51
haqidagi boshqa asarlaridan farqli tomoni shundaki, unda ikki daryo Oks (Amu) va
Yaksart (Sir) oraligidagi tarixiy voqealar keng ifodalangan.
Kursiy Rufning ushbu asari Diodor, Yustin, hatto jahon adabiyotida muhim
o‗ringa ega bo‗lgan Plutarxning «Aleksandr» tomonidan ham ustun ekanligini
ko‗ramiz.
Asarda ifodalanishicha, Aleksandr Sug‗diyona yerlariga qo‗shni bo‗lgan
Gerkotyaga katta qo‗shin bostirib kiradi. «Atrof qumlik, sahro, quyosh qizdiradi.
Suv tanqis edi. Qumlik xuddi olov purkayotgandek».
Asardan keltirilgan bu parcha yozuvchi Amudaryoning
narigi tomonidan
turkman cho‗llarini tasvirlayapti. Makedoniyaliklarning O‗rta Osiyoning olov
purkab turgan issig‗iga moslashishlari qiyin bo‗ladi. «Bu yerlarda kechasi yurish
ancha qulay. Ayniqsa, tong pallasidagi muzdakkina sahro shabadasi, quyosh
chiqishi bilan harorat ko‗tariladi. So‗ngra butun a‘zoi badaningiz yona boshlaydi.
Jangchilar avval ruhan tushkunlikka tushadi, so‗ngra issiqlikka bardosh berolmay,
holdan toya boshlaydi».
Yana bir o‗rinda yozuvchi jangchilar issiqqa bardosh beraolmay, oxirgi
vinolarigacha, hatto moylarigacha ichib qo‗yganligini aytadi.
Ularga suyuqlik
bo‗lsa bas edi, qarab o‗tirmasdan ichaveradi. Ayrimlarining qorni shunday shishib
ketgan ediki, hatto qurol ko‗tarishga darmoni yetmas edi, deb hikoya qiladi
yozuvchi. Haqiqatdan ham Kurc Ruf asari O‗rta Osiyoga bag‗ishlangan boshqa
ko‗pgina grek va Rim adabiyotidagi asarlardan shu bilan farq qilar edi-ki, unda
tabiat tasviriga alohida e‘tibor berilgan.
Oksdan o‗tgandan to‗rtinchi kuni Aleksandr Makedonskiy shahriga yetib
keladi. «Maroqandning devori baland va mustahkam edi. Uning ichida joylashgan
qal‘a ikkinchi devor bilan o‗ralgan. Aleksandr u yerda qo‗shinini qoldirib, o‗zi
yaqin oradagi qishloqlarni yoqib talay boshlaydi».
Mana shu epizoddan ham
ko‗rinib turibdiki, Aleksandr O‗rta Osiyoda o‗ta shafqatsizlik va talon-tarojlikni
avjiga chiqargan….
Kvint Kursiy Ruf o‗zining bu asarida Avgust prinsipati davridagi
tarixchilarning Sharqning istilochisi Aleksandr haqida tarqalgan rivoyatlarga
bergan tanqidiy fikrlarini davom ettirib, aleksandriyalik tarixchi Klitarx va
Aleksandr tomonidan qatl ettirilgan tarixchi Kallisfen
asarlaridan foydalanib,
shuningdek, Siseronning ―Aleksandrning davlati Rim imperiyasi oldida hech narsa
emas. U oddiy bosqinchi, aniqrog‗i, qaroqchi bo‗lgan‖ degan, Tit Liviyning
―Aleksandr taqdirning erkasi, tanobi tortilmagan, hissiyotga berilgan, shuhrat
orqasidan quvuvchi o‗smir bo‗lgan. Agar u Rim legioni bilan to‗qnash
kelganda
edi, uning g‗alabalariga nuqta qo‗yilgan bo‗lar edi‖ degan fikrlariga qo‗shilgan
holda, Aleksandr hamisha unga nisbatan norozilik bildirib, ko‗z yoshi to‗kishga
majbur qilgan qo‗shinlariga tobe edi, degan fikrni bildirgan. K.Kursiy
52
Aleksandrning davlat arbobi, siyosatchi, buyuk lashkarboshi kabi sifatlariga emas,
balki uning shaxsiy fazilatlariga nisbatan tanqidiy fikr bildirgan. Kvint Kursiy Ruf
Makedoniya davlati bilan Fors davlati o‗rtasidagi jangni tasvirlash emas, balki
Aleksandr bilan Doro III o‗rtasida dunyoni egallashdagi shaxsiy jangini
tasvirlashga harakat qiladi.
Kvint Kursiy Ruf Aleksandrning tabiatida qarama-qarshi xislatlar
mavjudligiga to‗xtalib, u jasur, telbalarcha jasoratga ega, shoh avlodlariga tegishli
asiralarga
nisbatan olijanob, askarlarga nisbatan xushmuomala kabi fazilatlarini
tasvirlaydi.
Kursiy Rufning ―Aleksandrning tarixi‖ asari Vatanimiz hududida mavjud
bo‗lgan qadimgi Baktriya, Sug‗diyona va Oks, Yaksart daryolari atrofida yashagan
xalqlar, joylarning nomlari va tabiati haqida ma‘lumot beruvchi eng qadimgi
yozma manbalardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
―Buyuk Iskandar tarixi‖ 1841 yili Myusel, 1867 yili T.Nyoldeke va 1885 yili
Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida
chop etilgan (M.,1963 y.).
Dostları ilə paylaş: