47
Afinada yashagan; Gerodotning Afina demokratiyasining yoʻlboshchisi Periklga
yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli taʼsir qilgan. Gerodot taxminan 443 yil
Afinadan Furiyaga koʻchib oʻtgan.
Gerodotning asari shartli ravishda "Tarix" deb nom olgan boʻlib,
yunonlar
tarixining eng muhim siyosiy voqeasi-yunonfors urushlari (mil. av. 500-449
yillar)ga bagʻishlangan. Keyinchalik aleksandriyalik olimlar Gerodot asarini
muzalar soniga qarab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalardan birining nomi
bilan atalgan. Gerodot "Tarix"ining asosiy gʻoyasini yunon dunyosining
sharqdunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. Gerodot Lidiya, Midiya, Axomaniylar
davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining oʻtmishi, dini, oʻziga
xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik bilan bayon etib,
tarixiy
voqealarni keng taxlil qilgan. Asarning 5-kitobida Gerodot oʻzining asosiy
maqsadi yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga kirishgan. Geradot garchi o‗zi
bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to‗g‗ri
bayon etishi, o‗zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan
qarashi bilan ba‘zi tarixchilardan ajralib turadi. Antik adabiyotda birinchi boʻlib
skiflarning hayoti va turmush tarzlari Gerodot asarida tadrijiy suratda bayon
etilgan. Geradotning asarida O‗zbekistonning qadimiy xalqlari bo‗lmish
agrippiylar, issedondar,
massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi,
urf-odatlari hamda qo‗shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli
ma‘lumotlarni uchratamiz. Xususan Gerodot Oʻrta Osiyoda yashagan massagetlar
haqida batafsil maʼlumotlar keltirib, massagetlar malikasi Toʻmarisning
axomaniylar podshosi Kir II bilan boʻlgan jangini yuksak mahorat bilan bayon
qilgan.
Gerodot O‗rta Osiyo haqida tarixiy jihatdan juda muhim ma‘lumotlar
keltiradi. Bu yerda bir necha hokimlar mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron
davlatiga qaram ekanligini ta‘kidlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan aytadi.
Jumladan,
Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, Sug‗dlar, Saklar, Xorasmiylar va Ariylar.
(Bu o‗rinda izoh talab nomlardan ariylar Afg‗onistonning g‗arbiy qismida
joylashgan elatlardir). Ularning turish-turmushlari, urf-odatlarini qo‗shni
mamlakatlarda uchratamiz. Baqtriyaning poytaxti o‗sha vaqtda Balx shahri
bo‗lgan, Kaspiy hokimligiga Turkmanistonning janubiy-g‗arbiy qismida
joylashgan
qabilalar
kirgan.
Xorasmiylar-xorazmliklar,
Sug‗dlar-Politimet
Zarafshon bo‗ylarida, saklar, Tyan-Shan tog‗ining g‗arbiy
etaklarida joylashgan
edilar. Bu xalqlar Sharqdan to Kaspiy dengizigacha bo‗lgan hududga tarqalgan.
Girkaniya bilan Xorasm o‗lkasi o‗rtasidan Ares daryosi o‗tadi. Bu daryodan
uzun-uzun kanallar qazilib, sug‗orish shaxobchalaridan dehqonchilikdan unumli
foydalanadilar.
48
―Tarix‖ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871
yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) hamda rus
(F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda
asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur,
D.P.Kallistov hamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan.
Diodor
(miloddan avvalgi 90-21-yillar)
yirik tarixchi olim, asli Sisiliyaga
qarashli Argiriya shahridan. U ―Tarixiy kutubxona‖ nomli 40 kitobdan iborat asar
yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo‗nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston
va Rimning qadim zamonlaridan to milodning I asr o‗rtalarigacha bo‗lgan tarixini
o‗z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O‗zbekistonning qadimiy
xalqlari skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo‗lgan
munosabatlari haqida qimmatli ma‘lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko‗p jihatlari bilan ko‗chirma-kompilyasiya hisoblanadi.
Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan.
Bundan tashqari, ko‗p
hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog‗lanmay qolgan. Shunga qaramay,
bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Diodorning asari to‗la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida
hikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron
urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilgacha
bo‗lgan tarixini o‗z ichiga olgan 11-20-
kitoblarigina saqlangan, xalos. Bu asar
1774-1775 yillari I.Alekseyev tomonidan olti qismda va 1874-1875 yillari F.G.
Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
Dostları ilə paylaş: