Ilk sug„orma dehqonchilikning paydo bo„lishi xususida.
O‗rta Osiyo hududi
o‗zinig tabiiy-geografik sharoitiga ko‗ra, qadimgi dehqonchilik va chorvachilik
26
yodgorliklari keng tarqalgan o‗lkalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mazkur xudud
qadimgi dehqonchilik madaniyatining paydo bo‗lishi va rivoji uchun qulay
imkoniyatlarga ega. O‗rta Osiyoning mintaqaviy rivojlanishi asosida ibtidoiy urug‗
jamoalarining o‗zlashtiruvchi xo‗jaligidan ishlab chiqaruvchi xo‗jalikka o‗tishi,
ya‘ni dehqonchilik va chorvachilik xo‗jaliklarining paydo bo‗lishi va rivojlanishi
bosqichi. Uning davriy sanasi mintaqaning tabiiy geografik sharoitidan kelib
chiqib, turli tarixiy davrlarda, ya‘ni vohalarda bir davrda yuz bermagan.
O‗lkamizni tabiiy-geografik muhiti, tekislik yerlarda dehqopchilikni rivojlantirish
uchun, tog‗ va tog‗ oldi hududlarda esa chorvachilikni rivojlantirish uchun qulay
imkoniyat mavjud bo‗lgan.
Dehqonchilik madaniyatining ilk bosqichi ilmiy adabiyotlarda turlicha
nomlar bilan atalib kelingan bo‗lib, ular qayir, liman, qoq, qo‗ltiq (motiga)
dehqonchiligidan iborat bo‗lgan. Azim daryolar va tog‗ soylari quyi havzalarida
keng tarmoqlarga bo‗linib, asrlar davomida oqizib kelgan chirindi aralash loyqa
hisobiga, keng va tekis maydonlarda ilk dehqonchilik paydo bo‗lgan. Odatda, qalin
va unumdor tuproq o‗zida namlikni uzoq saqlash xususiyatiga ega bo‗lgan va
ibtidoiy ajdodlar ana shu yerlarga yovvoyi boshoqli donlarni sepib, dehqonchilikni
boshlaganlar. Sababi qalin unumdor taqir yerlar tarkibida namlik uzoq saqlangan,
shu bois, dastlab ekinlarni sug‗orishga hojat qolmagan. Ana shunday qoq yerlar
massivlarida katta va kichik ekin maydonlari paydo bo‗ladi. Bu tarixda qoq
dehqonchiligi, liman dehqonchiligi, qayir dehqonchiligi, qo‗ltiq dehqonchiligi,
ya‘ni urug‗ jamoasi dastlab o‗zlashtirgan chegarali maydonida paydo bo‗lgan
qo‗ltiq dehqonchiligi deb nom olgan. Dastlab bunday dehqonchilik maydonlarini
ekinga tayyorlashda hayvon kuchidan foydalanilmagan. U joylarni biroz
yumshatish uchun qo‗l omochi qo‗llanilgan. Shuning uchun qo‗ltiq dehqonchiligi
fanda motiga dehqonchiligi deb ham yuritiladi
Dehqonchilik madaniyati o‗z taraqqiyotida ilk, sug‗orma, takroriy sug‗orma
va yuksak darajada rivojlangan madaniy xo‗jalik bosqichlarini bosib o‗tgan.
Qachonki, ilk bobodehqonlar tomonidan dehqonchilik qilish uchun yer
maydonlarini kengaytirilishi va bu yerlarga ishlov berish uchun hayvon kuchidan
foydalanila boshlashii kashf etishgach, endi ekin maydonlarini sug‗orish uchun
ariqlar orqali suvlar olib kelish zaruriyati tug‗iladi. Bu esa tarixiy manbalarda
sug‗orma dehqonchilik deb yuritilgan.
Oddiy qilib aytganda, dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo‗lishi va
rivoji mintaqaviy xususiyatning mazmun va mohiyatini tashkil qiladi. Bu ibtidoiy
ajdodlarimiz hayotidagi tub ma‘nodagi inqilobiy o‗zgarishlar O‗rta Osiyo
mintaqasida, uning rang barang tabiiy geografik sharoitiga ko‗ra, mil. avv. VII - V
ming yilliklarda ro‗y berdi, ya‘ni O‗rta Osiyoda neolit davridan boshlab
rivojlanishning
mintaqaviy
yo‗li
shakllanib
bordi.
Bu
jarayonlarning
27
boshlanishidan dalolat beruvchi yirik va muxim yodgorlik Joytun yashash makoni
bo‗lib, aynan mana shu ob‘ektda O‗rta Osiyo mintaqasining ilk bor qadimgi
dehqonchilik madaniyati belgilari yaqqol ko‗riladi. Shu kezlarda uning shimoliy
sarhadlarida bu davrda ibtidoiy jamoalar hali ovchilik bilan kun kechirar edilar.
Joytun madaniyati madaniy-xo‗jalik an‘analari asosida tarkib topgan eneolit
va bronza davrining Anov-Nomozga madaniyati O‗rta Osiyo janubining shimoli-
sharqiy mintaqalari tomon, shimoliy Kopetdog‗ bo‗ylab keng yoyildi.
Eneolit va bronza davrining bobo dehqonlari Zarafshon vodiysiga, Anov-
Nomozgoh madaniyatinig Nomozgoh V - VI bosqichlarida Murg‗ob vohasiga,
Qadimgi Baqtriyaga kirib boradi. Ularning iqtisodiy xo‗jalik va etnomadaniy
ta‘sirida bronza davriga kelganda qadimgi dehqonchilik madaniyatining qabilalari
Ikki daryo oraligi (Movarounnahr) va unga tutash viloyatlarga keng yoyiladi.
Zarafshon tog tizmalaridan bosh olgan Otchopar soy, Chumali soy va
Sho‗rnova soy etaklarida Oyim ko‗l tarkib topgan va uni atrofida sug‗orma
dehqonchilik qilish uchun qulay unumdor yerlar hosil bo‗lgan. Dehqonchilik
madaniyatining ilk bosqichlarida ushbu yerlar atrofida bobo dehqonlarning qishloq
maskani paydo bo‗ladi. Bu qishloq maskani Sarazm qishlog‗ini hududida
joylashganligi sababli shu nomda atalgan. Qadimgi sarazmliklarni paydo bo‗lishini
O‗rta Osiyoning janubiy mintaqalaridan, ya‘ni Kopetdog‗ tog‗ etaklarida eneolit
davrida tarkib topgan Nomozgoh madaniyati qabilalarining bu zaminga ko‗chib
kelishi bilan bog‗lasada, A.A. Asqarov fikriga ko‗ra, Janubiy Turkmanistonning
qadimgi Geoksyur vohasidan ikki maqsadda, birinchisi dehqonchilik xo‗jaligi
uchun qulay yerlarni izlab kelgan bo‗lsa, ikkinchisi, rangli metall ma‘dan konlari
uchun kelib o‗rnashganlar. Yodgorlikda qo‗lga kiritilgai arxeologik topilmalarning
ilmiy tahlilini ko‗rsatishicha, Qadimgi Sarazm aholisining iqtisodiy asosini
sug‗orma, lalmikor dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil qilgan. Shu bilan
birga hunarmandchilikning bir necha turlari hamda binokorlik yuqori darajada
rivojlangan. Zarafshon vohasini o‗rta havzasida mil.avv. II ming yillik o‗rtalarida
Sarazmda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy inqirozdan so‗ng bu hududda ilk bor qad
ko‗targan qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli Ko‗ktepa yodgorligi
hisoblanadi
Zarafshon vohasini quyi oqimlarida ochib o‗rganilgan Zamonbobo
madaniyati soxiblarining iqtisodiy asosini xonaki chorvachilik va namli qoq
yerlarga ekiladigan motiga dehqonchilik tashkil qilgan. Bu yerda topilgan mehnat
qurollari kompleksida tosh yorguchoqlar, o‗roqlar, tosh keli soplari, qorayib ketgan
boshoqli o‗simlik donlari, ya‘ni arpa, bugdoy, tariq va boshqa o‗simliklarni qayd
qilinishi dehqonchilik xo‗jaligi mavjud bo‗lganligidan guvohlik beradi. Kompleks
materiallar tahliliga ko‗ra, Zamonboboliklarda chorvachilik bronza davrida hali
dehqonchilikdan alohida xo‗jalik sifatida ajralib chiqmagan. Tadqiqotchi D.
28
Djurakulova Zarafshon vohasini quyi oqimlaridagi tabiiy-geografik omillarni
e‘tiborga olgan holda, bu yerda to antik davriga qadar dehqonchilik xo‗jaligi rivoj
topmaganligini ta‘kidlaydi.
1968 yildan boshlab Surxondaryoda, Ulanbuloqsoy o‗zanida joylashgan,
mil. avv. II mingyillikka oid Sopollitepa yodgorligining o‗rganila boshlanishi bilan
O‗zbekistonda ilk dexqonchilik madaniyati tarixiga oid ilmiy qarashlar va
yondashuvlar tubdan o‗zgardi.
O‗zbekistonning janubiy hududlarida sun‘iy sug‗orma dehqonchilikni paydo
bo‗lishi so‗ngi bronza davriga to‗g‗ri keladi. Buning asosiy sabablaridan biri
hududning qulay iqlimi va uning subtropik kenglikda joylashganligidadir. Bu
hududlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga ko‗ra, so‗nggi bronza davriga
oid sun‘iy sug‗orish ipshootlari ilk bor Ulanbuloqsoy va Bo‗stonsoy atroflarida
barpo bo‗lgan.
A.A. Asqarovni ta‘kidlashicha, Ulanbuloqsoy o‗zanlari miloddan avvalgi
1700-1500 yilliklarda Sopollitepadagi istiqomat etgan aholi tomonidan
o‗zlashtirilgan. Sopollitepa va uning atrofida kengligi 5-6 metr va chuqurligi 1-1,5
metrni tashkil etgan sun‘iy sug‗orish inshootining qisman saqlanib qolganligi
bundan dalolat beradi. Bundan tashqari, ilk dehqonchilik madaniyatlarida
sug‗orma dehqonchilikni yuqori darajada rivojlanganligini bildiruvchi juda ko‗plab
mehnat qurollari topilgan. Bularga toshdan qilingan yorg‗uchoqlar, hovoncha,
o‗g‗ir dastasi va uchli motigalarni misol qilib keltirish mumkin. Sopollitepa
manzilgohidan esa motigani eslatuvchi bir necha topilmalar o‗rganilgan bo‗lib,
bular ikkita yirik o‗lchamdagi uchli motiga va ikkita yer kavlashga oid motigaga
o‗xshash qilib suyakdan yasalgan mehnat qurollaridan iborat bo‗lgan. Ularga
ishlov berish tomoni yaltiroq ko‗rinishda bo‗lib, buning sababi qurollar yerlarni
yumshatish uchun ishlatilgan.
O‗rta Osiyoning dehqonchilik madaniyatlarida yerga ishlov beruvchi mehnat
qurollari qattiq materiallardan, ya‘ni tosh va bronzadan yasalgan, lekin
tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, qo‗shni madaniyatlarda dehqonchilik qilish
uchun ajratilgan yerlarni yumshatish uchun qadimgi dehqonlar daraxtdan yasalgan
mehnat qurollaridan foydalanilgan.
Lekin Sopollitepa manzilgohida olib borilgan tadqiqotlar natijasida,
metalldan yasalgan mehnat qurollari uchrasada, lekin bu yerda yerni yumshatish
uchun yog‗och va suyakdan yasalgan mehnat kurollari hozircha qayd qilinmagan.
A.A. Asqarov va T.Sh. Shirinovlarning Jarqo‗ton yodgorligida olib borgan
tadqiqotlari
natijasida
bu
yerda
o‗troq dehqonchilik madaniyatining
rivojlanganligi, dehqonchilikda sun‘iy sug‗orish sistemasining kashf etilganligi,
Bo‗stonsoydan magistral kanallar orqali yangi yerlarga suv chiqarilganligi, yerni
ishlashda omochdan va hayvon kuchidan foydalanilganligi isbotlab berilgan.
29
Sun‘iy sug‗orishga asoslangan dehqonchilikni har tomonlama rivojlantirgan va
O‗rta Osiyoda ortiqcha boylikning paydo bo‗lishiga olib kelgan bir yer maydonida
bir necha marotaba xosil olish usulini qo‗llashgan. Shundan xulosa qilish
mumkinki, sun‘iy sug‗orishga asoslangan dehqonchilik O‗zbekistonning janubiy
hududlarida bronza davridayoq shakllangan. Tadqiqotchilar ta‘kidlaganidek, har
qanday dehqonchilik emas, balki ekinni ko‗p marta sug‗orish tizimi hosildorlikni
oshirib, mehnat unumdorligining yuqori bo‗lishiga olib kelgan. A.A. Asqarov
fikriga ko‗ra, Sopolli madaniyati yodgorliklarida har bir ko‗p xonali uylarni bir
xonasida zahira mahsulotlari, ya‘ni bug‗doy, arpa saqlaydigan maxsus saqlash
xonalari mavjud bo‗lgan. Olib borilgan ilmiy tahlillarni guvohlik berishicha, bu
yerda past bo‗yli galla (zerno karlikovoy), yumshoq navli bugdoy va uzum
urug‗lari qoldiqlari uchragani aniqlangan.
Miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi yarmiga kelib Jarqo‗ton
Sherobod vohasidagi dehqonchilik jamoalarining himoya qal‘asiga aylangan.
Aftidan shu davrdan boshlab aholi soni, ishlab chiqarish kuchlarining o‗sishi va
aholining turli dehqon-chilik vohalariga tarqalib borishi sodir bo‗lgan. Aholining
ko‗payishi o‗z navbatida yangi vohalarni o‗zlashtirishga va bu vohalarda sun‘iy
sug‗orish inshootlarining barpo etilishiga olib keldi. Mirshodi (Bandixon)
sug‗orish inshootlari ilk temir davriga borib yanada takomilashadi. Bu jarayonni
biz Surxondaryo viloyatida yangi vohalarning paydo bo‗lishidan ham kuzatamiz.
Boshqa vohalarda, jumladan Xorazm, Toshkent, Farg‗ona vodiysida ilk
sug‗orma dehqonchilik jaryonlari birmuncha kechroq, ya‘ni so‗nggi bronza va ilk
temir davrida sodir bo‗la boshlagan.
Sopolli madaniyati moddiy manbalarini o‗rganish uning tadqiqotchilariga
shunday xulosa chiqarishga imkon berganki, Sopolli davrida dehqonchilikdan
ikkinchi mehnat taqsimoti -hunarmandchilikning ajralib chiqishi yuz bergan.
Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma‘lum bir sohalariga
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu o‗z
navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‗sishi va ularning bir yerga to‗planishi
uchun imkoniyatlar paydo qiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‗sishi esa
mahsulot hajmining o‗sib, qo‗shimcha mahsulot paydo bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Bu
davrda xo‗jaliklarning ixtisoslashuvi, sug‗orma dehqonchilikning rivojlanishi,
hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o‗zaro ayirboshlash va savdo-
sotiqni taraqqiy etishi natijasida jamiyat hastida ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarga
olib keladi. Ushbu o‗zgarishlar ilk shaharlarni va ilk davlatchilikni paydo
bo‗lishida asosiy poydevor bo‗lib xizmat qildi.
Yuqordagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib aytadigan bo‗lsak, qadimgi
sug‗orma dehqonchilik uchta bosqichni bosib o‗tadi: Birinchi bosqichda eng oddiy
liman usulida sug‗orishni paydo bo‗lishi va uni rivojlanishi. Bunda mavsumiy suv
30
toshishidan tabiiy sug‗oriladigan yerlarda dehqonchilik qilingan. Ikkinchi
bosqichda tabiiy sug‗oriladigan yerlardan hosil olish mobaynida dehqonlarda
ularni tartibga solish ko‗nikmalari asosida dastlabki irrigatsiya inshootlari bunyod
etildi. Natijada irrigatsiya tizimidan foydalanib sun‘iy sug‗orishga o‗tildi va
dastlabki magistral kanallar paydo bo‗ladi. Uchinchi bosqichda esa rasman endi
kanallardan ariq kovlab suv chiqarish boshlandi.
Mamlakatimiz xududida ilk dehqonchilik belgilari Zarafshon xavzasida
dastlab Sarazmda va Zamonbobo madaniyati zamirida va bir oz keyin Sopolli
madaniyati yodgorliklarida yaqqol ko‗rinadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, epigrafika dastlabki yozuv asorati sifatida
o‗rganadi. Epigrafika (grekcha epi – ustidan, tepasida, grafio – yozuv, biror
predmet ustidagi yozuv), tosh, metall, buyumlar, yog‗och va boshqa predmet
ustida o‗yib yozilgan qadimgi yozuvlarni o‗rganadi.
Bunday yozuvlar Ahmoniylarning qadimgi poytaxti Persepol, shuningdek
Suza va Ekbotana (Hamadon) shaharlari va ularning atrofida topilgan.
Miloddan avvalgi 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik
davlatiga podsho Kir II asos soladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors
podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko‗p mamlakatlar ustidan o‗z hokimiyatini
o‗rnatishni rejalashtirganlar.
Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar Markaziy Osiyoning
Parfiya, Marg‗iyona, Baqtriya va Sug‗diyona viloyatlarini buysundirganlar. Sak-
massagetlarga qarshi Kir II ning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda
muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Saklarni Doro I miloddan avvalgi 518 yilda istilo
qilgan.
Doro I davrida (miloddan avvalgi 522—486 yillar) ahamoniylar sulolasi
Hind vodiysidan O‗rta yer dengiziga qadar bo‗lgan keng hududda o‗z
hukmronligini o‗rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati
deb hisoblanadi. Bu davlat ko‗p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni
birlashtirgan. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik
qilganlar (miloddan avvalgi 330 yilgacha).
Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va
viloyatlari to‗g‗risida turli xil ma‘lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI-
IV asrlarga oid bo‗lib, Behistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepol
va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Ular qadimgi fors tilida turli ijtimoiy,
siyosiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat.
Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo‗lib, Doro I davrida
Karmanshox va Xamadon shaxri o‗rtasidagi yo‗lda baland qoyatoshda yozilgan.
Behistun yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro I bunday
xabar qiladi: «Men — Doro, ulug‗ podsho, shaxanshox, mamlakatlar podshosi,
31
Vishtasp o‗g‗li, Arshan nevarasi, Ahamoniy.
Shoh Doro ayturki: «Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni
qo‗limga kiritib, ularning podshosi bo‗ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya,
Arabiston, Misr, Lidiya, Moniya, Midiya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya,
Drang‗iyona, Ar‘yo, Xorazm, Baqtriya, Sug‗diyona, Gandhara, Saka, Sattagadiya,
Araxoziya, Maka: hammasi bo‗lib 23 davlat».
...Men Bobilda bo‗lganimda, quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib
ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg‗iyona, Sattagadiya,
Saka.
... Shoh Doro ayturki: «Marg‗iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib
ketdi. Marg‗iyonalik Frada ismli bir odam o‗zini viloyatning hokimi deb e‘lon
qildi. Keyin men, Baqtriya satrapi, buysunuvchi odamimni fors Dadarshishni
chaqirib, unga gapirdim: «Menga buysunmaganlarni tor-mor qilish kerak».
Dadarshish qo‗shinlari bilan otlanib, marg‗iyonaliklar bilan jang qildi.
Axuramazda menga yordam ko‗rsatdi. Axuramazda irodasi bilan mening
qo‗shinlarim qo‗zg‗olonchilarni butunlay mag‗lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy
oyining 23 chi kunida sodir bo‗ldi. Shundan so‗ng davlat mening qo‗limga kirdi.
Mana men Baqtriyada nimalarni qildim.
... Podsho Doro xabar qiladi: «Bundan so‗ng men saklarga qarshi sak yurtiga
bostirib bordim, ularning o‗zlari cho‗qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib
keldim, daryoda kemalardan ko‗prik qilib, saklarni tor-mor qildim. Ularning
sardori Skunxa ismli odamni tutib, menim huzurimga keltirdilar. Men o‗z
xohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. Shundan so‗ng mamlakat
mening qo‗l ostimga o‗tdi».
Shoh Doro ayturki: «Bu saklar Axuramazdani qadrlaganlar, men
Axuramazdani ulug‗layman. Axuramazda irodasi va o‗z xohishim bilan men ularni
tinchitib qo‗ydim».
Hamadon yozuvlarida Doro I bunday xabar qiladi: «Men — Doro, ulug‗
shoh, shahanshoh, davlatlar podshosi, Vishtasp o‗g‗li, Ahamoniy.
Shoh Doro ayturki: «Mana huzurimda bo‗lgan podsholik: Sug‗diyonaning
narigi yonidagi saklar yurtidan Efiopiyagacha, Hindistondan Midiyagacha - bu
podsholikni menga Axuramazda — xudolar o‗rtasidagi ulug‗ xudo, tortiq qilgan».
Behistun yozuvlarida Doro I birinchi bo‗lib Ahamoniylar davlatining g‗arbiy
viloyatlarini ko‗rsatib bergan bo‗lsa, Naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar
ro‗yxati Midiya va Elamdan so‗ng sharqiy viloyatlardan boshlanadi: «Men-Doro,
ulug‗ podsho, shahanshoh, ko‗p qabilali mamlakatlarning podshosi, keng sayhon
yerlarning podshosi, Vishtasp o‗g‗li, Ahamoniy, fors, forsning o‗g‗li, ariylar
urug‗idan kelib chiqqan ariy.
Shox Doro ayturki: «Fors viloyatidan tashqari quyidagi mamlakatlarni men
32
bo‗ysundirganman, menga xiroj to‗lovchi bo‗lgan, mening so‗zimni ijro etgan,
mening qonunimga asoslanib rivojlanayotgan: Midiya, Elam, Parfiya, Ar‘yo,
Baqtriya, Sug‗diyona Xorazm... Saka Xaumavarka, Saka Tigraxauda... dengizdan
narigi yerdagi saklar».
1972 yilda Suza shaxrida topilgan Doro I haykalidagi yozuvlarda Baqtriya,
Sug‗diyona va Xorazmdan tashqari «balchiq va tuproq o‗lkasi saklari» tilga
olingan.
Suza shahrida topilgan pishiq sopol taxtachaga o‗yib yozilgan bir qatibada
Doro I (mil.av. 522-486 yy.) bunday e‘lon qiladi: «Suzadagi saroyni men bino
qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog‗ochi-
Gandxaradan, oltin-Sard va Baqtriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvard-
Sug‗diyonadan, firuza-Xorazmdan, kumush va bronza-Araxoziyadan, tosh
ustunlari-Elamdan yetkazib berilgan».
Ayniqsa, Perespoldan (520-450) topilgan yozuvlar va tabiiy suratlar
(releflar) zo‗r ilmiy qimmatga ega.
Bunda Perespoldagi fors shohlari saroy devorlariga o‗yib ishlangan
manzarada Markaziy Osiyo xalqlari boshqalar qatori ahmoniylarga xiroj olib
kelishi tasvirlangan.
Sakkizinchi guruh – Sug‗diylar. Ular yetti nafar, o‗ziga xos oyoq kiyimida,
qo‗llarida qadah, mato va hayvon terisi, ular ikki bosh qo‗yni yetaklab kelmoqda.
O‗n birinchi guruh – uchi o‗tkir kigiz qalpoqli Sakatigraxaudalar. Ular ot
yetaklagan va qo‗llarida sarpo.
O‗n uchinchi guruh – parfiyaliklar, qo‗llarida qadah, baqriya tuyasini
yetaklaganlar.
O‗n birinchi guruh – baqtriyaliklar, yaktak kiyib, sholvorlarini himarganlar.
Qo‗llarida idishlar va tuya yetaklaganlar.
O‗n yettinchi guruh – Xorazmliklar. Kalta qilich va oybolta bilan
qurollanganlar, ot yetaklaganlar.
Shunday qilib, Ahmoniylar imperiyasiga tobe bo‗lgan 23 satraplikdan
(mamlakatlardan) o‗lpon olib kelgan kishilar surati tasvirlangan. Ya‘ni
Baqtriyaliklar turli idishlar, teri, mo‗yna va tuya, sug‗diyaliklar turli gazlamalar,
teri va qo‗ylar, saklar ot va chakmon, parfiyaliklar idishlar va tuya, Xorazmlar ot
va qurol-aslaha bilan kengliklari tasvirlanadi.
Persepoldan 6 milya (qariyb 5 km.) masofada, uning shimol tarafida
Husaynko‗h qoyalarida Ahamoniylaridan Doro I, Kserks I, Artakserks, hamda
Doro III larning maqbaralari hamda ularga kiraverishda o‗yib yozilgan yozuvlar
bor. Shuningdek, Doro I ning 19 marta qilgan urushlari va u asirga olgan 9
podshoning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada Ahamoniylar
33
imperiyasiga tobe bo‗lgan 23 satralik va xalqlarning to‗la ro‗yxati yozilgan. Bular
orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, sug‗diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor.
Yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri mashhur Bexustun
yozuvlaridir. Bu yozuvlar (uzunligi 22 m., umumiy balandligi 7-8 m.) Shimoliy
Eronda, Kirmonshohdan 30 km masofada, daryo bo‗ylab o‗tgan qadimgi yo‗l
yoqasida Zagros nomli tik qoyaga (taxminan 105 m balandlikda) Doro I ning amri
bilan yozdirilgan g‗alaba yodgorligidir. Yozuv Elam, bobil va qadimgi Eron
tillarida bitilgan va 523-522 yillari Ahmoniylar imperiyasini larzaga keltirgan
Gaumata (522 y. 24 sentyabrda halok bo‗lgan), Frada (Marg‗iyonalik 522 y. 10
dekabrda asirga olingan), Skunka (Qozog‗iston va O‗zbekiston hududida istiqomat
qilgan sak qabilalarining yetakchisi) boshliq xalq harakatlari haqida hikoya qiladi.
Forslarning saka – tigraxudalar ustiga yurishi haqida tarixchi Poliyen
tomonidan (mil.av. II asr) keltirilgan boshqa rivoyat ham mavjud. U quyidagicha
talqin etiladi:
Forslar qo‗shiniga sak qabilalaridan cho‗pon Shiroq keladi. U ko‗p
joylaridan yaralangan, quloq – burni kesilgan edi. Shiroq o‗z qabiladoshlarining
uni o‗ldirmoqchi bo‗lganligini, buning uchun ulardan o‗ch olish qasdida
ekanligini bildirib, forslarni hech kim bilmaydigan yo‗l bilan saklarning orqa
tomoniga boshlab borishini aytadi. «Qo‗shinlar Shiroq bilan yetti kunlik yo‗lga
tushdilar. Suvsiz qum sahrosi va bepoyonga kirib bordilar. Mingboshi Ranosbat
quloqsiz (yo‗lboshchidan) so‗radi: «Buyuk qa‘riga boshlab borishga seni nima
majbur etdi? Bu yerlarda qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‗i kuyadi. Na bir
chashma, na bir jonzod uchraydi. Ilgari yurmoq yoki ortga qaytmoqning iloji
yo‗q».
Shiroq qah-qah urib kulib, javob berdi: «Men yengdim. Saklarni halokatdan
qutqazmoq uchun sizlarni tashnalik va ochlik balosiga giriftor qildim».
Avesto
. O‗rta Osiyoning qadimgi tarixini o‗rganishda ―Avesto‖ ning o‗rni
beqiyosdir. Unda diniy e‘tiqod va xalqlarning o‗zaro aloqalari bilan bir qatorda
ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu
buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya
va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi
ma‘lumotlar to‗plangan.
―Avesto‖ da bayon etilgan asosiy g‗oyalar, diniy e‘tiqodning ilk sodda
bilimlari Zardusht nomi bilan bog‗langan. Olimlar zardushtiylik dini ta‘limotini
quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo‗lib o‗rganadilar, birinchisi, eng qadimiy
qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu
sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug‗chilik tuzumidagi e‘tiqodlar, ko‗p xudolik
tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlar deb atalgan qismidir. Bunda
Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko‗pxudolik
34
va keyingi yakkaxudolik g‗oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi
V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. ―Avesto‖ bu
dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan.
Mil.av. 1 ming yillikning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda zardushtiylik
dini keng tarqaldi. Bu dinning asoslari ibtidoiy jamoa sharoitida odamlar tevarak-
atrofdagi tabiyatni ilohiylashtirgan bir davrga keldi. Zardushtiylar o‗shanda olov
(quyosh)ga, yer, suv, oy, yulduzlarga sig‗inganlar va ularni muqaddas deb
bilganlar. Zardushtiylik (turli tillarda zarashtira, zoroastr) ismidan olingan.
Zardusht miloddan oldin 1 ming yillikning birinchi choragida yashagan. U 77
yoshida Zardushtiylik e‘tiqodi dushmanlari qo‗lida halok bo‗lgan. Keyinroq bu din
targ‗ibotchisini Zoroastr (yunoncha «astron» - yulduz) deb atay boshlaganlar. Shu
nomdan kelib chiqib, uning ta‘limotini zoroastrizm deb yuritganlar.
Juda ko‗pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy
bo‗lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr,
qadimgi fors tilida Zardusht, o‗rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.
Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo‗lib, otasini Porushasp,
onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi ―oltin tuchli‖, ―oltin tuya yetaklagan
odam‖ ma‘nosini beradi. Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo‗lib,
u tug‗ilgan mamlakat bizga noma‘lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti
tarixi, uning tug‗ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki
yoyilgan hududlari haqida to‗la ma‘lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning
maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi.
Zardushtiylik yoyilayotgan davri ibodatxona ham, o‗qib, unga sig‗iniladigan
maxsus kitoblar bo‗lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, guxgan yonida ado
etilgan, keyinchalik kohinlari zardusht vazifasini yozib berganlar. Zardusht dini
kohinlari bunday din matnlarini yod bilganlar va ibodat paytida o‗qiganlar.
Zardusht vafotidan bir necha asr o‗tgach barcha marosimlar, madhiya va duolar
kitob holiga keltirilgan.
Avesto zoroastrizm (otashparastlik, er.av. VI – eramizning VII asri) dinining
muqaddas kitobi (mil.av. VI – V asrlarda yozilgan), Eron hamda O‗rta Osiyo
xalqlarining qadimiy madaniyatini (e‘tiqodi, tili, adabiyoti), qisman tarixini
o‗rganishda asosiy manba hisoblanadi.
Sharqshunoslar orasida ―Avesto‖ ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud:
ularnining ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko‗hna madhiyalar, miflar va
mifologik obrazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX
asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan. Ular ba‘zi matn va madhiyalar
yakkahudolik e‘tiqodi paydo bo‗la boshlagan ilk paytlarda kohinlar tomonidan
yaratilib, keyinchalik ―Avesto‖ni tuzganlar ulardan ham foydalangan, deb
uqtirishadi. Bir guruh avestoshunoslar kitobninig yozila boshlashini bevosita
35
Zardushtning Sablon tog‗ida kechgan hayoti bilan bog‗laydilar va bunda Hotlar
asosan payg‗ambar she‘rlaridan tashkil topganiga suyanadilar. Har xolda
―Avesto‖da ajdodlarimizning eng qadimiy she‘rlari, musiqa, badiiy tafakkur
mevalari, diniy aqidalariyu ilmiy dunyoqarashlari mujassamlangani aniq.
Asarning yozilgan joyi haqida birmuncha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar
(fpansuz J.Dermeteter, Rossiya olimi I.Aliev). «Avesto» Midiyada (hozirgi
Eronning g‗arbiy-shimoliy qismi va Ozarbayjon) yozilgan desalar, V.V.Strui,
S.P.Tolstov, F.Altaem va boshqalar u Amudaryo bo‗yida joylashgan viloyatlarda,
Balx va Xorazm oralig‗ida yaratilgan deb hisoblaydi. Oxirgi fikr so‗nggi vaqtlarda
Eron olimlari (Ibrohim Pur Dovud) tarafidan e‘tirof etildi.
―Avesto‖ Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yozilib,
to‗planib bo‗lgach, maxsus kotiblar tomonidaning ho‗kiz terisidan tayyorlangan
qog‗ozga oltin suvi bilan ko‗chirilgan. Yuqorida ta‘kidlanganidek, ―Avesto‖ 21
nask (kitob) dan iborat bo‗lgan. Bu haqda ―Tarixi Balamiy‖da ham aniq ma‘lumot
mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, ―Avesto‖ ning ―dijnabisht‖-
arxiv, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nushasini tarjima qildirib
olib, o‗zini yoqtirib yuboradi. Gushtasp xazinasidagi ―Avesto‖ nusxasining taqdiri
hamon noma‘lumligicha qolmoqda. Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi
Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga ―Aveston‖ ni qayta tiklash
vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorlikda obidani
asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan
yetti mu‘bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar.
Ular Turonzaminda ―avesto‖ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar.
Natijada ―Gohlar‖ hamda ―Vendidod‖ning eng mukammal nushalarini xorazmlik
uchta mu‘bad og‗zidan yozib olishadi. Sarchashmalarning guvohlik berishicha,
zardushtiylik uzil-kesil shakllangan davrlarda markaziy shaharlarda podsho yoki
hokim farmonlari, markaziy hokimiyatning mahalliy boshqaruvchilarga, qo‗shni
davlatlarga yo‗llagan maktublarining nushalari har xil nask (kitob)lar saqlanadigan
―dijnabisht‖ (arxivlar) mavjud bo‗lgan. Samarqand dijnabishtida ―Avesto‖ning
nodir nushalaridan biri saqlangan.
Asarning saqlangan qismlarini tayyorlash va kitob holiga keltirish ishlari
Parfiya podshosi Volgash III (148-192 yy.) hamda Sosoniylar (milodning III asri)
davrida ham davom ettirildi.
Shundan so‗ng Shopur ikki davrida mu‘badlarning mu‘badi Ozorpod
Mehrospondon ―Avesto‖ning parokanda qismlarini to‗playdi, to‗la tartibga solindi,
izohlar va qo‗shimchalar bilan boyitildi va to‗la kitob holiga keltirilib, asosiy
qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi, unga ko‗p nom, tushunchalarni keng
sharhlovchi ―Zend Avesto‖ kitobini yaratadi.
36
Afsuski, «Zand Avesto» ham bizning zamonamizgacha to‗la yetib
kelmagan. Uning bir qismi A.Makedonskiyning yurishlari vaqtida boshqa qismi
esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida yo‗q qilingan. Asarning bizgacha yetib
kelgan qismi, professor Ye.E.Bertesning ma‘lumotiga qaraganda 83 ming so‗zdan
iboratdir. U asosan 4 qismdan iborat, ayniqsa birinchi qismga «Yasna» kirgan
qo‗shiqlar «Avesto»ning eng ko‗hna va qimmatli qismlari hisoblanadi.
Arablar istilosi davrida o‗z e‘tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar
xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab
qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o‗rganadigan Koma ilmiy
markazi ham mavjud. Ana shu ma‘naviyat o‗chog‗ida Ardasher davrida
ko‗chirilgan ―avesto‖ nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo‗lyozmasi
Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi
Davlat kutubxonasining Sharq qo‗lyozmalari bo‗limida ham mavjud. Bundan
tashqari ―Avesto‖ XIX asrning o‗rtalarida fransuz, ingliz va nemis, rus tillarida
ilmiy izohlar bilan bir necha marotaba nashr etilgan: endilikda biz ―Avesto‖ning
ikki muallif tomonidan bajarilgan nomukammal tarjimasiga ham egamiz.
«Avesto» ayniqsa, uning qo‗shiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning
«Shohnoma» asariga manba bo‗ldi.
«Avesto»da «Serquyosh mamlakat» Xorazm (Amudaryoning quyi oqimida)
«fuqarosi ko‗p va chorvaga boy» Sug‗diyona (Zarafshon vodiysida), «qudratli va
muqaddas» Marv, «…shon-shavkati olamni tutgan mamlakat» Baktriya
(Amudaryoning yuqori oqimi) deb yoziladi.
Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil.av. VII-VI asrlarda
O‗zbekiston hududida sug‗diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget
elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan
shug‗ullanuvchi ko‗plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud
Sug‗da («Avesto») da Sug‗uda (Bexustun yozuvlari) Arrian, Strabon, Kursiy Ruf
asarlarida Sug‗diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi so‗g‗diylar
deb atalgan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‗troq dehqon elatlari xorazmliklar
bo‗lgan. Ularning yurti Xvarizom («Avesto»da) Xvarazmish (Behustun
yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.
Sug‗diylarning eng yaqin qo‗shinlari baqtriyaliklar bo‗lib, ularning yurti
Surxan vodiysi, Afg‗onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida
joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baktrish (Bexustun
yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-Rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya
deb ataganlar.
Milodiy I-IV asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi faqatgina
qadimgi Baktriya hayotida muhim davr bo‗libgina qolmasdan, balki butun
37
Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyotida hal etuvchi davrlardan biridir.
Surxondaryoning kushon davri madaniyatini o‗rganish borasidagi ilk arxeologik
qazishmalar 1926 yilda amalga oshirildi.
1936-1938 yillarda prof. M.Ye.Masson boshchiligida faoliyat ko‗rsatgan
Termez arxeologik ekspedisiyasi ko‗hna Termiz Kushon davri yodgorliklarini
o‗rganishda bir muncha muvaffaqiyatga erishdi.
Kushon davri shaharlari aholisining diniy e‘tiqodlari ularning tili va
yozuvini o‗rganishda ko‗hna Termezning buddaviylik ibodatxonalari, Qoratepada
amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar tufayli g‗oyatda qimmatli dalillarga ega
bo‗lindi. Ko‗hna Termezning Kushon davri diniy markazi hisoblanishi Qoratepa
1961 yil Moskvadagi ta‘mirlash instituti sharqshunoslik va Sankt-Peterburg davlat
Ermitajining B.YA.Stavskiy boshchiligidagi birlashgan ekspedisiya tadqiqotlar
olib bordilar. 33 yildan ortiqroq davr mobaynida Qoratepada amalga oshirilgan
arxeologik qazishmalar natijasida Markaziy Osiyo va Shimoliy Hindiston xalqlari
madaniyati va madaniy aloqalari shuningdek buddaviylik dinining bu o‗lkaga
tarqalishidan darak beruvchi ko‗plab ashyoviy dalillar topildi.
Dostları ilə paylaş: |