3
Kirish
XX asrning o‘rtalariga kelib kompyuterlarning paydo bo‘lishi
fan va texnika taraqqiyotiiga misli ko‘rilmagan darajada katta ta’sir
qildi. Bundan bir necha yillar muqaddam kompyuterlar qo‘llaniladi-
gan sohalar deyilganda katta ilmiy
markazlar zavod va boshqa
muassasalar tushunilar edi. Lekin bugungi kunda vaqt o‘tmish bilan
kompyuterlar inson faoliyatining hamma sohalariga kirib borishi turli
mutaxassislarning ish quroli bo‘lib qolishi real haqiqatga aylanib
qolmoqda. Yaqin kelajakda kompyuter nafaqat ishlab chiqarishning
barcha sohalarida qo‘llanilishi, balki uy bekasining ham ish
qurollaridan biriga aylanib qolishi mumkin. Informatika va hisoblash
texnikasi asoslari fanini bilish va o‘rganish,
kompyuterni ishlata olish
har bir kishi uchun professional faoliyatning ko‘pchilik sohalarida
bo‘lganidek turmushda ham zarur ma’lumotga oid bo‘lib qoladi.
Hozirgi zamonda biror bir sohada ishni boshlash va uni
boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon
kishisi bo`lishi uchun kompyuter savodxoni bo‘lish, axborot texnolo-
giyalarini puxta egallamog’i lozim. Har bir mutaxassis,
u qaysi sohada
ishlashdan qat`iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi
uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish
uslibiyotini bilishi va ishlash ko‘nikmalarga ega bo`lishi zarur.
Bizga ma’lumki dastursiz komputerlar quruq „temir"dan boshqa
narsa emas. Chunki, biror-bir dastursiz kompyuter hech qanday
„bilim"ga ega emas. Shuning uchun dasturlar kompyuterlarning
texnik tuzilishining mantiqiy davomi bo‘lib, biror kompyuterning
qo‘llanish sohasi undagi dasturlar to‘plamiga chambarchas bog'liqdir.
Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishi
tufayli
foydalanuvchi, ya'ni kompyutemi ishlatuvchi shaxs ham undan
har xil imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning
borligi ma'lum darajada dasturiy ta'minotga ham bog'liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 20 aprel 2017 yilgi
qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalarida amaliy va
uskunaviy dasturlash asoslari yuzasidan
bilim va malakalarni
4
shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli,
kompleks yondashuvni samarali amalga oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risidagi”, “Axborot-
lashtirishto‘g‘risida”gi va “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun-
larda bo‘lajak pedagog kadrlarning chuqur bilimga, samarali faoliyat
yurita olish mahoratiga ega bo‘lishi ma’lum fan asoslari borasida unda
yetarli nazariy
hamda amaliy bilimlarning, ta’lim jarayonida yangi
innovatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasining
qanchalik shakllanganligiga bog’liqligi ta’kidlangan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma universitetning informatika o‘qitish
metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Komputerning texnik va
dasturiy ta’minoti” fanining ishchi o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib,
unda asosan amaliy dasturiy ta'minot va uning imkoniyatlari, Microsoft
Office 2013, Microsoft Office 2016
paketlari va ularning yangi
imkoniyatlari, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint,
Microsoft Access dasturlari yangi versiyalarining oldingi versiyalaridan
farqli imkoniyatlari va kiritilgan o‘zgartirishlar, kompyuterning grafik
imkoniyatlari
va ularning turlari,Corel Draw paketi dasturlari va ular
bilan ishlash, amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda
qo‘llanilishi,nashriyot tizimida qo‘llaniladigan dasturlar tasnifi, Page
Maker dasturi va uning nashriyot tizimidagi qo‘llanilishi, matematik
masalalarni yechishga mo‘ljallangan dasturlar tasnifi va ularning
imkoniyatlari, komputerning uskunaviy dasturiy ta’miniti,
dasturlash
texnologiyalari, elektron va multimediyali qo‘llanmalarni yaratishda
foydalaniladigan texnologiyalar, Flash texnologiyasida boshqaruvchi
ob’ektlar yaratish, Flash texnologiyasida so‘rov shaklidagi ob’ektlarni
yaratish to‘g’risida nazariy ma’lumotlar yoritilgan.
Mazkur qo‘llanmada keltirilgan barcha nazariy va amaliy
mavzulaming mazmuni informatika o`qitish
metodikasi fanining amal-
dagi dasturiga to‘la mos keladi. Qo‘llanmada mavzu bo‘yicha nazorat va
test savollari ham keltirilgan.
Ushbu qo‘llanma universitetlarning informatika o‘qitish metodikasi
bakalavr yo`nalishidagi talabalari uchun tavsiya etilgan.