48
―Tarix‖ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871
yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) hamda rus
(F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda
asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur,
D.P.Kallistov hamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan.
Diodor
(miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sisiliyaga
qarashli Argiriya shahridan. U ―Tarixiy kutubxona‖ nomli 40 kitobdan iborat asar
yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo‗nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston
va Rimning qadim zamonlaridan to milodning I asr o‗rtalarigacha bo‗lgan tarixini
o‗z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O‗zbekistonning qadimiy
xalqlari skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo‗lgan
munosabatlari haqida qimmatli ma‘lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko‗p jihatlari bilan ko‗chirma-kompilyasiya hisoblanadi.
Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko‗p
hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog‗lanmay qolgan. Shunga qaramay,
bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Diodorning asari to‗la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida
hikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron
urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilgacha
bo‗lgan tarixini o‗z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saqlangan, xalos. Bu asar
1774-1775 yillari I.Alekseyev tomonidan olti qismda va 1874-1875 yillari F.G.
Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
Dostları ilə paylaş: