58
ko‗pgina asarlardan ajralib turadi. Uning «Qo‗shaloq hayotnomalar» asari greklar
va rimliklar tarixiga asoslangan bo‗lib, Plutarx nomini tanitadi. Bu asar
zamondoshlari va o‗tmishdoshlari tarjimai holini tasvirlashga qaratilgan bo‗lib,
to‗plamda u o‗zining haqiqiy badiiy mahoratini qahramonlariga xarakteristika
berish va obrazlar yaratish jarayonida namoyish etadi.
Plutarxning bu asariga prototip bo‗lgan qahramonlar ichida sarkardalar,
imperatorlar, davlat ishlari bilan band bo‗lgan boshqa kishilar, shuningdek, oddiy
xalq vakillari, pok qalbli insonlar bor. O‗zi Rim imperatorligiga yaqin kishi
bo‗lgani, imperatorlikda mansabdor shaxs sifatida ishlaganligi tufayli, saltanatning
ichki sirlari bilan yaqindan tanish bo‗lgan Plutarx imperatorlar va sarkardalar
obrazini yaratishga alohida e‘tibor beradi. U o‗z qahramonlarining taqdirini o‗sha
davr taqdiri bilan bog‗laydi. Qahramonlarining xarakteridan davrning muhim
xususiyatlarini axtarishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: