O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112
Savol va topshiriqlar: 
1.
Xitoy mualliflari O‗rta Osiyo to‗g‗risida qanday ma‘lumotlar beradi? 
2.
Mug‗ qala‘sidan topilgan hujjatlar nimalardan iborat? 
3.
O‗rta Osiyodagi «Hadisshunos»lardan kimlarni bilasiz? 
4.
Musulmon madaniyatining yuksak namunasi bo‗lmish Qur‘oni Karimning 
oxirgi surasi qanday nomlanadi? 
5.
Istiqlol sharofati bilan xalqimiz muqaddas bo‗lmish Qur‘oni Karimni o‗zbek 
tilida o‗qish baxtiga muyassar bo‗ldi. Qur‘onni o‗zbekchaga izohli tarjima 
qilgan olimni bilasizmi? 
V-BOB: O„RTA OSIYONING IX-XII ASRLAR TARIXIGA OID 
YOZMA MANBALAR 
 
Bog‗dod xalifaligi vayronalarida tashkil topgan eng yirik feodallardan biri 
Somoniylar davlati (819-1005 yy.) edi. Bu davlatga Nuh ibn Asad (819-842 yy.) 
asos soldi, u ayniqsa X asrning birinchi yarmida, Ismoil ibn Ahmad davridan (892-
907 yy.) boshlab kuchaydi. Bu davrda Somoniylar, Movaraunahr, Xuroson, Eron, 
hozirgi Afg‗onistonning katta qismi, shuningdek Toshkent, Turkiston va Sayram 
ustidan o‗z hukmronligini o‗rnatdilar. 
Somoniylar yirik feodallar, ruhoniylar hamda yirik savdogarlarning 
yordamiga tayanib, feodal tarqoqlik va ichki urushlarga barham berdilar. Ili 
vodiysida va Sirdaryo bo‗ylarida ko‗chib yurgan qarluqlarning Movaraunnahrning 
ichki rayonlariga qilib turgan hujumlariga ham barham berdilar (893y.). Bu hol 
mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga yo‗l ochdi. Somoniylar davrida 
Markaziy boshqaruv tizimi bir muncha mustahkamlandi. Amir davlati 10 ta 
muassasa (devoni) yordamida boshqardi. Somoniylar davrida hunarmandchilik va 
savdo-sotiq rivojlandi. Buni biz Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, G‗azni, Hirot va 
Toshkent kabi yirik va taraqqiy etgan shaharlar misolida ko‗ramiz. Bu davrda 
O‗rta Osiyoning Hazar hoqonligi, Bulg‗or xonligi, Rus va Xitoy bilan iqtisodiy va 
madaniy aloqalari bir muncha rivoj topdi. Somoniylar davri ilm-fan va 


72 
madaniyatning O‗rta Osiyo sharoitida benihoyat rivojlangan davri hisoblanadi. Bu 
davr Rudakiy, Daqiqiy va Firdavsiy singari ulkan shoirlarni, Forobiy, Beruniy va 
Ibn Sinodek zabardast olimlarni yetishtirdi. 
Feodal munosabatlarning rivojlanishi natijasida o‗zaro feodal kurash va 
mahalliy feodallarning ayirmachilik harakati kuchayib ketdi. Bu hol X asr 
oxirlariga kelib, feodal tarqoqlikni yanada kuchaytirdi, Hamadon, Isfaxon va 
Rayda Buvaxiylar, Tabariston va Jurjonda Ziyoriylar mustaqillikka erishdilar. 
Sirdaryoning o‗ng sohilidagi yerlar, shuningdek, Chag‗oniyon va Xorazm ham 
Somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar. 
Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy parokandachilikdan Qoraxitoylilar 
ustalik bilan foydalandilar. Ular 996 yili Zarafshonning Shimoliy tarafidagi barcha 
yerlarni, 999 yili esa Buxoroni ishg‗ol etib, Somoniylar hukmronligiga zarba 
berdilar. 
Qoraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyan-
Shanning Janubiy qismida tashkil topgan feodal davlat asoschilari), yuqorida 
aytilganidek, 996-999 yillarda Nasr ibn Ali boshchiligida bostirib kirib, butun 
Movaraunahrni bo‗ysindirdilar. To‗g‗ri, Somoniylarning ayrim vakillari, masalan 
lashkarboshi Abu Ibrohim Ismoil 1001 yilgacha Qoraxoniylar bilan kurashdi, lekin 
bu kurash natija bermadi. 
Nasr ibn Alidan keyin Movaraunahrni Iligxon Ali Takin (1034 y. vafot 
etgan) idora qildi. 1025 yili Qoshg‗ar xoni Qodirxon (Tomgochxon) bilan 
Mahmud G‗aznaviy (998-1030 yy.) birgalikda Movaraunahr ustiga yurish 
boshladilar, lekin amalga oshmadi,1032 yilda Movaraunahrda o‗z hukmronligini 
o‗rnatishga Xorazm hukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) ham urinib ko‗rdi, lekin 
uning harakati ham natijasiz bo‗ldi. Tarixiy manbalar ( masalan, Abu Fazl 
Bayxakiy) bergan ma‘lumotlarga qaraganda, Ali Takindan keyin taxminan 1040 
yilga qadar uning o‗g‗illari hukmronlik qilgan. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu 
Ishoq Ibrohim ibn Nasr hukm yuritgan. U Qoraxoniylar poytaxtini O‗zgandan 
Samarqandga ko‗chirib keldi. U vafot etgandan keyin o‗g‗illari qonli kurash 
boshlandi. Bu kurashda Shamsulmulk Nasr ismli o‗g‗li g‗olib chiqdi. 
Qoraxoniylar bilan Saljuqiylar o‗rtasida Termiz va Balx uchun kurash 
kuchaydi. Buning ustiga Timg‗ochxon Qodir Yusuf va uning o‗g‗illari unga qarshi 
kurash boshladilar va Sirdaryoning shimoliy sohilidagi yerlarni hamda Farg‗onani 
undan tortib oldilar. Saljuqiylardan Sulton Malikshoh I 1089 yilda Movaraunahrga 
qo‗shin tortib, Buxoro va Samarqandni zabt etdi. Lekin ular tez orada sulh tuzib
Movaraunahrdan chiqib ketishga majbur bo‗ldilar. Lekin Sulton Sanjar (1118-1157 
yy.) davrida 1130 yildan boshlab Qoraxoniylar Saljuqiylar davlatiga qaram bo‗lib 
qoldilar. 


73 
Qoraxoniylar hukumati inqirozga yuz tutgan va Movaraunahr feodal 
tarqoqlik iskanjasiga tushib qolgan bir davrda uning shimoliy-sharqiy va g‗arbiy 
tarafida ikki yirik harbiy siyosiy kuch paydo bo‗ldi. Bulardan biri Qoraxitoylilar, 
ikkinchisi yirik harbiy siyosiy kuch Xorazmda paydo bo‗ldi, Ilgari Saljuqiylarga 
tobe bo‗lgan Xorazm 1127 y. mustaqillikka erishdi. XII asrning 30-yillari 
boshlaridan Qoraxitoylarning Movaraunahrga talonchilik yurishlari boshlandi. 
Ular Shosh va Farg‗ona bilan kifoyalanib qolmay, hatto Zarafshon hamda 
Qashqadaryo vohalariga kirib bordilar. Qoraxitoylilar 1138 y. Samarqand xoni 
Qoraxoniy Mahmudxonni (1132-1141 yy.) tom-mor keltirdilar va katta o‗lpon olib 
Yettisuvga qaytib ketdilar. 1141 y. ular Samarqandga yaqin Katavon degan joyda 
Mahmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tor-mor keltirib, 
Samarqand so‗ngra Buxoroni egalladilar. Lekin ular Yettisuvdan Movaraunahrga 
ko‗chib o‗tmadilar, balki har yili o‗lpon olish bilan kifoyalandilar.
Xorazmning mustaqillikka erishuvi Otsiz (1127-1156 yy.) nomi bilan 
bog‗liq. U qisqa vaqt ichida Sirdaryoning quyi oqimidagi Jand shahrini va 
Mankqishloqni egalladi. El Arslon (1156-1172 yy.) va Sulton Takash (1172-1200 
yy.) vaqtida Xorazmshohlar davlati kengaydi. Xorazmshohlar 1156-1192 yillar 
orasida Hind daryosidan Iroqqacha bo‗lgan yerlarni bo‗ysindirishga muvaffaq 
bo‗ldilar. Xorazmshoh Muhammad (1200-1220 yy.) Xorazm davlatini yanada 
kengaytirdi – 1206 va 1212 yillari Buxoro va Samarqandni bosib oldi. 
Lekin qurol vositasi bilan qurilgan bu davlat markazlashgan va mustahkam 
davlat emas edi. Bosib olingan mamalkatlar etnik jihatdan turlicha bo‗lib, ularning 
iqtisodiy va madaniy taraqqiyot tepasida turgan shaxs tashabbussiz va shijoatsiz 
odam edi. Shuning uchun bu davlat mug‗ullarning kuchli zarbasiga bardosh bera 
olmadi. 
Qoraxitoylilar, Qoraxoniylardan farqli o‗laroq, bosib olgan yerlarga ko‗chib 
kelmadilar, faqat o‗lpon yig‗ib olish bilan kifoyalandilar, lekin mehnatkash 
xalqning ahvoli og‗ir edi. Shuning uchun ham bu davrda chet el bosqinchilariga 
qarshi xalq qo‗zg‗olonlari ham bo‗ldi. Qoraxitoylilar va ularning ittifoqchisi 
Sadrlarga qarshi 1206 y. Buxoro va Xorazmshohlarga qarshi 1214 y. Samarqandda 
bo‗lib o‗tgan Kosiblar qo‗zg‗oloni shular jumlasidandir. 
X-XII asrlarda O‗rta Osiyoda ilm-fan, adabiyot bur muncha rivoj topdi; 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv va Xiva kabi shaharlar kengaydi.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin