56
mamlakatlariga bag‗ishlangan. Strabon Polibiyning ―Umimiy tarix‖ini davom
ettirib, unga miloddan avvalgi 146-31-yillar orasida bo‗lib o‗tgan
voqealarni
qo‗shgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin
uning ayrim qismlari, xususan O‗zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim
parchalar olimning ―Geografiya‖ nomli asariga kirib qolib saqlangan.
Strabonning
―Geografiya‖sida
Girkaniya,
Parfiya,
Baqtriya
va
Marg‗iyonaning tabiiy holati,
shaharlari, qisman ularga borish yo‗llari, Oxa
(Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida, O‗zbekistonning qadimiy xalqlari –
saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toharlar hamda
xorazmliklar va ularning
kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e‘tiqodi, shuningdek Parfiya
va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi
ichki ahvoli va
o‗zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma‘lumotlar mavjud. Strabonning
ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va
sharhlar bilan qo‗shib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831-
1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879, G.A.Stratanovich, Moskva,
1964) tarjimalari ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: