmiy hujjatlar-yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar,
hisob-
kitob daftarlari, rahnomalar, rasmiy yozishmalar, maktublar va boshqalar.
Umuman, tarixiy hujjatlarning o‗ttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-
siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari, ya‘ni
feodal yer egaligi, ijtimoiy
munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga o‗xshash masalalar bo‗yicha daliliy
ma‘lumotga boyligi bilan tarixiy manbalaming boshqa turlaridan ajralib turadi.
Ular, asosan hujjatshunoslar tomonidan maxsus o‗rganilsada, tarixiy manba
sifatida manbashunoslikda ilmiy qiymati juda katta.
2) Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik hamda biografik manbalar.
Bunday asarlarda rasmiy hujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va
to‗la yoritiladi. Shuning bilan bir qatorda ular daliliy ma‘lumotlarga boyligi bilan
ko‗zga tashlanadi. Yozma manbalarni faqat zikr
etilganlari bilan cheklab
bo‗lmaydi. Xususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bayoni mavjud bo‗lib, faqat ularning o‗ziga xos bayon
uslubi, badiyatini nazardan qochirmaslik kerak. Chunki tarixchi bor haqiqatni
yozishi kerak bo‗lsa, shoir yoki ijodkor badiiy to‗qima, bo‗rttirish,
mubolag‗aga yo‗l qo‗yishi, ya‘ni o‗z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga ega.
Masalan, Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir davriga va zamondoshlariga
oid qimmatli fikr, mulohazalar mavjud.
Alisher Navoiyning ―Xamsa‖ asari tarkibidagi
dostonlarida ham tarixiy
ma‘lumotlar, xususan Mirzo Ulug‗bek shaxsi va uning ilmiy merosi
to‗g‗risida juda qimmatli fikrlar mavjud.
Yozma manbalardagi o‗ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan
voqea, hodisalarga subyektiv yondashuv, ayrimlarini xaspo‗shlash yoki buzib
talqin etish hollari uchrab turadi. Bunday asarlar
ustida tadqiqot olib
borilganda, ularga tanqidiy yondashish talab etiladi. Bu esa