O„zbekistonning qadimgi davri (mil. avv. VII - IV asrlar) manbashunosligi.
Bugungi kunda O‗zbekistonning qadimgi davr tarixini o‗rganishda tarixchilar
oldida ko‗plab dolzarb vazifalar turibdi va bu masala davlat siyosati darajasiga
ko‗tarilgan.
Hozirgi kunda O‗zbekistonning qadimgi davr tarixi bo‗yicha quyidagi
masalalar kengroq yoritilgan:
- qadimgi davrning yozma manbalardagi tahlili;
- qadimgi davrning afsonalar bilan bog‗liq jihatlari;
- «Avesto» ma‘lumotlari tahlili;
- qadimgi davrning arxeologik jihatdan o‗rganilishi;
- ilk davlatchilikning shakllanish jarayoni;
- qadimgi davrda yozuvning shakllanishi.
Ushbu masalalarning o‗rganilishi orqali O‗zbekistonning qadimgi davrdagi
ijtimoiy,
iqtisodiy,
siyosiy,
madaniy
tarixi
yoritib
berildi.
Umuman,
O‗zbekistonning qadimiy tarixini ilmiy jihatdan o‗rganish XIX asrning ikkinchi
yarmidan boshlangan. Bunda rus sharqshunoslari, geograflari, arxeologlari muhim
o‗rin egallagan. XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning 30-yillarigacha
O‗zbekistonning qadimgi davri bo‗yicha dastlabki ma‘lumotlar to‗plana borgan,
lekin uning o‗rganilish jarayoni sekin kechgan. Qadimgi davr bo‗yicha nihoyatda
kam ma‘lumot aniqlangan.
Rus sharqshunosi V.V. Bartold tadqiqotlarida qadimgi davr tarixi
«Musulmonlargacha bo‗lgan davr» deb nomlangan bo‗lib, o‗sha davrdagi mavjud
38
bilimlar asosida yoritilgan. Lekin keyingi davrlarda arxeologiya sohasidagi izchil
tadqiqotlar qadimgi davr tarixini kengroq yoritish imkonini berdi.
XX asrning 30-yillarida O‗rta Osiyoning tarixini, yodgorliklarini o‗rganish
bo‗yicha tashkil qilingan Xorazm, Termiz, Farg‗ona, Toshkent, Buxoro arxeologik
ekspeditsiyalari qadimgi O‗zbekiston tarixini o‗rganishda muhim bosqichni
boshlab berdi. Mazkur ekspedisiyalar faoliyati natijasida O‗zbekiston hududidagi
qadimgi davr yodgorliklarini keng ko‗lamda o‗rganish jarayoni boshlandi.
O‗zbekistonning qadimgi davrini o‗rganish bo‗yicha qo‗lga kiritilgan yutuqlar
asosida 1956 yilda S.P. Tolstov tahriri asosida 2 jildlik «O‗zbekiston tarixi»
darsligi yaratildi. U uzoq yillar davomida oliy ta‘lim tizimidagi tarix
mutaxassisligining asosiy darsligi sifatida qo‗llanilib kelindi. Bu darslik o‗sha
davrda tarix va arxeologiya fani yangiliklarini o‗zida aks ettirgan, barcha tarixiy
davrlarni batafsil yoritgan manba hisoblangan.
XX asrning 30-yillarigacha tarixchilar o‗rtasida asosiy munozarali bo‗lgan
qadimgi davrdagi ijtimoiy tuzum masalasi o‗z yechimini topdi. S.P. Tolstov
Xorazm hududida olib borgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida qadimgi
O‗zbekiston hududida o‗ziga xos qulchilik munosabatlari mavjud bo‗lganligini
asoslab berdi va uni «O‗rta Osiyocha ishlab chiqarish usuli» deb nomladi.
O‗zbekistonda qadimgi davrda tabiiy sharoitga mos holda o‗ziga xos ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar rivojlanganligi keyingi davr tadqiqotlarida ham isbotlandi.
XX asrning 60-80-yillari davomida qadimgi davrni arxeologik jihatdan
o‗rganish keng ko‗lamda davom etdi. Bu davrda faoliyat yuritgan olimlar S.P.
Tolstov, M.Ye. Masson, M.M.Dyakonov, A.P.Okladnikov, M.M.Gerasimov,
G.Grigorev,
A.Yu.Yakubovskiy,
Ya.G‗.G‗ulomov,
M.P.Gryaznov,
A.N.Bernshtam, A.I.Terenojkin, B.A.Latinin, A.M.Beleniskiy, V.A.Shishkin,
V.M.Masson, B.A.Litvinskiy, GA.Pugachenkova, P.I.Albaum, M.R.Qosimov,
T.Mirsoatov, I.A.Itinaning ilmiy tadqiqot ishlari natijasida qadimgi davr tarixi
keng ko‗lamda yoritildi.
O‗zbekiston mustaqilligi yillarida, ayniqsa, XXI asr boshlarida
O‗zbekistonning qadimgi davr tarixini o‗rganishda arxeolog olimlar tomonidan
katta yutuqpar qo‗lga kiritildi va bu jarayon bugungi kun-gacha davom etib
kelmoqda.
Bu
davrda
A.Asqarov,
O‗.Islomov,
A.Muhammadjonov,
Yu.F.Buryakov, R.H.Sulaymonov, E.V.Rtveladze, A.Kabirov, A.S.Sagdullaev,
V.N.Yagodin, A.Anorboev, Sh.Shaydullaev, B.Matboboev, A.V.Vinogradov,
M.Jo‗raqulov, TShirinov, M.Mambe-tullaev, G‗.Xodjaniyozov va boshqa olimlar
olib borgan tadqiqotlar O‗zbekiston arxeologiyasi rivojlanishida, shuningdek,
qadimgi davr tarixini yoritishda muhim bosqich bo‗ldi.
Qadimgi davr tarixini yoritishda keyingi davrlarda muhokama bo‗layotgan
eng muhim masalalardan biri, bu ilk davlatchilik masalasidir. O‗zbekistonda
39
davlatchilik tarixi masalalari va qadimgi davr bo‗yicha o‗quv qo‗llanma, ilmiy
asarlar nashr qilindi. Bu ilmiy adabiyotlar bo‗lajak tarixchilar va tarixga
qiziquvchilar uchun hozirgacha muhim qo‗llanma bo‗lib xizmat qilmoqda.
Qadimgi O‗zbekiston hududida shakllangan ilk davlatlar - Qadimgi Baqtriya
podsholigi va «Katta Xorazm» tarixini o‗rganish XIX asrning oxiri - XX asrning
boshlarida «Avesto», yunon va rim yozma manbalarga asoslandi.
XX asrning 30-yillarida O‗zbekistonda boshlangan arxeologik tadqiqotlar
mazkur yozma manbalardagi ma‘lumotlarni arxeologik materiallar bilan
taqqoslashga imkon berdi. XX asrning ikkinchi yarmida Qadimgi Baqtriya
hududidan Sopollitepa, Jarqo‗ton, Bo‗ston yodgorliklari topildi. Ular A.Asqarov,
B.Abdullaev, T.Sh.Shirinov, U.Rahmonov, Sh.Shaydullaev, N.A.Avanesova,
D.Xuff tomonidan chuqur o‗rganildi.
Qadimgi Baqtriya podsholigi O‗zbekiston hududida shakllangan ilk davlat
va u to‗rt ming yillik tarixga egaligi asoslandi. Mil. avv. XIX-XVIII asrlarga oid
Jarqo‗ton yodgorligi O‗zbekiston hududidagi ilk shahar bo‗lib, unda dastlabki
davlatchilik elementlari mavjudligi asoslab berildi. Sh. Shaydullaev tadqiqot ishida
birinchi marta ilk davlatning 24 ta arxeologik belgisini va shu asosda 11 ta ijtimoiy
belgilarini ko‗rsatdi. Shu arxeologik va ijtimoiy belgilar asosida Jarqo‗ton
yodgorligi ilk shahar-davlat ekanligini ko‗rsatib o‗tdi.
Qadimgi Xorazm hududida shakllangan ilk davlat-«Katta Xorazm» qabilalar
konfederatsiyasi masalasi ham olimlar o‗rtasida 100 yildan ko‗proq muhokama
qilinayotgan bo‗lsada, haligacha o‗zining yechimini topgan emas. XX asr
boshlarida «Katta Xorazm» tushunchasini nemis olimlari I. Markvart, V. Xenning
yunon mualliflari Gekatey, Gerodot va «Avesto» ma‘lumotlari asosida ilgari
surishgan edi.
XX
asrning
80-yillarigacha
bo‗lgan
davrda
Xorazm
arxeologik
ekspeditsiyasi a‘zolari tomonidan bu davlatning mavjudligini arxeologik
ma‘lumotlar asosida isbotlashga harakat qilganlar. XX asrning 80-yillaridan keyin
bu birlashma mavjudligini inkor etuvchi ilmiy g‗oyalar ilgari suriladi.
«Katta Xorazm» davlati o‗rganilish jarayonidagi ilgari surilgan fikrlar tahlil
qilinib, «Katta Xorazm» davlati qabilalar konfederatsiyasi ekanligi asoslangan,
lekin uning Gerodot ma‘lumotida ko‗rsatilgandek nihoyatda katta hududni
egallaganligi shubha ostiga olingan, chunki bu arxeologik jihatdan o‗z isbotini
topgan emas.
Xorazm hududidagi ilk davlatchilikning shakllanishi masalasi yozma
manbalar asosida tahlil etilgan va arxeologik manbalar asosida isbotlangan.
Xorazmda ilk davlat mil. avv. VII - VI asrlarda vujudga kelgan bo‗lib, u
Ko‗zaliqir, Xumbuztepa, Hazorasp yodgorliklari asosida o‗rganilgan. Demak,
Xorazm hududida ahamoniylar hukmronligiga qadar davlat mavjud bo‗lgan.
40
Qadimgi Xorazm tarixi bo‗yicha eng munozarali masala uning mil. avv. IX -
VIII asrlardagi taraqqiyoti bilan mil. avv. VII - VI asrlardagi rivojlanish
jarayonining bir-biridan keskin farq qilishidir. Qadimgi Xorazm tarixida bunday
o‗ziga xoslik Abu Rayhon Beruniy ma‘lumotlarida Siyovushning kirib kelishi
bilan izohlangan. Ba‘zi noaniq ma‘lumotlar yunon mualliflari asarlarida mavjud
bo‗lib, bu masala I.V. Pyankov, I.N. Xlopin tadqiqotlarida atroflicha tahlil
qilingan. Tadqiqotchilar dastlabki xorazmiylar janubda, ya‘ni Turkman-Xuroson
tog‗i oldida yashab, ahamoniylar davrida Quyi Amudaryo bo‗ylariga ko‗chib
kelishgan, degan xulosani berganlar.
XXI asr boshlarida Janubiy Xorazm hududida olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar natijasida S.B.Bolelov va S.R.Baratov bu ma-salani arxeologik
manbalar asosida tahlil qildilar. S.Rbaratov, Meshekli va Ucho‗choq yodgorliklari
tahlili asosida «Xorasmiylar mil. avv. VII asrning birinchi yarmida, balki Kiaksar
davrida Tajan-Herirud, Seraxs vohasi hududlarida yashashgan. Keyinchalik
Doroning soliq siyosati tufayli xorazmiylar Akes hududini tashlab, hozirgi Quyi
Amudaryo bo‗ylariga kelib qolishgan. Qal‘a-shaharlarni bunyod qilganlar.
Sug‗orma dehqonchilik bilan shug‗ullanganlar. Shuningdek, bu yerga ahamoniylar
siyosatidan norozi bo‗lgan midiyalik, parfiyalik, marg‗iyonaliklar ham ko‗chib
kelishgan. Bu bilan Xorazmning arxaik davr madaniyatining xilma-xilligini
asoslash mumkin» degan xulosa beradi. Mil. avv. VII asr oxirlariga oid
Xumbuztepa yodgorligi topilmalari ham S.R.Baratov fikrini tasdiqlaydi.
Mil. avv. I ming yillik boshlarida qadimgi Xorazm hududida yarim yerto‗la,
yerto‗lalarda yashab dastlabki dehqonchilik madaniyati yaratgan amirobodliklarda
Janubiy Oqchadaryo deltasining qurishi bilan chorvachilik xo‗jaligi rivojlanadi va
ular shimoliy sharq tomonga ko‗chib, Shimoliy Oqchadaryo bo‗ylari va
Sirdaryoning qadimiy deltalari bo‗ylariga ko‗chib borib, o‗ziga xos madaniyatni
shakllantirganlar. Mil. avv. VII asr davomida amirobodliklar shimoli-sharqga
ko‗chgan bo‗lsa, janubda istiqomat qilgan xorasmiylar shimol tomonga ko‗chib,
Quyi Amudaryo bo‗ylariga kelib joylashganlar.
Sug‗diyonada dastlabki davlatchilik izlari ilk temir va arxaik davrlarga oid
yodgorliklar asosida o‗rganilgan. Sug‗diyona hududidan topilgan Uzunqir,
Sangirtepa, Daratepa, Yerqo‗rg‗on, Ko‗ktepa, Lolazor yodgorliklarini ilk voha-
davlat tizimi bilan bog‗laydilar.
Farg‗onada rivojlangan dehqonchilik madaniyati - Chust madaniyati mil.
avv. XIII asrlarga oid bo‗lib, uning izlari Namangan, Andijon, Samarqand va
Qashqadaryo hududlaridan ham topilgan. Yodgorliklar sug‗orish tarmoqlari
bo‗ylarida joylashgan. Har bir sug‗orish tarmog‗i hududida bitta yirik shahar,
shahar atrofida esa ko‗plab qishloq tipidagi yodgorliklar joylashganligi aniqlangan.
Bu belgilar Chust madaniyatining so‗nggi davrida Farg‗ona hududida shahar-
41
davlatlarning tarkib topganligini ko‗rsatadi. Bu mil. avv. VII asrlarga oid Eylatan
madaniyatida o‗z aksini topgan. Eylatan madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‗ona
vodiysining deyarli barcha hududlaridan aniqlangan. Mazkur yodgorliklar orasida
eng yirigi Dalvarzintepa bo‗lib, u so‗nggi bronza va ilk temir davrlarida butun
Farg‗ona shahar-davlatlarining markazi bo‗lgan degan xulosani beradilar. Qadimgi
Farg‗ona tarixi haqida xitoy yozma manbalarida ma‘lumotlar ko‗p uchraydi.
So‗ngi bronza va ilk temir davrida qadimgi Toshkent vohasida ham o‗ziga
xos rivojlanish aniqlangan. Bu yerlarda dehqonchilik kichik-kichik soy etaklarida
yoki buloq yoqalarida vujudga kelib, ibtidoiy usulda olib borilgan. Zaminning
tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqib sug‗orma dehqonchilik xo‗jaligi
rivojlangan. Chirchiq, Ohangaron va ularning irmoqlarida Toshkent vohasining
eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Burg‗uluq madaniyati tarkib topdi. Uning
so‗nggi bosqichlarida, ya‘ni mil. avv. III - II asrlarda Toshkent hududida Qanqa,
Shoshtepa yodgorliklari vujudga keladi. Tadqiqotchilar bu yodgorliklarda ilk
davlatchilik elementlarini ko‗radilar. Ular O‗zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida
alohida o‗rin egallaydi.
Mustaqillik yillarida qadimiy shaharlar yubileylarining nishonlanishi ham
qadimgi davr tarixini yoritishda muhim o‗rinni egalladi. 1997 yilda Buxoro va
Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va
Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, 2006 yilda Qarshi shahrining 2700 yilligi, 2007
yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‗ilon shahrining 2000 yilligi,
2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi. Qadimiy shaharlar
tarixini
yoritishda
yubiley
munosabati
bilan tashkil qilingan xalqaro
konferensiyalar qadimgi davr tarixining eng dolzarb masalalarini yoritib berdi.
O‗zR FA Tarix instituti tomonidan doimiy o‗tkazib kelinayotgan akademik Yahyo
G‗ulomov nomidagi «O‗zbek xalqi va davlatchiligi tarixi» respublika ilmiy
seminarlarida davlatchilik tarixi masalalari bilan birgalikda qadimgi davr tarixining
dolzarb masalalariga e‘tibor qaratib kelinmoqda.
Bugungi kunda qadimgi davr tarixini o‗rganish borasida qo‗lga
kiritilayotgan yutuqlarni o‗zida jamlagan o‗quv qo‗llanma, darslik yoki ilmiy
nashrga ehtiyoj katta. Shuningdek, qadimgi davr tarixini o‗rganishdagi
muammolardan yana biri arxeologik va tarixiy ilmiy asarlarning rus tilida chop
etilishi hisoblanadi. Hozirgi kunda bunday muammolarni bartaraf etish, xalqimizga
boy qadimiy tariximizga oid ilmiy, o‗quv adabiyotlarini o‗zbek tilida nashr etish
dolzarb masalaga aylangan.
Dostları ilə paylaş: |