Abu Abdulloh Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy
. X asrda o‗tgan mashhur
filolog va fan tarixchisi. Uning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma‘lumotlar kam.
Uning faqat Somoniy Nuh II ibn Mansurning (976-999 yy.) vaziri al-Utbiy qo‗lida
dabir bo‗lib xizmat qilgan va asosan Nishopurda istiqomat qilib, fan tarixi va
davlat idoralari uchun muhim qo‗llanma bo‗lgan «Mafotik ul-ulum» (Ilmlarning
kaliti) nomli muhim asar yozib qoldirganligi ma‘lum. «Mafotik ul-ilm» (976-
991yy. yozilgan) o‗ziga xos izohli terminologik lug‗at bo‗lib, ikki qismdan iborat.
Asardan O‗rta Osiyo haqida, xususan, bu yerda amalda bo‗lgan sug‗orish
o‗lchovlari haqida muhim ma‘lumotlar ham bor. ―Mafotix ul-ulum‖ 976-991
yillar orasida yozilgan o‗ziga xos izohli terminologik lug‗at bo‗lib, ikki
qismdan iboratdir. Birinchi qism olti bobodan iborat bo‗lib, unda shariat
bilan bog‗liq ilmlar fiqh, aqidalar, grammatika, idora ishlarini yuritish tartibi,
she‘riyat va tarix to‗g‗risida ma‘lumotlar keltirilgan. Ikkinchi qism to‗qqiz
bobdan iborat bo‗lib, u ajam, ya‘ni arab bo‗lmagan xalqlar yunonlar,
suriyaliklar, forslar, hindlar va boshqa xalqlar orasida taraqqiy etgan ilmlar –
falsafa, mantiq, tibb, arifmetika, handasa-geometriya, falakiyot-astronomiya,
mexanika, musiqa va kimiyo fanlarini o‗z ichiga oladi.
Asarda yurtimiz haqida, xususan bu yerda amalda bo‗lgan sug‗orish
o‗lchovlari haqida muhim ma‘lumotlar ham bor. ―Mafotix ul-ulum‖ islomiy
jamoatchilik, xususan V.V.Bartold, I.YU.Krachkrvskiy, S.L.Volin, van Flotenning
yuksak bahosiga sazovor bo‗lgan. Uning arabcha matni 1895 yili van Floten
tomonidan, ayrim parchalar tarjimasi S.L.Volin tomonidan 1939 yili nashr
qilingan. Toshkentda bu asarni R.M.Bahodirov tadqiq etib, maxsus kitob yozgan.
Abu Rayhon Beruniy
. Tabiiy va ijtimoiy fanlarning ko‗pgina sohalari
bo‗yicha 150 dan ortiq asar yozib qoldirgan buyuk ensiklopedist olim. Abu
Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning poytaxti Kat shahrida tug‗ilgan.
Beruniy 17 yoshligidayoq Katda mustaqil astronomik kuzatishlar olib bordi. 995 y.
Beruniy hayotida og‗ir damlar boshlandi. O‗sha yili Samoniylarga qarshi fitna
ko‗targan Abu Ali Simjoriyning ukasi amir Abulqosim Jurjonni bosib oldi.
Natijada, Somoniylar bilan ittifoqdosh bo‗lgan Kat hokimi, uning saroyida xizmat
qilgan Beruniyning hayoti xavf ostida qoladi. Abu Rayhon Beruniy majburiy
tarzda G‗aznaga olib ketiladi va umrining oxirigacha (1448 y. 11 dekabr) o‗sha
yerda istiqomat qildi.
Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy Sharq tafakkur
olamining o‗ziga xos yo‗nalishini ochib berdi va insoniyat tarixi, uning vujudga
kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga aniqlik kiritdi.
86
Turli ziddiyatli qarashlarni butun moxiyati bilan o‗rganib, unga o‗ziga xos
yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib, uning o‗zanini
o‗zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi, insonning
vujudga kelishi, xalqlarning taraqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar, tabiiy
xodisalar, ularning moxiyatini ilmiy asosda o‗rganish maktabini yaratdi.
Ushbu maktab bugun moxiyat-e‘tibori bilan dastlab Sharq, keyinchalik G‗arb
falsafiy tafakkurining tamal toshini qo‗ydi.
Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli barcha yo‗nalishlari bo‗yicha
buyuk kashfiyotlar qilgan qomusiy olimdir. Alloma zamondoshlari iborasi bilan
aytganda ―qo‗li hech qachon yozishdan to‗xtamagan, nigohi muttasil kuzatish bilan
band bo‗lgan, qalbi esa fikrlashga mudom qanot bog‗lab turgan‖ olim bo‗lgan.
O‗rta asr arab sayyohi va geografi Yoqut Hamaviyning shahodat berishicha,
Beruniyning falakiyot, mantiq, falsafa va tarixga oid asarlari ro‗yxati mayda
yozuvda 60 varaqni tashkil etgan. Uning turli bilim sohalariga oid
asarlarining tiklangan ro‗yxati hozir turli hajmdagi 150 risolaga yaqin. Shundan
qariyb 30 ta asari saqlanib bizgacha yetib kelgan.
Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari ―Al- osor al-boqiya an al
qurun al-holiya‖-―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asari bo‗lib, uni
Jurjonda 27 yoshida yozgan (390/1000 yilda). Beruniyning bu yirik tadqiqoti
o‗zbek
sharqshunosligida
―Osor
ul-boqiya‖,
Yevropa
mamlakatlarida
―Xronologiya‖ nomlari bilan mashhurdir.
Ushbu asarda olim Yaqin va O‗rta Sharq, shuningdek, Markaziy
Osiyoda istiqomat qilgan xalqlar haqida, jumdadan yunonlar, rumliklar,
eroniylar, so‗g‗diylar, xarroniylar (yulduzga topinuvchilar), kibtiylar, xristianlar,
yahudiylar, islomgacha bo‗lgan arablar va musulmonlarning yil hisoblari, hayitlari
va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab bergan. Unda juda ko‗p tarixiy voqeyalar,
turli millat va dinlarga oid muhim ma‘lumotlar, payg‗ambarlar va soxta
payg‗ambarlar, podshohlar, mashhur tarixiy shaxslar va olimlar haqida ham
axborotlar berilganki, ularning aksariyati mavjud adabiyotlarda uchramaydi.
Beruniy ―Osor ul boqiya‖ kitobida qadimiy sharq xalqlari-arablar,
suriyaliklar, yahudiylar, eroniylar, sug‗dlar, xorazmliklar va shu zamonda
yashagan boshqa xalqlarning turmush qoidalari, urf-odatlari, yil sanoqlari,
bayramlar va marosimlar, xullas nimaiki xalq hayotiga oid bo‗lsa, shuning
hammasini ilmiy asosda tadqiq etadi. ―Osor ul boqiya‖ni O‗rta Osiyo, Eron, Yaqin
Sharq mamlakatlaridagi xalqlar etnografiyasi, tarixi, ijtimoiy tafakkuri
bo‗yicha mukammal qomus deb atasak xato qilmaymiz.
Sharq tarixi falsafasining o‗ziga xosligi shundaki, unda turli davrlarda xukm
surgan podsholiklar va ularning sulolalari tarixiy davr sifatida qabul qilinadi va ana
shu davrda yuz bergan barcha voqealar, ma‘naviy-axloqiy mezonlar, madaniy va
87
ijtimoiy taraqqiyot bevosita ana shu podsholiklar va ularning sulolalari yurgizgan
siyosat asosida o‗rganiladi. Beruniy ham ana shu tartibotdan unumli foydalangan.
U o‗zining «Osor al-boqiya» deb nomlangan asarida turli davrlarda xukm
surgan podsholiklar va sulolalarning ko‗pdan-ko‗p jadvallarini kiritgan:
Makedoniyalik batlimuslar (ptolemeylar), rum, xristian, qadimgi Eron,
sosoniylar sulolasi podshoxlari, arab xalifalari (ummaviylar va abbosiylar)
kabilarning o‗z davriga xos shajaraviy-tarixiy jadvalini yaratdi. Ular o‗ta aniq
va ishonchli manbalardan olingan bo‗lib, podshoxlarning xukmronlik qilgan
davrlari deyarli to‗g‗ri ko‗rsatilgan. Ular boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish
natijasida to‗la isbot etilganligi bilan aloxida ajralib turadi. Beruniyning ushbu
asari insoniyat tarixini o‗rganuvchi mutaxassislar, tarixchilar, sotsiologlar,
faylasuflar, etnograflar va demograflar uchun muxim manba bo‗lib xizmat
qilmoqda.
Atoqli manbashunos Ismatulla Abdullayev Beruniyiing «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor al-boqiya») asari xususida fikr yuritar
ekan, alloma o‗z davrining ijtimoiy muxiti, kishilik tarixiy taraqqiyoti,
xalqlar, urf-odatlar, madaniyatlar va olamni anglash borasidagi qarama-qarshi
fikrlarni ancha chuqur egallaganligini bayon etadi. Jumladan, Beruniy yunonlar,
rumliklar, eroniylar, sug‗diylar, xorazmliklar, xarroniylar (yulduzga topinuvchilar),
kibtiylar, xristianlar, yaxudiylar, islomgacha bo‗lgan arablar va
musulmonlarning vaqt o‗lchovlari, yil xisoblari, bayramlari va muqaddas
kunlarini ijtimoiy-tarixiy, madaniy va ma‘rifiy jixatdan ancha chuqur o‗rgangan.
Bu insoniyat tarixini bevosita falsafiy o‗rganish, mantiqiy xulosalar chiqarishga
asos bo‗lgan.
Beruniy insoniyat tarixini juda chuqur o‗rganish bilan birga, uni turli
afsonalardan, rivoyatlardan tozalab, real tarixiy jarayonga real va ilmiy
yondashish tamoyillarini ilgari suradi. Tarixni falsafiy tadqiq etish tamoyili
shuni taqozo etadiki, u xar qanday ilmiy tushunchalar, turli manbalar va tarixiy
dalillarni to‗g‗ridan-to‗ri qabul qilmaydi. Ularning xar biriga tafakkur orqali
yondashib, tarix xaqiqatini tiklash bilan birga voqea-xodisalarning mantiqiy
rivoji orqali tarix moxiyatini, mazmunini va yaxlit falsafasini vujudga keltiradi.
Beruniy tarixiy manbalar ustida ishlar ekan, u xar bir manbaga mutlaq
xaqiqat sifatida qaramaydi. Xaqiqat ichidan xaqiqat izlaydi va shu yo‗l bilan tarix
xaqiqatini tiklashga intiladi. Natijada biz «to ularning barchasini bilish vaqti
kelgunicha bayon etishdan to‗xtadik, chunki shubxani aniq va noma‘lumini
ma‘lumga qo‗shish biz yurgan yo‗lga loyiq emas», - degan qat‘iy xulosaga keladi.
Uning tasavvuricha, xar qanday tarixiy asar xech kimda shubxa
uyg‗otmasligi, u mutlaq xaqiqatga tayanmog‗i lozim.
88
Beruniy xalqlar tarixini, ularning turmush tarzi va xayot an‘analarini
o‗rganar ekan, xar qanday manbaga aloxida e‘tibor bilan qaraydi. Ularni
chog‗ishtirish yo‗lidan boradi. Tarixiy muddatlar, davrlarni qiyosiy tarzda
o‗rganib, xar tomonlama mukammal va asosli dalillarni to‗playdi. Uning
o‗ziga xos katta yutuqlaridan biri shundaki, xar bir tarixiy voqelikka turdosh
fanlar imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga xarakat qiladi.
―Osor ul boqiya‖ ya‘ni ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarining
arab tilidagi birinchi nusxasi dastlab nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau
(1845-1930) tomonidan 1878 yili Leypsigda chop etilgan. 1879 yilda Zaxau uni
inglizcha tarjimasini Londonda nashr etadi. Ammo Zaxau nashriyotlari XVII-
XVIII asrlarda ko‗chirilgan qo‗lyozmalar asosida amalga oshirilgan bo‗lib, bu
qo‗lyozmalarda ko‗p tushib qolgan joylar bor edi. 1912 yilda asarning ikkita ancha
qadimgi qo‗lyozmasi topildi. Ulardan bittasi Tehrondagi rus diplomatik
vakolatxonasining vakili L.Bogdanov tomonidan qo‗lga kiritilgan bo‗lib, hozirda
Rossiya FAning Sankt Peterburgdagi bo‗limida saqlanmoqda. Ikkinchi qo‗lyozma
Istambulda topilgan va Istambul xalq kutubxonasida saqlanmoqda. XX asrning 70
yillarida asarning Mashhad qo‗lyozmasi ham mavjudligi aniqlangan, va
buning mikrofilmi beruniyshunos P.G.Bulgakov tomonidan Toshkentga olib
kelingan. ―Osorul boqiya‖ birinchi marta o‗zbek tiliga olim Abdufattoh Rasulov
tomonidan tarjima qilindi va 1968 yili Toshkentda chop etildi.
Abu Rayhon Beruniy G‗azna shahrida yana bir yirik, qomusiy asarni
yozadi. 1018-1025 yillar mobaynida yozib tugallangan asarining nomi ―Aholi
yashaydigan joylar orasidagi masofalarni aniqlash uchun(kerakli) o‗rinlarning
chegaralarini belgilash‖ bo‗lib, fan olamida qisqartirilib ―Geodeziya‖deyiladi. Yer
o‗lchash to‗g‗risida bayon etuvchi ushbu asarda Beruniy vatani bo‗lmish Xorazm
zaminining paydo bo‗lishi to‗g‗risida hikoya qiladi: ―Jayhun daryosi katta qoyalar
orasidan o‗tib bu yerda ko‗l tashkil qilgan edi. Jayhun daryosining loyqasi ko‗p,
suvi mo‗l, oqimi tez bo‗lgan. Sekin sekin daryo mansabida yer paydo bo‗la
boshlagan. So‗ng u yer bora-bora quruqlikka aylangan. Ko‗l chekinib borib oxiri
Xorazm yeri suv ostidan butunlay ochilagan‖.
O‗rta asr tarixchilarining ma‘lumotlariga ko‗ra Abu Rayhon Beruniy o‗z
vatani Xorazm va uning tarixiga oid yana bir noyob asar yozgan. Ammo bu asar
bizgacha yetib kelmagan. O‗rta asrlarning XII asridayoq yo‗qolib ketgan. U
«Tarixiy Xorazm», «Mashahiri Xorazm» (Xorazmning mashhur kishilari) nomi
bilan mashhur bo‗lib, G‗aznida yozilgan. Asarda Xorazmning Sulton Mahmud
G‗aznaviy qo‗shini tomonidan bosib olinishidan (1110-1117 yy.) to Saljuqiylar
xurujigacha (1043 y.) o‗tgan davr ichidagi ijtimoiy-siyosiy tarixdan bahs yuritiladi.
Ushbu asarni Beruniyning zamondoshi va salafi tarixchi Abul Fazl Bayhaqiy (995-
1077) o‗zining ―Tarixi Mas‘udiy‖kitobida ―Mushohiri Xorazm‖ (―Xorazmning
89
mashhur kishilari ‖) nomi bilan yuritadi. Arab olimi Yoqut ham Beruniyning shu
asaridan parchalar keltirgan.
Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari ichida eng yiriklaridan yana biri
uning ―Hindiston‖ asaridir. Hind olimlari, ayniqsa Javaharlal Neru Beruniyning
ushbu kitobiga juda yuqori baho bergan. Sharqshunos olim V.Rozen Beruniyning
―Hindiston‖ asarini Sharq va G‗arbdagi qadimgi va o‗rta asr kitoblari orasida tengi
yo‗q asar,-deb baholagani bejiz emas. Nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau
Beruniyni ―U arab adabiyoti okeanida yagona qoyadir. Hindistonshunoslikda
Beruniyga teng keladigan kishini na ilgari va na so‗nggi vaqtlarda o‗tganini
bilmaymiz‖, deya e‘tirof etgan.
Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashxur bo‗lgan
«Tahqiq molil hind min maʼkula maq-bula fil-aql av marzula», ya‘ni «Hindlarning
aqlga sig‗adigan va sig‗maydigan ta‘limotlarini aniqlash» deb nomlangan
asarida bayon etilgan betakror ilmiy g‗oyalar odam va olam xaqidagi
tasavvurlarni keskin o‗zgartirib yubordi. Bu asar butun moxiyati bilan tarix
falsafasining o‗ziga xos va noyob ko‗rinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning
omillari va moxiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan
xulosalar ilmiy asoslangan xolda o‗rtaga tashlandi.
Asarning o‗ziga xos tarixiy, ilmiy va falsafiy qadriyati shundaki, u hamon
jaxon xalqlari tarixini o‗rganishda muxim manba bo‗lib xizmat qilmoqda va tarix
falsafasi taraqqiyotida, tarixni falsafiy anglash jarayonida zabt etib bo‗lmas chuqqi
darajasiga chiqdi. Darxaqiqat, bu asarga Mag‗ribu Mashriq olimlari, yirik
mutaxassislari doimo qiziqish bilan qaraydilar. Uni juda katta extiros bilan
o‗qiydilar.
Shuning uchun ham taniqli olim V. R. Rozen «Sharq va G‗arbning qadimgi
va o‗rta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo‗q», degan
edi.
Beruniy mamlakat taraqqiyoti ilm-fanning ravnaqiga ko‗p jihatdan bog‗liq
ekanligini yaxshi tushungan. Shu sababli butun hayoti davomida ilm-fan
tadqiqotlari bilan shug‗ullanar ekan, ayni vaqtda bu sohadagi ilg‗or g‗oyalarni
keng targ‗ib qilishga ham alohida e‘tibor bergan. U o‗zining ―Hindiston‖ asarida
bu haqda ―Mening fikru yodim, butun qalbim ilm-fanni targ‗ib qilishga qaratilgan.
Men bilim orttirishdek lazzatdan bahramand bo‗ldim, buni men ulkan baxt deb
hisoblayman‖, deb ta‘kidlagan edi.
Abu Rayhon Beruniyning «Kitob fi axborot al-mubayyizod val-karomita»
(Oq kiyimlilar va karomatlarning xabarlari haqida kitob) asari ham alohida
qimmatga ega.
Dostları ilə paylaş: |