O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


Jayhoniy.  (870-942 y. halok bo‗lgan). ―Kitob al-masolik val-mamolik‖



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Jayhoniy. 
(870-942 y. halok bo‗lgan). ―Kitob al-masolik val-mamolik‖
 
nomdagi yetti jildlik ulkan asarni vatandoshimiz, davlat arbobi va olim Jayhoniy 
yoki Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr al-Jayhoniy yaratgan. U 


81 
Buxoroda Somoniylar davlatida katta obro‗ga ega bo‗lib, 914 yildan hayotining 
oxirigacha vazir bo‗lib xizmat qilgan.
Olimning asosiy asari tarixiy jug‗rofiyaga oid bo‗lib, u yana ―Kitob al-molik 
fi ma‘rifiyi al-mamolik‖ (―Mamlakatlarni bilishda masofalar kitobi‖) deb ham 
atalgan. Bu kitob o‗z davrida juda mashhur bo‗lib, barcha keyingi olimlar Beruniy, 
Gardiziy, Ibrisiy, Muqaddasiy va boshqalar undan qimmatli va ishonchli
manba sifatida foydalanganlar, iqtibos (tsitatalar) keltirganlar.
Jayhoniy asarida sharq mamlakatlari, xususan Movarounnahr, turk 
qabilalari to‗g‗risida qimmatli ma‘lumotlar bo‗lgan. Mazkur asar bizgacha yetib 
kelmagan bo‗lsa-da, uning nomi barcha yirik olimlar asarlarida zikr qilingan va
Beruniy, Ibn Xavqal, Gardeziy va Avfiy asarlarida parchalar keltirilganligi,
uning qimmatli manba ekanligidan guvohlik beradi.
al-Mas‟udiy.
To‗liq ismi Abulhasan Ali ibn al-Mas‘udiy (vaf.956 y. 
Qohira) X asrning ko‗zga ko‗ringan geograf va tarixshunos olimi. al-Mas‘udiy IX 
asr oxirlarida Bag‗dodda zodagon oilasida dunyoga kelgan. Juda ko‗p (915-945 y.)
sayohat qilgan, turli o‗lkalarda bo‗lib, adabiyot, falsafa, fiqh, geografiya va 
tarix ilmlari bo‗yicha chuqur ma‘lumotga ega bo‗lgan, xususan Movarounnahrda 
bo‗lganda shaharlar va odamlar haqida qimmatli ma‘lumotlar to‗plagan. Al-
Mas‘udiy ilmning turli sohalariga oid ―Kitob axbor uz-zamon va ajoyib ul-
buldon‖( ―Davr xabarlari va mamlakatlarning ajoyibotlari haqida kitob‖), 
―Kitob ul-avsat‖ (―O‗rtacha kitob‖), ―Kitob at-tavorix fi axbor al-umum min arab 
va-l-ajam‖ (―Arab va Ajam xalqlari tarixi‖), ―Xazoin ul-muluk va sirr al-olamayn‖ 
(―Podshohlarning xazinalari va ikki olam sirlari‖), ―Kitob ar-rasoil‖ (―Risolalar 
to‗plami‖), ―Kitob at-tanbih, va-l-ishraf‖ (―Ogohlantirish va ishontirish haqida 
kitob‖) singari 20dan ortiq asar yozgan.
Al-Mas‘udiyning asarlari arab xalifaligi, Movarounnahrning IX-X asrlar 
tarixini o‗rganishda zo‗r ahamiyatga ega. Ular o‗ziga xos geografik qomus bo‗lib, 
jahon xalqlari va turkiy xalqlarning tarixi, ijtimoiy-siyosiy ahvoli, urf-odatlari 
haqida boy ma‘lumotga ega.
Tarixchining yana ―Muruj az-zahab va ma‘dan al-javohir‖ (―Oltin tozalagich 
va qimmatbaho toshlar koni‖) nomli asari ham bor. Bu kitobning arabcha
matni frantsuzcha tarjimasi bilan birga, 1861-1877 yillari Parijda to‗qqiz jildda
nashr etilgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin