79
‖Kitob al-buldon‖ (taxminan 891 yilda yozilgan) to‗rt qismdan iborat.
Asarda arablar qo‗l ostidagi mamlakatlarning geografik holati,
yirik shaharlar va
qal‘alari, aholisi va uning asosiy mashg‗uloti, urf-odatlari, o‗sha mamlakatdan
olinadigan xirojning umumiy miqdori haqida qimmatli ma‘lumotlar keltiriladi.
Ushbu asarning ikki mo‗tabar qo‗lyozmasi G‗arbiy
Germaniya
kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashhur
sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop
etilgan. Al-Yaqubiyning ikkinchi asari ―Tarix‖ umumiy
tarix tipida yozilgan
bo‗lib, SHarq mamlakatlari, shuningdek O‗rta Osiyoning VII-IX asrlardagi tarixi
bo‗yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Asar ikki qismdan iborat
bo‗lib, Odam Atodan islomgacha bo‗lgan va musulmon mamlakatlari tarixlari,
ya‘ni o‗sha mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bo‗lgan voqealar bayon etilgan.
―Tarix‖ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma
(1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan.
Dostları ilə paylaş: