O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112
Hadis va muhaddislar haqida. 
«Hadis», «Sunnat» so‗zlari muqaddaslar o‗rtasida bir ma‘noda tushunilib, 
janob payg‗ambarimizining aytgan so‗zlari, fe‘l-atvorlari, aloqalari, tahrirlari va 
payg‗ambarlikka qadar bo‗lgan hamda payg‗ambarlik yillaridagi siyratlarni, ya‘ni 
hayot yo‗llarini anglatadi. Rasululloh Sallololohu alayhi vassalamning turli 
sharoitlarida shariat qoidalariga oid aytgan so‗zlari ham hadis bo‗lib, fe‘l-atvorlari 
esa ul zot qilgan va sahobalar tomonidan naql etilgan amallardir. Sahobalarning 
payg‗ambarimiz ma‘qullagan so‗zlari va hatti-harakatlari taqrir deyilib, ular 
shar‘iylik huquqiga egadir. Zero janob Rasululloh shariatga xilof narsalarni hech 
qachon ma‘qullagan emaslar. 
Hadislar janob Rasululloh hayotliklarida jamlangan emas edi. Chunki janob 
payg‗ambarimiz sahobalarga: «Mendan Qur‘oni Karimdan bo‗lak hech narsani 
yozib olmanglar, agar kimki biron narsa yozib olgan bo‗lsa, uni yo‗q qiling!» der 
edilar. Bundan albatta payg‗ambarimizning hayotliklarida hadislar mutlaqo yozib 


75 
borilmagan degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki, ba‘zi hollarda
payg‗ambarimizning o‗zlari sahobalarga mol-mulkdan olinadigan zakot miqdori 
haqida joylardagi hokimlarga yozib yuborishni amr qilganlar. Shuningdek, ayrim 
sahobalarga o‗z shaxsiy maqsadlar uchun hadislarni qayd qilib borishiga ijozat 
berilgan edi. Abdulloh Ibn Amir ibn Anas, Ali ibn Abu Tolib va boshqalar 
to‗plagan hadislar bunga dalildir. Dastlabki hadis to‗plamlari to‗g‗ri (saxix) 
bo‗lgan, ammo keyinchalik, milliy siyosiy ixtilofdir, dinga foyda keltirish 
maqsadida payg‗ambarimiz nomlaridan yolg‗on hadislar to‗qish, fikr va ilmi 
kalom sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo‗ylik oqibatida 
ko‗plab ishonarsiz hadislar ham yuzaga kelgan. Ana shunday bir sharoitda 
o‗zlarining butun bilim va hayotlarini to‗g‗ri hadislarni aniqlab, jamlashdek ezgu 
ishga sarflashni o‗zlariga maqsad qilib qo‗ygan shaxslardan – xalifa Umar ibn 
Abdulaziz bo‗ldi. U joylardagi o‗z noiblariga Muhammad alayhi salomning 
hadislarini jamlashni amr qildi. Undan keyin birin-ketin ko‗plab hadis to‗plamlari 
tasnif etila boshladi. Biroq Ibn Ishhob az-Zuhriy va u kishidan keyingi 
muhaddislarining hadis to‗plamlari muayyan tartibga solinmagan boblarga 
ajratilgan bo‗lib, ularga payg‗ambarimiz hadislari sahobalar va tobeinlarining 
fatvolari bilan chalkashtirib yuborilgan edi. 
Hijriy III-asr, darhaqiqat ilmi hadis uchun oltin davr bo‗ldi. Bu davrda hadis 
ta‘lif etish «musnad», «saxix» va «sunan» deb atalmish turli yo‗nalishlar vujudga 
keldi. 1) «Musnad» yo‗nalishida tasnif etilgan to‗plamlarda turli mavzudagi 
hadislar bir joyda keltirilishi uchun hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom 
dinini qabul qilgan vaqtiga ko‗ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdulloh ibn 
Muso, Imom Ahmad Iyun Xanbalning hadis kitoblari ana shu yo‗nalishga 
mansubdir. 2) «Saxix» yo‗nalishiga buyuk muhaddis Imom Buxoriy asos 
solganlar. Bu yo‗nalishda ta‘lif etilgan to‗plamlarda esa, to‗g‗ri, ishonarli hadislar 
bilan birga «zaif» hadislar ham keltirilgan. Abu Dovud, Sho-at-Termiziy, an-
Nasoiy, Ibn Mojaning mualliflari ana shu yo‗nalishga mansubdirlar. 
Movarounahrda birinchi bo‗lib hadis to‗plami yaratgan muhaddis – Imom 
Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziydir. Bundan tashqari, vatandoshlarimizdan 
Imom Ahmad ibn Xanbal il-Marvoziy, Ishoq ibn Rahovayx al-Marvaziy, Imom al-
Haysam ibn kulayb at-Isomiy, Jamoluddin an-Nasafiy va boshqalar ham hadis 
to‗plamlarini tasnif etishganlar. 
Ikkinchi – «saxix» yo‗nalishining asoschisi, islom olamida eng yetuk va 
mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hijriy 194 
yilda Buxoroda tavallud topganlar. 7 yoshga to‗lmaslaridan ilmi hadis 
o‗rganmoqqa kirishganlar. 16 yoshlarida onalari va akalari bilan birga hajga borib, 
to‗rt yil Makkada yashaganlar. So‗ng, payg‗ambarimiz Muhammad alayhi 
salomning hadisi shariflarini to‗plab tartibga solmoq niyatida bir qancha islom 


76 
mamlakatlarini kezib shayxu ulamolardan to‗plab, hadislar yozib olganlar. Jami 
600 ming hadis to‗plab, shulardan 100 ming «saxix» va 200 ming «g‗ayri saxix» 
hadislarini yod olganlar. Hadis ilmi bobida quvvatu iqtidorlari benihoyat ortib 
islom olamida katta shuhrat qozonganlar. Minglab shogirdlar yetishtirganlar. 
Muslim ibn Hattok, Iso at-Termiziy, an-Nasoniy, Yusuf al-Farobiy kabi mashhur 
muhaddislar shular jumlasidandir. 
Imom Buxoriy, ona yurtlari Buxoroga qaytib kelgach hadis ilmini targ‗ib 
etishga kirishdilar. Ammo, ul zotning boshlagan bu sa‘yu harakatlari hukmdorga 
xush kelmadi, shu boisdan Buxoroni tark etib, Samarqand yaqinidagi Xartang 
qishlog‗iga ravona bo‗ladilar va o‗sha yerda istiqomat qilib qoladilar. Hijriy 256 
yilda Ramazon hayiti kuni 62 yoshida vafot etadilar va shu yerning o‗zida dafn 
qilinadilar. 
Imom Buxoriyning «Al-Jomi‘ as-saxix» (Ishonarli to‗plam) deb nomlangan 
4 jild (juz)dan iborat hadislari to‗plami islom olamidagi boshqa muhaddislar 
tuzgan hadis to‗plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir. To‗plamda 
payg‗ambar salallohu alayhi va sallam hadislaridan tashqari, fiqh (islom 
huquqshunosligi), islom marosimchiligi, axloq-odob, ta‘lim-tarbiya hamda o‗sha 
davr tarixi va etnografiyasiga doir ma‘lumotlar ham mavjud. Unga 600 ming 
hadisdan faqat 275 ta eng «saxix» hadislar kiritilgan. Mazkur to‗plam Misr va 
boshqa bir qancha mamlakatlarda juda ko‗p marta chop etilgan, unga yirik 
ulamolar tomonidan sharhlar yozilgan. 
Hozir Samarqand yaqinida (Chelak tumanida) Imom Buxoriy nomlari bilan 
bog‗liq ziyoratgoh mavjud bo‗lib, u Xoja Ismoil masjidi nomi bilan mashhur. 1988 
yilda ul zotning 1225 yilliklari keng nishonlandi. 
Imom Buxoriyning Islom olamida Qur‘oni Karimdan keyin ikkinchi 
muqaddas kitob hisoblanadigan «Al-Jomi‘ as-saxix» asarining o‗zbek tilida 
xalqimizga yetkazilishi katta voqea bo‗lib, u dinu e‘tiqodimizni hamda ma‘naviy 
qadriyatlarimizni tiklashda, kishilarda axloq, odob, hallolik, rostgo‗ylik, poklik 
singari umuminsoniy fazilatlarni qaror toptirish va mustahkamlashda muhim 
ahamiyatga egadir. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin