92
Qoraxoniylarning Movaraunhrni bosib olishi (992-996 y.) haqidagi keltirilgan
ma‘lumot benihoyat qimmatlidir.
Asarda hukmron feodal tabaqaning maqsadi va manfaatlari hikoya qilinadi,
xususan, Sulton Mahmud va uning yaqinlari ko‗klarga ko‗tarib maqtaladi. Shuning
bilan birga olim beto‗xtov
davom etgan feodal urushlar, feodal zulm, turli-tuman
soliq va jarimalar tufayli xonavayron bo‗lgan mehnatkash xalqning og‗ir
turmushiga ham to‗xtalib o‗tadi.
―Tarixi Yaminiy‖ asarining arabcha matni 1874
yili Dehli, 1874 yili
Buloq va 1883 yili Lohur shaharlarida chop etilgan. Undan ayrim parchalar
K.SHefer, T.Nyoldeke, G.Elliot va N.Douson tomonidan fransuz,
nemis va ingliz
tillariga tarjima qilingan. Kitobning forscha tarjimalari bo‗lib, eng yaxshisi
Abu SHarif Nosih al-Jorbozaqoniy qalamiga mansub. Bu tarjima Eronda 1856,
1956 va 1966 yillari chop etilgan. Asarni Londonda 1858 yili Reynolds ingliz
tiliga tarjima qilgan.
Dostları ilə paylaş: