O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Ma‘naviy madaniyat qadimgi davrda qanday rivojlangan? Shu atamani 
tushuntiring. 
2.
Manbalarning asosiy turlarini tushuntirib bering. 
3.
Tarixiy bilimlarning maxsus tarmoqlarini ajratib olishning mezoni. 
4.
Manbaning tashqi belgilariga qarab tahlil qilib bering. 
5.
Moddiy madaniyat nima? Tushuntiring, misollar keltiring. 


24 
III-BOB: O„RTA OSIYO TARIXIGA OID QADIMGI YOZMA 
MANBALAR 
 
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayoni uzoq o‗tmishga borib 
taqaladi. O‗tmishni o‗rganish esa davrimizning eng dolzarb masalalaridan biridir. 
Uni o‗rganmay turib, kelajakka nazar tashlab bo‗lmaydi. 
Tarix va arxeologiya aslida o‗zaro chambarchas bog‗liq, bir-birini 
to‗ldiruvchi yagona fanning ikki sohasidir. Chunki, arxeologiya ham tarix fani hal 
qilishi lozim bo‗lgan masalalarni yoritishda teng ishtirok etadi. Shuning uchun 
ulardan birini boshqasisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. 
Mazkur fanni tarix va arxeologiya, olimlarni esa arxeologlar va tarixchilarga 
ajratish shartlidir, xolos. Shu narsa ravshanki, tarixning asosiy manbai yozuv va 
uning manbalari bo‗lib, uning paydo bo‗lishi miloddan avvalgi IV-III ming 
yilliklarga borib taqalsa, arxeologiyaning manbalari unga nisbatan juda qadimiydir 
va manbalarning paydo bo‗lishi insonning hayvondan ajralib chiqa boshlash davri, 
ya‘ni 2.5-3 million yil qadimiy davrga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati butun 
tarixini 24 soat deb faraz qilsak shundan 23 soatu 56 daqiqa ibtidoiy-yozma 
manbalarsiz davrga, qolgan 4 daqiqasi esa yozma tarixga to‗g‗ri keladi.
Kishilik jamiyati tarixining juda katta davri arxeologik manbalarga tayangan 
holda qayta tiklab, talqin etiladi. Zero, arxeologiyani tarixdan ajratib, yordamchi 
fan tarzida ikkinchi o‗ringa surib bo‗lmaydi. Keyingi bir asrda arxeologiya 
sohasida qo‗lga kiritilgan ulkan yutuqlar bu fikrni to‗la-to‗kis tasdiqlaydi. 
Arxeologiya 
insonning 
o‗tmish 
tarixini 
o‗rganishda 
arxeologik 
ekspedisiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofa 
va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buyumlarga tayanadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, arxeologik yoddgorliklarning bir qismi yer 
ostida va boshqa bir xillari yer ustidadir. 
Arxeologlar u yoki bu yodgorliklarni qazir ekan, shubhasiz madaniy 
qatlamlarga duch keladi. Madaniy qatlam deyilganda insoniyatning turmushi
xo‗jaligi va g‗oyaviy faoliyatining izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami 
tushuniladi. Chunonchi, g‗or-makon, ochiq manzilgoh, qishloq va shahar madaniy 
qoldiqlarning jamiyat rivojlanishi bilan bog‗liq holda joylashishi madaniy qatlamni 
ifodalaydi. Bu qatlam yillar, asrlar va ming yillar osha asta-sekin vujudga keladi. 
Arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha o‗n madaniy qatlamdan iborat 
bo‗lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrgacha borishi mumkin. 
Bu esa mazkur joyda odamlar qancha vaqt yashaganligiga bog‗liq. 
O‗rta Osiyo yuksak madaniyat o‗chog‗i bo‗lib, qadimgi Sharq dunyosining 
ajralmas qismini tashkil etadi. Bu ajoyib o‗lkaning qulay tabiiy sharoiti – boy 
o‗simliklar va hayvonot dunyosi eng qadimgi ajdodlarimizning diqqat e‘tiborini 


25 
o‗ziga jalb qilgan. Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‗iziston, O‗zbekiston, Janubiy 
Qozog‗istondan topilgan ilk tosh asri makonlari buning isbotidir. Ilk tosh asridan 
keyingi mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davrlariga kelib, ibtodoiy va 
qadimgi odamlarning o‗lka bo‗ylab ancha keng tarqala boshlaganini topilmalar 
to‗la tasdiqlaydi. 
O‗rta Osiyoning tog‗lik va tog‗ oldi, vodiy va hatto Qizilqum va Qoraqum 
sahrolarida tosh asri makonlari va manzillari (xumdonlar, ilk temir davri) eneolit 
va bronza davri qishloqlari va shaharlari, suv inshootlari va mudofaa devorlarining 
qoldiqlari, shuningdek turli davrga mansub qoyatosh rasmlari ko‗plab topilgan. 
O‗rta Osiyoda topilgan arxeologik manbalarni shartli ravishda quyidagi ikki 
turga bo‗lish mumkin. 
1.
Tabiiy manzaralar – inson va hayvon suyaklari, o‗simliklar qoldiqlari va 
geologik qatlamlar bo‗lib, ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar 
o‗rganadilar. 
2.
Inson tomonidan yaratilgan manbalar bo‗lib, ular mehnat qurollari, 
aslahalar, sopol idishlar, san‘at va zebu-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, 
yozuvdir. Hususan yozma manbalarni o‗rganish bilan tarixchilar, moddiy 
manbalarni o‗rganish bilan arxeologlar shug‗ullanadilar. Olimlar kishilik 
o‗tmishini o‗rganishda arxeologik moddiy buyumlar va yozma manbalarga tayanib 
ish ko‗radilar. Odamlar yashagan joylar – ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar 
xarobalari, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, qadimgi sug‗orish 
inshootlari arxeologik yodgorliklar deb ataladi.
O‗rta Osiyoda topilgan barcha turdagi yodgorliklar va ulardan olingan 
ashyoviy buyumlarning saqlanishi hammasi ham yaxshi darajada emas. Ularni 
chuqur o‗rganish, davrini aniqlash, ya‘ni tarixiy manba darajasiga ko‗tarish 
arxeolog, tarixchi va boshqa fan mutaxassislarining muhim vazifasi hisoblanadi. 
O‗rta Osiy qadimgi Sharq tarixining ajralmas qismini tashkil etadi, kishilik 
madaniyatining ilk markazlaridan biri hisoblanadi. O‗rta Osiyo tabiiy sharoiti 
asosan xilma-xil, o‗simlik va hayvonot dunyosi boy, iqlim sharoiti asosan mo‗tadil 
bo‗lganligidan insonning yashashi uchun juda qulaydir. Bu hol ibtidoiy qadimgi 
kishilar diqqat-e‘tiborini tortmasligi mumkin emas edi. Shu tufayli odamlar bu 
o‗lkada juda qadim zamonlardan boshlab yashaganlar. Bu ajoyib, betakror 
o‗lkaning hamma yerida ibtidoiy va qadimgi davr kishilari xilma-xil obidalar-tosh 
asri makonlari, g‗orlar, bronza davri qishloqlari va mozorlari, temir davri qal‘alari 
va shaharlarning xarobalari, qoyatoshlarga ishlangan rasmlar, sug‗orish 
inshootlarining qoldiqlari, qadimiy mudofaaa devorlarining manzaralari juda keng 
tarqalgan. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin