24
III-BOB: O„RTA OSIYO TARIXIGA OID QADIMGI YOZMA
MANBALAR
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayoni uzoq o‗tmishga borib
taqaladi. O‗tmishni o‗rganish esa davrimizning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Uni o‗rganmay turib, kelajakka nazar tashlab bo‗lmaydi.
Tarix va arxeologiya aslida o‗zaro chambarchas bog‗liq, bir-birini
to‗ldiruvchi yagona fanning ikki sohasidir. Chunki, arxeologiya ham tarix fani hal
qilishi lozim bo‗lgan masalalarni yoritishda teng ishtirok etadi. Shuning uchun
ulardan birini boshqasisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Mazkur fanni tarix va arxeologiya, olimlarni esa arxeologlar va tarixchilarga
ajratish shartlidir, xolos.
Shu narsa ravshanki, tarixning asosiy manbai yozuv va
uning manbalari bo‗lib, uning paydo bo‗lishi miloddan avvalgi IV-III ming
yilliklarga borib taqalsa, arxeologiyaning manbalari unga nisbatan juda qadimiydir
va manbalarning paydo bo‗lishi insonning hayvondan ajralib chiqa boshlash davri,
ya‘ni 2.5-3 million yil qadimiy davrga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati butun
tarixini 24 soat deb faraz qilsak shundan 23 soatu 56 daqiqa ibtidoiy-yozma
manbalarsiz davrga, qolgan 4 daqiqasi esa yozma tarixga to‗g‗ri keladi.
Kishilik jamiyati tarixining juda katta davri arxeologik manbalarga tayangan
holda qayta tiklab, talqin etiladi. Zero,
arxeologiyani tarixdan ajratib, yordamchi
fan tarzida ikkinchi o‗ringa surib bo‗lmaydi. Keyingi bir asrda arxeologiya
sohasida qo‗lga kiritilgan ulkan yutuqlar bu fikrni to‗la-to‗kis tasdiqlaydi.
Arxeologiya
insonning
o‗tmish
tarixini
o‗rganishda
arxeologik
ekspedisiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofa
va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buyumlarga tayanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, arxeologik yoddgorliklarning bir qismi yer
ostida va boshqa bir xillari yer ustidadir.
Arxeologlar u yoki bu yodgorliklarni qazir ekan, shubhasiz madaniy
qatlamlarga duch keladi. Madaniy qatlam deyilganda
insoniyatning turmushi,
xo‗jaligi va g‗oyaviy faoliyatining izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami
tushuniladi. Chunonchi, g‗or-makon, ochiq manzilgoh, qishloq va shahar madaniy
qoldiqlarning jamiyat rivojlanishi bilan bog‗liq holda joylashishi madaniy qatlamni
ifodalaydi. Bu qatlam yillar, asrlar va ming yillar osha asta-sekin vujudga keladi.
Arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha o‗n madaniy qatlamdan iborat
bo‗lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrgacha borishi mumkin.
Bu esa mazkur joyda odamlar qancha vaqt yashaganligiga bog‗liq.
O‗rta Osiyo yuksak madaniyat o‗chog‗i bo‗lib, qadimgi Sharq dunyosining
ajralmas qismini tashkil etadi. Bu ajoyib o‗lkaning qulay tabiiy sharoiti – boy
o‗simliklar va hayvonot dunyosi eng qadimgi ajdodlarimizning diqqat e‘tiborini
25
o‗ziga jalb qilgan. Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‗iziston, O‗zbekiston,
Janubiy
Qozog‗istondan topilgan ilk tosh asri makonlari buning isbotidir. Ilk tosh asridan
keyingi mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davrlariga kelib, ibtodoiy va
qadimgi odamlarning o‗lka bo‗ylab ancha keng tarqala boshlaganini topilmalar
to‗la tasdiqlaydi.
O‗rta Osiyoning tog‗lik va tog‗ oldi, vodiy va hatto Qizilqum va Qoraqum
sahrolarida tosh asri makonlari va manzillari (xumdonlar, ilk temir davri) eneolit
va bronza davri qishloqlari va shaharlari, suv inshootlari va mudofaa devorlarining
qoldiqlari, shuningdek turli davrga mansub qoyatosh rasmlari ko‗plab topilgan.
O‗rta Osiyoda topilgan arxeologik manbalarni shartli ravishda quyidagi ikki
turga bo‗lish mumkin.
1.
Tabiiy manzaralar – inson
va hayvon suyaklari, o‗simliklar qoldiqlari va
geologik qatlamlar bo‗lib, ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar
o‗rganadilar.
2.
Inson tomonidan yaratilgan manbalar bo‗lib, ular mehnat qurollari,
aslahalar, sopol idishlar, san‘at
va zebu-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari,
yozuvdir. Hususan yozma manbalarni o‗rganish bilan tarixchilar, moddiy
manbalarni o‗rganish bilan arxeologlar shug‗ullanadilar. Olimlar kishilik
o‗tmishini o‗rganishda arxeologik moddiy buyumlar va yozma manbalarga tayanib
ish ko‗radilar. Odamlar yashagan joylar –
ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar
xarobalari, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, qadimgi sug‗orish
inshootlari arxeologik yodgorliklar deb ataladi.
O‗rta Osiyoda topilgan barcha turdagi yodgorliklar
va ulardan olingan
ashyoviy buyumlarning saqlanishi hammasi ham yaxshi darajada emas. Ularni
chuqur o‗rganish, davrini aniqlash, ya‘ni tarixiy manba darajasiga ko‗tarish
arxeolog, tarixchi va boshqa fan mutaxassislarining muhim vazifasi hisoblanadi.
O‗rta Osiy qadimgi Sharq tarixining ajralmas qismini tashkil etadi, kishilik
madaniyatining ilk markazlaridan biri hisoblanadi. O‗rta Osiyo tabiiy sharoiti
asosan xilma-xil, o‗simlik va hayvonot dunyosi boy, iqlim sharoiti asosan mo‗tadil
bo‗lganligidan insonning yashashi uchun juda qulaydir. Bu hol ibtidoiy qadimgi
kishilar diqqat-e‘tiborini tortmasligi mumkin emas edi.
Shu tufayli odamlar bu
o‗lkada juda qadim zamonlardan boshlab yashaganlar. Bu ajoyib, betakror
o‗lkaning hamma yerida ibtidoiy va qadimgi davr kishilari xilma-xil obidalar-tosh
asri makonlari, g‗orlar, bronza davri qishloqlari va mozorlari, temir davri qal‘alari
va shaharlarning xarobalari, qoyatoshlarga ishlangan rasmlar, sug‗orish
inshootlarining qoldiqlari, qadimiy mudofaaa devorlarining manzaralari juda keng
tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: