O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maxsus sirtqi bo’limi informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MAXSUS SIRTQI BO’LIMI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI _______________________________ FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Delphi dasturlari strukturasi. Loyiha va modul. Hodisa tushunchasi, loyiha va modul strukturasi, dastur elementlari (alfavit, identifikatorlar, doimiyliklar, ifodalar va amallar). Bo’sh forma va uning modifikatsiyasi.
Bajardi: 210-guruh talabasi Razzoqov Hasan. Qabul qildi: ___________________________ SAMARQAND-2020 Mavzu: Delphi dasturlari strukturasi. Loyiha va modul. Hodisa tushunchasi, loyiha va modul strukturasi, dastur elementlari (alfavit, identifikatorlar, doimiyliklar, ifodalar va amallar). Bo’sh forma va uning modifikatsiyasi Reja: Dasturlash tili elementlari.
Delphida dastur loyihasi strukturasi.
Dasturlash tili elementlari Delphi dasturlash tilida har qanday dasturni tuzish uchun Untiln.pas maydoniga dastur kodi kiritiladi. Delphi dasturlash tilida dastur kodini kiritishda Untiln.pas maydonidagi buyruqlarni o‘chirmasdan dastur kodini kiritishni maslahat beramiz. Dastur kodi Begin va end buyruqlar orasiga kiritiladi.
Delphi tilida bironta masalani dasturini kiritishda hamisha beginlar sonida endlar soni bitta ortiqcha bo‘ladi. Masalan 3 ta begin bo‘lsa 4 ta end buyrug‘i kiritiladi va oxirgi end nuqta bilan tugatiladi.
Shunday qilib, Delphi dasturlash tilida dastur strukturasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Var - asosiy dasturda muomalada bo‘ladigan o‘zgaruvchilarni e’lon qilish;
Protseduralarni e’lon qilish;
Begin Dasturning asosiy qismi;
End. Demak, har qanday dastur yuqorida berilgan asosiy tuzilmaning xususiy holi bo‘lishi mumkin va ular o‘z navbatida Delphi dasturlash tilida tilga xos bo‘lgan asosiy tushunchalar asosida hosil qilinadi.