Manbani ichki belgilariga qarab tahlil qilish.
Manbani ichki belgilariga
qarab tahlil qilish deganda, uni mazmuniga qarab tahlil qilish, tushuntirish,
g‗oyaviy-siyosiy va ilmiy qimmatini aniqlash masalalari aniqlanadi.
Har qanday asarning ilmiy qimmati, unda bayon etilgan voqealarning,
ob‘ektivligi, keltirilgan faktlarning to‗g‗riligi, nihoyat oldinga surilgan fikr va
g‗oyalar bilan o‗lchanadi. Shuning bilan bir qatorda bunda asarning original (asl
16
nusxasi) yoki kompilyasiya (terma) bo‗lishi, to‗la va qisqaligi, voqelarning qay
tarzda bayon etilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi, chunki odatda ilmiy
tadqiqotda original va mo‗tabar nusxalariga tayanib ish olib boriladi.
Yana shunga e‘tibor berish kerakki, sinfiy jamiyat sharoitida yozilgan
asarlarning mualliflari ko‗pincha o‗zlari keltirilayotgan faktlardan to‗g‗ri xulosa
chiqarmaydilar, ularning fikrlarida noaniqlik, chalkashlik va qarama-qarshiliklar
ham uchraydi. Bu tabiiy hol, albatta, chunki ular yashab, ijod etgan muhitning o‗zi
ziddiyatlar bilan to‗lib toshgandadir.
Manbaning mazmunini tahlil etishda yana bir narsaga e‘tibor berish zarur.
Muallifning dunyoqarashidan sinfiy cheklanish, voqealar va faktlar ustidan xulosa
chiqarganda yuz beradigan zaruriyat va qarama-qarshiliklar bilan bir qatorda,
ayrim hollarda ob‘ektiv fikr yuritish hollari ham uchrab turadi. Bunday paytlarda
muallif ko‗pincha o‗z fikr va mulohazalarini pardozli iboralar va istiorali so‗zlar
orasiga yashiradi, shuningdek ko‗p asr avval bo‗lib o‗tgan va aynan muallif bayon
qilmoqchi bo‗lgan voqeaga o‗xshash faktlarni misol tariqasida keltirish yo‗li bilan
bayon etganlar.
«Abdullanoma» asarining (XVI asr) muallifi mashhur Juyboriy xojalaridan
biri yirik feodal xoja Muhammad Islom (taxm. 1493-1563yy.) va uning «Yetti
iqlimning chaqqon hisobchilari yuzdan birini ham hisoblamaydigan bema‘ni
kitoblariga tayanib, manna bu so‗zlar bilan ifodalaydi: «Tafsirat ul-mubtadin» ning
uchinchi bobida aytilganki, «Jahon a‘yonlari bo‗lganliklari uchun emas, balki unga
tegishli bo‗lishlari va mol-dunyoga hirs qo‗yishda o‗zini tiymaganlari yomondir».
Shu boisdan hazrat Risolatpanoh (Muhammad Payg‗ambar) …. Bu ma‘nodan
xabar beradi (va dediki) «mol-dunyoni do‗st tutish har qanday gunohning
boshidir». Ashtarxoniylardan Ubaydullaxon (1702-1711 yy.) kotibi muarrix Mir
Muhammad Amin Buxoriy mazkur xonning o‗ldirish sabablarini, uning
faoliyatidagi nuqsonlardan aniqrog‗i atrofga tuban va sotqin kishilarni to‗plab olib
saltanat va xalq ahvolidan beparvo bo‗lganligidan qidiradi.
Mirxond (XV asr) «Ravzat ul-safo» asarida aytganki, «jahon ustidan hukm
yurgizishning bir sharti shulki hukmron sir saqlay oladigan, muhim davlat ishlarida
mustaqil fikrga ega bo‗lgan maslahatchilarni tarbiyalab yetkazgani zarur. Jahon
ustidan hukm yurgizishning ikkinchi sharti shulki, hukmdor o‗ziga yetuk, oqil,
vijdonlik, kamtarin va iste‘dodli kishilarni yaqinlashtirmog‗i lozim… ». Shunga
o‗xshash «Siroj ul-muluk» kitobi (podsholar va oliy tabaqali mansabdorlarning
xulq-atvori kodeksi)da hikoya qilinganki, Nushirvon (Sosoniylardan Xusrav
Anushervon) kunlardan bir kuni bosh kohindan so‗radi: «Davlatning inqiroziga
sabab nima?» Bosh kohin javob qiladi: «bunga sabab uchta: birinchidan,
davlatning umumiy ahvoli oliy hukmdordan yashirin tutilsa; ikkinchidan xalq
podshoga nafrat ruhida tarbiyalansa; uchinchidan, soliq to‗lovchilarning jabr zulmi
17
ortib ketsa». Mir Muhammad Amin Buxoriy yuqorida aytilganlardan xulosa yasab
bunday deydi:
Afsuski, har uchchala zarur shart Sayyod Ubaydullaxon hukmronligiga
taaluqlidir…. Podsho hukmronligining ikkinchi yarmida ilgari o‗tgan podsholar
tarixidan ota-bobolarning tutimidan chetga chiqadi. Tamom kuch-quvvatini tubdan
va zaif, sust va manfur kishilarni tarbiyalashga sarfladi, ularni o‗ziga
yaqinlashtirdi; mutahhamlar, harom xodimlar va kohinlar bilan yaqin munosabatda
bo‗ldi. Mana shularning hammasi uning davlatini inqirozga uchratdi.
Manbani ilmiy tahlil qilishdan kuzatilgan maqsad, uning muhim va ilmiy
tomonlarini aniqlash, ularda keltirilgan faktlarning birinchi darajadagisini ikkinchi
darajadagisidan, to‗g‗risini haqiqatdan yiroq bo‗lganlaridan ajrata bilish hamda,
eng muhim asarda bayon etilgan voqealarni to‗g‗ri baholay olishdan iboratdar.
Yana shuni aytish kerakki, manbani faqat uning bir o‗zida keltirilgan fakt va
ma‘lumotlarga qarab baholab bo‗lmaydi. Ba‘zi hollarda keltirilgan faktlar soxta,
bayon etilayotgan voqea esa soxtalashtirgan bo‗lishi ham mumkin. Shuning uchun
ham biron asar haqida qat‘iy bir fikr aytishdan avval uni o‗ziga o‗xshash boshqa
asar bilan solishtirish va tekshirish zarur.
Tarixiy manbalar tadqiqoti jarayonida quyidagi masalalar belgilab olinadi:
qoʻlyozma asarlar va hujjatlarni topish va ajratib olish; asosiy matnni va soʻnggi
qoʻshimcha yoki ilovalarini belgilash; manbaning yuzaga kelishi, asliy yoki
koʻchirma nusxaligini aniqlash; manbashunoslik jihatidan qoʻlyozma matni
qanchalik toʻliqligi, unda berilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va aniqligi hamda
bitilgan davrini belgilash. Chunki har qanday mavzu yoki tarixiy voqelik bayoni
manbashunoslik jihatdan keng qamrovlik va mukammallikni taqozo etadi. Shu
boisdan tarixiy manbalarning yaratilish davrining aniqligi manbashunoslikda
muhim ahamiyatga molikdir, yozilgan yoki koʻchirilgan vaqti qayd etilmagan
asarlar tamaddun tarixi davomida uchraydi.
Yozma manbalarni yuzaga kelish tarixini oʻrganish borasida asarning yili,
yozilish uslubi, matnda uchraydigan davr va sanalar, ogʻirlik va uzunlik
oʻlchamlari, pul birliklari, geografik nomlar hamda shaxsiy ismlarni belgilash
manbashunoslikda ayniqsa muhimdir. Chunki tarixiy asarlarning aksariyati oʻz
davrida muallifi tomonidan maʼlum darajada tuzatishlar yoki qisqartirishlar
kiritilgan boʻlsa, keyinchalik esa uning muharrir tarjimonlari yoki tegishli
nazoratchilari tomonidan qandaydir oʻzgartirishlar amalga oshirilgan yoki boshqa
tilga tarjima etilgan boʻlishi mumkin. Natijada matn, mazmun va gʻoyaviy
yoʻnalish jihatidan aslidan oʻzgacha nusxalari paydo boʻlgan. Shu boisdan tarixiy
manba muallifi, tarjimoni va kotiblarini aniqlash muhim ahamiyatga molikdir.
Manbalarning asliy va koʻchirma nusxalarining yaratilishi bilan bevosita bogʻliq
boʻlgan muarrixlarni belgilab olish bilan manba nusxalari, ayniqsa tarjimalarining
18
qanchalik asliga monandligi hamda ularda keltirilgan tarixiy atama, nom va
sanalarning haqqoniyligi aniqlab olinadi.
Manbashunoslik koʻp asrlik tarixga ega. Amaliy manbashunoslik dastavval
Sharqning Misr va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniyat o‗choqlarida qadimgi
podsholiklar (Misr, Shumer, Akkad va Ossuriya) va ularning boshqaruv tizimlari
shakllanayotgan davrlarda yuzaga keldi. Manbashunoslikning ilk omillari
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq kabi xoʻjaliklarning
kengayib rivojlanishi natijasida hayotiy ehtiyojlar yaratgan eng qadimgi yozuvlar
(Misr iyerogliflari, Mesopotamiya mixxati) kashf etilishi, ilmiy-amaliy
bilimlarning vujudga kelishi bilan chambarchas bogʻliq holda paydo boʻldi.
Manbashunoslikning asosi hisoblangan ilk yozuvlar miloddan avvalgi 4-ming
yillikda shakllandi. Eng qadimgi hujjatlar tosh, sopol, poʻstloq, xom gisht, yogoch,
teri, papirus poyasiga bitilgan. Dastlab ularda eng muxim voqea va hodisalar,
nasihatnoma va diniy sheʼrlar yozilgan boʻlsa, keyinchalik podsholiklar tashkil
topgach, podshoh qonunlari (Hammurapi, miloddan avvalgi 1792-1750 yil, Xett,
miloddan avvalgi 2-ming yillik-qonunlari toʻplami), madhiya (gimn)lar,
davlatlararo bitimlar (miloddan avvalgi 1280 yil Xattusili III va Ramzes II larning
tinchlik shartnomasi) kabi tarixiy hujjatlar bitilgan hamda yillik taqvim va oʻlka
haritalari (Misr, Urartu, Bobil va ularning tevarak atroflari) chizilgan. Haqiqiy
tarixiy hujjat tusini olgan bunday qadimgi lavhalar miloddan avvalgi 4-ming
yilliklarda ko‗chirilib, o‗ziga xos kitoblar yaratilgan va ularni saqlash uchun
kutubxona va arxivlar tashkil etilgan (Ur, Nippur, Nineviya, Bobil, Ashshur
shaharlari). Masalan, birgina Ossuriya podshohi Ashshurbanipalning Nineviyadagi
kutubxonasida 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan. Oʻsha davrlardayoq
Shumer, Akkad va Ossuriya maktablarida hujjatli lavhalardan nusxalar
ko‗chiruvchi va ularni jamlab saqlovchi davlat kotib (mirzo)lari tayyorlanib,
amaliy
manbashunoslikka
asos
solingan.
Mesopotamiya
arxivi
va
kutubxonalaridan esa hatto miloddan avvalgi 3-ming yillikka mansub mamlakat
tarixi va geografiyasiga oid maʼlumotlar topilgan.
Tarixiy hujjatlar va yozma manbalarga tanqidiy yondashish, ularda
keltirilgan maʼlumotlarni taxlil qilish va asarlar yaratishda manbalardan
foydalanish yo‗llari qadimgi dunyo tarixchilarining nomi va tarixnavislik ijodi
bilan bogʻliqdir. Dastlab yunon muarrixi Gerodot ayrim yozma manbalarga shubha
ko‗zi bilan boqqan boʻlsa, Polibiy, Livii, Tatsit, Iosif Flaviy kabi tarixchilar oʻz
asarlarida manbalarni tanqidiy ajratish, bir-biriga zid maʼlumotlarni solishtirish
bilan tarixiy manbalarni tekshirib koʻrish yoʻlini qoʻllaganlar. Oʻrta asrlarda
manbalarga tanqidiy munosabatda boʻlish deyarlik barham topgan boʻlsada, ammo
Uygʻonish davrida u qayta jonlandi. Uning rivojiga maʼlum darajada gumanistlar
oʻz hissalarini qoʻshdilar.
19
16-17-asrlarda manbashunoslikning rivojlanishi, asosan, diplomatiya
ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻlangan boʻlsada, ammo bu davrda yozma
manbalar, tarixiy hujjatlarni ilmiy-nazariy tadqiq qilish uslubiyati va amaliy
usullari (B. G. Nibur, L. Ranke, T. Momzen) ishlab chiqildi.
Oʻzbekistonda amaliy manbashunoslikning yuzaga kelishi va rivoji, agarda
arxeologik topilmalarga asoslanilsa, bir necha ming yillik tarix bilan uzviy
bogʻlanadi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestoning charmga bitilgan
ilk nusxalari hamda qadimgi Niso va Tuproqqalʼa shahar harobalaridan topilgan
charm, yogʻoch va sopol boʻlaklariga yozilgan xoʻjalik hujjatlarining guvohlik
berishicha, qadimgi Turon hududlarida ilk qoʻlyozma manbalar miloddan avvalgi
1-ming yillikda yuzaga kelgan. Ular shahar ibodatxonalari va poytaxtlarda qad
koʻtargan podshoh qarorgohlarida saqlangan. Masalan, Koʻhna Niso harobalarida
oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida 2 mingdan ortiqroq sopol boʻlaklariga
parfiya yozuvi bilan bitilgan xoʻjalik hujjatlari topilgan. Ularda Nisoning 17
bogʻdorchilik tumani va 10 ta qishlogʻidan qaysi yilda qancha miqdorda musallas
keltirilib topshirilgani qayd etiladi. Xorazmshoxlarning qadimgi poytaxti
Tuproqqalʼa harobalaridan qazib ochilgan podsholik arxividan esa teri va
yogʻochga yozilgan 100 dan ortiq kirim hujjatlari topilgan. Ularda podsho
xazinasiga tushgan soliqlarning nomi, miqdori va qayerdan keltirilgani
belgilangan. Yogʻochga bitilgan hujjatlarda esa, ozod, qul, xizmatkor, malika
choʻrilari, shahzoda xizmatkorlari, qullari kabi qadimgi Xorazmda hukm surgan
ijtimoiy hayot bilan bogʻliq tabaqalarni belgilovchi atama va iboralar tilga olingan.
Oʻzbekiston hududida qayd etilgan bunday yozma yodgorliklar va ularning
ibodatxona va podsho saroylarida saqlanishi, shubhasiz, bu hududda Baqtriya,
Sugʻd va Xorazm kabi dehqonchilik vohalarida ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar
(ziroatkorlik, chorvachilik, hunarmandchilik) va savdo-sotiq munosabatlarining
kengayishi oqibatida tashkil topgan qadimgi davlat birlashmalarining va ularda
boshqaruv tizimlarining shakllanishi bilan chambarchas bogʻliq tarzda yuzaga
kelganidan dalolat beradi.
Oʻrta asrlarda Arab xalifaligi, somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylar,
saljuqiylar va xorazmshohlar boshqargan yirik davlatlarning tashkil topishi,
poytaxt shaharlarda masjid, madrasa va rasadxonalar qad koʻtarib "Bayt ul hikmat"
(Bagʻdod), Dor ul-ilm (Xorazm, Samarqand), Dor ush shifo (Hirot) va
kitobxonalar kabi ilm-fan va amaliyot dargohlarida bilimdon olimu-fuzalolarning
toʻplanishi bilan, shubhasiz, manbashunoslikka eʼtibor kuchayadi. Bu davrda
amaliy manbashunoslik faoliyati birmuncha kengayib qoʻlyozma manbalarni ilmiy
jihatdan tadqiq qilishga kirishiladi. Yozma asarlarni toʻplash, saqlash va nusxalar
koʻchirish, noyoblarini oʻzga tillardan tarjima qilish bilan bir qatorda asar
matnlarini qisqartirish, soʻnggi maʼlumotlar kiritilib, qisman boʻlsada, ularni
20
toʻldirish ishlari kabi tahririyat ishlari ham amalga oshiriladi. Birgina "Bayt ul
hikmat"da 9-11-asrlarda oʻrta osiyolik olimlardan Yahyo ibn Abu Mansur, Muso
al-Xorazmiy, Xolid Marvarrudiy, Abul Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy, Abul
Fazl ibn Turk Xuttaloniy, Ahmad Fargʻoniy, Bonu Muso, Ahmad Saraxsiy, Abu
Homid Sagʻoniy, Abdulloh ibn at Turk, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy,
Talxa Xuzoiy, Ali ibn Rabbon at Tabariylar faoliyat koʻrsatgan edilar. Bagʻdodda
kutubxonalar ochilib Sharq va Gʻarb antik dunyosining ilmiy va maʼnaviy merosi
oʻrganiladi. Hind, yunon, suryoniy, paxlaviy, sankskrit tillaridan koʻpgina asarlar
arab tiliga tarjima qilinadi.
10-12-asrlarda Movarounnahrda tarix va geogrfiyaga qiziqish va mahalliy
aholi tilida yozilgan asarlarga boʻlgan ehtiyojning ortishi bilan tarixiy kitoblar arab
tilidan fors tiliga tarjima qilina boshladi. Ayni shu davrda Gardiziynij "Zayn ul-
axbor" ("Xabarlar koʻrki"), Bayhaqiyinng 30 jildli "Tarixi oli Mahmud" ("Mahmud
xonadoni tarixi") tarixiy asari, Majiduddin Adnoning "Tarixi muluki Turkiston"
("Turkiston mamlakati tarixi"), Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Tarixi
Buxoro" kabi asarlari arabchadan fors tiliga tarjima qilingan.
943-944 yillarda arab tilida yozilgan "Buxoro tarixi" kitobining tarjimoni va
muharriri Abu Nasr Axmad Kuboviy asarning arab tilidan fors tiliga tarjima
qilinishi haqida quyidagilarni yozgan edi: "...Koʻpchilik kishilar arab tilida
yozilgan kitobni oʻqishga ragʻbat koʻrgazmaganliklari sababli, doʻstlarim mendan
u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qiladilar... 522 yilning jumad ul-avval
oyida" (1128 yil may) kitobni fors tiliga tarjima qildim. Biroq, arab tilidagi
nusxada keraksiz va buning ustiga oʻqiganda (kishi) tabiatiga malollik orttiradigan
narsalar (haqida ham) soʻzlangan ekan. U narsalarning bayoni (tarjimaga)
kiritilmadi". 1178 yilda esa "Tarixi Buxoro" kitobi Muhammad ibn Zufar
tomonidan 2marta qisqartirildi va tahrir etilib qayta bayon etildi. Ushbu asarning 2
marta qisqartirilib qayta yozilgan nusxasi hozirgi kungacha saqlanib qolgan.
Oʻrta asrlarda manbashunoslikda tarixiy asardan nusxa koʻchirish bilan bir
qatorda ularning tarjimasi muhim oʻrin tutgan. Asar matnlarini koʻchirib, tarjima
qilishda, ayniqsa, joy nomlari (toponim), suvlar (gidronim), togʻlar (oronim)lar
hamda shaxs ismlarini aniq va toʻgʻri yozilishi, buzilish hollari hamda oʻzga
tillarga agʻdarish oqibatida yuzaga kelgan oʻzgarishlar kabi masalalarga jiddiy
ahamiyat berilgan. Abu Rayhon Beruniy "Hindiston" asarida bu haqda
quyidagilarni taʼkidlaydi: "Boshqa xalq mahalliy nomlarni buzib talaffuz etadi...
tili boshqa boʻlgan qabilalar biron joyni egallaganlarida nomlar tez-tez oʻzgarib
turadi... nomlarning maʼnosini boshqa tilga tarjima qilganda yoki talaffuzini
osonlashtiradigan tovushlar bilan yozganda nomlar oʻzgarib ketadi. Koʻpincha,
arablar chet el nomlarini, arabchalashtirib, shunday oʻzgartiradilar va buzib
aytadilar" ("Hindiston"). Xasart (Sirdaryo) boʻyidagi shaharni turkiy aholi
21
Yangikent va Janikent, arablar "Qariyat ul hadisa" (Yangi qishloq) va "Madinat ul-
Jadida" (Yangi shahar), tojiklar Dehinav deb atashgan.
Shy boisdan oʻrta asr manbashunoslikda kutubxonalarda faoliyat
koʻrsatadigan tarjimon, musannif va kotiblar tanlovida ularning tub joyligiga
alohida eʼtibor bilan qaralgan. Chunki qoʻlyozma matnlarining bexato
koʻchirilishi, joy nomlarining buzilmasdan toʻgʻri yozilishi va tarixiy asar
tarjimalarining benuqsonligi koʻp jihatdan kotibu musanniflarning lingvistik
salohiyatiga bogʻliq boʻlgan.
Abulgʻoziy Bahodirxon "Shajarayi turk" nomli asarini yozishga kirishganida
Rashiduddin Fazlullohning "Jome at tavorix" va "Chingiznoma" kabi kitoblar va
ularning nusxalaridan istifoda etgani haqida yozar ekan kitob nusxalarining qayta-
qayta koʻchirilishi oqibatida matnlarining deyarlik yarmi gʻaliz boʻlib qolganini
taʼkidlaydi.
Manbashunoslik tarix fanining maxsus sohasi va alohida tadqiqot predmeti
sifatida 19-asrning 2-yarmi-20-asr boshlarida shakllandi. Manbashunoslikning
rivojida Gʻarbiy Yevropa va Rossiya olimlaridan G. Droyzen, E. Berngeym,
E.Frimen, Sh. V. Langlua, Sh. Senobos, N. M. Karamzin, V. N. Tatishchev, S. M.
Solovyev, N. I. Kostomarov, V. O. Klyuchevskiy, A. A. Shaxmatov, A. S. Lappo -
Danilevskiy va boshqa olimlarning tadqiqotlari va asarlari muhim ahamiyat kasb
etdi.
Bu davrda Sharq qoʻlyozma asarlarini toʻplash, tadqiq etish, boshqa tillarga
tarjima qilish va nashrdan chiqarish bilan bogʻliq ilmiy-amaliy ishlar yoʻlga
solinib, manbashunoslikning ilmiy-nazariy uslubiyati ishlab chiqildi. Bu borada
Sankt Peterburg kabi qator ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat koʻrsatgan
sharqshunos olimlar - V. V. Bartold, V. V. Velyaminov Zernov, N. I. Veselovskiy,
V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, K. G. Zaleman, N. I. Ilminskiy, P. M.
Melioranskiy, V. V. Radlov, V. R. Rozen, A. N. Samoylovich va boshqalarning
xizmatlari katta boʻldi.
Turkistonda bu davrda, boshlangʻich tusda boʻlsada, arxeologiya, etnografia
va numizmatikaga oid topilma va maʼlumotlarni toʻplash, tadqiq etish, koʻrgazma
va muzey fondlarini tashkil qilish boshlanadi. Toshkent, Samarqand va Buxoroda
(V. V. Bartold, V. L. Vyatkin, V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, L. A. Zimin)
dastlabki arxeologik qazishlar oʻtkaziladi. Bu izlanishlarga va mahalliy havaskor
oʻlkashunoslar (Akram Askarov, Mirzo Abdulloh Buxoriy, Muhammad Vafo) jalb
etiladi.
Oʻzbekistonda shoʻrolar davrida, garchi fanga maʼlum darajada ahamiyat
berilib, yetuk mutaxassis olimlar voyaga yetib, manbashunoslik fani ilmiy-amaliy
jihatda yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, ammo shoʻrolarning tuzumi xudbinlik va
mahsudlik mafkurasi tufayli butun bir tarixiy davrlar (Amir Temur va temuriylar),
22
oʻzbekona sharq maʼnaviyati, serqirra davlatchilik va xoʻjalik yuritish hamda
xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti bilan uzviy bogʻlangan sulolalar shajarasi va
maʼrifat maktablari tarixiga doir noyob yozma manbalar va hujjatlar tadqiqot
rejalaridan chetda qoldi.
Oʻrta Osiyoda oliy taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqot institutlari tashkil topib
keng koʻlamda rivojlanishi bilan tarixiy tadqiqot ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekistonda, xususan, fanlar akademiyasi tizimida Abu Rayhon Beruniy
nomidagi sharqshunoslik, tarix va arxeologiya institutlarida olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar natijasida manbashunoslik alohida fan sifatida shakllandi va taraqqiy
topdi. Oʻrta asr Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish, tarjima qilish va ularni toʻla
sharhlar bilan nashr qilish ishi keng rivojlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutining
Sharq qoʻlyozmalar fondida 150 mingdan ortiq, shu jumladan, 26 ming jild
qoʻlyozma, 28 ming jild bosma asarlar saqlanadi (2003). 1952-2000 yillar
mobaynida "Sharq qoʻlyozmalari toʻplami"ning 11 jildi nashr etildi. Mazkur
toʻplamlarda fanning turli sohalari boʻyicha 8 mingdan ortiq arab, fors, oʻzbek va
boshqa tillarda yozilgan qoʻlyozmalar sharhlab berilgan.
Shular bilan bir qatorda bu davrda oʻrta asrlarning mashhur mutafakkirlari
Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari"; Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya", "Masʼud qonuni",
"Maʼdanshunoslik", "Farmakognoziya", "Munajjimlik sanʼati boshlangʻich
tushunchalar"; Abu Bakr Roziyning "Sirlar siri kitobi"; Ali Qushchining
"Astronomiyaga oid risola"; Mirzo Ulugʻbekning "Koʻragoniyning yangi jadvali",
"Toʻrt ulus tarixi"; Abu Bakr Narshaxiyning "Buxoro tarixi"; Abul Fazl
Bayhaqiyning "Masʼud tarixi"; Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi";
Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma";
Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy"; Hofiz Tanish Buxoriyning
"Abdullanoma"; Muhammad Yusuf Munshiyning "Muqimxon tarixi"; Mir
Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma"; Mirzo Badeʼ Devonning
"Raqamlar yigʻindisi"; Mirzo Abdulazim Somiyning "Mangʻit xonlari tarixi" va
boshqa koʻpgina qoʻlyozma manbalar oʻzbek va rus tillarida nashr etildi.
Shuningdek, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga doir muhim rasmiy
hujjatlar (vaqfnoma, vasiqa, garovnoma, tilxat va boshqalar)ni kataloglashtirish va
tadqiq qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 14-16-asrlar va 20-asr rasmiy
hujjatlari (P. P. Ivanov, O. D. Chexovich, R. G. Mukminova) chop qilindi. Xiva,
Qoʻqon xonliklari va Buxoro amirligi arxiv materiallarini tadqiq etishga kirishildi.
A. L. Troitskaya tomonidan "Qoʻqon xonligi arxiv hujjatlari" katalogi, A. R.
Muhammadjonov tahriri ostida "Buxoro amirligi joy nomlari" kitobi nashr etildi.
23
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozma
asarlar fondida saqlanayotgan manbalarni soha fanlari boʻyicha sharxlash va
kataloglashtirish ustida jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1997-2001 yillar
mobaynida "tarix", "tabiiy va aniq fanlar", "tabobat", YUNESKO hamkorligida
"Sharq miniatyuralari", Yaponiyaning Kioto universiteti bilan birgalikda
"Xivaning qozilik hujjatlari" (19-asr oxiri-20-asr boshlari) kabi toʻplam kataloglar
nashrdan chiqarildi. Bu maxsus toʻplamlarda arab, fors, oʻzbek tillarida yozilgan
4300 dan ziyodroq qoʻlyozma manbalar qisqacha sharhlangan. Bulardan tashqari,
bu davrda "qabrtoshlar epigrafikasi" bilan shugʻullaniladi. 1997 yilda Visbaden
shahrida doktor Lyudvig Rayxert nashriyotida "Shayboniylar qabr toshlaridagi
bitiklar" (B. Bobojonov, A. Moʻminov, Yu. Paul) oʻzbek, nemis va rus tillarida
chop etildi. Bu o‗ziga xos bitiklar toʻplamida 16-asrga mansub 84 ta qabrtosh
yozuvlari sharhlangan. Qabrtosh epigrafikasi manbashunoslikda alohida soha
boʻlib, oʻrta asrlarda butun islom dunyosida, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda keng
tarqalgan yozuv sanʼati hisoblanadi.
Oʻzbekistonda manbashunoslikning taraqqiyotiga S. A. Azimjonova, M. A.
Salye, A. A. Semyonov, A. K. Arende, P. G. Bulgakov, I. Abdullayev, B.
Ahmedov, B. Valixoʻjayev, B. Vahobova, A. B. Vildanova, L. M. Yepifanova, R.
Jalilova, N. I. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzayev, Q. Munirov, S.
Mutalibov, G. Ostanova, A. P. Qayumov, A. Rasulov, A. Rustamov, H.
Sulaymonov, U. Uvatov, T. Fayziyev, A. Xoʻjayev, X. Hikmatullayev,
Sh.M.Shoislomov, O.Sharafuddinov, P. Shamsiyev, D. Yusupova, A. Oʻrinboyev,
B.Ergashev, I.Saidov kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. Ularning saʼy harakatlari
va betinim tadqiqotlari tufayli Oʻzbekistonda milliy manbashunoslik maktabi
tashkil topdi. Hozirgi kunda bu maktabda B. Abduhalimov. A. Aytboyev, B.
Bobojonov, O. Boʻriyev, Gʻ.Joʻrayeva, H. Karomatov, S. Karimova, A.
Madraimov, X. Toʻrayev, M. Hasaniy kabi manbashunos tadqiqotchilar ijod
qilmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |