Yenisey bitiklari
mashhur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov (taxminan
1642-1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasi(hozirgi Xakas avtonom
viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu haqda shvetsiyalik harbiy asir
F.Stralenberg (Tabbert) ma'lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabrtoshlardan
toshga o`yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma'lumotlar
birinchi marta o`tgan asrning birinchi choragida "Sibirskiy vestnik" jurnalida e'lon
qilindi. 1889-yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini
tuzdilar.
Bular orasida XVII asrda Sibir hamda Mo`g`rulistonda, Oltoy hamda O`rta
Osiyo, O`zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida himmatga ega. Bu
yozuvlarning hozir yangi guruhi: Lena-Baykal bo`yi bitiklari, Yenisey,
Mo`g`uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma'lum. Bu bitiklar
O`rta Osiyo, shuningdek, O`zbekiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi
ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini o`rganishga yordam beradi.
Yenisey bitiklari mashhur rus xaritashunos olimi S.U. Remezov (taxminan
1642-1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasida (hozirgi Xakas
avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu haqda shvetsiyalik harbiy
asir F. Stralenberg (Tabbert) ma'lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabrlardan
toshga o`yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma'lumotlar
61
birinchi marta o`tgan asrning birinchi choragida «Sibirskiy vestnik» jurnalida e'lon
qilindi.
1889 yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini
tuzdilar. Mo`g`ulistondan topilgan bitiklar orasida To`nyuquq, Kul tegin, Bilga
xoqon va Ongin muhim o`rin tutadilar. To`nyuquq bitigi Ulan-Batordan 66 km
janubi-sharqda, Bain Sokto manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligining
asoschisi Eltarish xoqonning (681-691) maslahatchisi, sarkarda To`nyuquqqa
atalgan va 712-716-yiilari yozilgan.
1897-yili rus olimi D.A.Klemens (1848-1914) va uning xotini Yelizaveta
Klemenslar tarafidali ochilgan, V.V.Radlov (1899), V.Tomsen (1922), X.Sheder
(1924), D.Ross (1930) hamda G.Aydarov (1971) tarafidan yaxshi o`rganilgan va
matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Bu
yodgorlik A.Abdurahmonov hamda A.Rustamov tomonidan o`zbek tiliga qisqacha
tarjima qilingan (1982).
Kul tegin bitigi Bilga xoqonning (716—734) inisi Kul tegin (731-yili vafot
etgan) sharafiga yozilgan. Mo`g`ulistonning Kosho Saydan vodiysida Ko`kshin
o`rxun daryosi bo`yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrinsev (1842-
1894) tomonidan 1889-yili topilgan. Bitik V.V.Radlov (1891), A.Xeykel (1892),
VTomsen (1896), P.M.Melioranskiy (1897), X.Sheder(1924), S.E.Malov(1951),
G.Aydarov (1971)lar tomonidan nemischa, fransuzcha, ruscha tarjimalarda chop
etilgan. A.Abdurahmonov va A.Rustamov tomonidan o`zbek tiliga qilingan
qisqacha tarjimasi (1982) ham bor.
Bilgaxoqon bitigi Kul tegin bitigi topilgan joydan 1 km janubi-g`arbda-
Ko`kshin o`rxun daryosi havzasida topilgan. Bu obida 735-yili bitilgan. Uni
V.V.Radlov, S.E.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tomonidan o`rganilgan
va chop etilgan. Ongin bitigi Mo`g`ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan
va kimga atalganligi aniq ma'lum emas. Ba'zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga
olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qo`yilgan (735-y.),
boshqa fikrga ko`ra Qopag`on xoqonga (691-716-yy.), yana bir ma'lumotga
(J.Klosson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish
(taxminan 731-yilda o`lgan) sharafiga qo`yilgan. Obida 1892-yili V.V.Radlov
tarafidan (estompaji) va 1957-yili J.Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi va
tadqiqot bilan) nashr qilingan. Bulardan tashqari, Qarabalsag`un shahri (Ulan-
Batordan taxminan 400 km janubda joylashgan qadimiy shahar) xarobalaridan,
Xayto Tamir, Cho`yren, Beyshin-Udzur, Bayan-Xo`ngur va boshqa joylardan
topilgan yozuvlar ham muhimdir.
Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, Qo`shog`och
hamda tog`li hududlardan topilgan bitiklarni aytib o`tish mumkin. Bular o`rxun-
Yenisey bitiklaridan farqli o`laroq, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan
62
yozuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov,
V.M.Nadelyayev hamda D.D.Vasilyev tomonidan e'lon qilingan.
Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon vohasidagi g`orlarda
joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o`rin tutadi. Bitiklar
V.Tomsen tarafidan chop qilingan.
Qozog`iston hamda Qirg`izistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60-70-
yillarida topilgan) hali chuqur o`rganilmagan. Bular orasida Talas vohasidan
(Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo`rg`on, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma Ota,
Tolg`ar, Tinbas va hokazo) topilgan bitiklar muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Qozog`iston hamda Qirg`iziston hududidan topilgan bitiklarning ba'zilari
S.Sodiqov,
M.E.Masson,
A.N.Bernshtam,
A.S.Omanjolov,
G.Musaboyev,
Ch.Jumag`ulov hamda G.Karag`ulovalar tomonidan e'lon qilingan.
Qadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) Farg`ona,
Oloy vodiysi hamda Janubiy O`zbekiston va Tojikiston hududidan, ya'ni Bekobod,
Isfara, Marg`ilon, Farg`ona, Andijon, Quvasoy, o`sh, o`zgand, Kofirnihon,
shuningdek So`g`ddan ham topilgan va A.N.Bernshtam, B.A.Litvinskiy,
V.A.Bulatova, E.R.Tenishev, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o`rganilgan.
Umuman, qadimiy turk run yozuvlari xalqimiz tarixini yoritishda juda
qimmatli manbadir. Mo`g`ulistondan topilgan bitiklar orasida To`nyuquq, Kul
tegin, Bilga xoqon va Ongin muhim o`rin tutadilar. To`nyuhuh bitigi Ulan-
Batordan 66 km janubi-sharqda, Bainsokgo manzilida joylashgan va ikkinchi turk
xoqonligining asoschisi Eltarish xoqon (681-691-yy.) ning maslahatchisi sarkarda
To`nyuquqga atalgan, 712-716-yillar orasida yozilgan. 1897-yili rus olimi D.A.
Klements (1848-1914) va uning xotini Yelizaveta Klementslar tarafidan ochilgan.
V.V. Radlov (1899 y.), V. Tomsen (1922 y.), X. Sheder (1924 y.), D. Ross (1930
y.) hamda G. Aydarov (1971) tarafidan yaxshi o`rganilgan va matni nemischa,
daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida H.A.
Abdurahmonov hamda A. Rustamov tomonidan o`zbek tiliga qisqacha tarjima
qilingan (1982 y.).
Kul tegin bitigi. Bilga xoqonning (716-734-yy.) inisi Kul tegin (731-yili
vafot etgan) sharafiga yozilgan. Mo`g`ulistonning Kosho Saydan vodiysida
Ko`kshin O`rxun daryosi bo`yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M. Yadrintsev
(1842-1894-yy.) tomonidan 1889 yili topilgan. Bitik V.V. Radlov (1891 y.) A.
Xeykel (1892 y.) V. Tomsen (1896 y.), P.M. Melioranskiy (1897 y.), X. Sheder
(1924 y.), S.Ye. Malov (1951 y.), G, Aydarov (1971 y.) lar tomoni-dan nemischa,
frantsuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. H. A. Abduraxmonov va A.
Rustamov tarafidan qilingan qisqacha o`zbekcha tarjimasi (1982 y.) ham bor.
Bilga xohon bitigi. Yuqorida aytilgan Kul tegan bitigidan 1 km janubi-
g‗arbda - Ko`kshin O`rxun daryosi havzasidan topilgan. Obida 735-yili bitilgan.
63
V.V. Radlov, S.Ye. Malov, P.M. Melioranskiy va V. Tomsen tomonidan
o`rganilgan va chop qilingan.
Ongin bitigi. Mo`g‗ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan. Kimga
atalganligi aniq ma'lum emas. Ba'zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga olingan El-
tarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qo`yilgan (735 y.); boshqa
fikrga ko`ra qopag`on xoqonga (691-716- yy.), yana boshqa bir ma'lumotga (J.
Kloson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish (taxminan
731 yilda o`lgan) sharafiga qo`yilgan. Obida 1892 yili V.V. Radlov tarafidan 1957
yili J. Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi) nashr qilingan. Bundan tashqari,
qorabalsahun shaxri (Ulan-Batordan gaxminan 400 km janubda joylashgan
qadimiy shahar) xarobalaridan, Xoyto Tamir, Cho`yren, Beyshin-Udzur, Bayan-
Xo`ngur va boshqa joylardan topilgan yozuvlar ham muhimdir.
Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, qo`shoqoch hamda
tog`li nohiyalardan topilgan bitiklarni aytib o`tish mumkin. Bular, O`rxun-Yenisey
bitiklaridan farhli o`laroq, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan
yozuvlar P.M. Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.
Nadelyaev hamda D.D. Vasilev tomonidan e'lon qilingan.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, har bir xalq qadimdan o‗zining dunyo
qarashini turli ramzlar va timsollar orqali aks ettirganligiga guvoh bo‗lishimiz
mumkin. Ushbu ramzlar turli ijtimoiy va siyosiy sharoitlarda insonlar uchun ulkan
ahamiyat kasb etgan. Ramzlar xalqning qahramonona o‗tmishini aks ettirib,
ularning milliy g‗ururi timsoliga aylangan.
Odatda hukmdorlar yoki davlatlar qo‗llagan ramzlar o‗zida quyidagi
xususiyatlarni aks ettirgan: xalqning kelib chiqishi va uning qadimiyligi; xalqning
yoki unga yetakchilik qilgan sulolaning biror-bir buyuk xalq bilan bog‗liqligi;
xalqning birlashuviga asos bo‗lgan shaxs yoki hodisa; o‗ziga xos madaniyat va
tarixini ko‗rsatish, erishgan madaniy yoki siyosiy yutuqlarining boshqa xalqlardan
ustunligini aks ettirish bunda asosiy ahamiyat kasb etgan.
Arxeologik qazishmalar O‗rta Osiyoda qadimda tamg‗alar, bayroqlar,
muhrlar, tangalar va turli maishiy buyumlarga urug‗, shahar, davlat yoki
hunarmandchilik uyushmalarining ramzlarini tushirish keng tarqalganini
ko‗rsatadi. Ular ajdodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, turmush
madaniyati va san‘atini o‗rganishga, davlatlar va sulolalar tarixini
oydinlashtirishga xizmat qiluvchi manbalardan biridir.
Yevropa davlatlaridan farq qilib, qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk
davlatlarining paydo bo‗lishida xususiy mulk, quldorlik xo‗jaliklari katta rol
o‗ynamagan. Bu holat, qadimgi Sharqda indivudializmdan jamoaviylikning ustun
ekanligi bilan bog‗liq edi. Sharqda davlatlar jamoa mulki asosida shakllangan,
hukmdor jamoa tanlab olgan jamoa yer-mulkining boshqaruvchisiga aylangan.
64
Bunda yer mulk hukmdor shaxsiga emas, balki hukmdor lavozimiga taaluqli
bo‗lgan. Bunday sharoitda davlat mulkini umumiylashtiruvchi va ajratib turuvchi
ramziy belgilarga ehtiyoj sezilgan. Markaziy Osiyo turkiy xalqlari davlat mulkini
umumlashtiruvchi belgilarni ―tamg‗a‖ deb atashgan.
Turli qadimgi muhrlar, tangalar va boshqa buyumlarda o‗z aksini topgan
tamg‗alar O‗zbekistonda qadimgi davlatlarning maxsus ajratib turuvchi belgilari
bo‗lganligini isbotlaydi. Tamg‗alarning skiflar va Turk xoqonligida hukmdor
lavozimi belgisi sifatida xizmat qilganligi qadimgi manbalardan ma‘lum. Qadimgi
va ilk o‗rta asr turkiy xalqlar tarixi manbalarida burgut tasviri davlat tamg‗asida
markaziy o‗rinni egallaydi. Masalan, Irq bitigidagi burgut emblemasi (timsoli)
davlat ramzi sifatida keltiriladi, Kul Tegin bitiktoshining yuqori qismida qalqon
lavha shaklidagi burgut tasviri tushirilgan, Burgut tasviri Baqtriya davlati
tamg‗alarida ham mavjud.
Qadimgi turklar tug‗larni urug‗ning ruhi, yanada aniqrog‗i ruhning makoni
deb hisoblashgan va uni muqaddas timsol sifatida e‘zozlashgan. Tug‗lar
ko‗chmanchilar harbiy anjomlarining ajralmas qismi sanalgan, har bir urug‗ o‗z
tug‗iga ega bo‗lgan. Masalan, jujanlarda harbiy va ma‘muriy birlik– ming kishidan
iborat bo‗likda har yuz kishi hisobiga bittadan, jami o‗nta tug‗ bo‗lib, har bir
tug‗ning o‗z boshlig‗i bo‗lgan.Turk dunyosida paydo bo‗lgan tug‗lar keyinchlik
juda keng tarqalgan.
An‘anaviy qadimgi turk tug‗lari uzun tayoqqa mahkamlangan ot dumi yoki
bir tutam ot yolidan iborat bo‗lgan. Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida (Tibet
va unga tutash hududlar) qo‗tos dumi ham qo‗llanilgan. Tug‗larga qo‗shimcha
ravishda turli shakldagi metall uchlik (toji tug‗), turli hajmdagi mato parchalari,
tasmalar ilingan.
Tug‗lar turkiy xalqlarda hukmronlik ramzi sanalgan. Mahmud Qoshg‗ariy
tug‗ni bayroq deya ta‘riflaydi. Xonlar to‗qqiz tug‗liq xon yoki xoqon unvoni bilan
ulug‗langan. Qoshg‗ariyning yozishicha, xonning yuqori martabasi to‗qqiz bilan
faol qilinadi, ya‘ni qaramog‗ida shahar va o‗lkalar oshib ketsa ham, tug‗
to‗qqizdan oshirilmaydi. Xon tug‗lari to‗q sariq, rangli shohi yoki ipak matodan
qilingan.
―To‗qqiz tug‗li xon‖ haqida gap ketganda eng qudratli xonlar tushunilgan.
Tug‗lar harbiy bo‗linmalarda ham qo‗llanilib, har qaysi harbiy qismning
maxsus tamg‗alari bilan ifodalangan. Shunga ko‗ra lavozimlar vujudga kelgan:
tug‗luq- ―tug‗ egasi‖, to‗qsoba – ―o‗z tug‗iga ega bo‗lgan harbiy qism boshlig‗i‖
kabi lavozimlar shular jumlasiga kiradi.
Tug‗lar turli rangda va shaklda bo‗lgan va hokimiyat ramzi sifatida xizmat
qilgan. Tug‗lar So‗g‗diyonada ham davlat ramzi hisoblanadi. Afrosiyobdan
topilgan Samarqand ixshidi Varxuman (Avarxuman)ning VII asrga oid saroyi
65
devoridagi suratlardan birida podsho taxtiravonda o‗z a‘yonlari, unga tobe ixshid
va ixshidliklarning hokimlari bilan elchilarni qabul qilayotgani tasvirlangan.
Taxtiravon yaqinida o‗n bitta tug‗ tasvirlangan, ular Varxumanga tobe 11 hokimlik
yoki qo‗shin bo‗linmasi ramzi deb taxmin qilinadi. Suratlardagi ko‗pchilik
suvoriylar ham qo‗llarida tug‗lar bilan tasvirlangan.
Akademik A.Asqarovning fikricha, suratda Varxuman atrofida uning
yaqinlari, unga tobe 11 ta rustak ixshidlari va ularning tug‗lari (bayroqlari) tasviri
chizilgan. Bir qator qilib, tik terib qo‗yilgan 11 bayroq dastalari qizil lenta bilan
bir-birlariga ramziy bog‗lab qo‗yilgan. Ushbu manzara Markaziy Sug‗dda 11 ta
ixshidliklar bo‗lganligi va Samarqand ixshidi (podshosi) Varxuman boshchiligida
―Sug‗d davlat konfederatsiyasi‖ tuzilganligidan dalolat beradi.
Mamlakatimiz hududida boshqa mintaqalarda bo‗lgani kabi davlat ramzlari
davlatning ta‘sis belgisi sifatida ilk davlatlarning paydo bo‗lishi jarayonining
ajralmas qismi bo‗lib vujudga kelgan va huquqiy odatlar bilan mustahkamlangan.
Dostları ilə paylaş: |