O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112
as-Sam‟oniy
. ―Kitob ul-ansob‖ (―Nasablar haqida kitob‖) nomli asarning 
muallifi mashhur biograf, tarixchi va sayyoh Abu Sa‘d Abdulkarim ibn


94 
Muhammad as-Sam‘oniy (1113-1167 y.)dir. U Marvda yirik qonunshunos
olim oilasida dunyoga keldi, Marv, Buxoro hamda Samarqandda tahsil ko‗rdi, 
1155-1156 yillari Movarounnahr va Xorazm bo‗ylab sayohat qildi, ma‘lum
muddat Nishopur, Isfahon, Bag‗dod, Xalab, Damashq hamda Quddus 
shaharlarida hayot kechirdi. Sam‘oniy ―Kitob al-ansob‖dan tashqari yigirma jildlik 
―Marv tarixi‖ nomli asarning ham ijodkoridir. Ammo bu kitob bizgacha yetib
kelmagan. Taxminlarga ko‗ra, bu muhim asar Chingizxon huruji vaqtida
kuyib ketgan bo‗lishi mumkin, chunki o‗shanda Marvning eng katta va boy 
kutubxonasi bilan birga Sam‘oniylar xonadoniga tegishli bo‗lgan ikki yirik 
kutubxona ham (Yoqut Hamaviy Sam‘oniylar kutubxonasini ko‗rganligini
aytadi) yonib ketgan. Bizgacha olimning faqat ―Kitob al-ansob‖ asarigina yetib 
kelgan. ―Kitob al-ansob‖ asari Ibn Xalliqonning ma‘lumotlariga ko‗ra sakkiz 
jilddan iborat bo‗lgan. Uning to‗la nusxasi ham yo‗qolib ketgan ko‗rinadi.
Kitobning tarixchi Ibn al-Asir tarafidan tahrir etilgan uch jildlik qisqartirilgan
qismigina saqlanib qolgan, xolos.
―Kitob al-ansob‖ asarining arabcha matni ikki marta nashr etilgan,
bosh qismi 1835 yili prof. D.S.Margoulis tarafidan chop etilgan. Uning
Bayrut nashri ham bor. Bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha 
musulmon mamlakatlarida, ko‗proq Eron va Movarounnahrda o‗tgan mashhur 
kishilar haqida keng ma‘lumot beriladi.
―Kitob al-ansob‖ Movarounnahrning qadimiy tarixi, yirik shaharlari, 
qo‗shni mamlakatlar, xususan Xitoy bilan bo‗lgan savdo va madaniy aloqalarni 
o‗rganishda muhim manbalardan biri hisobanadi. Ushbu asar to‗g‗risida 
Sh.Kamoliddinov nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan va rus tilida 
kitob chiqargan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin