Xususiy kapitalni ko’paytirish imkoniyatlari.
Xususiy kapitalni ko’paytirish imkoniyatlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
1. Ustav kapitali bo’yicha:
- muassislar qaroriga ko’ra Ustav kapitalida mavjud muassislar ulushlarining oshirilishi;
- qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi;
- muassislarning yangilarini jalb etish hisobiga Ustav kapitalini oshirish;
- joriy yil foydasini ko’paytirish hisobiga oshirish.
2. Qo’shilgan kapital bo’yicha:
- emission daromadni oshishi hisobiga. Bu aksiyalarning nominal qiymati bilan sotilish bahosi orasidagi farq;
- Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqning oshishi hisobiga. Bu ustav kapitaliga qo’yilgan qo’yilmalarni to’lashda hosil bo’ladigan kursdagi farqlar summasidir.
3. Zaxira kapitali bo’yicha:
- aktivlarni qayta baholash natijasida aniqlangan ortgan qiymatini oshishi hisobiga;
- Ustav kapitaliga nisbatan har yili foydadan majburiy ajratma darajasining oshishi hisobiga;
- tekingan olingan mulk hisobiga.
4. Taqsimlanmagan foyda bo’yicha:
- asosiy faoliyatdan olingan foydani ko’paytirish hisobiga;
- moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydani ko’paytirish hisobiga.
Dostları ilə paylaş: |