100
ko‗p qismini Bolasog‗un, Qoshg‗ar, Bog‗dod shaharlarida o‗tkazgan. O‗rta asr
fanining ko‗p
sohalarida xususan, arab tili,
turkiy tillarni, tarix hamda geografiya
fanlarini chuqur egallagan. O‗rta
Osiyo va Eronga sayohat qilib, bu
mamlakatlarning yirik shaharlarida bo‗ladi.
Mahmud Qoshg‗ariy o‗zining turkiy tillarga bag‗ishlangan ikkita muhim
asari bilan mashhur. Bulardan biri «Javohir an-Nal fi lug‗at-it-turk»,
ikkinchisi
«Devonu lug‗at-it-turk» muqaddima va lug‗at qismlaridan iborat.
Lug‗at qismida X-XI asrlarda turkiy xalqlar orasida iste‘molda bo‗lgan
so‗zlar atroflicha izohlab berilgan.
Lug‗atning tarix uchun qimmati shundaki, unda
har bir turk qabilalari
(Bejanag-Pecheneg, Qipchoq, O‗g‗iz, Yamoq, Boshqird, Baslik, Koy, Yabuku,
Tatar, Qirg‗iz, Chigil, Tuxsi, Yag‗mo, Uyg‗ur, Igrok, Joruq, Jumul va boshqalar)
ularning belgilari (tamg‗alari), turar joylari hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan
o‗rni atroflicha ko‗rsatib berilgan. Bu jihatlar Mahmud Qoshg‗ariyning
mazkur
asari O‗rta Osiyo va Markaziy Osiyo va Qozog‗istonning turkiy zabon xalqlarining
tarixini qolaversa, o‗zbek xalqining etnik kelib chiqishi tarixini o‗rganishda bosh
manbalardan biri hisoblanadi.
Uning qimmatli ―Devonu lug‗at at-turk‖
asarining dunyoda yagona
qo‗lyozmasi hozir Istambulda (Turkiya) saqlanmoqda. Ushbu asarning arabcha
matni 1915-1917
yillari uch jildda Istambulda, mukammal o‗zbekcha sharhli
tarjimasi S.M.Mutallibov tomonidan amalga oshirildi va 1960-1963
yillari
Toshkentda chop etilgan. ―Devonu lug‗at at-turk‖ asarining usmonli turkcha 1939-
1941 yillari B.Atali, inglizcha 1982-1985 yillari R.Dankoff bilan J.Kelli,
uyg‗urchasi esa 1981-1984 yillari bir guruh tarjimonlar tomonidan amalga
oshirilib, chop ettirishgan.
Dostları ilə paylaş: