59
IV-BOB: O„RTA OSIYO TARIXIGA OID ILK O„RTA ASR YOZMA
MANBALARI.
V-VI asrlarda O‗rta Osiyo tarixi Eftalitlar («xepti», «Xaytal», «ay-da», «i-
da» nomlari bilan mashhur) va Eftalitlar davlati tarixi bilan bog‗liqdir. Tarixiy
manbalar, shuningdek arxeologik qidiruvlar bergan ma‘lumotlarga qaraganda,
eftalitlar mil.av. I va milodning IV asrlari o‗rtasida
Yettisuv vohasidan Sirdaryo
va Amudaryo oralig‗idagi yerlariga ko‗chib kelgan xunnlar bilan aralashib ketgan
saklar va massagetlarning avlodidir. Ular juda katta territoriyada o‗z hukmronligini
o‗rnatdilar. Eftalitlar davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo‗ylarigacha bo‗lgan
yerlar qarar edi. Eftalitlar milodning 457 yilida Chag‗oniyon Tohiriston va
Badaxshonni bo‗ysindirishga muvaffaq bo‗ldilar. Eron podshosi Sosoniy Peruz
(459-484 yy.) eftalitlarga qarshi uch bor qo‗shin tortdi, lekin hamma yurishlari
mag‗lubiyat bilan tugadi. Buning ustiga Eron eftalitlarga o‗lpon turishga majbur
bo‗ldi.
Qisqasi, Eftalitlar davlati O‗rta
Osiyoning, Eronning sharqiy rayonlari,
Afg‗oniston, Shimoliy Hindiston hamda Sharqiy Turkiston ustidan hukm yurgizdi.
563-567 yillarda Turk hoqoni Istemi Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib,
eftalitlar davlatiga zarba berdi va ularni bo‗ysindirishga muvaffaq bo‗ldi. Natijada
ular Amudaryo va Orol dengizigacha o‗lkalar ustidan o‗z hukmronligini
o‗rnatdilar. VI asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan
Chjau va Si davlatlarini ham bo‗ysundiradilar.
VI asr o‗rtalariga kelib Turk hoqonligi zaminida ilk feodal kurash kuchaydi
va bunday Suy imperiyasi hukmronlari ustalik bilan foydalanishdi. Oqibatda Turk
hoqonligi ikki qismga: Sharqiy va G‗arbiy hoqonligiga bo‗linib ketadi.
G‗arbiy Turk hoqonligi harbiy-siyosiy bir muncha qudratli edi. VII asrning
unga Sharqiy Turkistodan to Kaspiy dengizigacha bo‗lgan yerlar qarar edi. Uning
ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida shaharlarning o‗sishi
va Xitoy, Eron,
Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab bo‗ldi. Manbalarda keltirilgan
ma‘lumotlarga ko‗ra, G‗arbiy Turk hoqonligining poytaxti Suyabda har yili katta
markazlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan.
G‗arbiy Turk hoqonligi markazlashgan davlat bo‗lib, 15 ga yaqin yarim
mustaqil hoqonliklardan (m-n, Sug‗dda Yuxchxon xalqidan chiqqan Jabg‗u,
Buxoroda Mahliy buxor xudot, Farg‗ona ixshidlari va h.k.) tashkil topgan edi.
Hoqonlik tarkibiga kirgan xalqlarning bir qismi dehqonchilik va savdo-sotiq
bilan uning tog‗ va cho‗l rayonlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa
chorvachilik bilan shug‗ullangan.
Arablar istilosi arafasida O‗rta Osiyo mayda-mayda davlatlardan iborat edi.
Sharq va Xitoy manbalariga qaraganda, VIII asr boshlarida O‗rta Osiyo 15 ga
60
yaqin mustaqil davlatlarga bo‗linib ketgan edi.
Bulardan eng kattalari Xorazm,
Sug‗d, Buxoro, Chag‗oniyon, Tohiriston, Choch-Farg‗ona hisoblangan.
Arablar O‗rta Osiyo territoriyasiga 674 yildan boshlab bostirib kira
boshladilar. Bosqinchi qo‗shinga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn
Ziyod boshchilik qildi. O‗shanda ular Poykent va Buxorodan (1 mln. dirham va
4000 ming va boshqalar) bilan qaytgan edi.
705-yildan boshlab arab feodallarining O‗rta Osiyoga istilochilik yurishlari
kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi noibi Kutayba
Ibn Muslim boshchilik
qildi. U 712 yilda Xorazm va Samarqandni ham bo‗ysindirdi. Samarqand podshosi
Gurak (716-737yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga ko‗ra Samarqand va
Sug‗diyona xalqi arablarga har yili 2 mln. 200 ming dirham miqdorida boj to‗lash
va arab qo‗shiniga 100 ming kishi to‗plab berishga majbur etildi. 713-715 yillarda
Choch, Farg‗ona viloyatlarni, shuningdek yettisuv va Qoshg‗argacha bo‗lgan
yerlarni ham bosib oldi.
Qadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir hamda Mo`g`ulistonda,
Oltoy hamda O`zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida qiymatga ega. Bu
yozuvlarning yetti guruhi-Lena-Baykalbo`yi bitiklari, Yenisey, Mo`g`uIiston,
Oltoy, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma'lum. Bu bitiklar O`zbekiston
xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy
hamda madaniy hayotini
o`rganishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: