1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport faoliyati uchun so‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar



Yüklə 102,47 Kb.
səhifə1/8
tarix01.03.2023
ölçüsü102,47 Kb.
#86042
  1   2   3   4   5   6   7   8
Biznes tayyor


1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport faoliyati uchun so‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini yanada rag‘batlantirish maqsadida keng ko‘lamli institutsional va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimi qaytadan isloh qilinib, biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda yangi yondashuvlar tadbiq etilgani, tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy manfaat va huquqlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilgani, biznes bilan muloqot qilishning, ayniqsa viloyat, shahar va tumanlarda samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan ishlarga misol bo‘la oladi.
Shu bilan birga, respublikamiz tadbirkorlik sub'yektlarining tashqi bozorlardagi ishtiroki va eksport faoliyatini yanada kengaytirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ma'lumki, hozirda tashqi bozorlarda keskin raqobat va davom etayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida emin-erkin eksport faoliyatini yuritish, yangi bozorlarga kirib borish murakkab masala. Ushbu vaziyatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘zining egiluvchanligi, qiyin sharoitlarga tezda moslasha olishi bilan eksport faoliyatining dinamikasini ta'minlaydi.
Shuni inobatga olgan holda, davlatimiz tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari eksport faoliyatini rivojlantirish uchun ham so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon'yunkturasi o‘zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta'minlash maqsadida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etildi.


Joriy yilning o‘zida ushbu Fond tomonidan 2 162 ta tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z tovar va xizmatlarini eksport qilishda xuquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatilgan, jumladan 1 767 ta tadbirkorlik sub'yektlariga tashqi bozorlarni o‘rganishda, 127 ta tadbirkorlik sub'yektlariga xorijiy hamkor topishda, 135 ta tadbirkorlik sub'yektlariga xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish, xalqaro sertifikatlar olish va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirishda ko‘mak berilgan. Buning natijasida joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha 395 ta tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan 1 093 mln. dollarlik eksport amalga oshirilgan.
Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa Fond tomonidan umumiy qiymati 5 219 mln. so‘m, shundan 4 030 mln. so‘m miqdorida foizsiz moliyaviy qarzga moliyaviy ko‘mak ajratilgan.
Bundan tashqari, yaratilayotgan imkoniyatlar va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligining oshishiga zamin bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar eksportining mamlakatimiz umumiy eksportidagi ulushi oxirgi 15 yilda 3 marotaba oshgan va bugungi kunda 27 foizga yetgan. Keyingi 5 yilda esa, eksport faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni 1,5 barobar, kichik biznes sub'yektlari soni 1,6 barobarga oshgan.
Shuni ta'kidlash joizki, joriy yilning 7-8 iyul kunlari davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi doirasida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilab berilgan Fond faoliyatini yanada takomillashtirish, viloyatlarda tadbirkorlik sub'yektlariga eksport faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish samarali faoliyatini tashkil etishga qaratilgan markazlar tashkil etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Uning qabul qilinishi tashqi bozorlarga chiqishda zarur moliyaviy, marketing va tashkiliy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtiradi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub'yekt-larining eksportga qaratilgan faoliyatini rag‘batlantirish uchun bir qator soliq, bojxona imtiyozlari, boshqa preferensiyalar yaratishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining mos ravishda 212 va 230 moddalariga asosan:
- tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi;
- aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig‘i solinmaydi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yilning 5 iyundagi 2613-sonli Farmoniga asosan eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi umumiy sotish hajmida o‘zlari ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida - 30 foizga qisqarishi va 30 va undan ko‘proq foiz bo‘lganida - 2 marotaba kamaytirilishi belgilab berilgan bo‘lsa, joriy yilning 21 iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3077-sonli qaroriga asosan, ushbu imtiyozlar o‘zlari egasi bo‘lgan mahsulotlarni eksport qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlariga ham tadbiq etilishi belgilab berildi. Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari haqini oldindan 100 foiz to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida eksport qilishga ham ruxsat etildi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining joriy yilning 25 mayida qabul qilgan «Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta'minlashni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 5057-sonli Farmoniga asosan, tadbirkorlik sub'yektlari uchun 100 ming dollargacha bo‘lgan miqdordagi tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berish uchun oldindan to‘lov shartisiz eksport qilish xuquqi berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 2 sentyabrida qabul qilingan «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» 5177-sonli Farmoni bilan respublikamizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga, ishlab chiqarish uchun zarur mahsulotlarni import qilishda xorijiy valyutaga ehtiyoj bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratib berildi. Ma'lumki, ushbu Farmon bilan yana joriy yilning sentyabr oyidan eksport qiluvchi xo‘jalik sub'yektlari uchun mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksport qilishdan valyuta tushumlarining majburiy sotish bo‘yicha talab ham bekor qilindi.
Yana shuni alohida ta'kidlash zarurki, eksportbop, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, korxonalarimiz raqobatbardoshligi yanada oshirish maqsadida, joriy yilning 29 sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3303-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan xom-ashyo, material, asbob-uskuna bilan korxonalarni ta'minlash maqsadida ushbu tovarlarga bojxona boji va aksiz solig‘i stavkalari deyarli olib tashlandi.
Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar shubhasiz iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirishga, uning tayanchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada rivojlanishiga, ularning qulay ishlab chiqarish muhitida faoliyat olib borishiga va pirovardida eksportni yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Yüklə 102,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin