66
―Shi szi‖ning to‗la matni olti jild qilib 1959 yili Pekinda e‘lon etilgan,
rus tiliga tarjima etilib (I.Ya.Bichurin, L.S.Vasilev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol va
boshqalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E.Shavann (1865-1905)
tomonidan fransuz tiliga tarjima qilinib, 1895-1918 yillari 5 jildda bosmadan
chiqqan.
Ban-Gu
(39-92)-yirik tarixchi olim. Tarixchi Anlin (Shensi viloyati)
shahrida G‗arbiy Xan sulolasi (miloddan avvalgi 206 – milodning 220 y.)
xizmatida turgan yirik mansabdor va tarixshunos oilasida tug‗ilgan, 47-55 yillari
Loyanda oliy ta‘lim olgan. ―Syan Xan shu‖ (―Avvalgi Xan sulolasining tarixi‖)
yirik tarixchi olim Byan Gu asaridir. 58-82 yillari u o‗z asarini yozgan.
―Syan Xan shu‖ning 95 bobida O‗zbekiston (ayniqsa, kangli, yuechji va
usunlar haqida) va Sharqiy
Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning
hayoti haqida ko‗p muhim ma‘lumotlarni uchratamiz.
―Syan Xan shu‖ 1962 yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. Inglizcha
tarjimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) ham bor.
Fan Xua
(398-445 yy.) ―Xou Xan shu‖ (―Keyingi Xan sulolasi tarixi‖)
tarixchining yirik asaridir. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220-yy.)ga
xizmat
qilgan. Kichik davlat lavozimida turgan va 424 yili viloyat hokimligiga
ko‗tarilgan. Davlatga qarshi isyonda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. ―Xou
Xan shu‖ Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixni o‗z ichiga olgan katta
asar (130 bobdan iborat. Unda O‗zbekiston,
Sharqiy Turkiston va
Jung‗oriyaning 25-221-yillar orasidagi tarixi haqida diqqatga sazovor ma‘lumotlar
bor.
Dostları ilə paylaş: