O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


Manbani tashqi belgilariga qarab tahlil etish



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Manbani tashqi belgilariga qarab tahlil etish.
Manbani tashqi belgilari 
deganda uning muqovasi, qog‗ozi va xatidan tashqari asarning yozilgan vaqti, 
asosi, muallifi, yozilish sabablari, asar yozilgan vaqtdagi ijtimoiy-siyosiy muhit 


15 
tushuniladi. Bu asarlarni aniqlamay turib asarda bayon etilgan voqealar haqida 
umuman, asar haqida to‗g‗ri va to‗la tasavvurga ega bo‗lish, uning xususida biron 
fikr bildirish mumkin emas. 
Qadimgi qo‗lyozma asarlarining yozilgan vaqti va joyini aniqlash qiyin. 
Ba‘zi hollarda asar oxirida faqat uning ko‗chirilgan vaqti va joyi kotibning 
ismigina qayd etiladi xolos. Bunday ma‘lumotlar keltirilmagan taqdirda, asarning 
yozilish va ko‗chirilish tarixi uning qog‗ozi, xati hamda tipi va til uslubiga (stiliga) 
qarab taxminan belgilanadi. 
Asar muallifi va uning shaxsini aniqlash qo‗lyozma asarini ilmiy tahlil 
etishda katta ahamiyatga ega. Bu shunchaki asar muallifining shaxsinigina aniqlash 
uchun qilinadigan odatdagi bir ish emas, aksincha asarning yaratilish tarixi va 
uning yozilishiga sabab bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy muhitni aniqlab olish uchun 
zarurdir. Ma‘lumki qadimgi qo‗lyozma asarlarda ko‗p hollarda muallifning ismi 
ma‘lum va ko‗zga tashlanadigan biron joyda, masalan, asarning boshi va oxirida 
qayd etilmaydi. Ba‘zan u muqaddima qismida yoki asarning o‗rtasida voqealar 
orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi. Ko‗p hollarda esa muallif o‗zining 
haqiqiy ismini aytmay «faqiru haqir», «ojiz va xoksor», «bu g‗arib banda» deb 
atash bilan kifoyalanadi. Bunday hollarda asar varaqma-varaq, satrma-satr, zo‗r 
e‘tibor va sinchkovlik bilan o‗rganilishi lozim, chunki ko‗pincha shunday ham 
bo‗ladiki, asarning biron-bir yerida muallif o‗zi otasi va yaqinlari haqida bir-ikki 
kalima aytib o‗tadi yoki bayon etiladigan voqeaga o‗zining munosabatini (masalan 
«Abdullaxon taxtga o‗tirgan vaqtida kamina Hafizi Tanish ibn Mir Muhammad 33 
yoshda edim») bildiradi. 
Bu o‗rinda yana shuni ham aytib o‗tish kerakki, muallifning shaxsi, ya‘ni 
uning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligi, shuningdek, uning dunyoqarashini 
aniqlash uchun asarning umumiy g‗oyaviy yo‗nalishini to‗g‗ri belgilab olish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Manbaning tashqi belgilariga qarab tahlil etishning yana bir muhim 
shartlaridan biri, uning yozilish sabablarini to‗g‗ri aniqlashdan iboratdir. 
Tadqiqotchi olim qo‗lidagi asarning yozilish sabablarini, qaysi ijtimoiy-siyosiy 
muhitning mevasi ekanligini yaxshi bilishi zarur. Buni asarni zo‗r diqqat-e‘tibor 
bilan o‗rganish orqali uddalash mumkin, xolos. Busiz asardan unda keltirilgan 
faktik materialdan to‗g‗ri foydalanib bo‗lmaydi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin