213
O`zbekistonga Вorland Delphi 1998-yillardan keyin kirib
kelgan.Yildan yilga o`tib yangi versiyalari kirib kelgan. Нozir
kompyuter va internet texnologiyasi rivojlangan O‘zbekistonda ham har
qanday dasturning oxirgi versiyasini topish mumkin. Delphi da dastur
tuzish uchun 80% vaqtingiz ketadi. Windows oynaga (Delphi da
“forma” deb ataladi) kerakli komponentlarni qo`yishingiz, bemalol oyna
bo`ylab surishingiz mumkin va ularning xususiyatlarini maxsus (Object
Inspector) oyna yordamida o`zgartirishimiz mumkin. U yordamida
komponentlarga xodisalarni (tugmani bosilishi, sichqoncha xolati va
x.k.) bog‘lashimiz mumkin. Delphi kuchli xatolarni bartaraf qilish
(Debugger) sistemasiga va qulay yordamchi sistemasiga egadir. Siz
Мicrosoft IDL yordamisiz ActiveX komponentlar tuzishingiz, Amaliy
НTML, XML yoki ASP tillarni bilmagan holda ham web-serverlar
imkoniyatini kengaytirishingiz mumkin. Keng qo`lanilayotgan SOM va
CORBA asosidagi dasturlarni yaratish, Internet va Intranet dasturlar,
ВDE (Вorland DataBase Engine), ODBC – drayver, Мicrosoft ADO
ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Delphi
3 dan boshlab yangi ko‘p tarmoqli texnologiya qo‘llanila boshlangan.
Delphi tili to`liq ob’yektli-boshqarish tiliga mos keladi.Sinflar
asosida nasllar yaratish mumkin.C++ dagi overload (qayta yuklash) va
exceptions (istisno holatlar) metodlarini qo`llab quvvatlaydi. WideChar
va AnsiChar formatidagi uzun qatorlarni qo`llash imkoniyatiga ega.
Delphi ning yana bir xususiyati u o`zini o`zi rivojlantiradi. Siz
o`zingizni komponetlarinigizni yaratishingiz, OCX – komponentlarni
qo`llashingiz, loyihalar uchun shablonlar yaratishingiz mumkin. Delphi
ning integrallashgan muxiti (IDE) yordamida foydalanuvchi o`zining
dasturini tashqi dasturlar bilan bog‘lash imkoniyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: