XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya munosabatlariga
doir nashr etilgan tarixiy manbalar.
XIX asrning birinchi choragida Buxoro va
Rossiya munosabatlariga doir nashr etilgan manbalarni o‗rganishda, bu ikki davlat
aloqalari ishtirokchilarining asarlari asosiy o‗rinni tutib, ular ichida 1820 yilda
A.F. Negri boshchiligida Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya
tarkibida qatnashgan G. Meyndorf, E. Eversman va Budrin asarlari ayniqsa
xarakterlidir. Bu asarlarda XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya
o‗rtasida olib borilgan savdo va diplomatik aloqalarning umumiy holatini; o‗zaro
savdoda chiqariladigan va olib kelinadigan mollarning turi, hajmi, narxlari va
savdo oborotida ularning tutgan o‗rni hamda diplomatik missiyasi va
elchiliklarning yuborilish sabablari, ularning oldiga qo‗yilgan asosiy vazifalari va
keltirilgan natijalarini aniqlab beruvchi juda qimmatbaho ma‘lumotlar keltirilgan.
Meyndorfning «Orenburgdan Buxoroga sayyohat» nomli asari Fransuz tilida
turkolog Amediy Jobert taxriri ostida 1826 yili Parijda nashr etilib, shu yilning
o‗zidayoq nemis tilidagi tarjimasi K. Xerm va V. Sheyder tahriri bilan chiqilgan.
Kitob uch qismdan iborat bo‗lib, kitobning eng ajoyib va qimmatli qismi
uchinchi qismi bo‗lib, unda Buxoro xonligining geografik o‗rni, ijtimoiy-iqtisodiy
va davlat tuzilishi sistematik ravishda bayon qilingan. Asarning bu qismida Buxoro
xonligining iqtisodi, etnografiyasiga, tarixiga hamda tashqi davlatlar jumladan
Rossiya bilan olib borgan savdo va diplomatik aloqalariga bag‗ishlangan maxsus
qimmatli bo‗lim bo‗lib, ularda Buxoroning aholisi, mashg‗ulotlari, qishloq xo‗jalik
sug‗orish sistemasi, hunarmandlarning, ayniqsa xotin-qizlarning ahvoliga oid juda
ko‗p qimmatbaho ma‘lumotlar keltiriladi.
G. Meyndorfning asari, asosan avtorning shaxsiy mulohazasi, kishilardan
eshitgan va so‗rab bilgan ma‘lumotlari asosida yozilib, kitobda keltirilgan
138
ko‗pdan-kop izohlar va dalillar G. Meyndorfning O‗rta Osiyo mahalliy tarixiy
asarlaridan
hamda
O‗rta Osiyoga o‗zidan avval kelgan Yevropalik
sayyohatchilarning yozib qoldirgan xotiralaridan keng foydalanganligini
ko‗rsatadi.
Buxoro va Rossiya munosabatlari tarixini bayon qilishda avtor A. Jenkinson
(1558 y.), Bekovich Cherkasskiy (1714-1718 yy.), F. Beneveni (1720-1725 y.)
elchilari to‗g‗risida yozilgan adabiyotlar hamda O‗rta Osiyo geografiyasiga oid
ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. Meyndorf bu asarni yozishdan oldin 1819 yilda
Xiva Xonligiga yuborilgan rus elchilari N. Muravyov, R. Danibek, E. Eversman
asarlaridan hatto Ulug‗bek, Abulg‗ozi asarlaridan foydalanilgan.
G. Meyndorf o‗z asarlarida Buxoro va Rossiya munosabatlari ustida
to‗xtalib, ularning tarixiga oid juda kizik materiallar keltiradi. Ular orasida qadimgi
Sharqiy Yevropadan sharq mamlakatlari: Hindiston, Xitoyga o‗tgan tranzit savdo
yo`li Buxoro orqali o‗tib, bu savdo Buxoroning vositachilik rolini ko‗rsatuvchi
ma‘lumotlar bor. Avtor Buxoroning sharqiy yevropa davlatlari bilan bo‗lgan savdo
aloqalari eramizgacha bo‗lgan III asrlardan boshlab, somoniylar davriga kelib (X)
ayniqsa rivojlanganligi. Chingizxon davrida buzilib Temur tomonidan yana qayta
tiklanganligi to‗g‗risida yozadi.
Asarda o‗rta asrlarda Buxoro va Rossiya munosabatlarining Sibir va
Astraxan orqali olib borilishi va rus podsholari Temuriylar bilan savdo
munosabatlari olib borganliklari to‗g‗risida juda ko‗p qiziqarli materiallar berilgan.
Avtorning yozishicha, Buxoro savdogarlari XVIII asrgacha Tara, Tomsk va Tobol
shaharlariga borib, o‗z gazlamalarini Sibir mo‗ynalariga va temirga ayirbosh
qilardilar.
Meyndorf o‗z asarida XIX asrning boshida Buxoro savdogarlari uchun
Rossiyada yaratib berilgan yengilliklar va yarmarkalarda buxoroliklarning olib
borgan savdo operaciyalari to‗g‗risida ko‗pdan-ko‗p ajoyib ma‘lumotlar keltiradi.
Uning yozishicha: Buxoro savdogarlari Rossiyaning O‗rta Osiyo bilan
chegaradosh shaharlarida 1807 yildan boshlab esa Nijgorod, Ibriy yarmarkalarda
savdo qilish imtiyoziga ega edilar.
Meyndorfning fikricha: Buxoro savdogarlari uchun Rossiyanin gichki
bozorlarida ochiq savdo qilishiga ruxsat etilishi birinchidan chegara shaharlaridagi
chakana savdoning bir muncha qiskarib ketishiga olib kelgan bo‗lsa, ikkinchidan
buxoroliklarni
rus
mollarining
haqiqiy
bahosi
bilan
tanishtirib,
rus
savdogarlarining buxoroliklar bilan bo‗lgan savdodan oladigan foydalaridan
anchagina mahrum etgan edi.
Asarda keltirilgan faktik ma‘lumotlar Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan
mollarning asosini paxta, yigirilgan ip, mahalliy iplar, bo‗z, kashimir shoi
ro‗mollari, quruq mevalar, qorako‗l va madaniy mollar tashkil etishini ko‗rsatib
139
berdi. Masalan: Bu ro‗yxat bo‗yicha 1819 yilda Buxorodan Orenburg orqali
Rossiyaga 16 ming 813 pud paxta, 18 ming 928 pud yigirilgan ip, 20 ming 410
to‗p ip-gazlama, ya‘ni bo‗z, 151 ming 600 to‗p, har to‗pi 24 metrdan rangli
gazlama va boshqalar chiqarilgan edi.
Meyndorf Buxoro bilan Rossiya savdo munosobatlariga baho berib, bu
savdoning XIX asrning birinchi choragida juda ham rivojlanganligi va uzoq vaqt
mana shu davom etishi mumkinligi to‗g‗risida yozadi. Avtorning fikricha bu ikki
davlatning savdo aloqalari bir tomonidan Rossiyaning janubiy rayonlarida
paxtachilik va ipakchilik rivolanmaguncha, ikkinchidan Buxoro xonligida sanoat,
ayniqsa misni ishlab chiqarish va to‗qimachilik rivojlanmaguncha mana shunday
rivojlana borardi.
Haqiqatdan ham G. Meyndorfning Buxoro-Rossiya munosabatlari
to‗g‗risida bergan mana shu fikri juda ham to‗g‗ri bo‗lib, sanoat rivojlanib, paxta
va ipak singari xom ashyoga muhtoj bo‗lgan Rossiya ham o‗zida metal va sanoat
mollari ishlab chiqarishga ega bo‗lmagan va ularga muhtoj bo‗lgan Buxoro xonligi
ham bu savdodan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.
XIX asrning 30-40 yillarida buxoro xonligi bilan Rossiya o‗rtasidagi
munosabatlar, ayniqsa diplomatik aloqalarning ayrim holatlari ustida to‗xtalar
ekanmiz, xuddi shu vaqtlarda O‗rta osiyo bozorlariga ingdiz sanoat mollarining
kirib kelishi va bu yerda ingliz raqobatchilarining olib borgan qo‗poruvchilik
ishlari kabi misollarning umumiy holatini aniqlab olishiga to‗g‗ri keladi.
Chunki, XIX asrning 30-yillariga kelganda Rossiya O‗rta Osiyo bozorlarida
kapitalistik jihatdan juda rivojlangan davlat Angliya bilan to‗qnashgan edi. Mana
shuning uchun ham xalqaro miqyosida paydo bo‗lgan bu vaziyatda Rossiyaning
O‗rta osiyoga nisbatan olib borayotgan siyosatiga shuningdek, Buxoro bilan
bo‗lgan munosobatlarga katta ta‘sir ko‗rsatgan edi.
XIX asrning 30 yillarida ingliz siyosatchilari va diplomatlari O‗rta Osiyo
hamda unga qo‗shni bo‗lgan davlatchilarni bosib olish uchun tayyorgarlik ko‗rish
bilan bir vaqtda, go‗yo Rossiya Hindistonga qarshi yurish uchun zo‗r berib
tayorgarlik ko‗rsatayotgan emish, deb butun dunyoga ovozlarini baralla qo‗yib
baqirar edilar. Shu bilan birga, ular Rossiya bosib kelayotgani uchun Angliya faqat
«o‗zining Hindistonni» himoya qilayapti, deb isbot qilishga zo‗r berib urinadilar.
Haqiqatda esa bu bilan ular o‗zlarining O‗rta Osiyoni bosib olish uchun qilayotgan
agressiv harakatlarini bekitmoqchi bo‗lgan edilar.
Inglizlar O‗rta Osiyoda, jumladan Buxoro xonligida o‗z hukmronligini
o‗rnatish uchun, hammadan avval, bir tomonidan bu rayonlar bilan iqtisodiy
aloqalar bog‗lab, O‗rta Osiyo bozorlarini Angliya ta‘siriga olish, ikkinchidan
diplomatik munosabatlar bilan siqib, u yerda o‗z hukmronligini o‗rnatishni ko‗zda
tutgan edilar.
140
Savdogarlarning bergan ayrim ma‘lumotlariga qaraganda, Angliyaning
sanoat mollari O‗rta Osiyo bozorlarida birinchi marta 1820 yillarda paydo bo‗lgan
edi.
Ingliz mollarining O‗rta Osiyo bozorlariga kirib kelishi bilan Rossiyada
paydo bo‗lgan bezovtalik Ost-Indiya kompaniyasining leytenanti A. Bernsning
1821-1833 yillarda Buxoroga qilgan «sayyohatidan» keyin kuchayadi. Chunki, A.
Bernsning oldiga qo‗yilgan vazifalaridan biri Hind daryosi bo‗ylab O‗rta osiyoga
Hindistondan yangi savdo yo‗lini ochish va bu daryo orqali mollar olib borish
uchun Hind hokimi bilan shartnoma tuzishdan iborat edi.
Shubxasiz, inglizlarning O‗rta Osiyoga kirib kelishi uchun bu yangi yo‗lning
barpo etilishi xonlikdagi rus savdo munosabatlariga bevosita xavf tug‗dirardi.
Shunday qilib, XIX asrning 30-yillaridan boshlab, O‗rta Osiyoga ingliz-rus savdo
raqobati vujudga keldi.
Berns o‗zini arman savdogari deb tanitdi. Qo‗lida hind va afg‗on
savdogarlarining tavsiyanomalari bo‗lgan Berns Qushbegi bilan aloqa bog‗lay oldi.
U Qushbegi bilan olib borgan suhbatlarida Angliya bilan Buxoro o‗rtasidagi savdo
rivojlanishi masasalarini muhokama qildi. Berns ta‘kidlashicha, qushbegi uning
yana elchi bo‗lib kelishi mumkinligicha ijobiy qaragan va harbiy kuch to‗g‗risida
so‗roqlab bilib olgan. Berns qaytayotganida joyning topografiyasini, uning tabiiy
sharoiti, oziq-ovqat hamda yem-xashak zaxiralari, daryo kechuvalari va
hokazolarni o‗rganib oldi.
Aslida, XIX asrning 20 yillarida O‗rta Osiyoga yuborilgan ingliz missiyalari
asosan, Angliya burjuaziyasi tomonidan yuborilib, 30 yillarga kelganda burjuaziya
Britaniya hukumatini o‗zi bevosita rahbarlik qila boshlaydi. Bu voqea inglizlarning
agressiv rejalarini amalga oshirish O‗rta Osiyoga qa‘tiy suratda kirib kelishidan
darak berar edi.
Buning asosiy sababi 1825 yilda Angliyada boshlangan krizis bo‗lib, u butun
Angliya sanoatining deyarli ko‗pgina qismini o‗z ichiga olgan edi. Oqibatda
mamlakatning butun iqtisodiyoti katta zarar qurgan edi. Bu og‗ir ahvoldan qutulish
uchun ingliz hukumati XIX asrning 30-yillarida butun O‗rta Sharq hamda O‗rta
Osiyo bo‗ylab keng savdo va diplomatik yurish qilishga boshlaydi.
Shunday
yurishning
muhim
etaplaridan
biri
1831-1833
yillarda
Hindistondan ingliz-hind harbiy va siyosiy razvedkasining agent A. Berns Qobulga
va Buxoroga yuborilishidan boshlanadi.
A. Berns o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni muvafaqqiyat bilan bajarish uchun
har xil va‘dalar, hamda vaqti kelganda «ochiqo‗llik» bilan oltin ulashish kabi
yo‗llarni qo‗llaydi. U Buxoroda xonlikni ingliz hokimligiga bo‗ysundirish uchun
kerak bo‗lgan har xil iqtisodiy, siyosiy va harbiy ma‘lumotlarni to‗playdi.
Buxoroda u O‗rta Osiyo savdosi to‗g‗risida, savdo yo‗llari va markazlari,
141
chiqariladigan va olib kelinadigan asosiy mollar, ayniqsa uni O‗rta Osiyoga
Rossiyadan keltiriladigan sanoat mollari qiziqtirar edi. Hatto Buxoro bozorlariga
olib kelingan rus sayyohlari mollarining ro‗yxatini ham olgan edi.
Keyin A. Berns Turkmaniston va Eron orqali Hindistonga qaytib kelib,
general gubernator Uilyam Bentinkaga o‗z safari to‗g‗risida batafsil hisobotini
taqdim etdi.
Shunday qilib, A. Berns Buxoroda, umuman O‗rta Osiyoda juda chuqur
razvedka olib bordi va inglizlarning O‗rta Osiyoning eng ichkari rayonlariga bosib
kirish va O‗rta Osiyo xalqlarini qul qilish rejalarini amalga oshirish uchun juda
kerakli ma‘lumotlar bilan Britaniya hukumatini voqif etadi.
«Tarixi Turkiston» asarining avtori Mulla Olim Majdum xojaning bergan
ma‘lumotlariga qaraganda, 1834 yilda Eron orqali Buxoroga Abdulsamad tabriziy
nomli bir kishi yuboriladi. Abdulsamad birinchi marta Eronda ingliz agenturasi
tomonidan yollanib, Hindistonda maxsus harbiy va siyosiy josuslik maktabini
o‗qib bitirgan va Afg‗oniston orqali Buxoroga yuborilgan edi. Bu ingliz
razvedkachisining faoliyatini ingliz agressorlari O‗rta Osiyoda olib borilgan
qo‗poruvchilik ishlarining qanchalik chuqur va o‗tkir ekanligini ko‗rsatadi.
Abdusamad Buxoroga kelgach, ingliz agenturasi tomonidan topshirilgan
vazifalarni bajarishga kirishdi. Tez orada u Buxoro amiri Nasrulloning ishonchini
qozonib, Buxoroda Yevropa tartibida muntazam qo‗shin tuzishga erishdi. U
muntazam qo‗shin uchun hatto ikki yuzga yaqin Eron asirlarini ham sotib olgan
edi.
Abdusamad ingliz namunasidagi to‗plar qo‗yish uchun maxsus korxonalar
tashkil qiladi. Bu korxonalarda to‗plardan tashqari har xil qurollar va harbiy
aravalar tayyorlattiradi. U shaxsan o‗zi qo‗mondonlik qilish uchun otliq askar va
to‗pchilar otryadini uyushtiradi.
Abdullasamad asta-sekin amir Nasrullo oldida shunchalik obro‗yga ega
bo‗ladiki, hatto 1842 yilda Buxoroda bo‗lgan N. Xanikov, birdan-bir u xonlikda
ta‘sirga ega bo‗lgan kishi deb yozgan edi. Shu vaqtlarda amir unga noiblik
vazifasini beradi. U Buxoro xonligini butun harbiy qo‗shini ustidan
qo‗mondonlikni o‗z qo‗liga olib, Buxoro amirining yurishlarida ishtirok eta
boshlaydi. Uning to‗plari va yangi tartibdagi otryadlari vositasi bilan Xo‗jand,
O‗ratepa shaharlari, Shom va mahram qal‘alari bosib olinadi.
Ammo, oradan ko‗p vaqt o‗tmasdan Buxoroda Abdusamadning haqiqiy
basharasi ochilib qoladi. Chunki u bu vaqtlarda Buxoroga kelgan ingliz agentlari
bilan yaqin aloqada bo‗lib, ingliz agenturasi foydasiga ish olib bormoqda edi. U
keyin Buxoro amiri tomonidan zindonga tashlanadi va keyinchalik osib o‗ldiriladi.
1841 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiyaning bergan
ilmiy natijalaridan biri N. Xanikovning «Opisanie Buxarskogo xanstva» nomli
142
asari bo‗lib, u XIX asrning ikkinchi choragi davomida bu ikki davlatning o‗zaro
munosabatlarining ayrim tomonlarini o‗rganishda bizni qimmatbaxo, ilmiy
ahamiyatga ega bo‗lgan ma‘lumotlar bilan ta‘min etadi.
N. Xanikov asari 1843 yilda Peterburgda nashr etilib, asosan avtorning
Buxoroda olib borgan shaxsiy kuzatilishlari va kishilardan eshitgan ma‘lumotlari
asosida yozilgan. Bundan tashkari, avtor o‗zidan avval Buxoro xonligida bo‗lgan
sayyohatchilarning Buxoro to‗g‗risida yozib qoldirgan xotiranomalaridan ham
foydalangan.
Asar 8 bobdan iborat bo‗lib, uning oxirida Buxoro xonligining xaritasi,
Buxoro va Samarqand shaharlarining plani berilgan. Adabiyotlarda ko‗rsatilishiga
qaramasdan, bu xarita va rejalar rus diplomatik missiyasining tarkibida qatnashgan
poliograf Yakovlev tomonidan to‗plangan materiallari asosida tuzilgan edi.
Xanikovning asari Buxoro xonligini hamma tomonlariga tasvir etuvchi asar
bo‗lib, u XIX asrning 30-40 yillariga oid Buxoro xonligining tarixi, shuningdek
ayni zamonda Buxoro va Rossiya munosobatlarini o‗rganishda birinchi darajali
manbadir.
Bu asarning oldiga qo‗ygan asosiy vazifa, manbalarda Buxoro xonligi bilan
Rossiya o‗ratsidagi munosabatlarga oid bergan ma‘lumotlarni izohlab berish
bo‗lgani sababli, N. Xanikovning asari ustida to‗xtalganda, avvalo uning mana shu
yuqorida ko‗rsatilgan masalaga doir ma‘lumotlarini izohlab, so‗ngra Buxoro
xonligining tarixiga oid ma‘lumotlari ustida biroz to‗xtashga to‗g‗ri keladi.
Agarda avtor Rossiya va Buxoro savdosida qatnaydigan karvonsaroylarning
Buxorodan chiqishi va Rossiyadan qaytishi vaqlarini, savdo qilish punktlarini
birma-bir qayd qilib o‗tadi. Shu bilan birga, asarda Buxorodan Rossiyaga va
aksincha Rossiyadan Buxoroga chiqariladigan asosiy mahsulotlar haqida
ma‘lumotlar keltiriladi.
Bulardan tashqari, N. Xanikov asarida Rossiya va Buxuoro o‗rtasidagi
savdoning umumiy hajmi to‗g‗risida ham ma‘lumotlar keltiriladi. Uning bergan
ma‘lumotlariga ko‗ra Buxorodan Rossiyaga o‗rtacha hisob bilan yiliga 5-6 mingga
yaqin tuyada olib borilib, har bir tuyaga 18-20 pud yuk ortilar edi. Uning bergan
ma‘lumotlari bo‗yicha, Buxorodan o‗rtacha hisob bilan yiliga 3,5 yoki 4 mln.
so‗mlik mol olib borilgan.
Avtor Buxoroda sotiladigan mollarning narxini keltirar ekan, rus chitlari
bilan ingliz chitlarining ham bahosini beradi. Rus chitining 47-48 arshinli ikki
oltinga sotilsa, ingliz chitining 35-36 arshinli tup 2.25 va 3 oltingacha sotilar edi.
N. Xanikovning asari asosan Buxoro xonligining tarixini o‗rganishda
birinchi darajali manba bo‗lib, unda mamlakatning geografik o‗rni, territoriyasi,
geografiyasi, toglari, daryosi, iqlimi, xalqlari va ularning mashg‗uloti,
143
mamlakatning siyosati, ma‘muriy bulinishi va ma‘rifati sistematik ravishda juda
mufassal qilib tasvir etilgan.
Haqiqatdan ham N. Xanikovning kitobi o‗z vaqtida Buxoro xonligi
to‗g‗risida juda boy va yangi ma‘lumotlar asosida rus tilida yozilgan asar bo‗lib, to
hozirgi vaqtlargacha XIX asrning birinchi yarmida Buxoro xonligi va uning
iqtisodini o‗rganuvchi tarixchilar uchun birinchi darajali qo‗llanma sifatida xizmat
qilib keladi.
N. Xanikov o‗sha vaqtlarda birinchi bo‗lib Buxoro xonligida yerga bo‗lgan
xususiy mulkchilik to‗g‗risida ma‘lumot berib, yer egaligi turlarini tasvir etadi.
Asarda Buxoro xonligida bo‗lgan mansablar, unvonlar to‗g‗risida ham ko‗p
ma‘lumotlar keltirilgan. Bulardan tashqari, muallif Buxoro xonligining davlat
tuzilishini juda yaxshi tasvir etadi. Shunday qilib, N. Xanikovning asari XIX
asrning ikkinchi choragidga Buxoro xonligining tarixi, iqtisodi, siyosiy tuzilishi,
shuningdek geografik o‗rni, aholisini o‗rganishda birinchi darajali manbalardandir.
XIX asrning 30-40 yillarida ingliz burjuaziyasi mamlakatning ichki va tashqi
siyosatiga muhim rolga ega bo‗ldi, yangi mustamlaka bozorlarini va xomashyo
manbalarini qo‗lga kiritishga, hamda zaif, orqada qolgan mamlakatlarini bosib
olishga, u yerdagi xalqlani qul qilib ularning bu yelariga mustamlakachilari XIX
asrning birinchi va ikkinchi choraklarida Hindistondagi hali bosib olinmagan
mustaqil davlatlarni bosib olish bilan boshqa qo‗shni davlatlarga o‗z ta‘sirini
o‗tkazishga katta e‘tibor berdilar. Shuningdek harbiy, siyosiy qo‗poruvchilik
maqsadlari bilan O‗rta Osiyoga o‗z elchi missiyalarini yuborib, qo‗shni
davlatlarning ichki va tashqi ishlariga aralashadilar.
Inglizlar Afgonistonni bosib olishga e‘tibor berdilar. Ular O‗rta Osiyoga o‗z
agressiv niyatlarini amalga oshirish uchun Afgonistonni qulay plasdarm deb
hisobladilar. O‗rta Osiyo bilan ming yillardan beri bevosita qo‗shnichilik aloqasida
bo‗lgan Rossiyaning yaqinlashish xarakterlari tojovuzlar Angliyaning gazabini
keltirdi.
Ingliz mustamlakachilari Afgoniston, Buxoro, Xiva va Qo‗qonga
Britaniyaning bo‗lajak koloniyasi va shuningdek Rossiyaga hujum qilishda qulay
plasdarm deb qaradilar.
XIX asrning 30-yillar oxiri 40 yillarning boshida O‗rta Osiyoga Stert,
polkovnik Stoddart, Artur, Konolli, Abbat, Shekspir va boshqa bir qancha ingliz
agentlari yuboriladi. Bu shaxslarning asosiy vazifalari O‗rta Osiyo xonliklarini
Angliya ta‘siriga tortish, O‗rta Osiyo va unga chegaradosh bo‗lgan yerlarda
razvedka ishlarini olib borish, ingliz agenturasi uchun ma‘lumotlar to‗plash,
Rossiyaga qarshi tashviqot va targ‗ibot tarqatish, Rossiyaga qarshi koloniya tuzish
va O‗rta Osiyoni Rossiyaga qarshi kurashishda tayanch nuqtaga aylantirishdan
iborat edi.
144
1839 yili Xirotga Doren Todd yuboriladi. Toddning asosiy faoliyati O‗rta
Osiyoda ingliz kolonial va agressiv siyosatini amalga oshirishdan iborat bo‗ldi.
Doren Todd tomonidan 1835 yili polkovnik Stoddart, 1841 yili Kanolli
razvedka va qo‗poruvchilik ishlarini olib borish uchun Buxoro xonligiga
yuboriladi. Ammo bu shaxslar Buxoroda to‗la mag‗lubiyatga uchraydi.
Ingliz bosqinchilari Buxoroda mag‗lubiyatga uchraganlaridan so‗ng, Xiva
xonligi bilan Buxoro xonligi o‗rtasidagi ixtiloflardan va Petrovskiyning Xivaga
yurishi munosobati bilan Rossiya bilan Xiva xonligi o‗rtasidagi munosabatlarning
keskinlashganligidan foydalanib, Xiva xonligiga suqilib kirish maqsadiga tushadi.
Ular avvalo 1939 yilda Mulla Xusaynni Xivaga yuboriladir. Mulla Xusayn qaytib
kelgandan so‗ng, tez fursatda Todd kapitan Abbot boshchiligida Xivaga yurish
uchun yangi ekspedisiya tashkil qiladi. Bu ekspedisiya 1840 yili Xivaga kelib xon
bilan uchrashadi. Ularning xon bilan olib borgan muzokaralari haqida Ogahiy,
Muhammad Yusuf Bayoniy Xiva tarixiga oid qo‗lyozma asarlarida ma‘lumotlar
beriladi.
Xiva tarixchisi Ogahiy o‗z asarlarida Abbotning xon bilan olib borgan
muzokaralari ustida to‗xtab o‗tmasa ham, uning shohona hadyalari olib
kelganligini va xon tomonidan qabul qilinganligini eslatib o‗tadi.
Yuqoridagi manbalarga nisbatan ingliz josusi Abbotning yaramas ishlarini
fosh etishda va ingliz istilochilari faqat O‗rta Osiyodagina emas, balki Rossiyaning
ham shunday dushmani ekanliklarini kursatishda Xiva tarixchisi Muhammad
Yusuf Bayoniyning «Shajarai Xorazm shohi» nomli qo‗lyozma asarida bergan
ma‘lumoti katta ilmiy ahamiyatga ega.
Shunday qilib, Shekspir va Abbot singari o‗zining qabix niyatlarini amalga
oshira olmasdan, Rossiya orqali Londonga qaytib ketadi. 1841 yilda Buxoroda
zindonga tashlangan Britaniya agenturasining vakili polkovnik Stoddartni
qutqarish bahonasi bilan Konolli Xiva xonligiga keladi.
XIX asrning 40-50 yillarida ingliz mustamlakachilarining Xiva xonligidagi
tajovuzkorlik ishlarini tasvir etishda manbalar juda katta ashyoviy va ilmiy
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |